Tahririyatga maktub
Fahriylar hayoti - ibrat maktabi
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
Fahriylar hayoti - ibrat maktabi.
Hibsxona rahbari mahkumlar bilan suhbat olib borar ekan o’z so’zlarida, bugun xatolaridan munosib xulosa chiqarishlari jamiyatga esa sog’lom fikrli shaxs bo’lib qaytishlari lozimligini ta’kidladi. Zotan ezgu maqsadlarga erishish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi, bundan oqilona foydalangan holda kasb-hunar o’rganib halol yashashni o’z oldilariga maqsad qilib olishlari kerakligini tushuntirdi. Fahriylar hayotidan esa bir qancha misollar keltirib hozirgi kunda fahriylar hayoti har bir inson uchun ibrat maktabi ekanligini eskartib o’tdi. O’tmish, hozirgi kun hamda kelajakni bir-birlariga bog’lab turuvchi ko’prik ekanligini maqsad esa, tizimda, xizmat qilayotgan xodimlarni, fahriylarning boy tajribasi, erishgan yutuqlari o’ziga xos mashaqqatlari bilan yaqindan tanishtirish ekanligini ta’kidlab, uzoq yillar sohada samarali xizmat qilib, endilikda boy mehnat tajribasi, hayotiy hikmatlari purma’no so’zlari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shayotgan fahriylar haqida misollar keltirdi. Hayoti ibrat - so’zi hikmat fahriylar haqida mahkumalarga aytib o’tdi. Vatanga va o’z kasbiga sadoqat, ijro intizomi, halollik va fidoyilik, “ustoz-shogird” an’anasi o’zaro hamjihatlik mehr-oqibat haqida fikr yuritdi. Mahkum va mahkumalar ham bunday fahriylar bilan suhbatlashish ibratli hayoti haqida ma’lumotlar olish, bebaho pand-u nasihatlaridan bahramand bo’lish istagini bildirishdi. Bunday fahriylarning har lahzasi ibratli umr ekanligini tushunib yetishdi. Har bir mahkuma ayolning eng katta baxti uning ertangi kuniga ishonchi, tuganmas davlati esa kattami-kichikmi aniq maqsadining borligi bilan o’lchanadi. Maqsading bormi, demak sen yashayapsan. Hozirda jazoni ijro etish muassasalarida ayollar orasida psixologik hayoti holati yomon, turli salbiy vaziyatlar sodir etishga moyilligi bo’lgan ayollar mavjudligi hech kimga sir emas. Ular bilan shunday uchrashuvlar, suhbatlar olib borilsa,, bu ularga ijobiy o’z ta’sirini ko’rsatgan bo’lar edi. Mening yaratgan kitoblarim esa shunday ayollar uchun bir ko’zgu bo’lib ozgina bo’lsada men bu kitoblar orqali ularning qalblarida farzandlariga, ota-onalariga, o’z Vataniga bo’lgan mehr-muhabbat uyg’ota olsam men bu dunyoda baxtli ayol bo’lgan bo’lar edim desam mubolag’a bo’lmaydi. Har bir ayol uchun hayotda o’z o’rnini topish, naqadar jiddiy masala ekanligini aytib, ularga samimiy tilaklarni tilagan bo’lardim. Inson boshiga tushishi mumkin bo’lgan eng og’ir yo’qotish esa bu vaqtni boy berishdir. Buni hamma mahkumlar anglab yetishlari kerak. Mehr-oqibatni bilmaganlar bor, Keksa-yoshni nazarga ilmaganlar bor Or, nomus etagin yopmaganlar bor Hatto “bismillohni” aytmaganlar bor. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling