Tahririyatga maktub


Daydi yigit hikoyasi. II-Fasl. I-qism


Download 256.56 Kb.
bet30/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Daydi yigit hikoyasi. II-Fasl. I-qism.
Har doimgidek kunlar izidan kunlar o’ta boshladi. Ixtiyor Saodat bilan tez-tez uchrashib, unga turli xil va’dalar berib, aldab avradi. Bechora qiz esa Ixtiyorning unga aytgan hamma gaplariga, yolg’on va’dalariga ro’yi-rost ishondi. Xotini bilan darhol ajrashib, senga uylanaman u men qamalgach boshqa bir erkak bilan don olishib yurganini eshitdim degan yolg’on uydirmani to’qib bu haqda Saodatga gapirib berdi. Saodat hali judayam yosh, otasining vafotidan keyin uning tarbiyasi onasi zimmasiga tushgani va onasi ularni boqish uchun Rossiya davlatiga ishga ketib qolgani haqida Saodat boshidan o’tgan hayotini ro’yi-rost Ixtiyorga gapirib bergan edi. Shuning uchun ham oilada tarbiyaning nosozligidan Saodat bunday qing’ir ishlarga qo’l urib qo’ygan edi. Saodatning onasining ismi Gulnora edi. U juda chiroyli, ozg’in, sochlariga xira oq tushgan, lekin boshiga tushgan og’ir musibatdan juda charchagan ayol edi. U bolalarini boqish ilinjida qishloqda ish topilmagach Rossiya davlatiga ishlash uchun ketgan edi. Ayolning turmush o’rtog’idan bitta o’g’li va bitta qizi bor edi. Ayol ularni judayam yaxshi ko’rar, farzandlariga esa mehribon ona edi. Biroq u bolalariga tarbiyani yaxshi berolmadi, chunki endi bolalar o’smir yoshga yetkanida, ayol ularni yolg’iz tashlab qo’ygandi. O’sha paytlari qizi Saodat 15 yoshda, o’g’li Sherzod esa endigina 13 yoshni qarshilagan, ozg’in, uzun bo’yli, sochlari qora, oppoqqina, ko’zlari katta chiroyli bola edi. Ayol o’sha kezlari ularni yolg’iz katta hovlida noiloj tashlab ketishga to’g’ri kelgandi. U Rossiya davlatida yillar davomida ishlab har zamonda bolalarini va uyini ko’rib ketish uchun kelib ketardi. Ularni juda sog’inar ayniqsa qizi Saodatga mehri boshqacha edi. Har gal uyiga qaytgan kezlarida farzandlariga sovg’a-salomlar bilan qaytar, va bir necha kun ular bilan yashab yana ularni qarindoshlarga hamda qo’ni qo’shnilariga bolalarini nazorat qilib turishlarini aytib yalinib yolvorardi. Ayniqsa mahalladagi turmush o’rtog’ining do’sti Obid aka ularga juda yaqin edi. U do’stining o’limidan keyin bu oilaga uning xotirasi uchun doimo qarashib kelgan va ayolning farzandlarini ham o’z bolasidan kam ko’rmas edi. Ayol Obid akaning xizmatlarini juda yaxshi bilardi. Shuning uchun har gal Rossiyadan uyiga qaytganida bolalariga qo’shib unga ham sovg’a-salomlar olib kelardi. Qo’shnilar ham bir-biriga juda mehribon, ahil, har doim ayolning bolalariga xuddi o’z bolasidek qarashar, kezi kelganida dakki ham berishar tez-tez uylaridan xabar olib, ortiqcha oziq-ovqatlari bor bo’lsa, taomlaar ham qo’shib bolalariga tashlab ketishardi. Shuning uchun ayol bolalaridan u taraflama ko’ngli to’q edi. O’zi ham pochta orqali Obid akaga oziq-ovqat va kiyim-kechaklari uchun pul jo’natib turardi. Obid aka esa ayol jo’natgan puldan bolalariga kerakli narsalar va kiyim-kechaklar o’zi bozorga ularni olib borib kiyintirib kelardi. Lekin qiz bolani va er o’g’ilni bo’yi yetganida ularni yolg’iz tashlab qo’yish, gohida yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ayol hech o’ylamagan va xayoliga ham keltirmagan edi. Aniqrog’i yetti uxlab tushiga ham kirmagan edi. Turmush o’rtog’ining vafoti ayolga juda og’ir zarba bo’ldi. Ayol judayam chiroyli, o’rta bo’yli, oppoq yuzli, qoshlari qora judayam go’zal va mehribon ayol edi. Eri vafotidan keyin u turmushga chiqmadi. Qolgan umrini bolalariga bag’ishladi. Ko’p mehnat qildi, yelib-yugurdi, sog’ligi haqidayam qayg’urmadi. O’sha paytlari bolalari ham hali yosh, oilada esa o’zidan boshqa boquvchi yo’q bo’lganligi sababli, bitta o’zi ishlashga majbur edi. Nima ham qilardi, yashash kerak, yashash uchun esa mablag’ pul kerak, pul topish uchun esa mehnat qilish kerak edi. Ayolning sog’ligi ham joyida emas goh-gohida kasal bo’lib yotib qolardi. Saodatning ham bo’yi yetib u qo’shni mahallada yashovchi Aziz ismli yigit bilan tanishib sevishib qoladi. Ayol Saodatni Azizga to’y qilib uzatadi. Lekin u quda bo’lmish tomonni va kuyov yigitni ham surishtirmay netmay, Saodatning o’sha yigitni sevaman degan gapi bilan ayol qizini baxtli bo’lishini o’ylab hamma narsaga ko’z yumadi. Hattoki Azizni hech qayerda o’qimagan va ishlamasligini bilsada, ularning to’ylariga rozilik beradi. Lekin oradan bir necha oy o’tishi bilan ikki yoshning orasida tez-tez kelishmovchiliklar paydo bo’lib janjallashib turishadigan odat chiqarishadi. Bu janjallar bora-bora davom etib kattalashadi. Saodat shu orada homilador bo’lib qoladi. Saodatda bu homiladorlik judayam og’ir kechadi. Unga hatto qaynonasi uy ishlariga va boshqa ishlarga ham qarashmaydi. Aziz esa erta-yu kech uyga kelmaydi, qachon qaramang o’ziga o’xshagan takasaltang yigitlarni yoniga yig’ib, ayshu-ishrat bilan band bo’ladi. Saodat endi u oila uchun o’tirsa o’poq, tursa so’poq og’ir oyoqli ayolga aylanadi. Bekorchilikdan Aziz har kuni ichib gohida do’stlari bilan tongacha qolib ketadigan odat chiqaradi. Bu esa Saodatga yoqmaydi. U ham yosh, ustiga-ustak homilador ham, Azizni yonida bo’lishini xoxlaydi. Meva-cheva deganidek, biron narsani ko’ngli tusab yegisi keladi, lekin bu haqda u na Azizga va na qaynonasiga aytolmay, homila juda nimjon o’sadi. Qanaqa aytsin Aziz ham tunu-kun uyda bo’lmasa, o’zidan bilib, Saodatdan hol-ahvol so’ramasa. Oilada boquvchi esa Azizning ota-onasi edi. Saodat ertalabdan to qora kechgacha uyda yelib-yugurib xizmat qilar charchaganidan kechqurunlari Azizning kelishini kutib uxlab qolar edi. Saodatga kerakli narsalarni har doim onasi Rossiyadan pochta orqali jo’natib turardi. Sherzodni bir o’zi katta hovlida opasi turmushga chiqib ketgach, bir qancha vaqt yolg’iz yashadi. U maktabni tugatgach onasi uni ham Rossiya davlatiga ishga chaqirtirib oldi. Katta hovli huvillaganicha odamsiz va qarovsiz holda qolib ketdi. Hovli kaliti esa Obid akada edi. U har vaqt ahyon-ahyonda uyni ochib bir aylanib qarab ketardi. Ayol u bilan tez-tez telefonda gaplashib turardi. Shu asnoda kunlar o’ta boshladi. Saodatning ham bir kuni oy kuni to’lishib, ko’zi yoridi. U qizli bo’ldi. Gulnora opa nevarali buvi bo’ldi. Bu quvonchli xabarni eshitgan Saodatning onasi va ukasi juda quvondi, boshi osmonga yetdi. Darrov qizini hol-ahvolini va nevarasining sog’ligini bilish maqsadida Saodatga telefon qildi. Saodat endigina palataga o’tkazilgan, juda horg’in ahvolda edi. U operatsiyasiz qizini sog’lom dunyoga keltirdi. Telefonini jiringlaganini eshitib sekin yostig’i tagidan qo’liga oldi va oyisi ekanligidan xursand bo’lib ketdi.
- Allo, allo Saodat senmisan qizim.
- Assalomu alaykum oyijon bu sizmisiz, onasi ovozini eshitgach unga xuddi jon kirgandek bo’lib ketdi.
- Oying o’rgilsin ovozingdan qizginam eson-omon qutulib oldingmi?
- Oyi ovozingiz eshitilmayapti? Allo, allo bu menman Saodat. Onasining ovozi negadir uzuq-yuluq holda eshitilayotganidan Saodat qayta-qayta onasini chaqirdi: Allo oyi, onajon.
- Vaalaykum- assalom nima bo’ldi, senga ovozing juda g’amgin. O’zing yaxshimisan. Sog’liging joyidami. Nevaram qalay.
- Oyi qiz, qiz tug’ildi. Tabriklayman siz buvi Sherzod ukam esa jiyanli tog’a bo’ldi.
- O’zing-chi, operatsiyasiz tug’ildimi? Ahvoling yaxshimi o’zi faqat mendan hech nimani yashirmagin jon qizim.
- Saodat onasini ovozini eshitib ko’zlariga yosh oldi. Oyi siz ham meni va ukamni shunday qiynalib dunyoga keltirganmisiz? Oyijon toki o’zim ona bo’lmaguncha, sizning qadringizga, tug’ib chaqaloqni bag’rimga bosmagunimcha sizning qadringizga yetmabman oyi. Shu kungacha sizning dilingizni ko’p bora og’ritdim, gaplaringizga, nasihatlaringizga quloq solmadim oyijon. Endi o’zim ona bo’lgach qadringizni sezdim, bildim dedi ko’zlariga yosh olib.
- Qizining gaplarini eshitib turgan onasining ko’zlari yoshga yuvildi-da, o’zini zo’rg’a tutib, yig’lama qizim yig’lamagin dedi. Ona bo’lish senga ham nasib qilganiga Allohga shukr deyman. Qaynonang va Azizbek qayerda? Ular yoningda turishgandur, dedi o’ziga kelib sekingina.
- Ular yonimda edilar, meni palataga hozirgina olishdi. Kechadan beri ular ham charchadilar. Bir oz dam olib ovqat tayyorlash uchun hozirgina uyga ketishdi oyi.
- Ha, yaxshi qizim endi sening ovozingni eshitib ko’nglim joyiga tushdi. Nevaramchi u qayerda yoningdami, sut keldimi chaqaloqni emizdingmi?
- U yonimda emas, bolalar xonasiga hozirgina olib ketishdi. Birozdan olib kelib berishamiz deyishdi. Sut keldi emizdim oyi. Qiynalmadim juda tez bo’ldi dedi, qiynalsada onasidan yashirib.
- Sizni juda sog’indim oyi, ukam Sherzodni ham.
- Men ham qizim, juda sog’indim, ukang ham seni sog’ingan dedi onasi. Dor-darmonlaringiz bormi? Suyuqroq taomlardan ko’p-ko’p to’yib yegin sut bo’ladi. Kuch to’plashing kerak. Yana nevaram och qolmasin deyman-da qizim dedi ona qiziga ichi achib.
- Qizim biz ukang Sherzod bilan sen tug’masingdan oldin bormoqchi edik. Biroq maoshimizni vaqtida berishmadi? Uyga qaytolmadik. Biroq so’z berishdi yaqinda olarkanmiz. Maosh qo’limizga tegdi degandan ukang bilan birga darrov uyga qaytib ketamiz qizim.
- Mayli, oyi hech qisi yo’q. Asosiysi mana soppa-sog’man nevarangiz ham eson-omon, to’rt muchasi soppa-sog’ tug’ildi. Oyi nevarangizni ismini qaynonam Azizaxon qo’ymoqchilar siz nima deysiz dedi Saodat onasiga.
- Mayli, qo’yaver qizim nevaram ularniki ham, nima qo’yishsa ham sen indamagin, ular aytganicha bo’la qolsin dedi quvonib ona qiziga.
- O’zing bilasan biz qaytishimiz bilan darhol beshik to’y qilishimiz kerak. Chunki sen tug’ruqxonadan chiqqach darhol nevaramni beshikda boqmasang bo’lmaydi. Shuning uchun ham ertaroq qaytishga harakat qilaman iloji boricha qizim.
- Saodat onasi bilan gaplashganiga juda xursand edi. Ko’ngli ko’tarildi, ozgina bo’lsa ham uning badanidagi og’riqlar yengillashgandek tuyuldi. Oyi ukam bu xushxabarni eshitdimi. O’zi yaxshi yuribdimi. Ishlari joyidami? Sizning yoningizdami dedi yana oyisiga.
- Ha yaxshi yuribdi salom aytayapti, ishlari ham yaxshi. Yonimda mana u ham.
- U ham har kuni ishda dedi sal chaynalib, onasining nimadir aytolmaganini sezgach, Saodat yana nima bo’ldi oyi, aytaqoling dedi ayolni qistab.
- Ukang ham mana 3-4 oy bo’ldi maoshini ololmagach sening yoninga qaytolmadi qizim dedi.
- Mayli oyi hech qisi yo’q dedim-ku, men mana soppa-sog’man. Mayli oyi ukamga bering telefonni u bilan ham bir gaplashib qo’yay-chi dedi qizi oyisiga kulib.
- Allo, allo opa Assalomu alaykum,
- Sherzod Vaalaykum-salom, Yaxshimisan ukajon ahvollaring qalay.
- Meni qo’ying opa, o’zingiz qalaysiz. Jiyanim qalay bir ovozini eshitdiringchi dedi kulib.
- Hozirgina olib chiqib ketishuvdi. Keyinroq kechga tomon eshittiraman bo’ptimi. Endi sen ham tog’a bo’lding tabriklayman uka jiyanli bo’lding.
- Sog’ligingiz yaxshimi, qiynalmadingizmi mensiz dedi hazilomuz gaplar bilan Sherzod. Mazali taomlar ko’proq yeng opa. Hozir yoningizda bo’lganimda sizga ko’p taomlar olib borgan bo’lardim. Tog’a bo’lish qanday yaxshi ekan-a, to’g’risi juda quvondim opa. Aziz pochchamlar yoningizda bo’lgandirlar - a.
- ha uka ular ertalab ozgina damolish uchun qaynonam bilan birga uyga ketishdi. Keyinroq ovqat tayyorlab olib kelaman degandi.
- Chaqaloq kimga o’xshaydi opa. Xuddi qaynonamning o’zginasi. Men Aziz akamga o’xshasa deb rosa umid qilgandim dedi kulib. Qaynonamni quyib qo’ygandek o’zginasi bo’lgan jiyaning dedi.
- Mayli qo’yavering opa kimga o’xshasada ishqilib sog’-omon bo’lsin dedi Sherzod.
- Uka sizlarni juda sog’indim, ko’rgim kelyapti judayam dedi xomush tortib Saodat.
- Kechiring opa shunday kuningizda yoningizda bo’lolmaganimiz uchun juda xafaman. Rosa yetib borishga harakat qildik. Lekin bo’lmadi. Maoshimizni o’z vaqtida ololmadik. Aksiga olib, onam ham bu yerda. Sizni qizim yolg’iz deb rosa xafa bo’ldilar-da, o’ziyam dedi xomush tortib u ham.
- Hech qisi yo’q asosiysi, onam uka oldimizda sog’-omon yursinlar. Mana o’zim ona bo’lib, endi - endi ularni o’ylayapman. Seni va meni shunday qiynalib dunyoga keltirgan ekanlar-a, onajonimiz. Iltimos sendan ularga o’zing yaxshilab qaragin. Gaplarini hech ham ikki qilma. Doim yonlarida bo’l, sog’ligiga o’zing e’tibor bermasang bilasan o’zlarini esiga ham tushmaydi. Shu paytgacha bizni yolg’iz boqib keldilar oq yuvib taradilar. Bizni hech nimaga zoriqmay o’stirdilar. Ularga biron gap bo’lsa, men hech qachon o’zimni kechirolmayman uka xo’pmi, dedi Sherzodga. Bir oz ko’zlariga yosh kelib yig’ladi ham.
- Nima bo’ldi opa sizga , bunaqa gaplarni aytib meni qo’rqitmang. Xudo xoxlasa onam hali uzoq yashaydilar dedi Sherzod yonida turgan onasiga qarab turib.
- Onasi esa bolalarini suhbatini eshitib turib ko’ngli yumshab ko’zlariga yosh oldi. Biroq sekingina yig’laganini bildirmasdan ko’z yoshlarini artib qo’ydi.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling