Tahririyatga maktub
Xush kelding, bahorim, Assalom Navro’zim!
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
Xush kelding, bahorim, Assalom Navro’zim!
Umrimning 50-chi bahori, mana sen bilan yuzlashdim. Shukronalar aytaman senga Bahorim! O’zbegimning Navro’z bayramlari bor, Rango-rang gullari-yu, boychechagi bor, Fasllar ichida kelinchak misol. Men seni sog’indim kelaqol bahor. Buncha ham latofatli, nazokatli bo’lmasang, beqiyos go’zalsan Navro’zim! Mehr muruvvat va ezgulik bayrami bo’lmish Navro’zim. Aslini olib qarasak, yutimiz bahorining har kuni Navro’zdir. Navoiy hazratlari: “Har tuning qadr o’lubon, har kuning bo’lsin Navro’z” deganlaridek, hali bu bayramning shukuhi ko’ngillarda uzoq vaqt saqalanajak. Shu tobda sho’xliklarga boy o’yinqaroq bolaligimni qumsadim, maktabimni, quvnoq o’quvchilik davrimni shirin bir entikish bilan ilk muhabbatimni esladim. Yoshlik paytidagi dugonalarim bilan Navro’zda, bayramlarda yurganimizni, sumalak qaynatgan momolar yonida qo’shiq aytib yurganlarimizni esladim. Qo’shni qizlar bilan hovlima-hovli o’ynab yurgan kezlarimizni esladim. Navro’z har bir inson uchun yangi kun, yangi yil, yangi hayotning boshlanishi. “Olamni go’zallik qutqaradi”, deydilar. Ha, odamni ham go’zallik qutqaradi, g’am-tashvishlardan, turli illatlarda. Biz mustaqillik sari insonni go’zal va baxtli ko’rmoq uchun intilganmiz. Zero, dunyoda ozod insondan go’zal va baxtli, saodatli inson yo’q aslida. Sening tashrifingdan qalbimda quvonch, dilim yayrab osmon qadar, yuksalmoqdaman. Borliginga shukr Bahorim. Sen mening onamsan, sochlari oppoq. Menga doimo xuddi onamdek mehribon bo’lgansan. Bahorim sen betakror lobarsan. Navro’zim sen mendan-da baxtli suyuklisan. Ozod yurtimizga tarovat baxsh etgan Navro’zim. O’lkamizga tinchlik qut-baraka olib kelgan Bahorim! Borliginga shukr! Qadaming qutlug’ kelsin! Jonajonim, onajonim, O’zbekistonim, bahoring muborak o’zinga! Muqaddas tabarruk maskanim Navro’zing muborak o’zinga. Go’zallik bayrami Navro’z, kunlarida barchangizning qalblaringiz go’zal, niyatlar bilan limmo-lim to’lsin, hayotingiz yaxshilik bilan munavvar bo’lsin. Yer yuzining katta qismida bir necha ming yillardan buyon Navro’z - yangi yil tabiatning uyg’onish fasli bahor bayrami sifatida nishonlanib kelinadi. Bahor bayrami Navro’z olamda yoshu-qariyalar barcha birdek yayraydi. Momolarimizning sumalak pishirishlari-yu, keksalarimiz duoga qo’l ochib, yurtimiz tinch rizq-ro’zimiz butun bo’lishini tilaydilar. Qaldirg’ochlar butun dunyo ezguliklarini qanotlarida olib kelayotgan bu qutlug’ kunlarda yurtimizning barcha go’shalarida ko’klam shukuhi hukm surmoqda. Shu o’rinda yurtdoshlarimizni o’lkamizga o’zgacha fayzu-tarovat bilan kirib kelayotgan nafosat va go’zallik bayrami Navro’zi olam bilan tabriklaymiz. Sening tashrifingdan qalbimda quvonch, dilim yayrab osmon qadar, yuksalmoqdaman. Borliginga shukr Bahorim. Sen mening onamsan, sochlari oppoq. Menga doimo xuddi onamdek mehribon bo’lgansan. Bahorim sen betakror lobarsan. Navro’zim sen mendan-da baxtli suyuklisan. Ozod yurtimizga tarovat baxsh etgan Navro’zim. O’lkamizga tinchlik qut-baraka olib kelgan Bahorim! Borliginga shukr! Qadaming qutlug’ kelsin! Jonajonim, onajonim, O’zbekistonim, bahoring muborak o’zinga! Muqaddas tabarruk maskanim Navro’zing muborak o’zinga. Go’zallik bayrami Navro’z, kunlarida barchangizning qalblaringiz go’zal, niyatlar bilan limmo-lim to’lsin, hayotingiz yaxshilik bilan munavvar bo’lsin. Yer yuzining katta qismida bir necha ming yillardan buyon Navro’z - yangi yil tabiatning uyg’onish fasli bahor bayrami sifatida nishonlanib kelinadi. Bahor bayrami Navro’z olamda yoshu-qariyalar barcha birdek yayraydi. Momolarimizning sumalak pishirishlari-yu, keksalarimiz duoga qo’l ochib, yurtimiz tinch rizq-ro’zimiz butun bo’lishini tilaydilar. Qaldirg’ochlar butun dunyo ezguliklarini qanotlarida olib kelayotgan bu qutlug’ kunlarda yurtimizning barcha go’shalarida ko’klam shukuhi hukm surmoqda. Shu o’rinda yurtdoshlarimizni o’lkamizga o’zgacha fayzu-tarovat bilan kirib kelayotgan nafosat va go’zallik bayrami Navro’zi olam bilan tabriklaymiz. Milliy ma’naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgan xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram - sharqona yangi yil bo’lmish Navro’z ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon bo’ladi. Barchamiz doimo orziqib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan o’tkazadigan Navro’z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustivor qudrati va cheksiz sahovatining ko’p ming yillik milliy qiyofamiz oliyjanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo’lib kelmoqda. Muxtasar qilib aytganda, yangilanish va ezgulik timsoli bo’lgan Navro’z falsafasi xalqimizga mansub odamiylik, mehr-oqibat, muruvvat va hikmat kabi yuksak xususiyatlardan oziqlanib kelgani, ajdodlarimiz asrlar davomida qanday buyuk umuminsoniy g’oyalardan bahramand bo’lib, ma’naviy kamol topganining yana bir tasdig’idir desak hech qanday xato bo’lmaydi. Qaldirg’och keltirdi, ko’klamdan darak Turnalar tizilib saflar tortmoqda, Bulbullar bog’larda qo’shiqlar aytib Tashrifing muborak, kela qol Navro’z. Qorlar ham tog’larda eriy boshladi, Go’zalinga ko’zing to’ymas bahorda, Daraxtlar ham kurtak ochib bo’yin cho’zmoqda, Tashrifing muborak, kela qol Navro’z. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling