Tahririyatga maktub


Xush kelding, bahorim, Assalom Navro’zim!


Download 256.56 Kb.
bet26/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Xush kelding, bahorim, Assalom Navro’zim!
Umrimning 50-chi bahori, mana sen bilan yuzlashdim. Shukronalar aytaman senga Bahorim!
O’zbegimning Navro’z bayramlari bor,
Rango-rang gullari-yu, boychechagi bor,
Fasllar ichida kelinchak misol.
Men seni sog’indim kelaqol bahor.
Buncha ham latofatli, nazokatli bo’lmasang, beqiyos go’zalsan Navro’zim! Mehr muruvvat va ezgulik bayrami bo’lmish Navro’zim. Aslini olib qarasak, yutimiz bahorining har kuni Navro’zdir. Navoiy hazratlari: “Har tuning qadr o’lubon, har kuning bo’lsin Navro’z” deganlaridek, hali bu bayramning shukuhi ko’ngillarda uzoq vaqt saqalanajak. Shu tobda sho’xliklarga boy o’yinqaroq bolaligimni qumsadim, maktabimni, quvnoq o’quvchilik davrimni shirin bir entikish bilan ilk muhabbatimni esladim.
Yoshlik paytidagi dugonalarim bilan Navro’zda, bayramlarda yurganimizni, sumalak qaynatgan momolar yonida qo’shiq aytib yurganlarimizni esladim. Qo’shni qizlar bilan hovlima-hovli o’ynab yurgan kezlarimizni esladim. Navro’z har bir inson uchun yangi kun, yangi yil, yangi hayotning boshlanishi.
“Olamni go’zallik qutqaradi”, deydilar. Ha, odamni ham go’zallik qutqaradi, g’am-tashvishlardan, turli illatlarda. Biz mustaqillik sari insonni go’zal va baxtli ko’rmoq uchun intilganmiz. Zero, dunyoda ozod insondan go’zal va baxtli, saodatli inson yo’q aslida.
Yorug’likka olib chiqqan sirdoshim.
Bundan 1 yil oldin bilib-bilmay jinoyat ko’chasiga qirib qolib, ozodlikdan mahrum etilgan edim. Bu men uchun nafaqat ozodlikdan, balki oilamdan, sevimli ishimdan, obro’-e’tiborimdan ham mahrumlik edi. Ozodlikda men ikki farzandning onasi; oilasi tinch ayol sevimli kasbi, o’z hurmatiga ega, qolaversa “Xalq ta’limi a’lochisi” bo’lgan baxtli inson edim.
Ushbu hibsxonaga kelganimda, o’zimni boshqa bir qorong’u olamga tushib qolgandek his etdim. Tushkunlik g’am anduhga botib qoldim. Meni ko’rganlar dunyoning bor tashvishi shu ayolning boshiga tushgan bo’lsa kerak, deb o’ylashar edi. Negaki, hech kim bilan gaplashgim kelmas, bo’lgan ishlarga faqat va faqat o’zimni aybdor his etardim. “Vaqt-Время” gazetasi men kabi boshiga tashvish tushgan insonlar uchun go’yo mayoq tutib ketayotgan yo’lboshchi singari qadrlidir. Ilohim kasbingizdan hamisha baraka, e’tibor va e’zoz topib yuring. Ijodiy parvozlar hamisha hamrohingiz bo’lsin! Inson borki, o’z hayoti davomida bir marta bo’lsa ham xato qiladi. Lekin xatolardan xulosa chiqarish va bizga berilgan bebaho umrni ezgu fazilatlar bilan bezash haqiqiy insonga xosdir. Zero, bu hayot o’tkinchi. Vaqt atalmish uchqur chavandoz hech birimizga shavqat bilmaydi. Shunday ekan, umr so’ngida bu olamni afsus-nadomatlar bilan emas, balki ezgu amallar quvonchi bilan tark etganga nima etsin.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling