Tahririyatga maktub
Nafs haqida. Odamiylik mulki kitobidan. Tohir Malik
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
Nafs haqida. Odamiylik mulki kitobidan. Tohir Malik.
Hazrat Abu Holid G’azzoliy “Munoshafat ul-qulub” (Qalblar kashfiyoti) kitoblarida deydilarkim: “Bilki, Alloh bir bandasiga, xayr ato etmoqchi bo’lsa, unga o’z nafsining qusur va ayblarini ko’ra oladigan basarat beradi. Kimningdir basirati o’tkir bo’lsa, qusur va ayblari o’ziga albatda ko’rinajak. Kimki o’z ayblarini bilganda esa ularni davolash imkoniga ega bo’ladi. Lekin afsuski, insonlarning ko’pchiligi o’z qusur va ayblarini ko’rmaydi. Ahvol shundayki, ba’zan kishi bir mo’min qardoshining ko’zidagi tariqday kirni ko’radi-yu, ammo o’z ko’zidan yong’oqdek dog’ni ko’rmaydi. Kimki o’z nafsining ayblarini ko’rmoqchi bo’lsa, benihoya to’g’ri basiratli kishi bilan do’st tutinmog’i loim. Toki bu do’st uning ahvolini harakat va atvorlarini ko’z ostida tutsin. Zohiriy va botiniy xunuk bir fe’lini ko’rsa, unga tanbeh bersin”. - Xo’p xayr opajon siz ham tezroq oyoqqa turib keting. Yaqin kunlarda ko’rishib qolarmiz xudo xoxlasa deb telefonini o’chirdi. Sherzod Oradan bir necha kun o’tgach, Saodat ham tug’ruqxonadan eson-omon chiqib uyiga keldi. Chaqaloq ham kun o’tgan sayin ulg’aya boshladi. Saodat onasining shu orada ukasi Sherzod bilan uyga qaytayotganliklarini eshitib, juda quvondi. Gulnora opa o’g’li bilan maoshlarini olishgach, Saodatga hamda nevarasiga juda ko’p sovg’a-salomlar olishib, uyiga qaytishdi. Obid akaga ham boshdan oyoq kiyim-kechak olishdi Obid aka ham ular qaytib kelayotganidan juda xursand bo’ldi. Ona bola to uyga eson-omon yetib kelgunicha chaqaloqni ko’rish orzusida edilar. Ular uylariga kelgach, esa darhol Obid akadan uyning kalitlarini olib ularga olib kelgan kiyim-kechaklarini berishdi. Ayol o’z uyini katta hovlisini juda sog’ingan edi. Uyga kirishi bilan sumkalarni, joylashtirib, o’g’li ikkalasi u yoq, bu yoqni sipirib tozalashdi. Darhol bozorlik qilib, ovqat taraddudiga tushgan payt qo’shnilar ham ularning qaytishganini eshitib sabri chidamay ayolni nevara bilan qutlash uchun kirib kelishdi. Ayolni nevarali bo’lgani va buvi bo’lgani bilan uzoq qutlashdi duolar o’qishdi. Sherzod esa qo’shni kelinlar bilan darhol dasturxon yozib onasiga qarashdi. Mehmonlar to yarim kechgacha shu kuni shodu-hurramlik, va o’yin-kulgu qilishdi. Shu orada ayol eson-omon kelganini aytib, qizi Saodat bilan ham gaplashdi va ularnikiga qachon borishi kerakligi haqida ham qizi bilan maslahatlashdi. Ayol qiziga to’yni qaysi kunga qo’yishini qaynona va qaynotasi bilan ham maslahatlashib qaytishniyam tushuntirdi. Saodat esa onasining to’y haqida gapirgani va sen bilan nevaramga ham sovg’a salomlar oldim. Kuyovga alohida sovg’am bor deganiga juda quvondi. Uyida qo’shnilar borligini eshitib boshi ko’kga yetdi. Mehmonlar uydan tunning yarmigacha o’yin-kulgu qilishgach, charchab uy-uylariga tarqalishdi. Ona bola mehmonlarni kuzatishgach, uyda o’zlari yolg’iz qolishdi va charchab uxlashdi. Ertalab tong otgach, ayol o’g’li Sherzodni uyg’otib birga yana bozorga borib kelishdi. Saodatni uyiga mehmonga borishga tayyorgarlik ko’rishdi. Keyin esa o’g’liga kechqurun hech qayerga do’stlari bilan ketib qolmasligini uyga xolasi va pochchasi kelishini birgalikda hammalari qizining uyiga mehmonga borishlari haqida gapirdi. O’g’li bundan xursand bo’ldi. Ayol singlisiga darhol telefon qilib Rossiyadan kecha o’z uyiga qaytganini va bugun kechqurunga eri Qudrat bilan birga hammalari qudasining uyiga birga qo’shilib, nevarali bo’lganligi bahonasida to’y taraddudi haqidayam bafurja o’tirib, gaplashib kelishlarini aytib, ularni ham mehmondorchilikka taklif qildi. Singlisiga nevarali bo’lganidan xursand ekanligini bildirdi ularga ham sovg’a olib kelganligini aytib singlisini ham quvontirib qo’ydi. - Mayli birga boramiz deb, singlisi ham onasi ham nevarali bo’lganidan juda xursand bo’ldi. Bu haqda ayol o’g’li Sherzodga ham aytdi. O’g’li esa onasiga xolasini taklif qilganimiz ham yaxshi bo’ldi dedi. Oradan bir muncha vaqt o’tgach, uyga xolasi va pochchasi kirib keldida, ular bilan salomlashib, nevarali bo’lgani bilan ayolni tabriklashdi. Ular uyda sog’-omonlik so’rashib bir piyola choy ishishgach, hammalari birgalikda, pochchasi Qudratning mashinasida qudalarni ham qutlash uchun Saodatning uyiga yo’l olishdi. Ular qudalari bilan salom alik qilishgach, ichkariga kirishdi. Uzoq suhbatlashishdi, nevaralarini ko’rib, hammalari bir-bir qo’liga olishdi. Shu yerning o’zidayoq olib borgan sovg’a-salomlarini qudalariga topshirishdi. Qudalar ham mehmonlarni juda yaxshi kutib olishdi. Dasturxonni ham shohona qilishdi, nozu-ne’matlarga ustini to’ldirishdi. Ovqat tanavul qilib bo’lingach, yana bir marta buvi va buva bo’lganligi uchun qaynona va qaynotani, hamda kuyov Azizbekni tabriklashdi, duolar o’qildi. Qudalar juda xursand bo’lishdi. Ketar chog’lari yaqinlashganida esa ayol bilan kuyov Qudrat ikkalasi beshik to’yni o’tkazish haqida og’iz ochishdi va qudalar bilan to’y haqida maslahatlashishdi. Ma’lum bir kunni belgilab, bu haqda ayol qizi bilan ham maslahatlashib oldi. Qudrat kuyov endigina 45-bahorni qarshilagan uzun bo’yli, ozg’in, qoshlari qora, oppoq yuzli yigit edi. U bunday masalalarda judayam chaqqon edi. Ular bu to’yning o’tkazish marosimlari, sarpolar va to’y harakatlari haqida so’zlashib kelishib olishdi. So’ng qudalardan ketishlariga ruxsat so’rashib, fotiha qilindi. Ayol qudalari bilan ham alohida gaplashgach qizi Saodat bilan ham xayrlashib, yana nevarasini bir bora bag’riga bosib duolar o’qidi. Mehmonlar qudalar bilan xayrlashgach Gulnora opa singlisi va Qudratni uyiga yetib kelgach to’y haqida o’zlari bamaslahat qilishlari uchun bir piyola choy ichishga taklif qildi. Sherzod ham jiyanini ko’rib negadir juda xursand ahvolda edi. Hammalari mashinadan tushishgach, ichkariga kirishdi. Darhol ayol o’g’li bilan singil uchalasi dasturxon yozishdi va choy keltirishdi. Shu tobda ayol gap boshladi. To’y xarajatlari va sarpolarni ozmi-ko’pmi bozorlab o’g’li bilan olib kelganini, lekin kamchiligi bo’lsa, to’ldirishi haqida singlisi va kuyoviga aytib shu vaqtning o’zidayoq ular to’yga taklif qilinadigan mehmonlar ro’yxatini ham oq qog’ozga birin ketin tushirishdi. Bu to’y ishlarini hamma hammasini u kuyovi Qudratning zimmasiga yukladi. Kuyov degan bundoq bo’pti dedi singlisi Kamola opasiga qarab, Kamola ham xuddi opasiga o’xshab juda mehribon va xushbichim ayol edi. Opasi ham bo’sh kelmay, Qudrat kuyovni shuning uchun ham juda yaxshi ko’rib hurmat qilaman-da deb singilga qarab uning gaplarini ma’qullab qo’ydi. Chunki biz biron to’y yoki ma’raka beradigan bo’lsak yoningda o’ziyam tog’ bo’ladilar-a, deb kuyovga bir qarab maqtab qo’ydilar. Mening sizlardan boshqa yana kimim bor uka dedi ularga bir-bir qarab. Vaqt ham allamahal bo’ldi dedi Qudrat keyin opasiga qarab, biz turaylik opa. Siz ham juda charchadingiz. Bundan tashqari hali Kamola bilan to’yni eson-omon o’tkazishingiz, yelib-yugurishlaring kerak. Qudalarni ham mana ko’rib qaytdik opa, mehmonlar ro’yxatini ham mana oldim deb ayolga ko’rsatib cho’ntagiga soldi-da, endi uyga qaytaylik, bolalar ham uxlab qolishgandir. Biroq opa otamlar to biz uyga kirib bormaganimizcha uxlamay yo’limizga qarab o’tirishadi. Azaldan shunday odatlari bor. Xuddi biz ularga yosh bolaga o’xshaymiz shekilli. Qani omin deb, dasturxonga fotiha qilish uchun kaftlarini ochib o’qidilar. Keyin hammalari o’rinlaridan turib, xayrlashish va mehmonlarni kuzatish uchun tashqariga hovli oldiga chiqishdi. Ayol singlisiga qarab ertaga ertalab, bozorga, to’yga qolgan narsalarni ham olish uchun birga borib kelishlarini iltimos qildi. Va ular bilan xayrlashdi. Ular ketgach ona-bola hovli ichkarisiga kirib hamma yoqni tozalab charchaganlaridan uxlab qolishdi. To’y kuni ham yetib keldi. Hamma yaqin qarindoshlar yig’ilishib to’yni ham o’yin-kulgu va xursandchilik bilan kuyov Qudrat boshchiligida eson-omon o’tkazib olishdi. Hamma qarindoshlar to’yning yaxshi o’tganidan xursand holda uy-uylariga tarqalishdi. To’yning judayam qiziqarli va yaxshi o’tganini qarindoshlar uzoq vaqtgacha tilidan qo’ymasdan ayolni maqtab aytib yurishdi. Bu to’ydan Saodat va Azizbeklar hamda qaynona va qaynota ham juda xursand bo’lishdi. To’yga qilingan sovg’a, salomlar, hattoki sarpolar ham ularni juda manzur bo’lib bu haqda kelini Saodatga ham gapirishib qudalariga rahmat ham aytib qo’yishini keliniga tayinlashdi. Ular qudalaridan bunday qiziga to’y qilib sarpolar olib kelishini kutishmagan edi. Nomiga-gina qilsa kerak deb o’ylashgandi ham. Ayniqsa bu sovg’a-salom va sarpolar qudalarning mahalladoshlari va yaqinlarining ko’zi oldida tog’oradan, to’gora bo’lib ochib ko’rsatishlari va tarqatishi juda manzur bo’ldi. Shu asnoda yana kunlar o’ta boshladi. Ayol qiziga o’g’li bilan Rossiyaga qaytib ketishlarini aytib xayrlashdi va nevarasiga yaxshi qarashini uni ko’z qorachig’idek avaylashini aytib tayinladi. Kun o’tgan sayin chaqaloq ham ulg’aya boshladi. Ayol chaqaloq dunyoga kelgach, ular orasidagi janjalga yakun yasalar deb o’ylagandi. Lekin bunday bo’lmadi. U qizining oilasi buzilib ketishidan qo’rqib yashab kelayotgandi. Lekin bu chaqaloqning dunyoga kelishi ularni butkul hayotini o’zgartirib yuboradi deb o’ylagan ayol endi yana qo’rquvga tushdi. Aksiga olib, Sherzod ham ayolning yonida ekanligi sabab u qizini judayam yolg’iz deb his qilib u haqda juda ko’p qayg’urardi. Shu orada yillar ortidan yillar o’ta boshladi. Chaqaloq ham 3 yoshga yetdi. Biroq yillar mobaynida Saodat bilan turmush o’rtog’i orasidagi janjal haliyam davom etib kelmoqda edi. Bir kuni ahiri bu janjallarga Saodat yakun yasadi. Ular qattiq janjallashib, tortishib qolishdi. Aziz Saodatning qo’llarini ko’kartirib kaltaklab tashladi. U yig’lab qizi bilan ota hovlisiga qaytdi. Lekin bu janjalga qaynona ham endi aralashmadi. Qaynota esa uyda yo’q edi. Endi bu safargi janjal oldingi janjallardan ham o’tib tushdi. Saodat endi jonidan ham to’ygan edi. Shu sababli hech bir kuch uni ajrashish yo’lidan to’xtatolmas edi. Eri Aziz tong bilan mast holatda uyiga kelib, uni kaltaklaganini endi Saodat kechirolmasdi. Qizcha ham baqiriq chaqiriqdan qo’rqqanidan yig’lab-yig’lab ko’karib ham qoldi. Saodat qizaloqni ovutib ko’zlariga yosh bilan ota hovlisiga arang yetib keldi-yu, bu nohaqliklarga chidamay, shu erning o’zida onasiga qo’ng’iroq qildi. Va o’tgan voqeani onasiga gapirib berib, o’zi esa shu tobda hovli eshigi oldida turganini gapirdi. Ayol esa qattiq g’azab otiga mindi, endi bu nohaqliklarga chek qo’yadigan vaqt keldi dedi o’z-o’ziga. Va qiziga hovli kalitini Obid akadan borib olib kelishini, hovlini sipirib tozalashini, keyin o’zi Rossiyadan uyga qaytgunga qadar yashab turishi va uning o’zi endi bu janjallarga chek qo’yishini aytib qizini tinchlantirdi. Nevarasini esa Sherzodni bolaligidagi beshik va belanchagi ham borligini qiziga aytib kerak bo’lsa o’sha narsalardan ham foydalanib turishi mumkinligini tushuntirdi. Saodat xuddi onasi aytganidek, borib Obid akadan uyning kalitini oldi-yu, bo’lib o’tgan voqealarni u oqizmay-tomizmay aytin berdi, ko’z yosh qildi. Obid aka ham Saodatni tinchlantirib unga hovlining kalitini onasi aytganidek berib yubordi. Saodat haqida qayg’urdi, lekin qo’lidan hech nima kelmadi. U nima ham qila olardi. Saodat kalit bilan hovli eshigini ochdi-yu, ichkariga kirib qizalog’ini quchoqlab ho’ng-ho’ng yig’ladi. Har kuni hovlini sipirib-sidirib yolg’iz qizi bilan birga yashay boshladi. Shu orada Saodat eski dugonalaridan biri Shoirani ko’rib qolib u bilan eski do’stligini tiklab bordi, keldi qilib yashay boshladi. U juda chiroyli, sochlari uzun qora, oppoqqina, ko’zlari katta-katta 20 yoshlar chamasi Saodat bilan teppa teng edi. Saodat zerikkanidan tez-tez ularnikiga borib turardi. Dugonasining yangi oq kobalt mashinasi bor bo’lib, ular har kuni mashinada aylanib shahar bo’ylab sayrga chiqishar edi. Shoira onasi bilan birga yashardi. U ham xuddi Saodatga o’xshab eri bilan ajrashgan ikki nafar zarzandi bor bo’lib, ota hovlisiga qaytib kelgandi. Shoira ham goh-gohida zerikkanidan onasi va bolalarini olib mashinasida Saodatlarnikiga kelib ketishardi. Gohida ikkalasi farzandlarini Shoiraning onasiga tashlab o’zlari esa yigitlar bilan u yoq, bu yoqqa borib qidiradigan odat chiqarishdi. Saodat Shoira bilan dugona bo’lgach o’zgara bordi. Shoiraning onasi 60 yoshlardan oshgan bo’lsa-da hali tetik ayol edi. Lekin u biron marta ham qizlarga urishmas, ularning bunday hatti harakatlariga yengil qarardi. O’zi esa ularga imkon berib bolalariga ular ketishgan payti enagalik qilib qarab o’tirardi. U qanday ona ediki, qizlarni bunday egri qadam tashlashlariga yo’l qo’ysa deb ko’rgan bilgan odam gohida ajablanardi ham. Bora-bora qizlar hech ham ajrashishmaydigan odat chiqarishdi. Goh unisinikida, goh bunisinikida bo’lib, birga yashardi. Bu voqealardan qo’shnilar ham xabar topib, ular ham qizlarga hayron qolishar, Saodatdagi bu o’zgarishlarni bora-bora qo’shnilar ham sezishgandi. Lekin ayrimlari Saodatga dakki berib nasihat qilganlari ham yo’q emas edi. Biroq Saodat ularning gaplariga ham quloq solmay bilganidan qolmadi. Bu gaplardan xabar topgan Obid aka Saodatdagi bu o’zgarishlarni oldiniga uning onasiga ayta olmadi. Onasi esa qizi bilan Shoiraning do’stlashganidan juda xursand edi. Shoiraning yonida onasi ham borligini eshitgach esa obdon bemalol bo’lib qolib, hattoki telefonda Shoiraning onasi bilan ham tanishib bir necha bor gaplashishgan ham edi. U Saodatni Shoiraning onasiga o’z qizidek unga ham qarab turishini aytib topshirgan ham edi. Lekin qizlarning bunchalik oyoqlari toyishi haqida o’ylamagan xayoliga ham kelmagan edi. Ayniqsa qizining tez vaqt ichida bunchalik o’zgarishini o’ylamagan va yetti uxlab tushiga ham keltirmagan edi. Ayol nevarasidan juda xavotir olar va bu haqda bir necha bor Shoiraning onasiga ham telefonda gapirgan edi. Lekin Shoiraning onasi qizlarining bunday ahvolidan biron marta ham Gulnora opaga shikoyat qilmagan hattoki uning ko’ziga qizlarni unga maqtab qo’yardi xolos. Nevaralarga esa har doim Shoiraning onasi qaragan edi. Uning ismi Guli aya edi. Guli aya bolalarga mehribon ularni judayam yaxshi ko’rardi. Qizlar esa har kuni bolalarga sumka, sumka o’yinchoqlar, uyga sumka-sumka oziq ovqatlar, nima kiyaman desa Guli ayaga o’sha kiyimini olib berishar nima ichaman desa, o’sha ichimlikni olib kelishar edi. U shohona yashardi, hammasi qizlarining hisobidan edi. Bora-bora endi qizlar haqiqiy fohishaga aylangan edi. Ular endi qishloqdan va shahardan boy kishilarni topishib ular bilan ayshu-ishrat qilib boshlashdi. Ayrimlarini Guli aya bilan ham uyga olib kelishib tanishtirishdi. Aya esa qizlarga pul va boylik ilinjida ularning hamma ishlariga oshkora ruxsat berib qo’ydi. Bu voqealar Saodatning qo’shnilariga bora-bora yoqmay boshladi. Chunki ular Saodatning onasini yaxshi taniganlari va Gulnora opa uyini, hovli va qizini ularga topshirib ketganligi uchun ham nima qilishlarini bilmay Saodatning ustidan bir necha marta Obid akaga shikoyat qilishdi. Chunki Obid akani ular yaxshi tanishar uning bu oilaga mehribonchiligini va Gulnora opaning turmush o’rtog’i bilan Obid aka tirikligida qalin do’st bo’lib yurishganini yaxshi bilishar hovli kalitini ham avvallari Obid akada bo’lishidan xabarlari bor edi. Bu haqda Gulnora opa ham qo’shnilariga Rossiyaga ishga ketmasidan oldin aytib tushuntirgan edi. Qo’shnilar shuning uchun ham qizlarning bunday noto’g’ri yurishlari haqida Gulnora opaga Obid aka xabar berishini to’g’ri deb bilishdi. Chunki haliyam Gulnora opa qizi haqida xabar topmagan edi unga bu haqda kim ham aytardi. Shu asnoda kunlar ham o’ta boshladi. Bir kuni Saodat uyida dugonasi Shoira va boshqa tanish yigitlar bilan spirtli ichimliklar ichib, ziyofat qurishdi, ziyofat tugagach esa, ular nimanidir ustida kelisholmay janjallashishdi. Baqiriq, chaqiriq va yig’i tovushini eshitgan qo’shnilar mahalla noziriga telefon qilishdi. Va Obid akani ham bu voqeadan xabardor qilib qo’yishdi. Obid aka qo’rqqanidan Saodat yoniga yetib kelib, ichkari hovliga kirdi. Hovli ichkarisi betartib bir ahvolda edi. Bu manzarani ko’rgan Obid aka indamay, ayvonga razm solar ekan u yoq, bu yoqda dumalab yotgan bo’sh spirtli ichimliklar shishasiga va dasturxon atrofidagi singan idishlarga ko’zi tushdi. Qizlar esa ichkari xonada uxlab qolishgan edi. Shu payt ichkariga mahalla noziri ham kirib keldi-yu hovli eshigi oldida g’azab bilan turgan Obid akaga ko’zi tushdi. Nozir ham ayvondagi ushbu manzarani ko’zi bilan ko’rar ekan, bir past jim bo’ldi-da, hamma yoqni bir-bir ko’zdan kechirdi keyin Obid akadan qizlarni so’radi. Ular ham nozirga hozirgina sizdan sal oldinroq hovliga qo’shnilarining shikoyat qilgani sabab kirib kelganini va bu yerdagi manzarani ko’rib qotib qolganini tushuntirib berdi. Keyin ichkari xonalarni qaramagani, qizlar uxlab qolishgan bo’lsa kerak deb nozir bilan ular haqida va hovli egasi Gulnoraning Rossiyada ishlab yurganligi to’g’risida bir oz gaplashib qolishdi. Keyin qizlarni ismini aytib kichkina karidorga o’tishdi. Bir payt ichkaridan ovoz chiqdi, Saodat arang o’rnidan turib, dugonasi Shoira bilan nozir va Obid aka oldilariga mast-alas holatda betartib ko’rinishda chiqib kelishdi. Obid aka Saodatni ko’rishi bilan unga nasihat qila boshladi. Bunday betartib manzaraga izoh so’radi. Shoira esa indamay, Obid akani nasihatini eshitgach, nozirga va Obid akaga javoban gap qaytarib so’zladi. Biz bilan nima ishingiz bor yoki ota-onammisiz, kimsiz siz qabilida ish tutdi. Obid akani esa bu javobdan battar jahli chiqib, Saodatga qarab endi bu voqeani onasiga telefonda aytib berishini, va qo’shnilarining ham shikoyati to’g’risida gapirishini onasini bu sharmandachilikni bilishini aytib, Saodatga qattiqroq bu safar dakki berdi. Biroq bu gaplar Saodatga ta’sir ham qilmadi. Chunki g’isht qolipdan ko’chgan endi bunday nasihatlarni na Saodat na Shoira piniga ham olmasdi. Nozir qizlarga ularning kelib, nasihat, tanbeh berishlarini ogohlantirish deb qabul qilishlarini aytdi va ikkala qizdan ham tushuntirish xat yozdirib olib hovlini ro’yxatga olishini va shaxsan o’zi har kuni nazorat qilib turishi haqida gapirdi. Qizlar indamay qolishdi. Chunki ular ham ish kattalashayotganini bilishib, kechirim so’rashga o’tishdi. Ular qizlar bilan gaplashib bo’lishgach, hovlidan ko’chaga chiqib, uy-uylariga ketishdi. Buni ko’rgan qo’shnilar rosa gap-so’z qilishdi. Ikkala qiz ham ular hovlini tark etgach hamma yoqni tozalab yana uxlab qolishdi. Saodat bu xabarni Obid aka onasiga yetkazsa, onasi undan xafa bo’lishini o’ylab qilgan ishidan afsuslandi. Saodatning turmush o’rtog’i u haqidagi mish-mishlarni eshitishi zahoti uni sudga berib ajrashdi. Hattoki qiziga ham achinmadi. Saodat esa bu ajrashuvga xayrixohlik bildirdi. Hattoki bu ish uchun ko’zidan bir tomchi ham yosh oqmadi ajrim qog’ozga esa o’ylanib o’tirmasdan qo’l qo’yib berdi. Unga atrof muhit dugonasining hatti-harakatlari, erkaklarning avraashlari-yu hamma hammasi juda katta ta’sirini ko’rsatdi. Endi u batamom yengiltak, sharm hayoni o’ylamaydigan, betga chopar, fohishalik orqasidan pul topadigan ayolga aylandi. Oldingi uyalchang, mehribon, or-nomusli qizdan asar ham qolmadi. Obid aka esa bu gaplarni endi yashirmay netmay Gulnora opaga shartta telefon qildi-da hamma voqeani boshdan oyoq gapirib aytib berdi. To’g’rida u qachongacha yashirsin oldiniga Saodatni to’g’ri yo’lga tushar qo’shnilarning mish-mish aytib yurgan gaplari bo’lsa kerak deb o’ylagandi. Lekin o’zi Saodatning uyiga borib ne ko’z bilan ko’rsinki qo’shnilarning gaplari nechog’lik haqiqatga yaqinligini shohidi bo’lgach, nima qilsin qizning onasiga aytishga majbur bo’ldi. Bora-bora bu ishlar kufrga aylansa, Obid aka bu voqealarni oldinroq onasiga aytmasa, u Gulnora opa oldida kim degan odam bo’lardi. Isnodga qolib ketishdan qo’rqib hamma gapni onasiga yotig’i bilan tushuntirgani bir oz bo’lsada Obid aka ko’ngli tinchlangandek taskin topdi. Xalqimizda kasalni yashirsang, isitmasi chiqadi degan maqol ham bejizga aytilmagan deb o’ylab qo’ydi Obid aka ham. Aksiga olib bunday gaplar qishloq joylarida shamoldek tez tarqaladi. Uning ustiga endi Saodatning yo’qotadigan hech narsasi ham qolmagan edi. Qozon yoniga borsang qorasi, yomon yoniga borsang yarasi yuqadi deb shuni aytsalar kerak. Bora-bora Saodatning gohisha ayolga aylangani haqida Gulnora opaning yaqinlari ham eshitib, Saodatni izlab uyiga kelishdi. U bilan janjallashib ham olishdi. Keyin har xil gaplar unga aytishib nasihatlar berishdi va onasining yig’lab ularga qo’ng’iroq qilib xabar olishlarini qizi bilan gaplashishlari kerakligini aytib ham berishdi. Lekin bu ham Saodatga ta’sir qilmay qaytanga janjal chiqarib ularni uyidan ko’chaga haydab soldi. Ular ham Saodatning yaqin vaqt ichida bunchalik o’zgarib ketganini qo’ng’iroq qilib onasiga aytib berishdi va Saodatdan xafa bo’lishdi. Bundan battar jahli chiqqan ayol darhol qiziga qo’ng’iroq qildi va battar g’azabga mindi. Nima qilgandayam u Saodat oldiga begonalarni emas, o’z jigarlarini yuborib qizi bilan gaplashsin deb o’ylasa, ustiga-ustak ularni o’z uyidan haydab ko’chaga chiqqan bu oqibatsiz qizga endi nima ham qila olar edi. Telefonni Saodat ko’targach, onasi unga butun g’azabini sochdi, dili og’riganini aytib yig;ladi, dod-faryod qildi. Uning bunday tez vaqt ichida bag’ri tosh qizga aylanganini nahot sezmay qolganini aytib, nolalar qildi. Saodat indamay oldiniga onasini tingladi, lekin gaplarini eshitib bo’lgach, endi unga baribir ekanligini aytib soldi, ayolning endi battar bu qizni odam bo’lmasligiga amin bo’ldi. Saodat indamay netmay, va onasi bilan xayrlashmasdan telefonini o’chirib qo’ydi. Onasi telefonni qo’ygach, ikki ko’zi yoshga to’lib yana yig’ladi. Endi yig’idan ham foyda yo’q edi. Bo’lar ish bo’lib bo’ldi. Saodat onasining bu nasihatlariga ham quloq solmadi. Shu asnoda bir necha oylar yillar o’tdi. Va Saodat ohir oqibat jinoyatga ham qo’l urdi. Qizchasi esa Shoiraning onasi qo’lida qoldi. Bu jinoyatda Shoiraning ham qo’li bor edi. Lekin tergov va sud jarayonlarida Saodat Shoirani umuman aralashtirmay, hamma narsani o’z bo’yniga oldi. Qilmish, qidirmish den endi shuni aytsalar kerak. Bu gaplardan qizi Shoiraning ham bu jinoyatda qo’li borligini eshitgan Guli aya ham qo’rqib, qattiq g’amga botdi. Qizining ham bu ishda qo’li borligini Saodat sotib qo’ymasin deb, xudoga nola qildi. Vaqtida bu ikkala qizni bu yo’ldan to’xtatmaganiga afsuslar chekdi. Lekin so’ngi pushaymon o’zinga dushman deyishadi. Shoira bilan onasining har kuni to tergov va sud jarayonlari tugaguncha qo’rquvda o’ta boshladi. Shoira ham endi uyidan chiqmas, jim bo’lib qolgandi. Bir ko’ngli Saodatni uni sotib qo’ymasligiga ishonsa, bir ko’ngli qo’rqib, boshi berk ko’chada qolgandek o’zini his qilardi. Shoiraning onasi Saodatning onasiga qizi jinoyatga aralashib qamalib qolgani, nevarasi Aziza esa hozircha ularning qo’lida ekani va unga Shoiraning onasining shaxsan o’zi qarab, mehribonlik qilayotgani to’g’risida qo’ng’iroq qilib aytishga majbur bo’ldi. Telefonda dod-faryod qilib yig’ladi ular uzoq vaqt suhbatlashishdi. Bo’lgan hamma voqeadan Saodatning onasi xabar topib, judayam qayg’uga botdi. Guli aya unga hozir qizining ishi tergovda ekanini ham aytdi. Unga qiziga kerakli narsalarni ham qamoqxonaga yetkazib berganligini gapirdi. Gulnora aya ham tezda uyiga qaytishi va qiziga nima bo’lganligi, uni tergovchi nima uchun qamab qo’yganligi haqidayam surishtirishini va u qaytgunga qadar nevarasiga qarab turishini iltimos qildi. Nima bo’lgan taqdirdayam endi Saodatga qanday qilib yordam berish va uni qamoqxonadan chiqarib olish yo’llarini axtarishini aytdi. Ona-bola bu shum xabarni eshitgach, darhol Gulnora opa samalyotga chipta olishga shoshildi. O’g’liga esa shu yerda qolishini, ishga o’z vaqtida borib kelishini buyurdi. Chunki o’g’li ham ishdan ajralib qolishini xoxlamadi. Ahir endi-endi o’g’lining ishlari olg’a siljib boshlagandi-da. Ertasi kunning o’zidayoq Saodatning onasi Rossiyadan uyiga qaytdi. Chunki ayol shunday qilmasada, qaytmasada bo’lmasdi. Nima bo’lgan taqdirdayam yolg’izgina qizi, ikkinchi tomondan esa nevarasini begonalar qo’lida qolib ketishini xoxlamadi. Chunki qizning onasidan bo’lak suyanadigan hech kimi ham qolmagan edi. Begona ayol ham bu go’dakni nima qilsin, unga hozircha qaraydi, boqadi keyin-chi, keyin uning taqdiri nima bo’ladi. Ular ham tergov va sud tugagach, uni bolalar uyiga topshirib yuborishadi, boshqa nima ham qilishardi bu gaplarni Saodatning onasi to samalyotga minganidan, uyiga yetib kelgunicha ko’z oldidan o’tkazib o’ylab keldi. Uning hayoliga har xil o’y fikrlar keldi. Hattoki bu jinoyatni qizi Shoira bilan do’stlashmaganda qilmasligi haqida o’yladi ming xil xayollarga bordi. To’g’ri-da, ikkalasi ham eridan ajrashgan qiz, hali yosh bo’lishsa, ustiga ustak ularni hech kim nazorat qilmasa, ko’ngliga kelgan ishni qilib yuraverishgan degan xayollar ham uni tinch qo’ymadi. Oxiri shu Shoira dugonasi qizining boshiga yetdi degan fikrga keldi-da, Shoirani judayam yomon ko’rib qoldi. Lekin hech ham aybni qizidan axtarmadi. Chunki u qizining juda yuvosh, oldinlari hammaga mehribon xuddi qo’y og’zidan cho’p olmagan odamga o’xshatardi. Uning shu darajada o’zgarib, jinoyatga qo’l urishiga ayolning aqli bovar qilmasdi. Endi ayol nevarasini o’zi bilan Rossiyaga olib ketishga va o’zi nevarasiga mehribonlik qilishga qaror qildi. Bu bir tomondan to’g’ri qaror edi. Chunki nevarasi hali yoshgina murg’ak go’dak bo’lsa, u nimani ham tushunardi. Hech nimani. U o’z-o’ziga qani borib ko’ray-chi, bu qanday jinoyatki, qizimni qamashsa degan xayollar bilan Obid akaning uyiga kalitini olish uchun kelib qolganiniyam sezmay qoldi. Yo’l bo’yi o’z xayollari bilan band bo’ldi. Ayol qizi Saodat haqidagi hamma gaplarni uyiga kelgach bilib oldi. Shu orada u nevarasini Shoiranikidan olib kelib to Saodatning sudi tugaguncha o’z uyida parvarish qila boshladi. U hech kim bilan urishib ham o’tirmadi. Hammasini Allohga soldi. Shoira va uning onasiga ham ortiqcha hech gap aytmadi. Tergovchi unga qizi bilan uchrashishga ruxsat bermadi, faqatgina suddan uchrashuv uchun ruxsat oldi xolos. U qizi bilan yuzma-yuz ko’rishar ekan, Saodat bo’lib o’tgan voqeani hammasini birin-ketin onasiga gapirib berdi. Biroq endi juda kech edi. Chunki Saodatga sud 5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlagan edi. Saodatning ko’zlari yoshga yuvildi u qizi haqida onasiga og’iz ochgan edi, ayol qiziga nevarasini hozir u bilan uyda yashayotganini va uni o’zi bilan birga Rossiyaga olib ketmoqchiligini, bundan keyin nevarasi u bilan yashashini aytib, qizidan ishonchnomaga qo’l qo’yib berishini so’radi o’zi esa qizidan qattiq xafa bo’lganini yig’lab aytdi. U qiziga bo’lib o’tgan voqealarning hammasidan hattoki yaqinlarini uydan quvib haydagani haqida bilishiniyam gapirdi. Ayol qizi bilan xayrlashgach, unga kerakli kiyim-kechak oziq ovqatlarni ham yetkazib berib ketdi. Chunki Saodat endi unga berilgan jazoni, ayollar koloniyasida o’tashi kerak edi. U qizi onasi bilan birga yashayotganidan judayam quvondi, va yig’laganicha koloniyaga uni jo’natib yuborishdi. Ayol esa hammasi tugagach, nevarasini olib, hovlisini qulfladida, har galgidek kalitni Obid akani qo’llariga tutqazib, Saodatni ketganini aytib yig’ladi-yu, u bilan xayrlashib nevarasi bilan Rossiyaga ketib qoldi. Saodat bir qancha vaqt ayollar koloniyasida yashadi va tez-tez onasi bilan qizini so’rab gaplashib turdi. U jazoni koloniya qismini o’tab bo’lgach esa, uni manzil koloniyaga yuborishdi. Endi jazoni o’tash joyi o’zgardi. Bu yerlar ayollar koloniyasidan ancha farq qilar edi. Rejim ham ancha yengilroq edi. Eng quvonarlisi kun bo’yi 2 marotaba qo’l telefonda gaplashishga ruxsat berilgan edi. Qo’li mehnatdan bo’shashi bilan darhol onasiga qo’ng’iroq qilib, qizi bilan ham gaplashib olar edi. Koloniyada mahkuma ayollardan tashqari yana, mahkum erkaklar ham bor edi. Ularning orasida Ixtiyor ham jazosini o’tayotgan edi. Kunlarning birida Saodat Ixtiyor bilan tanishib qoladi. Ixtiyor hamma yolg’on gaplariga Saodatni ishontiradi. Saodat ham uning gaplariga ishonib Ixtiyorni sevib qoladi. Shu tariqa ular orasida sevgi afsonasi boshlanadi. Ixtiyor o’zi bo’sh qolgan paytlarida Saodatga bildirmasdan tez-tez Saida va bolalari bilan ham gaplashib turardi. U bilan ham to’xtamay yana kunlarning birida Muhabbatga telefon qiladi. Muhabbat esa telefonini ko’tarib mayin ovozda javob berdi. - Assalomu - alaykum Muhabbat bu sizmisiz dedi tabassum bilan Ixtiyor. - Vaalaykum salom ha menman siz kim bo’lasiz, sal tanimayroq turibman dedi Muhabbat ham hayratomuz ohangda. - Bu men Ixtiyorman. Bundan bir necha oy ilgari sizga qo’ng’iroq qilgan yigit bo’laman dedi. - Muhabbat o’ylanib qoldi ovozi xuddi tanishga o’xshaydi bir oz sukutdan keyin qaysi Ixtiyorsiz dedi-da, men sizni sal tanimayroq turibman. Iltimos sal ochiqroq gapiring dedi yana taajjublanib Muhabbat. - Ha, sizga qanday tushuntirsam ekan-a, dedi gapni nimadan boshlashini bilmay dovdirab Ixtiyor. - Nima qilasiz gapni olib qochib shartta to’g’risini aytib, boshlayvermaysizmi, chaynalmay dedi jahli chiqib Muhabbat ham. - Unda eshiting, faqat mening gaplarimga kulmasdan quloq soling dedi. Siz o’shanda men qo’ng’iroq qilgach, gaplarimni oxirigacha eshitmasdan xuddi hozirgidek jahlingiz chiqqan edi deb gapni boshladi Ixtiyor. - Muhabbat birdan Ixtiyorning ovozini tanidi. Va u bilan qisqa vaqt gaplashganini esladi-da, - Ha siz o’shamu deb yubordi Ixtiyorga - Ha men o’shaman. O’sha-o’sha sizning ishqingizga devona bo’lgan Ixtiyorman deb javob berdi yana bo’sh kelmay. Qalbim, yuragim o’zimga bo’ysunmay yana sizga qo’ng’iroq qilishimni buyurdi. Mening dardimni ham bir tinglasangiz yomon bo’lmas edi. Nima qilay Muhabbat ishqingizda yuragim otash bo’lmoqda, sizning ovozingizni eshitibgina bu yuragim ozgina bo’lsada taskin topmoqda dedi shoirona so’zlar bilan Ixtiyor. - Obbo siz-ey, oshiq shahzodaman deng, xo’sh yaxshi yigit unday bo’lsa, qulog’im sizda dedi kulib Muhabbat ham. - Qachon bo’shsiz? Siz bilan yuzma-yuz bir uchrashib gaplashsam dedi Ixtiyor jiddiy ohangda. Hazil o’z yo’liga Muhabbat nima dedingiz dedi javob kutib. - To’g’risi nima deyishniyam bilolmay qoldim. Vaqtim yo’q desam ham bo’ladi. Chunki hozir magazinda bitta o’zim, hali sotuvchi ham olganim yo’q. Oilada boquvchi o’zimman dedi Muhabbat. Qani yur-chi ichkariga kiraylik. Bahodir aka ichkari ayvonga kirishi bilan. Onasi qayerdasiz, o’g’lingiz kelib bizni unitdingiz shekilli dedi birma-bir xonalarga kirib Mehri ayani izladi. Mehri aya oshxonadan turib men bu yerdaman dadasi deb baqirdi. Bitta ko’k choy qiling unda, o’g’ling bilan bir gaplashib qo’yay dedi kulimsirab. Ular dasturxon yozilgan xonaga kirib, stol atrofiga ko’rpacha ustiga o’tirishdi. Bahodir aka ichkari xonaga kirishi bilan, televizorni yoqdi. Mehri aya qo’lida patnos bilan dasturxon ustiga noz ne’matlar qo’ydi. O’g’li yaxshi ko’radigan shirinliklardan ham olib keldi. Ixtiyor onang bo’lganiga indamadim, lekin shu yoshga kirib haliyam o’zingni yig’ib olmading. Anov kuni qaynotang telefon qilib seni aytib rosa javradi. Nima deyishimniyam bilmay qoldim ularga. Ularni oldida yer yorilmadi, yerga kirmadim. Yana qamalib ketma deyman, bolalaring katta yigit bo’lib qoldi, bo’ying bilan teppa teng bo’ylari. Nima yetishmaydi senga o’zi bilmayman. Yaxshiyam onang eshitmadi, ular onangamas menga telefon qilganlar. Bilasan onang endi bunday gaplarni ko’tarolmaydi. Qudalar oldida boshimni ko’tarolmay qoldim. Meni o’ylamasang ham onangni o’ylasang bo’lmaydimi o’g’lim. U bechora kunu-tun seni o’ylaydi. O’zing bilasan bir yoqda nevaralar tashvishi. Umid Rossiyada, hali beri keladiganga o’xshamaydi. Kelin qayerdaligini hech kim bilmaydi. Uni onang bilan ichki ishlarga borib qidiruvga berdik. Ularni tashvishi ham onanga yetib turibdi o’zi. Ixtiyor otasini gaplarini tizza bukib jimgina o’tirib eshitdi. Uning bu o’tirishi otasiga bolalik paytini eslatib yubordi. O’g’lining bunday o’tirishi bolaligidan saqlanib qolgan odatlaridan edi. Bir payt onasi eshikni ochib, kirib keldi. Ikkita choynakda achchiqgina ko’k choy keltirdi. Qani o’g’lim choydan ol, otanga ham uzat dedi o’g’liga qarab. - O’g’lim nima ovqat tayyorlab beray dedi o’g’liga yuzlanib yoshligingda har doim oshni yaxshi ko’rarding. Onasi mayli, osh qila qol o’g’ling kelmasa bizga osh qayda dedi kulimsirab Mehri ayaga tikilib. Bugun uyda uyda bo’lasanmi biron joyga ketib qolmaysanmi dedi o’g’liga. Ha oyi hech qayoqqa ketmayman dedi onasiga. Bilasiz-ku, osh jonu-dilim siz pishirib bergan oshlarning ta’mi haliyam og’zimda dedi. Saida ham sizchalik oshni yaxshi damlay olmaydi dedi onasiga erkalanib. Mayli sen otang bilan gaplashib choy ichgin. Men hozir unday bo’lsa, oshga aylanay deb o’rnidan turib oshxonaga ketdi. Ota-bolani yolg’iz qoldirdi. Ixtiyor yoningda pul bormidi. - Ha bor qancha kerak dedi otasiga tikilib. - Bugun katta o’yin bor. Yaqinda Rossiyadan Sobir akang kelgandi, puli ko’p, qimorga pulni katta tikyapti. - Pul bor ota, unday bo’lsa men ham boray. - Mayli, biroq onanga aytma, u bilmasin o’g’lim. Osh tayyor bo’lsin agar oshni tashlab ketsak o’zing bilasan nima bo’lishini. Aytgandek bugun vodoprovod o’tkazishayotgandi unitib ketibman-ku. Qani yur-chi bir chiqib ko’raylik nima qilishayotgan ekan, shungacha osh ham tayyor bo’lar dedi o’g’liga qarab Bahodir aka ham. Ota bola sekin tashqariga chiqishdi. Ular anchagacha vodoprovod kelgan joylarga jo’mrak o’tkazishdi. Qishloq joylari bo’lganligi sabab u yerlarga endigina vodoprovod o’tkazishayotgan edi. Osh ham tayyor bo’ldi, Mehri aya tashqariga chiqib ota-bolani dasturxonga taklif qildi. Ichkariga kirib hamma dasturxon atrofida yig’ildi. Mehri aya oshni katta patnoslarga suzib, ichkariga olib kirdi. O’ziyam oshmisan osh bo’pti dedi Bahodir aka xotini Mehri ayaga qarab. Onalaringa shu pazandaligi uchun uylanganman onasi juda yaxshi ayol edilar joylari jannatda bo’lsin. Menga onangni shu pazandaligini aytib maqtab maqtab uzatganlar to’g’rimi onasi dedi kulib. Hech kim onangdek qilib osh damlay olmaydi o’g’lim. Onam bechora onangni ozodasi uchun ham juda yaxshi ko’rardilar. Har doim ular onangni maqtagani maqtagan edi, to’g’rimi onasi deb gaplarini Mehri ayaga ma’qullatib qo’ydilar. Eh dadasi juda maqtavordizmi. Shu maqtovlar ham bekorga emas shekilli. Qani oshdan oling dedi kichkintoy nevaralariga qarab. Ular bu gaplarning mag’ziga tushunmasalarda otasiga qarab kulib o’tirishardi. Shu payt eshik taqilladi. Kimdir Bahodir aka uydamisiz deb baqirdi. Ozodjon-mi, o’g’lim tura qol qara-chi, ularni tovushiga o’xshab ketdimi dedi o’g’liga qarab. Ixtiyor darhol o’rnidan turib, kiravering Ozod aka sizmisiz dedi xonadan karidor tomon yurib borar ekan. - Ha ota o’g’il, kimni ko’ryapman tushimmi, o’ngim. Seni ko’radigan kun ham bor ekan-ku dedi Ixtiyor bilan quchoqlashib ko’rishar ekan. - Assalomu alaykum Ozod aka yaxshimisiz, ahvollaringiz qalay bolalar yaxshimi. Qani yuring ichkariga dedi Ozod akani qo’liga suv quyib sochiq uzatar ekan. - Ozod aka oyog’idagi tuflisini karidorga yechdi-da, qo’llarini yuvib “rahmat uka” ko’p yasha dedi qo’llarini sochiqqa artar ekan. - Bahodir aka uydamilar o’zlari. - Kiraver, borman Ozodjon keling dedi, ichkaridan tovushini chiqarib. - Qachon kelding Ixtiyor, ishlaring qalay yaxshimi dedi ichkari xona tomon yurib. - Xudoga shukr bugun kelgandim, meni bilasiz goh bu yerda goh boshqa yerda dedi kulib Ozod akaga qarab. - Ha shovvoz haliyam shu yurishing ota-onangni ishqilib balogardon qilmayapsanmi uka dedi kulib. - Ie, Ozodjon yaxshimisiz dedi Bahodir aka o’rnidan turib ko’rishar ekan. - Assalomu -alaykum Bahodir aka dedi qo’l uzatib. - Mehri aya yaxshimisiz deb ular bilan ham qo’l uzatib ko’rishar ekan. - Rahmat uka yaxshiman, xudoga shukr. - Ie ovqat ustida, qo’zg’almang deb aytishiga ulgurolmay Ozod aka ham ularni qo’zg’atganidan xijolat chekib. - Ozodjon o’tiring marhamat deb Bahodir aka ko’rpacha ustiga qarab dasturxon to’ridan joy bo’shatdi. - Rahmat aka, Allohga shu kunlarga yetkazganiga shukr qilib yuribmiz. - Qani ovqatga qarang dedi Mehri aya ham yangi patnosga oshni suzib kelar ekan, dasturxonga qo’ydi. - Bolalar o’zingiz, kelin yaxshi yurishibdimi, rahmat opa yaxshilar xudoga shukr, keliningiz sizga salom aytib yubordi. - O’zlari yaxshimi omon bo’lsinlar. Mendan ham salom ayting ularga. Yanagi safar ularni ham mehmonga olib keling. Baraka topsinlar dedi Mehri aya dasturxon ustidagi nonni bo’laklar ekan. - Qani Ozodjon marhamat. Siz bu oshni yemabsiz, bu dunyoga kemabsiz, dedi kulib Bahodir aka Ozodjonga yuzlanib. - Ha yangamni qanday osh tayyor qilishdan xabarim bor. Har gal uyga borganlarida doim sizni pishirgan oshni maqtaganlari maqtagan dedi Ozodjon Mehri ayaga yuzlanib. - U bir qoshiq oshni og’ziga olib yedilar-u haqiqatdan judayam shirin osh bo’libdi dedi Ozodjon ham maqtab. - Ha negadir bugun Ozodjon ko’p maqtovlar eshitayapman yana ko’z tegib qolmasin. Hozirgina siz kelmasdan oldin bu maqtovlar bekorgamas shekilli deb akangizga aytib turgan edim Ozodjon. - Zab kebsizda ukam. - Rahmat aka men ovqatlangandim shundayam osh bo’lganiga yana yeb oldim. Vaqt ham allamahal bo’layapti, siz bugun taklif qilingan joyga bormaysizmi, ha boraman dedi Mehri ayani sezib qolmasin deb sekin gapirib. - Qani onasi patnoslaringni ol unda bir fotiha o’qib, yuboraylik. Ozodjon ham uzrini so’rayapti ketishlari kerak ekan deb Mehri ayaga qaradi. - Ha o’tiribsizda ukam, hozir issiqqina ko’k choy qilaman. - Rahmat yanga uzr ketishimiz kerak. - Biron joyga bormoqchimisizlar dedi Mehri aya Bahodir akaga tikilib. - Qani omin deb kaftlarini duoga yoygan Bahodir aka Mehri ayaning savollariga javob bermasdan fotihani boshladi. - Yigitlar telefon qilishayotgan edi. Unda turaylik deb Bahodir akaga yuzlandi. - Bahodir aka o’rnidan turdi-da, patnoslarni oshxonaga tashlab kelayotgan Mehri ayaga yuzlanib onasi yangi kiyimlarimni berib yubor deb buyurdi. - Ixtiyor ham darhol o’rnidan turib men ham boraman aka sizlar bilan dedi ularga qarab. - Yur Ixtiyor dedi Ozodjon, biz tashqarida kutib turamiz deb sekin tashqari eshik tomon yura boshlashdi. Onasi deb, sekingina Bahodir aka Mehri ayani xonasiga chaqirdi. - Onasi anov kungi soqqadan ozgina olib bering. Menga juda zarur bo’lib turibdi, bir joyga Ozodjon bilan kirib chiqmoqchimiz dedi Mehri ayaga tikilib. Bilasiz onda sonda do’stlarimiz bilan yig’ilib o’tirishib turamiz dedi sal jahli chiqqandek bo’lib. Mehri aya buni darrov tushundi, xayolidan bugun qimor o’yin bor bo’lsa kerak degan so’zlarni o’tkazdi. Obbo dadasiey xuddi yosh yigitga o’xshaysiz-a yoshingiz bir joyga borib qolgan bo’lsada, ko’nglingiz yosh o’zi sizni. Haliyam shu sho’xliklaringiz qolmadi-ya sizni, yig’ilish emish dedi Bahodir akaga kesatib. Mayli olaqoling deb erini ul-bul narsaga kerak bo’lib qolar deb yig’ib qo’ygan pullaridan olib ularga uzatdilar. Dadasi unday yig’ilishlarga nima qilasiz o’g’lingizniyam sudrab deb nolindi eriga qarab. Haliyam shu odatingiz qolmadi. O’g’lingizni qoldiring uyda ular sizdan nimani o’rnak oladi, siz bo’lsangiz unga to’g’ri yo’l ko’rsatish o’rniga ularni ham o’zingizga qo’shib o’sha yig’ilishingizga sudrayapsiz dedi jahli chiqib. Shumi endi sizni o’g’lingizga berayotgan tarbiyangiz deb Bahodir akaga jahl qildi. Mehri aya Bahodir aka bilan o’g’lini qayerga borib kelishlari nima ishlar bilan goh-gohida shug’ullanishlari, birga qimor o’ynashlari haqida ular qanchalik yashirishga urinishmasin Mehri aya juda yaxshi bilardi. Ming afsus bo’lsinki Mehri aya ota-bolani bu yo’ldan qaytarish uchun garchand urinsa-da, ular bilganidan qolishmasdi har doim. Mehri aya judayam chiroyli, oq yuzli, to’ladan kelgan, o’rta bo’yli qoshlari qora o’ziga juda yarashgan latofatli ayollardan edi. Mehri aya ko’proq bo’sh paytlarini sh ikkala nevarasiga bag’ishlar edi. Ular hali yosh murg’ak go’daklar edi. Kichik nevarasi 5 yashar, o’g’il nevarasi esa 8 yashar edi. Nevaralar juda quvnoq, aqlli aya ularga tikilar ekan, onalari qayerlarda ekan-a, nahot bu kelinning yuragi toshdan bo’lsa, nahot odamzod o’z bolalaridan qochib ketsa, ey Alloh o’zing bu qizning qalbiga mehr sol bolalarni tirik yetim qilmagin Allohim deb ko’ngli bo’shab yig’lab ham olardi. Chunki nevaralar ona mehriga zor o’sishidab qo’rqib bor mehrini ularga berardi. Mehri aya bilan Bahodir aka ikkalasi ham nevaralarini judayam yaxshi ko’rishar va ularga judayam mehribon insonlar edi. Bolalarning dadalari ham tez-tez ulardan hol ahvol so’rab turar, biroq shunda ham hech kim onasini o’rnini bosolmas edi. Kun ham allamahal bo’ldi. Ota-bola tongda mashinani sekin o’chirib ichkariga xonasiga kirib uxlashdi. Biroq Mehri aya ularni tongda kelib, uxlash uchun xonaga kirib ketishganidan xabari bor edi. Mashina o’chganida u uyg’oq edi. Hayriyat kelishdi dedi o’z-o’ziga ichidan lekin charchaganidan o’rnidan ular oldiga chiqishga erindi juda holsiz edi. Ertalab Mehri aya o’rnidan turib nevaralarini qornini to’yg’azdi. Kun peshindan oshdi. Ota-bola uyqudan uyg’onib choyga o’tirishdi. Ixtiyor dasturxon ustida otasiga qarab meni ostanovkaga olib chiqib qo’yasizmi uyga qaytmoqchiman dedi. Saida ham qarab o’tirgandir dedi. Bir payt ichkariga ular yoniga nevarasini ko’targancha Mehri aya kirib keldi. Ha ota-bola menga bildirmay tongda keldinglar. Nima bo’ldi xuddi suvga tushgan mushukdek indamasdan o’tiribsiz deb ularga bir-bir qarab qo’ydi Haqiqatdan ham ular jim o’tirishardi. Mehri ayaning gaplariga ikkalasi ham javob bermadi. Chunki kechagi qimor o’yinida bor pullarini yutqazishgan edi. Oyijon men uyga qaytaman keliningiz ham uyga qaytishimni kutib o’tirgandir. Ha bo’ldimi endi oyijoningizni sog’inganingiz tugadimi dedi o’g’liga qarab Mehri aya. Bo’ldi qilgin onasi kelining ham qaytmasa xavotir oladi. Uni olib qolib nima qilasan, mayli ketaversin oilasi bilan bo’lsin qaytanga, keyingi safar hech qayerga ketmay yoningizda bo’laman. Keliningiz va nevaralaringizni ham o’zim bilan olib kelaman kechiring oyijon deb quchoqlab o’pdi. Nevaralaringiz ham sizni rosa sog’inishgan. Ayniqsa Ra’no har kuni buvijonimga qachon boramiz deb Saidani bezor qilib yubordi. Kanikulga yaqinda chiqishadi xo’pmi onajon. Mayli o’g’lim, nima ham derdim senga bora qol mayli deb indamadi-da qayerda bo’lsang ham sog’ bo’l deb, duo qildi. Otasi tashqariga chiqdi-da, Ixtiyor onasi bilan xayrlashib chiqqunicha mashinani u yog’, bu yog’ini tekshirib ko’rdi. Ixtiyor onasi bilan xayrlashib bo’lgach tashqariga chiqishdi. Mehri aya ham kichkina nevarasini ko’tarib o’g’lini kuzatish uchun hovli oldida turgan mashina tomon yura boshladi. Nevarasiga sumkaga solib, shirinliklar berdi, ularni nevaralariga olib borib berishini tayinladi. Mayli onasi sen nevaralaring bilan zerikmay o’tirgin. Men hozir Ixtiyorni bekatga tashlab kelaman, tezda qaytaman deb, Ixtiyorni qani ota o’g’il o’tir mashinaga deb, oldingi o’rindiqni ko’rsatib eshikni ochdi. Mayli oyi deb xayrlashdi. Mashina o’rnidan qo’zg’alib, Bahodir aka mayli onasi dedi-yu, bekatda qolasanmi deb o’g’lidan so’radi. Bekatga kelgach Ixtiyor otasi bilan xayrlashib mashinadan tushdi. Mayli o’g’lim, o’zinga qaragin, tinchgina uyinga qaytgin yana biron gap topib o’tirma deb o’g’liga qattiq tayinladi. Yaxshi uyga qaytaman boshqa qayoqqa ham borardim bemalol ketavering yosh bola emasmanku ota dedi jilmayib. Ha aytgandek dada yanagi o’yinga menga ham aytishni unitmang deb esiga solib qo’ydi. Bo’pti, yaxshi bor deb ota orqaga qaytdi. Shahar bozoriga yetganida Ixtiyor taksiga shu yerda tushirib keting dedi-yu, uyga ul-bul xarid qilish uchun bozorga kirdi. U yoq, bu yoqni aylanib ul bul xarid qildi. Birdan oldidan kutilmaganda bolalikdagi VIII-Fasl. 17. Adashgan ayol Bir mahkum ayol yig’laganicha xonaga kirib keldi. U xonaga bir-bir ko’z yugurtirib, bir past bizga tikilganicha, eshik oldida jim turar, ko’zlaridan oqayotgan marjon-marjon yoshlarini sipirib, burnini tortar ekan, bizga ko’zlari tushishi bilan qalbi ozgina bo’lsa-da yorishgandek tuyuldi. Mahzun chehralari so’ngan, allaqandek qo’rquv uni chulg’ab olgan edi. Uning qo’llarida yostiq, bir juft oq platentsa va shisha krujkasini ushlaganicha, sekin biz tomonga yaqinlashar ekan, yanada titraganicha ko’zlaridagi yoshlarning tomishi hech bir odamni befarq qoldirmas, karovat yoniga kelib, bizni bir-bir quchoqlab bag’riga bosishidan shundoqqina uning boshiga ham tushgan kulfati sezilib turardi. U karovat ustiga o’tirib, qo’lidagi narsalarni qo’yib, bolalarim ey voh bolalarim deb yuborib tovushini chiqargancha, xo’rsinib-xo’rsinib yig’ladi. Ayol tojik millatiga mansub bo’lib uning ikkita qizi va bitta o’g’li bor ekan. Qizlarining kattasi 17 yashar bo’lib, eng kichik o’g’li esa 8 yoshda hali murg’akkina go’dak deb kuyindi. O’g’lim kasal edi, u hali nimjon endi nima bo’ladi, ularga kim qaraydi, otalari ham kasalligi sabab, Rossiya davlatiga qarindoshlari oldiga ketgan edi. Men ham erta-indin ularni oldiga ketishim kerak edi. Ular operatsiya bo’lishlari kerak, men ularni yonlarida bo’lmasam, agar ularga biron gap bo’lsa men qandoq qilaman ey voh Ollohim deb, yig’lagani-yig’lagan edi. Odamzod borki, u xato qiladi. Hech kim nohaqdan qamalmaydi. Eng achinarlisi esa, u bolalarini hech qachon uzoq muddatga yolg’iz tashlab ketmaganini, gapirib odamni yurak-bag’ri ezilgudek qon-qon yig’lashi hech qaysimizni befarq qoldirmadi. U 42 yoshdagi ayol bo’lib, qorachadan kelgan, sochlari kalta nim qora, o’rta bo’yli, xokizor edi. Bir oz vaqt o’tgach, u o’ziga keldi, va hikoyasini boshladi. Opa biz erim bilan sevishib turmush qurganmiz. Men ularga, ular esa menga shunday oshiq bo’ldikki, yonib kul bo’lgudek ahvolda edik. Shunday bir sevgi ediki, Layli-yu, Majnunlar soyamizda qoldi. Dunyolar o’zgardi. U siz hech nafas ololmas, tunlari uni o’ylab uxlolmas darajada edik. Xullas kuyib ado bo’layozgandim. Erimni yomon ekanligini hech eshitmadim, hech kim menga ularni yomon demadi. O’sha paytlari juda go’zal edim, yosh ham edim. Juda ko’p boy oilalardan sovchi qo’yganlar bor edi. Ammo men hech qaysisiga unamadim. Sevishmoq yomon edi. Turmush o’rtog’im ham meni chin dildan sevar, menga juda mehribon edilar. Biz qattiq bir-birimizga bog’lanib qolgandik. Shu orada erim menga uylandilar. Biz baxtli oila bo’ldik. Ular men taxmin qilganimdan ham ziyoda bir yaxshi inson bo’lib chiqdi. Ular meni juda qadrladi va qadrimga yetayotganligini menga his ettirdi. Menga xuddi tush kabi bir ajoyib hayot in’om etdilar. Oradan yillar o’ta boshladi. Biz o’z hayotimizdan juda mamnun edik. Kunlarimiz baxtga to’la o’tardi. Juda baxtiyor edik. Keyin o’zimiz uchun uy qurishga tushdik chunki o’sha kezlarda biz uchta bolali bo’ldik. Eski uyning devorlari ham to’kilib borayotgandi. Qaynona va qaynotam yaxshi insonlar. Erim ko’proq otasiga tortgan inson edi. Quruvchi ustalar bilan gaplashdik, ular uyimizni eskisi o’rniga yangisini qurishga rozilik berishdi. Ularga oldindan avans pullarni ham berdik. Eski uy buzilib yangi uy qurila boshladi. Uyni ham qurib bitkazdik. Chala remont qilingan uyga kirib joylashdik. Keyinchalik sekin-asta remontini ham ishlab olaverarmiz deb o’yladik. Mana bizning uyimiz ham sekin-asta ta’mirlana boshladi. Shu orada bolalarim ham ulg’aydi. Men boshimdan o’tkazayotgan kechinmalarni kitobda chiqishini juda istayman. Sizlarga nimasini gapiray, agar hammasini gapirib bersam chuqur o’yga tolasizlar. Yillar davomida erim menga yelkadosh bo’lib keldi. U har kimning gapiga ishonib ketaveradigan erkaklardan emasdi, dedi. Shu payt erimdan ayrilib ayrilib onajonim oldiga borganim esimga tushib ketdi. 17. Mahbusa ayol taqdiri. Onajonim mening bu ishimdan mamnun bo’ladi. Men ko’proq izlanishim kerak. Shunchalik muhim mavzularni yoritamanki, siz ham o’qib yoqtirib qolasiz. Menga ozodlik bering. - Iltimos ruxsat bering men ketay. Onamning ruhiga bu kitob uchun savoblar boradi. Savoblar esa yorug’likka aylanadi: Oyijon men kitoblar bitishni xoxlayman. Siz tirik bo’lganingizda bu kitoblarni o’qib quvongan bo’lardingiz oyi. Esingizdami, oyi yozgan birinchi she’rimga shunchalik quvongandingiz. Endi-chi kitobimga qanday baho bergan bo’lardingiz. Siz menga shu tobda oldingidan ham kerak bo’lyapsiz oyi. - Onam esa bu gaplarimga sira javob bermasdi. - Oyijon jim turmang gapiring, hech bo’lmaganda bir roman yozay deb yolvorardim. Aqalli onamni biron tovushini eshitamanku deb Ollohdan ular tushlarimga kirishini so’rab iltijo qilardim. Shu payt hamxonalarimdan biri nimalarni o’ylayabsiz pishirlab deya gapirib qoldi. Men esa kitoblarimni ular qachon bosmadan chiqar-kana, qachon kitob shakliga keladi shularni o’ylayapman. Agar onajonim tirik bo’lganlarida ular allaqachon meni qo’llab quvvatlab turgan bo’lardilar. Bu hikoyalarimni o’qib quvonardilar. Balki bir yaxshi narsa yozarsan, bir o’qiy olmadim, ko’zlarim ham o’tmaydi dermidi. Agar ular o’qiganlarida bormi, xudo haqqi yaxshimi-yomonmi bilib berardilar-da, qizim juda chiroyli qilib yoz derdilar. Menga qayta-qayta ta’kidlardilar. Bilasizmi mening onajonim ajib bir olam edi. Odamzod juda g’alati-ya. Qarishni hech qabul qila olmayotgani kabi yuzidagi ajinlarni, dunyoni tark etishni, bularni qabul qilish juda og’ir ekan. Bilasizmi onajonim tirikligida biz biron narsaga xafa bo’lib yig’lagudek bo’lsak, ular har doim boshimizni silab, inson keragidan ortiq yig’lasa, uning ko’z yoshlari quriydi. Sabrni ham aql bilan ishlatish kerak. Uning ham bir o’lchovi bordir derdilar. Alloh taolo har bir narsani o’z o’lchovi bilan bergan qizim derdi. Ularning gaplarida jon bor ekan. Har kuni deyarli hamxonalar oqshomda o’tirishib suhbat qurishardi, bir-birlariga dalda berishib yelkadosh bo’lishardi. Hamxonamiz yangi kelganligi sabablimi u o’zini juda sokin tutardi. Kamgap ham edi. U ora-orada bolaligidan to hozirgi kunga qadar bo’lgan hayot hikoyasini bizga aytib berardi. U ochiqko’ngil, to’g’riso’z ayol bo’lib, boshidan o’tkazgan kechinmalari qanday o’tgan bo’lsa, xuddi shundayligicha hech bir ko’pirtirmasdan gapirib berardi. Uning ismi Mohinur edi. Men esa uning hayot yo’lini tinglar ekanman, uning taqdiriga juda afsuslandim. Men hikoyalarimga yangi qahramon topdim. Uning nimasidir meni o’y-xayollarimni o’ziga tortdi. Ayniqsa u xonaga kelib yig’idan to’xtagach, bizga aytgan gaplari meni juda o’ylantirdi. Men o’z hasratim bilan bo’lib, hattoki sizlarni ismingizni ham so’rashni unutibman dedi. Keyin bilasizmi, mening 17 yoshli qizim yaqinda jahon chempionatida taekvando bo’yicha ikkinchi o’rinni egalladi. Ikkinchi qizim ham sportga juda qiziqadi. U ham opasini izidan borib, hozir tayyorgarlikga trenerga qatnayapti. Men qizlarimni xudo xoxlasa chempion qilaman. Qizlarim to shu kunga qadar bir qator zafarlarni qo’lga kiritganlar. 60 dan ortiq medallari va bir qancha fahriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Men 42 yillik umrimni ularning kelajagiga bag’ishlaganman. O’zim yemay yedirib, o’zim kiymay kiydirib, o’qitdim, katta qildim. Katta qizimdan ko’nglim to’q, lekin kichkinasi sal sho’xroq u 14 yoshda. Mayli, meni nima qilishsayam, qanday jazo berishsayam roziman lekin qizlarimning kelajagi barbod bo’lishiga yo’l qo’yolmayman deb yana yig’lashga tushdi. Men yana uchta qizni mehribonlik uyidan asrab olaman. Shu bilan farzandlarim oltita bo’ladi: Men ularga bor mehrimni berib, qolgan umrimni ularga bag’ishlayman. Albatta chempion qilishim kerak. Bu mening azaliy orzuyim, unga yetishishim uchun hamma narsaga tayyorman. Bunday nomaqbul ishlarga qaytib aralashmayman. Bu yerlar men uchun bir saboq bo’ldi. Bekorga odamlar hayotning o’zi har bir insonga katta muallim deb bejizga aytishmagan ekan. Buni men hech qachon unitmayman dedi. Men bu yerga kelmasimdan oldin bir tush ko’ribman. Tushimda mening har xil yoshdagi beshta qizim bo’larmish, ularning hammasining bo’ynida oltin medalmish, men esa ularning orasida kulib qizlarni quchoqlab rasmga tusharmishman. Qizlarimning yuzlarida, tabassum emish. Shu payt eshik taqillashidan uyg’onib ketdim. Oynaga qarasam tong otgan emish. Darrov dadasiga qo’l telefonni olib qo’ng’iroq qildim. Bu voqea xuddi o’ngimda yuz berayotgandek edi. Hayajonlanganimdan yuzlarim qizargan, ovozim esa quvonchdan yangrardi. - Dadasi sizmisiz, assalomu alaykum dedim. - Ha tinchlikmi, bunchalaram vaqting xo’sh onasi. Vaaleykum salom. - Ahvolingiz qalay dadajonisi. - Xudoga shukur. Qachon kelmoqchisan mening oldimga onasi. - Xudo xoxlasa yaqinda borib qolaman, borishim bilan sizni operatsiya qildiramiz, xudo xoxlasa hech narsa ko’rmagandek bo’lib ketasiz dadasi. - Ha yaxshi o’zingchi o’zing yaxshimisan. Nima bo’ldi. Ovozingdan quvonchli xabar aytmoqchisan shekilli. - Ha, bugun bir tush ko’rdim. Qizlarimiz beshta bo’lib qolibdi. Hammasining bo’ynida oltin medalmish. Men esa ularni quchoqlab, o’rtasida fahr bilan turib hammamiz rasmga tushayotgan emishmiz dadasi keling yana mehribonlik uyidan uchta qizaloq olaylik men shuni xoxlayapman dadasi, nima dedingiz. - Xo’sh, keyinchi nima qilasan ularni. Qanday boqasan. Ular qo’g’irchoqmidi, sen ularni sotib olib shundoq tashlab qo’ysang. Xudoga shukr qizimiz, ham o’g’limiz ham bor soppa sog’ onasi. - Chempion qilmoqchiman ularni ham. Men ishlayman, siz ishlaysiz. - Voy onasi-ey bo’pti mayli senga keyinroq o’zim qo’ng’iroq qilaman hozir ukolimni olishim kerak mayli onasi. - Xo’p dadasi o’zingizga qarang, deb qo’l telefonimni o’chirdim. Hozir ular nima qilayotgan ekanlar-a hamma yaqinlarimizga telefon qilib vaziyatni bilgan bo’lsalar kerak. Bilmadim hali operatsiyaga ham kirmasdan uyga qaytib kelsalar-chi dedi. Qamalib qolishimni bilganimda, bu gaplarni dadasi bilan farzandlarimga sal oldinroq tushuntirgan bo’lardim-ku. Eh nimasini aytay opa, sizning ham boshingizni qotirmay, o’z dardingiz ham yetarli bo’lsa kerak. Qo’yavering men o’rganib qolganman odam taftini, odam olarkan negadir hamxonalar orasida sizni o’zimga yaqin olib o’z dardimni aytayapman. Hech qisi yo’q singlim hali ko’rmagandek bo’lib ketasiz. Bu kunlaringiz hali kun kelib bir tushga aylanadi. Aytganingiz kelsin opajon. Men Mohinurni kechinmalarini tinglar ekanman, shunday bir muslima ayol borligini mening o’quvchilarim albatda bilishlari kerak deya ular to’g’risidagi hikoyamni bitishga tushdim. Men Mohinurda bundan oldin hech bir mahkumada ko’rmagan bir xislatni, mehrni, uning o’z farzandlariga bo’lgan ishonchni sezdim. Hamxonadoshlar ham bu ayolni juda yaxshi ko’rib qolishdi. Unga mehribonchilik ko’rsatishayotganini payqash qiyin emas edi. Men bu muslima ayolni siymosini u qanday bo’lsa, shundayligicha aks ettirishni xoxladim. U oilasini himoya qiladigan, kezi kelganda har kimga ko’mak bera oladigan, mehribon va mag’rur bir mahbusa ayol timsolini Mohinur siymosida ko’rdim. - U kezi kelganida yig’lar. - Kezi kelganida tabassum bilan kular. - Kezi kelganida sog’inch azobida tinmay tovlanar edi. - Men uni sabrlilik bilan bu g’am-tashvishlarni yengib ozodlikga chiqishiga ishonardim. Faqat nima bo’lganida ham u o’zini o’ylamas, nuqul oilasi sha’nini o’ylab qayg’urgani-qayg’urgan edi. Mana endigina bir necha kun bo’ldiki men uning bilan birgaman. Uning boshidan o’tkazayotgan kunlarning shohidi bo’lmoqdaman. Mohinur insonlarning koriga yarash uchun yillar bo’yi o’zini o’tga chog’ga urganligi shundoqqina uning gap so’zlaridan bilinib turardi. U juda mard, o’z so’zidan qaytmas ayol edi. U yaxshi bir rafiqa, qizlariga yaxshi bir ona, yaxshi bir singil va yaxshi do’st ham edi. Men hali undan qayerda qanday ulg’ayganligi haqida unchalik ma’lumot ololmagandim. Chunki bu haqda men undan hali so’ramagandim, u bularni gapirib berishi uchun hali tayyor emas, stress holatidan hali to’liq chiqib ulgurmagan edi. Qizlar har kuni o’z xotiralaridan so’zlashar, goh gazeta va kitoblar o’qishar, goh radio eshitishar edi. Mohinur boshiga tushgan bu chidab bo’lmas ayblovlardan esankiramay, hattoki bo’lib o’tgan bu ishlardan hayron edi. Chunki hech bir ayblov uni o’z orzusidan qaytarolmasdi. Ha u bularni boshidan kechirgan, haliyam kechirmoqda edi, ayni paytda o’z aybini inkor ham etmasdi. Lekin qizlar albatda chempion bo’lishlari kerak degan g’oya uni butun fikri xayolini egallagandi. Uni ustidan aytilayotgan tuhmatli va ig’voli so’zlar ham unga shu mahalda qizig’i yo’q edi. Insonning xato qilishi, aldanishi hamma joyda bor narsa. Balkim, u ham kimnidir bergan va’dalariga uchgandir, kimdir uni bu jinoyatga boshlagandir. Kunlar mana shunday tarzda, ya’ni dard-u, hasratlarni tinglash bilan o’tardi. Men Mohinurni qanday voyaga yetganini, uning bolalik kunlarini bilishni xoxlardim. U ko’rgan kechirganlarini goh-goh so’zlab berar, shunchalik qiziqarli voqelarni boshidan kechirgan edi-ki men uni tinglab beixtiyor xayolga cho’mardim. Mohinurning hayoti davomidagi ko’rgiliklari ichida juda muhim voqealiklar bor bo’lib, ularning har biri insonni o’ylashga chorlardi. U shu qadar ko’p voqealarni aytib berdiki, bularning barini eshitgan odam o’ylamasligi mumkin emas edi. Men uning hayotiga qiziqqanimdan uni savollarga tutardim. U aytib bergan har bir voqeani tafsilotlarigacha xotiramga joylardim. Hamxonalarim har birimizning aytgan suhbat davomidagi hayot kechinmalarimizni, boshimizdan o’tkazgan voqealiklarni har bir tafsilotigacha qanday yanglishmasdan xotirangizga saqlaysiz deb savollar berishardi. Eh ayollar bularning bari esimda qoladi, o’zim ham bilolmayman, zehnim o’tkirligidan, xotiram pand bermagan shu paytgacha, hozir ham chakkimas. Bu - Allohning karomatidan bo’lsa kerak deb o’ylayman. Odam o’zining mehnati singan va boshidan o’tkazgan voqealiklarni osonlikcha unitolmaydi. Ayniqsa, chekkan azoblarini, yoki biror-bir muammoni yechishga yelib-yugurganini. Qaysidir bir joyda bir mutaffakkirni “Birga kulgan insonlarimni unitaman, ammo birga yig’laganlarimni aslo unitmayman”. Men Mohinurni aytgan voqealarini oq qog’ozga tushirishga shunday urinardimki, o’zim ham yozganim sari zavqlanardim. Uni nimasidir bizni o’ziga tortardi. U ko’pincha sport haqida gapirardi. Bizda esa bu mavzuga oldin qiziqish bo’lmagani sabab, oldiniga bu mavzuga qiziqmasdik. Lekin u qizlarini aytib fahr bilan sport haqida to’lqinlanib gapirishlariga asta-sekin qiziqib bordik. Gazetada biron yangi mavzu sport haqida chiqib qolsa, darrov uni qo’lga tutqazardik. U esa gazetani qo’liga olishi bilan shosha-pisha o’qirdi. Va bizga o’sha mavzuni mazmunini gapirib berardi. Meni ko’proq uni sportga qiziqishi xayolimni band etdi. Biron kunimiz yo’q-ki, sport haqida aytilmagan. Gohida uni bizga aytib beradigan hikoyalari yig’latardi ham. Mohinur aytib bergan hayot kechinmalaridan bir roman yozishni ko’nglimga tugdim o’shanda. Chunki u boshqa mahbusalardan farq qilardi. Sport mavzusida ham o’ta targ’ibotchi, o’zi ham yoshligidan boshlab sportga qiziqqan lekin o’qimagan omi ayol bo’lsada, men o’qimadim, vaziyat shuni taqozo qilgani sabab bolalarim o’qisin mening yetolmagan orzuyimga bolalarim yetib chempion bo’lishsin derdi. Men imkonim boricha hamxonalarim bilan bog’liq bo’lgan voqealarni hikoyalarni e’tiborimdan chetda qoldirmaganman. Gohida hamxonalarim mening tilimga, lahchamga uncha tushunishmasdi. Bora-bora ular ham o’rganisha bordi. Men ularga ko’pincha o’zbekchadagi lahcha va sheva so’zlarni qoraqalpoqcha so’zlari bilan qorishtirmay gaplashishga urinardim. Ular tushunishmagan ayrim so’zlarni mendan qaytalab so’rashardi. Men esa ularga qayta tushuntirib berishga urinardim. Men Mohinur bilan tanishgan kunimizni tez-tez esga olardim. O’shanda u xonaga kirib kelishi bilan bor dardini to’kib solgan hamda bu yerlardan ozodlikga chiqib ketishni hech chorasi bor-yo’qligi haqida so’ragandi. Uning qaltirab va yig’lab aytgan bu so’zlari hanuz quloqlarim tagida jaranglardi. Men Mohinurni kuzatar ekanman u go’yoki sport uchun yashayotgan ayoldek edi. U hech qachon o’zini o’ylamas, nuqul farzandlari kelajagini o’ylagani-o’ylagan edi. Mohinur ba’zida erini ham maqtab, gohida esa uni yalqov insonga ham chiqarib qo’yardi. U har kuni oilasini o’ylab bir-bir yig’lab olar men esa uning ko’z yoshlari to’kilsa mahzun ahvolga tushardim. Ahir men yig’lagan biron ayolni ko’rsam, o’sha zahotiyoq o’shal kimsaning iztirobini o’z qalbim-da his etardim-da. Mohinur qora ko’zli, yoqimtoy ayol edi. U yig’laganida qalbidagi tuyg’ularini ham bamisli to’kib solardi. - Uni unitishim mumkinmi? Ahir. U zinhor, bazinhor unutadigan inson emasdi. Men uning iztiroblarini yaxshi tushunardim. U turmush o’rtog’ini ham juda-juda sevardi va tezda sog’ayib oilasiga qaytishini Ollohimdan yalinib so’rardi. Uning uchun hattoki har kuni duolar ham o’qirdi. Shunday yaxshi ayolki unitib bo’larmidi. To’g’ri u xato qildi, yanglishdi. Ahir, xalqimizda beayb parvardugor deyishadiku. Lekin eng asosiysi u o’z xatosini tushunib yetdi. Ozodlik har bir inson uchun buyuk ne’mat ekanligini angladi. Sog’inchni his qildi. Barqulla oilasi va turmush o’rtog’ini o’yladi ularni chin dildan sevdi. Ularsiz yashay olmasligini angladi. Vaqtni, umrni qadriga yetdi. Modomiki uning qalbidan mudom joy olgan insoni turmush o’rtog’i bor ekan u naqadar baxtli inson ekanini tushunib yetdi. Bilasizmi, opa men yaqinda ketaman, keyin sizni ko’ra olamanmi, yo’qmi buniyam bilmayman. Shuning uchun Sizni juda yoqtirib yaxshi ko’rishimni aytib ketay. Bilasizmi, sizni juda onajonimga o’xshatdim. Bu xonaga kelgach men bir tush ko’ribman. Yarim tun emish, bir mahal uyqumdan uyg’onib ketdim. Qarasam, xuddi onam tirikdek yonimda o’tirgan emish, men esa ularni ko’rib onam yonlarimdalar endi hech narsadan qo’rqmasam ham bo’laveradi-ku der emishman. nimalar o’tgani yolg’iz o’zimgagina ayon edi. Umid insonning o’zidan keyin o’ladi deyishadi. Oyi, shu gap rostmi. Demak siz ham o’sha mudhish kuni Allohimga siz joningizni topshirayotgan kezda ham umid bilan oldingizga kelishimni, oxirgi marta meni yana bir bor ko’rishni kutib umid qilgan ekansiz Ona. Ey voh men gunohkor qizingizni kechiring ona kechiring. Eh qizim-a yetib kelolmading-a bu sizning so’ngi so’zlaringiz edi Ona. To’g’ri topdim-a. Ahir men o’sha vaqtda yo’lda edim-ku, ona loaqal 2 soat chidaganingizda men ham sizni ko’rib oxirgi marta sizni quchoqlarkanman Ona. Hayot shunday kezi kelganida shavqatsizlik qilib u hech kimni ayab o’tirmas ekan. Ha, ona bir umr bolamlab, umid bilan eshikga tikilib, ko’zlari to’rt bo’lib yotarkan-u, nahot biz buni anglamay, ota-ona g’animat ekanligini menga o’xshab kech tushunishar ekan. Ota-onalar esa bir umr umid va intizorlik bilan kutib yashashar ekan. Ammo umid so’ngi damgacha hech so’nmas ekan. Men o’sha kezlari oddiy soddadil qishloq ayoli ham yana taqdirimda eng og’ir sinovlar, qiyinchiliklar hali aoldimda ekanini bilmas ekanman. Yaxshilar yodi hech qachon unitilmaydi Ona. Onajonim sizni yo’qotib bu kun, Mehringizni qumsab yig’ladim ey voh. Otajonim sizni yo’qotib bu kun. Bir yelka topmadim qo’yish uchun bosh. Onajonim mehringizla, tutgan bir piyola choy Butun dardlarimga bo’lardi malham. Otajonim tinchmisan, degan bir so’zingiz, Meni dunyolarga hokim qilardi ey voh. Ustunim tirgakim sizlar ekansiz, Bugun o’ksinib zorlanib yig’ladim ey voh. Menga bergan pand-u, nasihatingiz. Qulog’im tagida jaranglar ey voh. Ammo endi naf yo’q kuyganlarimdan Qalbimni og’ritib armonim qolar. Onam bechora hamisha bolam, hali shunday kunlar keladi-ku, mana shu imoratni otam qurgan, mana shu bog’ni daraxtlarni onam ekgan deb haqqimizga duo o’qib yashaysizlar derdi. Onajonim siz o’shanda to’g’ri gapirgan eknasiz. Mana siz aytgandek, ota hovlimizga tez-tez borib turamiz, bu imorat biz uchun juda qadrli chunki u yerda sizlar bilan kechirgan baxtli hayotimizning baxtli xotiralari bor. Qaysi xonaga kirmaylik, sizlarning siymolaringizni ko’ramiz. Hovli oldidagi bog’ga qarab tikilsak esa onajon “bolam keldingmi” deb bog’ ichida kulib turishingizni eslaymiz. Bu imorat va bu bog’lar ham biz bolalaringiz uchun juda-juda qadrli ekan Ona. Ona siz bizga har doim yaxshi insonlarni yaxshi kunlarda eslab, xotirlab turish katta savob derdingiz. Men aynan sizning ushbu gapingizga amal qilib, bu dunyodan o’tgan momo-bobolarimizning ulardek sof vijdonli pokdil, halol va kamtarin insonlarni sulolamizda uzoq umr ko’rib, bu dunyoni tark etib ketgan yaqinlarimizni yod etib, ular bilan bog’liq ibratli yodnomalarni keyingi avlodlarimizga kitob orqali yetkazishni niyat qildim, yuragimga tugdim. Buning boisi esa umrim davomida ulardan ham olgan turli ibrat va saboqlarim, andozalarim hayotim davomida asqotib kelmoqda. Bilsam, xuddi siz kabi yaqinlarimning ham har bir gapi, o’rinli nasihatlari, hatto tanbehi ham ma’no mohiyatan juda chuqur mantiq va tafakkur bilan yo’g’rilgan ekan ona. Maryam, So’najon va Ziyoda xolamlar, Raya, Anor, Shahargul yangamlarning hayoti o’z oldiga bir tilsim, ular judayam og’ir vazmin, salobat bilan so’zlardilar, odamar oldida ham ovozlarini ortiqcha balandlatmasdilar ona. Qiziq yaxshi gap, samimiy aytilgan ibora, har qanday baqir-chaqir, do’q-po’pisa va zahar-zaqqum zardalardan kuchli, samarali bo’larkan. Bunga Raya yangamiz timsolida ko’p martalab guvoh bo’lganman. Ular juda yuvosh odamlarga bir og’iz ham zarda qilmasdan jahli chiqsayam ichiga yutib, muloyim gapirardilar. Yaxshi gap bilan ilon iniga, qilich qiniga qaytadi deb shuni aytsalar kerak ona. Ilohim bu yaqinlarimizni Allohim o’z dargohlariga olgan bo’lib, joylari jannatlardan bo’lsin deyman, duolar o’qiyman ularga. Sizga bu qilgan ishim ma’qul bo’ldimi ona. Mening rohatim uchun o’z rohatidan kechgan Onam. Mening uxlab orom olishim uchun uyqusini ko’zlaridan quvgan Onam. Mening ko’zlarimga kirgan zarraning og’rig’ini mendan oldin o’z qalbida his qilgan Onam. Mening o’z nafsimga qul bo’lib, boylik izidan quvganimni bilsada, yuragi og’rib men uchun va mening baxtim uchun o’z salomatligini ham qurbon qilgan Onam. Hech qachon onaning qalbi g’amga botmasin. Ey boh, qaniydi vaqtni orqaga qaytarolsam. Afsus endi kech, juda kech. Allohim o’zingga aytaman shukr, O’zing shamchirog’ing yoqqaning uchun. Allohim o’zingga aytaman shukr, Ko’zimga nur ziyosin berganing uchun Allohim o’zingga aytaman shukr, Ustozlik maqomin berganing uchun. Allohim o’zingga aytaman shukr, Oqil ota-onaning farzandi bo’lganim uchun. Allohim o’zingga aytaman shukr, Go’zal farzandlarni ato etganing uchun. Allohim o’zingga aytaman shukr, Menga onalikni ravo ko’rganing uchun. Allohim o’zingga beadad shukr, Mening qo’llarimga qalam berganing uchun. Allohim o’zingga aytaman shukr, Ushbu kitobni bitishga muyassar qilganing uchun. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling