Tahririyatga maktub


Imom Buxoriyning ilimiy safarlari


Download 256.56 Kb.
bet28/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Imom Buxoriyning ilimiy safarlari.
Imom Buxoriy o’n olti yoshigacha Buxoroda ta’lim olgan. So’ng rasululloh sallalahu alayhi vasallamning vatani va islom dinining markazi bo’lgan Hijozga yuzlangan. Imom Buxoriyning xos shogirdi va kotibi Abu Ja’far Muhammad ibn Abu Hokim Varroq Buxoriy bunday deydi: “Imom Buxoriy men o’n olti yoshimda Ibn Muborak va Vakining kitoblarini yod oldim. So’ng onam va akam bilan birga haj safariga chiqdim” degan, Abu Ja’far Varroq Buxoriyning bu gapidan Imom Buxoriyning ilk safari 826-yilda bo’lganini bilib olamiz. Ya’ni 820 yoki 821 yilda hadis tinglashib boshlagan bo’lsa, hajga ketguniga qadar o’tgan 5-6 yillik mana shu oz fursatda o’z shahrida fazilat va kamolga erishib ishonchli roviy darajasiga yetgan. Haj amallari yakuniga yetganidan so’ng onasi va akasi Ahmad yurtiga qaytadi. Imom Buxoriy Makkada qolishni avzal ko’rdi. Makka Hijozdagi eng muhim ilmiy markazlardan biri edi. Islomiy ilmlarga tashna bo’lgani uchun onasi va akasidan ajrashishga rozi bo’ldi va unga ulug’ shayxlarning shahardagi majlislariga qatnay boshladi. Makkadagi barcha muhaddislardan hadis tingladi. Imom Buxoriy Makkadan chiqib, Madinaga yuzlandi. Odamlar u yerga har joydan kelib hadis o’rganardi. Imom Buxoriy Madinaga 828-yili o’n sakkiz yoshida kelgan. Imom Buxoriy bu yerdagi nurli kechalarda o’zining “Tarixul kabir” kitobi qoralamasini yozdi. Imom Buxoriy Madinadan chiqib, Basraga yuzlandi. Chunki Basra o’sha paytda yirik ilm markazlaridan edi. Imom Buxoriy: Men Basraga to’rt marta borganman degan. Basradan chiqib Kufa va Bog’dodga safar qildi. Imom Buxoriy ustozi Imom Ahmad Ibn Hanbal.
Ovdagi ibratli voqea.
Manbalarda keltirilishicha Imom al Buxoriy otda ov qilishni xush ko’rardilar. Bu haqda u kishining Abu Ja’far kunyasi bilan chaqiriluvchi kotibi quyidagilarni yozadi: “Ko’pincha ulov minib o’q otgani chiqib turar edi. U kishiga hamroh bo’lganim davomida o’qlari mo’ljalga tegmay qolganini faqat ikki marta ko’rganman. Firabrda turganimizda bandargoh portga olib boradigan yo’lga chiqib, o’q ota boshladik. Imom al-Buxoriyning kamonidan otilgan o’qlardan biri anhor ustiga qurilgan ko’prik arqoniga borib sanchildi va arqon yorildi. U buni ko’rgach ulovidan tushib borib arqondagi o’qni chiqarib oldi. O’q otishdan to’xtadi va “qaytinglar” dedi.
Biz orqaga qaytdik. Shunda u menga yuzlanib og’ir nafas olarkan: “Yo Abu Ja’far senga hojatim bor” - dedi. Men uni tinglashga shayligimni bildirdim. U esa: Ko’prik egasining oldiga borasan! Biz arqonga zarar yetkazdik. Bizga uning o’rniga boshqasini tortishga yoki qiymatini to’lashga ijozat berishingizni va bizni qilgan narsamiz uchun kechirishingizni so’raymiz” deysan dedi. Ko’prikning egasi Humayd ibn Axzar ismli kishi ekan, uni qidirib topdim. Unga aytilgan omonatni yetkazdim. U esa menga: “Abu Abdullohga salom ayt va unga “sening qilgan ishingni kechirdim- Barcha mulkim senga fido bo’lsin” - deganimni yetkaz” - dedi. Abu Ja’far aytilgan omonatni Imom Al-Buxoriyga to’lig’icha yetkazadi. Shunda uning yuzlari birdaniga yorishib ketadi va chehrasida xursandchilik alomati paydo bo’ladi. Abu Ja’farning ta’kidlashicha shu kuni imom al Buxoriy g’ariblarga, besh yuzta hadis o’qib berdi va molidan uch yuz dirham sadaqa qilib yubordi. U kishi butun umrini hadis ilmini mukammal o’rganish va jamlashga bag’ishlagan.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling