Tahririyatga maktub


Insonni kamolotga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklovchi tavsiyalar


Download 256.56 Kb.
bet27/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Insonni kamolotga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklovchi tavsiyalar.
“Muvaffaqiyat faqat intiluvchan odamgagina nasib qiladi. Qiyin sharoitda tushkunlikka tushadiganlarni esa juda kam yo’qlaydi”. Psixologlarning mazkur mavzuga oid ayrim tavsiyalari bilan tanishib ish va yashash tarzingizda rioya qilsangiz maqsadlaringizga muvaffaqiyatli erishishingizga foydasi tegib, qolsa ajabmas.
1. Har bir ishingizni rejalashtiring. Shunda kutilmagan muammolardan xoli bo’lasiz.
2. Maqsad sari olg’a intiling. Kichik omadsizliklar katta g’alabalarga yetaklaydi.
3. Orzungizdan voz kechmang! Hatto amalga oshishiga ko’zingiz yetmasa ham… Bittagina orzusi bo’lgan insonning ham yashashdan maqsadi bo’ladi.
4. Kechirimli bo’ling! Avvalo o’zingizni o’tmishingizni avf eting. Do’stlaringiz va dushmanlaringizni ham kechiring! Zero, hech birimiz xatolardan xoli emasmiz!
5. Hayot eng yaxshi muallim. Atrofingizdagilar hayotidan ibrat oling, fikrlang. Ammo turmushingizni boshqalarniki bilan taqqoslamang.
6. Har qanday vaziyatda ham hissiyotlarni nazorat qiling.
7. Omadsizlikdan ham minnatdor bo’lishni o’rganing. Ahir uni deb omad sari eltuvchi tajribaga ega bo’lasiz-ku.
8. Kichik ijobiy o’zgarishlar oxir-oqibat katta natijalarga olib boradi unitmang.
9. Tanqidga xolis bo’ling; Balki sizga ko’rinmagani boshqalarning ko’ziga tashlanayotgandir.
Jaholatga qarshi ma’rifat.
15-dekabr kuni erta saharlab uyg’onib Otajonimni tavallud kunlari ularni esga oldim. Qo’lyozmalarimni yozib o’tirgan chog’im xodim kelib без вещи chiqing deb meni kameradan olib chiqib ketdi. Ular meni hibsxona boshlig’ini oldiga olib bordilar. Boshliqni oldiga kirar ekanman doklad qilib salomlashdim. Har galgidek ular meni iliqlik bilan xushmuomala so’zlari bilan kutib qarshi oldilar. Ular men bilan suhbatlashar ekan oldiniga sud jarayonlarim nima bo’lganini keyin esa qo’lyozmalarim haqida suhbat qurdilar. Men bu suhbatdan o’zimga ko’proq ma’naviy ozuqa oldim. Chunki ular menga qarab, ma’rifat ziyosi hech qachon so’nmasligini, bu qo’lyozmalarimni kitob bo’lib chiqishida albatda muassasa ma’muriyati yordam berishini aytib bu yerdan ketganimdan keyin ham ijodimni davom ettirishim to’xtab qolmasligim, kerak bo’lsa dissertatsiya yoqlashimga ham qobilyatim borligini rahbardan eshitib ich-ichimdan quvondim. Ularning menga ko’rsatgan e’tiroflari esa menda oldingidan ham ko’proq ma’suliyat yukladi, hayotga bo’lgan qiziqishim, ozodlikga bo’lgan intilishim esa yanada ortdi. Men ham ularga va’da beraman xuddi ular aytganidek hayotga tik boqib albatda dissertatsiya yoqlayman bundan-da, ko’p ta’limiy tarbiyaviy yoshlarimizga to’g’ri yo’l ko’rsatadigan kitoblar bitaman. Yangi O’zbekistonimiz gullab yashnashida o’z hissamni qo’shaman. Ular mendagi qobilyatga ishonib bu yerdan ketmasimdan oldin menga ishonch bildirdilarmi demak men ham endi ularni ishonchlarini oqlashim kerak degan xayollar ko’z oldimdan tinmay o’tdi. Men ularni e’tiroflarini o’zimga oldingidan ham katta ma’suliyat deb bildim. Aynan shu tushunchalarim meni yanada ko’proq o’z ustimda ishlashga, ijod qilishga undadi.
Onani farzanddan ayirgan dunyo,
Bolam deb kimnidir xo’rlatgan dunyo
Sog’inch neligin anglatgan dunyo
Faqat yig’latmagin otajonimni
Ushbu kitobiy qo’lyozmalarimni balki ozodlikda yozib, tinmay otajonimga o’qib berganimda balkim, hayotim boshqacha bo’larmidi degan savollarni o’z-o’zimga berib, javob izlayman. Boshliq inson umri, ozodlikga chiqqan bir bir mahkumni baxtli yashashi o’z xatolarini to’g’ri anglab olishi, inson o’zini-o’zi kechira bilishi, va boshqada har xil hayotiy mavzularda menga o’z fikrini bildirar ekan, ulardagi shijoatni, mehrni, o’z ishiga ma’suliyatni, odamiylikni menga ulashayotgan ziyoni ko’zlaridan anglab oldilaridan chiqib kameraga kelgunimcha o’ylab o’z-o’zimga so’z berdim. Chunki meni o’z to’g’ri yo’lni topishimda meni jaholat botqog’idan qutqarib ma’rifat sari yetaklagan o’z ijodiy yo’limni topib olshimda turtki bo’lgan bu mehribon rahbarga ming bora rahmatlar aytaman.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling