Tahririyatga maktub
Ayolga ehtirom - Ona vatanga ehtirom
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
Ayolga ehtirom - Ona vatanga ehtirom.
Ayol borki, olam doim munavvar. Ayol borki, oila go’zal charog’on. Ayol borki, go’zal erur bu dunyo. Ayolni asragin, asragin Xudo. Asrlar davomida ayollar sha’niga qanchadan-qancha qasidalar she’ru-dostonlar bitilgan. Bu dunyoda odamzot bor ekan, ona mehri, ayol muhabbati barqarordir. Buyuk mutafakkir Z.M.Bobur: “Agarki yer yuzidagi barcha shoirlar yuz yil ta’rif etganlarida ham ayol latofatining yuzdan birini tarannum etolmaydilar” - deb e’tirof etganida muqaddas zaminimizning chiroy va nazokatda, vafoyu sadoqatda tengsiz ayollarni tutganligiga shubha yo’q. Dunyodagi barcha fahr-iftixor ayol tufayli bunyod bo’ladi. Quyoshsiz gullar ochilmagani, muhabbatsiz baxtga erishib bo’lmagani kabi ayol bo’lmas ekan, shoir ham tug’ilmaydi, qahramon ham degan purma’no hikmatlar hamon o’z qimmatini yo’qotganicha yo’q. Bugun har bir o’zbek o’zbekistonlik o’zi yashab turgan obod va mustaqil Vatani bilan fahrlanadi, ko’ksida shunday go’zal, jannatmakon mamlakatning fuqarosi bo’lishdek g’uruni to’yib obod hamda faravon hayot keshirish, buyuk davlat barpo etish yo’lida fidokorona mehnat qiladi. Bu vatanparvarlik tuyg’ulari esa bevosita ona allasidan farzand qalbiga muhrlanib boradi. Shunday ekan, bugun davlatimiz rahbari tomonidan ayollarga qaratilayotgan e’tibor ham bejizga emas. Hozirda har bir hududda “Ayollar daftari” shakllantirilishi yo’lga qo’yildi. Ayollar daftariga ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og’ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo’lmagan xotin-qizlarni har tomonlama ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va himoya qilish ularga davlat tomonidan manzilli tarzda ko’maklashish tizimini joriy qilish maqsadida shakllantirilgan. Unga 30 yoshdan oshgan toifadagi xotin-qizlar kiritiladi. Bu daftar orqali qanchadan-qancha olis hududlarda o’z tashvish va o’ylariga o’ralashib, dardini aytolmay yurgan ayollarning, boquvchisini yo’qotib farzandlari ko’ziga termulib g’oyibdan umidvor bo’lib turgan onalar, uzoq muddat chet elda bo’lib sarson-u sargardonlik ko’chalarida qolib, qiyinchiliklarning chegarasidan o’tolmay, ne-ne mashaqqatlar bilan yurtimizga kelib, qay ishga bosh suqishini bilmay turgan ayollar muammolari hal etilishi mumkin. Haqiqat shuki, ayol tengi yo’q bir mo’jiza. Buni mahkumlar ko’proq bilishadi. Ta’rifi yo’q bebaho ne’mat bo’lgan ayollar haqida qancha so’z ochmaylik yana ojizligimizcha bir og’izdan ayol buyuk zot deymiz-qo’yamiz. Ular haqida gapirganda boshqa qadr-qimmati yuksak ne’matlarning o’rni sezilmay qoladi. Bas shunday ekan kelinglar ayollarimizni munis-u mo’tabar opa-singillarimizni e’zozlaylik ularni tirikligida qadriga yetaylik. Ixtiryor ozodlikga chiqishiga sanoqli oylar qolgan paytda u birdan o’ylanib qoldi. Saodat rashk olovida qolganiga Ixtiyorning aniq ko’zi yetgach, reja o’ylashga tushdi. Chunki u ham o’ta o’jar mabodo u ham jahl otiga minsa, albatda Saodat Muhabbatning qo’l telefon raqamini topib olib unga telefon qiladi deb o’yladi. Va Saodatni bu yo’ldan qaytarishning bitta yo’li uni yana aldab Muhabbat haqida unga biron-bir hikoya o’qishi kerak edi. Bu to’qima hikoyaga u Saodatni ishontira olishini bilardi. Aslida unga to’qima deb Ixtiyor haqiqatni gapirdi. Chunki Ixtiyor uchun bu ikki ayol ham kelajakda kerak edi. Ixtiyor xuddi shunday yo’l tutdi. Ya’ni u Muhabbatni Saodatga oltin baliq qilib ko’rsatdi. Biz bu yerdan chiqqunimizcha bu oltin baliqdan ikkalamiz ham foydalanib turamiz buning uchun sen indamay menga qo’yib berishing kerak dedi. Saodat qanday qilib qo’yib berishim, indamasligim kerak deb jahl qildi, hey kallavaram shuni ham tushunmaysanmi, dedi Ixtiyor ham jahli chiqib. Tushunmayman dedi yana Saodat balandroq ovoz bilan. Unda eshit, har kuni men unga ikkalamizga yetgulik oziq-ovqat suv ichimlik, tamaki oldirib turaman va senga kerakli narsalar ham sen esa men bilan urishmasdan jim yurasan u bilan shuning uchun ham gaplashayapman-ku kallavaram dedi yana Ixtiyor baland ovoz bilan jahli chiqib. Saodat bu gaplarni Ixtiyordan eshitib jahli chiqqach indamay xonasiga kirib ketdi. Ixtiyor esa uning ortidan bilganingni qil deb baqirdi. Bir kuni Muhabbatning qo’l telefoniga uning qishloqdan bir yaqin tanishi qo’ng’iroq qilib qoldi. U o’zini tanishtirib Muhabbat bilan salomlashgach, o’zini bir necha oydan beri koloniyada ekanini va Ixtiyor bilan bir binoda yashayotgani haqida gapirdi. Keyin bir oz gaplashgach, Ixtiyor bilan Saodat o’rtasidagi gap-so’zlarni birin ketin gapira boshladi. To’xtating darhol u juda bo’lmaydigan odam deb rosa uni yomonladi. Bu gaplarni sizga o’zim aytmoqchi bo’lib yuruvdim o’zi bu yerga tez-tez kelib ketishingizniyam bilaman dedi. U qizning ismi Go’zal edi. Siz ajoyib aqlli ayolsi, yoshingiz ham unga mos emas deb gapirgach Muhabbatni jahi chiqdi biroq buni Go’zalga bildirmaslikga harakat qildi. Muhabbat gaplashib bo’lgach telefonni o’chirdi-da Go’zalning gaplaridan uning yuragini gumon, rashk o’rab oldi, dir-dir titradi. U Go’zalni ham yaxshi tanirdi, u yolg’on gapiradigan yengiltak ayol emas edi. Juda chiroyli, aqlli, mulohazali qiz edi. To’g’ri u ham eridan ajrashgan, bitta qizchasi onasi qo’lida qolib ketishiga qaramay, u ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan 30 yoshlar chamasi ayol edi. U kimga ishonishni bilmay qoldi. Lekin ko’proq Go’zalga ishongisi keldi uni yaxshi bilgani uchunmi buni o’zi ham tushuna olmadi. Ixtiyorga qattiq g’azabi keldi. Bir payt o’z g’azabini tiyolmasdan Muhabbat Ixtiyorning qo’l telefoniga qo’ng’iroq qildi-da undan Saodat degan qiz to’g’risida menga izoh bering. U kim o’zi? deb so’radi. Bu gapni eshitgan Ixtiyor titrab ketdi. Lekin bu titroqni Muhabbatga bildirmaslikga harakat qilib ovozini balandroq ohangda gapirdi. Sizga Go’zal bir nima dedimi? - siz ham menga gapirgan bu bo’hton gaplaringizni kimdan eshitganingiz to’g’risida izoh bering dedi Ixtiyor ham Muhabbatning gaplariga javoban. Kim nima desa ishonib gapiraverasizmi Muhabbat. Sizni o’qimishli, mulohazali, aqlli ayol deb bilganman. Siz haqingizda men umuman boshqacha fikrdaman, qolaversa bu yerdan chiqsam sizga uylanaman, baxtli yashaymiz deb sizga va’da berganman. Siz esa kelib-kelib meni bir fohishaga tenglaysiz-mi? U qayerda-yu siz qayerdasiz Muhabbat dedi. Muhabbat esa Ixtiyorning gaplarini jimgina eshitardi. O’sha qiz to’g’ri mening bo’ynimga osilmoqchi bo’lib yuribdi. Lekin men uni nima qilaman boshimga uraman-mi, dedi o’zini xuddi jahli chiqqan odamga o’xshatib. Siz aqlli ayolsiz, yaxshilab o’ylaning, haliyam kechmas. Mabodo menga kimdir siz haqingizda xuddi siz aytgan gaplarni aytsa men sizga ishongan bo’lardim, ungamas dedi. Ixtiyorning bu so’zlari sendi Muhabbatning suyak-suyagidan o’tib ketdi. Arang o’zini ushlab Ixtiyorning gaplarini eshitdi. Men bugun ishda Go’zal bilan janjallashib qolgandim. U meni sizga aytib beraman degandi. Oxiri niyatiga yetibdi-da, sizni menga qarshi qayrab olibdi. O’sha sizga qaytgan qizni men tutingan qiz qilib olganman agar bilsangiz. Uni faqat o’z qizimdek ko’rib unga mehribonlik qilardim. Uni Go’zalga o’xshagan ayollar ko’rolmaydi. Meni siz bilan sevishib gaplashib yurganimizni ham. Ustiga ustak agar bilsangiz men hammaga sizga uylanishimni ham gapirdim. Men ha bunday bo’htonlarni sizdan eshitib judayam xafa bo’ldim, dilimni og’ritdingiz dedi-yu, bir oz vaqtdan keyin qo’ng’iroq qilaman deb telefonni o’chirib tashladi. Muhabbat indamay uning bu gaplarini eshitib, qolaverdi. U endi bu gaplardan keyin ikkilandi na Go’zalga, va na Ixtiyorning bu gaplariga ishondi. Uning butun xayolini Saodat o’g’irladi. Kim u, bu qiz qanday Ixtiyor bilan ilakishib qolgan? bu savollarga uzoq vaqt javob izladi, charchadi, butun vujudi xuddi Saodat kabi yonib o’t bo’ldi. Rashk alangasida qoldi. Endi u nima qilishini sevgi deb yurgan bu ishq sarob ekanini anglab yetsinmi yoki oldingidan battar Ixtiyorni sevsinmi? Ikki o’t orasida butun vujudi otash bo’ldi. Bir yuragi to’xtat desa, ikkinchisi o’z sevging uchun kurash to’xtama deydi. Va bu ishga shayton aralashadi uni sev, to’xtama bu yo’l senga baxt keltiradi deydi. U shayton so’ziga quloq soldi. Endi u Ixtiyorni oldingidan ham battar sevdi uning uchun kurashishga ham tayyor turdi. Ixtiyor ham telefonni qo’ygach, ahiri aytibdi-da Go’zal, o’zi negadir undan ko’nglim to’q emasdi kasofat dedi. Bir kun kelib Saodat ham unga telefon qilib, yorilsa keyin tamom Muhabbat mendan shu kunni o’zidayoq voz kechadi. U men bilan hattoki hozirgidek izoh ham endi so’rab o’tirmaydi. Judayam ehtiyotkor bo’lishim kerak shu boshlagan ishim ikkita ayol o’rtasida qolib ketib boshimga bir kuni balo bo’lmasa go’rga edi. Yana zonaga vozvrat bo’lib ketmay deb qo’rqib ham qo’ydi. Eh Muhabbat, Muhabbat sen menga keraksan, agar kerak bo’lmaganingda edi o’zim hozirni o’zida senga nima deyishni yaxshi bilardim dedi o’z-o’ziga, yana shu asnoda kunlar o’ta boshladi. Ixtiyor Muhabbat bilan qattiq sevishib qoldi. Endi Muhabbatning ko’zlari faqat Ixtiyorni ko’rar, birov unga bir gap Ixtiyorni yomonlab aytgudek bo’lsa, uni naq yeb qo’yardi. Ixtiyorga shu qadar ishonardiki, hatto bu ishonch o’ziga bo’lgan ishonchdan ham ustun edi. Ixtiyor endi Muhabbatga faqatgina o’ziga yetgulik emas, balki Saodatga ham yetarli darajada narsalar, oziq-ovqat va kiyim-kechak oldirib, unga buyruq berib, hozirdan xuddi u Muhabbatning turmush o’rtog’idek o’zini tutib boshladi. Uni bilgan, tanigan yonidagi odamlar eh Muhabbat, Muhabbat Ixtiyorning haqiqiy basharasini bilsang edi deb boshladi. Ayrimlarni Ixtiyorning bu ishiga havasi kelar, ayrimlarning esa jahli chiqar lekin hech kim na Ixtiyorga va na Muhabbatga bu haqda g’ing demas edi. Va nihoyat Ixtiyor ozodlikga chiqadigan kun ham yaqinlashdi. Saodat juda xomush ahvolda edi. Chunki u endi Ixtiyorsiz bu yerlarda qanday yashashini o’ylar, agar Ixtiyor ozodlikga chiqsa Muhabbat bilan turmush qurmasmikin deb Ixtiyordan juda xavotirda edi. Endi u ham Ixtiyorni asta-asta bila boshlagan lekin shundayam u bunga ko’z yumadi, uning sevgisi esa barcha narsadan ustun haliyam uning ko’zlari ko’r, quloqlari esa veishdan kar edi. Biroq ikkita ayolning ahvoli ham ularning Ixtiyorning sevishi ham dardi-yu, hasrati ham birdek edi. Saodat nima bo’lgan taqdirdayam Ixtiyor ozodlikga chiqmasidan oldin ularning o’rtasidagi sevgini Muhabbatga yetkazib qo’yish ilinjida edi. Ana shunda Ixtiyor Saodatning bo’lishini, ular o’rtasidagi g’ov esa Muhabbatni oralaridan surib chiqarishga erishishi kerak edi. Bu haqda Saodat ko’p o’yladi hattoki biror reja tuzishniyam ko’zlab qo’ygan edi. Muhabbat ham Saodatga bo’sh kelmas, ayrim jihatlari bilan hattoki Saodatdan ham ustun edi. Saodat o’z baxti uchun Muhabbat bilan kurashsa, Muhabbat ham unga bo’sh kelmasligini u ham endi Ixtiyorni shundayligicha qo’yib yubormasligini bilardi. To’g’rirog’i u ham (подарка) ayollardan emasdi. Bir kun Ixtiyor bilan Saodat qattiq shu to’g’rida janjallashib qoldi-yu, Saodat Ixtiyorga sening hamma kirdikorlaringni men ham Muhabbatga asrandi qiz emas, sevgiling ekanligimni aytib seni fosh qilib sharmanda qilaman deb do’q-po’pisa qildi uni qo’rqitib qo’ymoqchi bo’ldi va shu bilan ular orasidagi g’ovni yo’q qilmoqchi bo’ldi. Ixtiyor ozodlikga chiqmasdan oldin bunga chek qo’yaman deb o’yladi. Ixtiyor bo’lsa, uni shunday qilib qo’rqitishini bilib, yana o’zini zonaga qaytib ketishini o’yladi-da, janjal boshlanmasdan 2-3 kun oldin Muhabbatga Saodat ustidan to’qigan cho’pchagini aytib, uning ko’ziga Saodatni aybdor ko’rsatib u menga osilmoqchi, men uni qizim deb yursam uning ko’nglida boshqa niyat bor ekan u bilan urishib qoldim hatto hammaning oldida so’kdim, mabodo sizga Go’zalga o’xshab telefon qilib qolsa uni bir adabini bering deb aytib ogohlantirgan edi. Muhabbat ham xuddi Saodatga o’xshab bu urishga tayyordek turgan edi. Xuddi Ixtiyor o’ylaganidek bo’lib chiqdi. Saodat Ixtiyor ketmasidan 2 kun oldin Muhabbatga qo’ng’iroq qildi. Muhabbatni raqamini topish uning uchun qiyin kechmadi. Muhabbat ham bu nomer tanish bo’lganidan qo’l telefonini darrov urishga shay odamdek jahl bilan ko’tardi. Saodatni qo’l telefon raqaminiyam allaqachon mabodo shu raqamdan sizga telefon qilib qolishi mumkin deb Ixtiyor bergan edi. Muhabbat ham bu raqamni telefoniga yozib qo’ygandi. U bir mahal javob berdi. - Allo. - Allo bu Muhabbat opani qo’l telefonimi dedi. - Ha menman dedi Muhabbat. - Assalomu alaykum kechirasiz vaqtingizni olganim uchun bu men Saodatman dedi hayajonlanib. - Vaalaykum salom yaxshimisiz. Xo’sh nima gapingiz bor menda, qulog’im sizda dedi Muhabbat ham. - Kechirasiz siz bilan ko’p vaqtdan buyon gaplashmoqchi bo’lib yuruvdim opa dedi. - Qulog’im sizda dedim-ku xo’sh, gapiring nimani gaplashmoqchisiz men bilan dedi yana so’zini takrorlab Muhabbat. - Siz Ixtiyorni tanishisizmi? - Sizga nima, kimsiz siz meni tergab dedi jahl bilan Muhabbat. - Tergamoqchimasman faqat bilib qo’yishingizni istardim. - Nimani bilishim kerak. - Biz Ixtiyor bilan turmush qurmoqchimiz iltimos sizni deb tez-tez janjallashiyapmiz. - Meni deb nima uchun. - Siz bizni o’rtamizga tushib qoldingiz. - Qanaqasiga xo’sh dedi yana Muhabbat. - U sizni aldayapti? - Sizni-chi? - U sizni emas, meni sevadi ustiga ustak siz undan birmuncha kattasiz. - Nima bo’pti katta bo’lsam, muhabbat yosh tanlamaydi. - Men uning asrandi qizi emasman, men uning sevgilisiman deyapman sizga. - Menga qarang yaxshi qiz biz Ixtiyor ozodlikga chiqishini kutyapmiz u bilan turmush quramiz dedi Muhabbat ham bir oz jahli chiqib va buni unga ham bildirib qo’ydi. - Bo’lishi mumkin dedi Saodat ham kulib Muhabbatga bo’sh kelmay. Aniqmi dedi yana Muhabbatni jahlini chiqarib. - Seni nima ishing bor dedi yana Muhabbat, ular orasidagi jang qizidi. - Ikkalasi shu tarzda uzoq gaplashishdi, oxiri Muhabbat meni sen bilan aytishib turishga vaqtim yo’q dedi-yu, shartta qo’l telefonini o’chirib tashladi. Lekin bu suhbatdan keyin Muhabbat yana uzoq o’ylanib qoldi. Ixtiyordanam bir oz jahli chiqdi. To’g’ri-da duch kelgan qiz endi Muhabbatga telefon qilaveradimi degan xayolga ham bordi. Biroq uning esiga yana Ixtiyorning siz menga ishonmay, shular aytgan uydirma gaplariga ishondingizmi deb xafa bo’lib qolishidan qo’rqdi-yu, indamadi. Bu safar u o’zini bosdi. Agar Ixtiyor aybdor bo’lganida u menga Saodat haqida bironta so’z aytmay qaytanga uni mendan yashirardi degan fikrga bordi. Ahir u rost aytdi Saodat menga osilmoqchiga o’xshaydi dedi-yu, demak Ixtiyorning bu yerda aybi yo’q. O’sha qizda hamma ayb. U bir fohisha bo’lsa, men ham u bilan teng bo’lib bir kamim Ixtiyorni talashish qoldimi endi deb o’zini bosib oldi. Ixtiyor ham o’z og’zi bilan uni fohisha degani rost edi. Ha ish jiddiyga o’xshaydi dedi oxiri Muhabbat o’z-o’ziga. Bu qizni agar Ixtiyor u yerdan tez ketmasa unga osilishi aniqga o’xshayapti, ishqilib Ixtiyorga biron kasri tegib ketmasa go’rga edi dedi. Ixtiyorning hamma tuzgan rejasi aniq u o’ylayotgandek ketayotgan edi, endi bu gaplarga Muhabbat ham ishonmaydigan Ixtiyor esa aybsiz odamga aylangan edi. Endi Saodat Muhabbat bilan bo’lgan suhbatdan keyin aniq Ixtiyorga nisbatan jahl otiga mingan va uning bu ishini kechirolmay, g’azab otiga mindi. Va nihoyat Ixtiyor bir necha oylab kutgan ozodlik ham yetib keldi u juda xursand baxtiyor edi. Ertaga u ketadi, Muhabbat ertalab kelib uni olib ketadi deb o’ylab Saodat tinmay yig’lar, endi u Ixtiyorsiz yashashini ko’z oldiga keltirolmas edi. Ixtiyor ketishidan bir kun oldin Saodat bilan uchrashdi. Unga hamma gapni tushuntirib u bu yerdan ketgach, tez-tez saodatni ko’rgani koloniyaga kelib turishini u uchun shu shaharda to Saodat bu yerdan chiqqunga qadar vaqtincha yashab turishini Muhabbatnimas uni chin dildan sevishini aytib o’zini unga xuddi oshiq yigit uning bo’lg’usi turmush o’rtog’i qilib ko’rsatdi. U ham bu yerdan tezroq chiqib ketishi uchun tilak ham bildirdi. Va nihoyat uzoq uchrashuvdan keyin ular uxlab dam olishi uchun o’z xonasiga ketishdi. Tong ham yorishay deb qoldi, Saodatning ko’ziga uyqu kelmadi. Saodat ham Ixtiyorning bu gaplariga goh ishonmas ba’zan esa ishongisi ham kelardi. Tong otdi. Saodat atiga ikki soatcha uxladi. U faqat Ixtiyorni o’yladi. Uni hech kim bilan bo’lishgisi kelmasdi. Ixtiyor faqat uniki bo’lishini xoxlardi xolos. U Ixtiyorning hattoki xotini bilan ham uchrashib yurgani, tez-tez u bilan qo’l telefonida gaplashib yurganidan ham xabari yo’q edi. U Saidani necha marotaba koloniyaga Saodatdan yashirinib kelib uchrashib kelganlariniyam bilmasdi. Kasalxona bahonasida u tez-tez koloniyaga ketib Saida bilan va Muhabbat bilan ham bir necha marotaba uchrashuvga chiqqan edi. Buni esa Ixtiyor Saodatdan sir tutdi. U ertalab turib, yuz ko’zini yuvdida Ixtiyor bilan xayrlashish maqsadida binoning tashqarisiga chiqib Ixtiyorning ketishini kutdi. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling