Tahririyatga maktub
Yig’lamagin, otasini sog’ingan qiz
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
Yig’lamagin, otasini sog’ingan qiz.
Afsuski, so’ngi paytlarda arzimagan kelishmovchiliklar oqibatida oilalar parokanda bo’lmoqda. Biroq bolasining kelajagiga befarq bo’lmagan otalar ham ko’p. Botirbek hali endigina litseyning 2-kurs talabasi edi. Hayotda ko’rgan ko’pchilik qiyinchiliklar va bo’lar bo’lmas har xil voqealar uni bolaligidayoq kattaytirib qo’ygan edi. U juda bosiq, tirishqoq, sermulohazali bola edi. Uzun bo’yli, oqishdan kelgan, ko’zlarining sadafdek kattaligi esa o’ziga yarashgan chiroyli bolakay edi. Tengqurlari uni yaxshi ko’rar, u hamisha kichikga izzatda, kattaga hurmatda edi. Hamma bilan o’ng qo’lini ko’ksiga qo’yib salomlashar, odob ikromda unga litseyd teng keladigan o’quvchi yo’q edi. Ustozlari ham har doim u haqida yaxshi gaplarni gapirar, doim maqtaganlari, maqtagan edi. Boshqa o’quvchilarga qaraganda juda a’lochi, fanlarni o’zlashtirishi juda yaxshi ayniqsa, kompyuter sohasi bo’yicha qiziqar, matematikadan shuning uchun ham chakkimas edi. Xullas bolakayni onasi, oila a’zolari, yaqinlari, qo’ni0qo’shni deganidek, hamma odamlar uni yaxshi ko’rishar uyda uni aytgani-aytgan, degani-degan edi. Bola oilada balog’atga yetguncha unga moddiy ko’proq yordam kerak bo’ladi. Moddiy yordam bilan esa unga asosan ota ma’sul bo’lish o’rniga onasi ma’sul edi. Chunki uning ota-onasi ayrim bir kelishmovchilik tufayli butunlay ajrashgan edi. U yolg’iz ukasi bilan kichkinaligidayoq onasi qo’lida tarbiyalanib kelayotgan edi. Xalqimizda farzand ne’mati eng ulug’ ne’matlardan biridir deyishadi. Buni to’liq anglash uchun esa befarzandlarning holiga nazar solish kerak albatda. Lekin bolaning ta’minoti uchun esa ota ham, ona ham ma’suldir. Lekin bu oilada faqat onaning o’zigina ham ota o’rnini bosar va ikkala o’g’liga ham uning o’zi javobgar edi. Ikkita o’g’il ham bir dargohda ilm olar, kichik uka ham bu borada akadan qolishmas, mehr bobida esa hech bir oila ularga teng kelmas edi. Kunlar yillar o’tgan sayin, bolalar ulg’ayishar edi. Kunlarning birida Botirbek onasiga suykalib, har xil mavzularda savollar berib, dardlashmoqchi bo’lidi-yu, lekin sevgi muhabbat haqidagi savollarini aytishga uyalibdi. Chunki o’sha paytlari bolalar ham balog’atga yetgan davri bo’lganligi sababli Botirbek ham o’z guruhida birga tahsil olayotgan qizga ko’ngil qo’ygan ekan. Bu haqda uning sinfdoshlarining hammasi bilishar ekan. Onasi esa Botirbekning o’zini sal boshqacharoq tutishidan, o’g’lini er yetib qolganini, uning onasiga bergan savollaridan esa o’g’lining yuragida qandaydir bir dard borligini sezib qolibdi. Shu orada litseyni bitirishga ham o’g’lini ozgina oylar qolibdi. Bir kuni ona bolasini suhbatga chorlabdi, uni dardini bilish ilinjida o’g’liga yaxshi so’zlar aytib avray boshlabdi. O’g’il esa onasiga sevgan qizi borligini aytishni juda-juda xoxlar ekan-u, ammo uyalganidan yuzi qizarib, aytolmas ekan. Onasining uni suhbatga chorlaganidan, onamga kimdir og’zidan gullab qo’ymadimikin? - deb o’ylanib, o’zini onasidan panaroqqa olib qochishga urinibdi. Keyin onasi o’g’li bilan ochiqchasiga gaplashib olishimiz kerak o’g’lim deb asta o’g’lini sochlarini silab, endi sen ham ulkayib qolding o’g’lim yuragingdagi dardni menga ayt ahir onangman-ku debdi. Oldiniga o’g’il indamabdi, uyalgan shekilli oraga bir oz jimlik tushibdi. Bir oz sukutdan keyin o’g’il qizarib bo’zarib bir yo’talibdi-yu, yuragini qiynab yurgan ishqning dardini gapirib beribdi. Onasi esa jim o’tirib, o’g’lini gaplarini oxirigacha indamasdan tinglabdi. Ukasi esa bu gaplarga umuman aralashmabdi, lekin uning ham akasining ishqiy sarguzashtlaridan xabari bor bo’lsada, bu to’g’rida to shu kungacha lom-mim deb og’iz ochmagan ekan. Akasi esa onasiga bu gaplarni aytib berib, xuddi yelkasidan bir yuk ag’darilgandek yuragi ham ozgina bo’shashib, taskin topgandek sezibdi shu kezda o’zini. Ona o’g’liga bu suhbat oxirida sevgi va ishq mavzusida ko’p nasihatlar beribdi. Hali o’qishga kirishini, balkim o’sha oliygohda boshqa qizni yoqtirib qolishi mumkinligini aytib muloyimlik bilan gapiribdi. Gap orasida bu qizning oilasi uni qayerda yashashini so’rab olibdi. O’g’il esa xuddi onasiga o’xshab ularning nasihatlarini jimgina tinglabdi. Keyin onasiga qizni qayerda yashashini, oilasi to’g’risida va uning bitta ukasi borligini, onasi esa xuddi bizga o’xshab, hali u bolaligidayoq oilaviy kelishmovchiliklar sababli eridan ajrashganligi haqida gapirib beribdi. O’g’il bu gaplarni esa qizcha boshidan o’tkazgan kechinmalarini Botirga gapirib berganini onasiga aytibdi. Onasi ham qizchaning xuddi o’g’liga o’xshab ota mehriga zoriqib, o’sganini o’ylab, yuragi ezilibdi. Lekin hozircha o’g’liga sir bermabdi. Ona ich-ichidan bolalikdagi sevgi, chumchuq muhabbat deyishadi, balkim bu haqiqiy sevgi emasdir deb o’ylabdi. Keyin o’g’lini boshini silab, taqdiringga shu qiz bitilgan bo’lsa, balkim oila qurarsiz lekin buni vaqt ko’rsatadi o’g’lim debdi. Hali yoshsan balkim keyinchalik yana boshqa qizni yaxshi ko’rib qolarsan deb suhbatni yakunlabdi. Chunki kechki ovqatga qarashim kerak, yana suhbatimiz cho’zilib och qolmaylik. Ukangni ham qorni ochiqqandir debdi o’rnidan turib. Onasining bu gaplaridan keyin Botirjon uzoq o’sha qiz haqida o’ylab, kelajakdagi rejalarini tuza boshlabdi. Endi qizchaga oralarimizdagi munosabatni onamga aytganligimni ertaga o’qishga borganimda aytaman deb uzoq o’ylabdi. Lekin ular oralaridagi bu his tuyg’u, ishq o’tkinchi emasligini Botirjon juda yaxshi bilardi. Chunki u qizaloqni avvalgidan ham ko’proq seva boshlagan edi. Qizcha ham Botirjonda ko’ngli borligini unga uyala-uyala boshini qimirlatib, xoxishini bildirgandi xolos. Chunki u juda uyalchang, tortinchoq, odamovi, unchalik odamlarga ko’p qo’shilmas har doim ko’pchilik orasida o’zini bir chetga olgani-olgan ekan. Qizchaning o’zi ham gohida o’zining bunday xarakterga ega ekanligini yoqtirmasdi. Keyinchalik bu haqda Botirjonning onasi kelinimdagi bu odamovilikni, tortinchoqlikni balkim, u otasidan judayam yosh yetim qolganidami-kin, tengqurlari oldida o’zini xuddi otasiz yetimchadek his qilganidan-mi?- degan o’ylarga ham borib, uning bu yuragidagi bo’shliqni o’z onalik mehrim bilan to’ldirishga harakat qilganman deb baholagan. Chunki kelinim ham xuddi o’g’limga o’xshab otasiz o’sgan, ularni ikkalasi ham bolaligidan yetim qolishgan. Hayotda baribir otaning o’rni bo’lak. Xayriyatki qudag’oyim bor, shunga ham shukr qilaman. U ham menga o’xshab beva bo’lgani uchunmi biz tez til topishib ketganmiz. Ularni o’z opamdek ko’rganman. Hayotda juda ko’p qiyinchiliklarga duch kelganlar. Mashaqqatli va og’ir kunlarni boshidan o’tkazganlar. Bu hayotda nimalar bo’lmaydi deysiz. Xuddi o’zimga o’xshab ikkita farzand bilan qolib, ularni hech nimadan toriqtirmay katta qilganlar. Ayniqsa ularning o’g’illari judayam aqlli, tartibli oilasini qaynona va qaynotasini juda hurmat qiladigan, turmush o’rtog’ini qadrlaydigan yigit. Quda tarafdagilar ham juda yaxshi insonlar, tagli-tugli oilalardan ekan. Ularni o’z ko’zim bilan quda bolani to’ylarida undan keyin ham nevara to’ylarida ko’rib tanishib, suhbat qurganman. Mahallasida ko’zga ko’ringan ibratli oilalardan biri ekan. Kelini ham o’qigan, doktor. Qudag’ay rosa kelindan rosa yalchigan o’ziyam. Kelining doktor bo’lsa, baxtingni kelgani, hali u joyim, hali bu joyim og’riydi desam kelinim bir pasda davolab qo’yadilar. Yana hech narsa ko’rmagandek, chopqillab ketaveraman. Yoshing ellikdan oshgandan keyin boshqa nimayam bo’lardi deb kelinini va quda-andalarini doimo maqtagani-maqtagan edi. Kelini ham o’ziyam maqtagudek, tili, og’zi yo’q juda yuvosh, chaqqon, aqlli qizcha edi. Buni qarangki, taqdir taqozosi bilan o’g’lim litseyni tugatgach, sinfdoshlariga uyda katta bazm uyushtirdi. Albatta bu bazm mening tashabbusim bilan bo’ldi. Hali bazm bahonasida qizchani ham o’z ko’zim bilan ko’rishni va u bilan bir-ikki og’iz gaplashishni xoxlaganman. O’sha kungi uyimizdagi xayrlashuv kechasi juda ajoyib, sinfdosh bolalarni esdan chiqmaydigan, kun bo’ldi. O’g’lim ham quvondi, bahonada qizaloqni ham ko’rdim va unga ko’rimlikga sovg’alar ham berdim. Qizcha uzun bo’yli bo’lib, xuddi uning bo’ylari o’g’limnikiga o’xsharkan. Ozg’indan kelgan, sochlariyam qora va uzungina bo’lib, chiroylikkina ekan. Gapning qisqasi u menga yoqdi og’ir vazmingina qizaloq edi. O’g’lim mehmonlari bilan xayrlashgach, tun ham allamahal bo’lib ketmasidan qizaloqni ham o’z uyiga kuzatib qo’yish uchun ketdi. Keyin bir pasda uyga qaytib kelib, o’sha vaqtni o’zidayoq qizcha haqida mening fikrimni bilishga urindi-yu, lekin menga qanday aytishni bilmayotganini sezib turdim. Men esa stol ustidagi tarelkalarni yig’ishtirib, ularni yuvish uchun oshxonaga tinmay tashirdim. O’g’lim ham darhol menga qo’shilib ishga tushib ketdi. Lekin uni menga aytishga botinolmay turgan gaplarini, shundoqqina uning xatti-harakati va oyoq olishidan payqaganman. Ahir, onaman-ku. Keyin unga bu gap to’g’risida o’zim og’iz ochib gapira boshladim. U mening gaplarimni jilmayganicha tinglar, lekin indamasdi. Faqatgina oyi judayam sezgirsizda, derdi xolos. Kecha uchun rahmat oyijon, o’rtoqlarim ham rahmat aytib ketishdi, siz juda ajoyib, mehribon Onasiz deb meni quchoqladi. O’g’limning quvonganiga, men ham quvondim. Men ham sizlarni, ukangni ham judayam yaxshi ko’raman o’g’lim, sizlar bilan har doim fahrlanib kelganman dedim uni sochlarini silab oshxonada o’tirgan joyimda. Xudo xoxlasa o’qishga ham kirasan. Ko’nglingni to’q tut, qizcha menga ham yoqdi. Sen nima desang shu bo’ladi o’g’lim, chunki u bilan sen oila qurasan, bir yostiqqa bosh qo’yasan. Farzandlaringiz ko’p bo’ladi. Sen ota men esa buvi bo’laman o’g’lim deyishim bilan o’g’lim kulib oyi ko’nglimdagi gaplarni gapirasiz-a dedi. Onalar shunday o’g’lim ular bolalari qalblaridan kechayotgan hamma tuyg’ularni sezishdi. Kel, endi qolgan ishlarni ertaga qilamiz. Yotib endi damingni ol. Bugun sen ham juda charchading deb o’g’lim o’z yotog’iga men bilan xayrlashib, kirib ketdi. Men esa o’z yotog’imga kirib uzoq vaqtgacha qizchaning oilasi haqida uzoq o’ylab yotdim. Nima qilishim kerak, hali oldinda o’qishi bor. Qizcha ham balkim, o’qishga kirish uchun tayyorgarlik ko’rayotgandir dedim. Qizaloqning ismi Marjona ekan. Ha aytgandek, ular qoraqalpoq dedi-ya o’g’lim, lekin qanday uruvdan bo’lishi mumkin. Bilishim kerak buniyam. Men o’zbek bo’lsam, uning ustiga oddiy o’qituvchi bo’lib ishlasam, erdan ajrashganman uning ustiga. Ular mening o’g’limga qizlarini berisharmikin? - bu tomonini ham o’ylashim kerak. Lekin mening ham ota tomonim qoraqalpoq-ku? - degan savollarga javob izlab yarim tungacha uxlay olmadim. Yigit bilan qiz bir-birini yaxshi ko’rishsa, ular qarshi chiqishmas balkim. Ahir bo’lg’usi qudag’ay ham eridan ajrashgan-ku. Mayli, nima bo’lgandayam vaqtning o’zi ko’rsatadi. Baribir to’y yaqinda bo’lmaydi-ku. Hali o’g’lim o’qishini tugatsin, qiz ham o’qishga kirmoqchidir, bir gap bo’lar deb uyquga ketdim. Ayolning bu mushtipar onaning ismi Muqaddas edi. U boshidan o’tkazgan kunlarini gapirib berar ekan yum-yum yig’ladi. Ayolning yoshlari ham ellikdan oshgan o’rta bo’yli, kelishgan oppoq to’laroqdan kelgan, qoshu ko’zlari qora muloyimgina ayol edi. Oldiniga men ular haqida hikoya yozaman deb o’ylamaganman, bu fikr menda sal keyinroq paydo bo’lgan. Chunki zamon ham shiddat bilan o’zgarib, yangilanib borar ekan, odamlar ham o’zgaradi, teran fikrlaydigan, bo’lishadi. Balkim vaqt o’tishi bilan Muqaddasxonning kelini va uning onasi ham birgina yolg’iz nevarasini yetim qilgisi kelmas. Otasi bor bo’la turib, qizaloqni endigina 4-sinfga qadam qo’ygan murg’ak go’dakni ham xuddi Marjonaga o’xshab, oyi otam qachon bizni olib ketishga keladilar? Men ularni judayam sog’indim oyi. Qachon yana avvalgidek birga yashaymiz, mening Svoboda amakim qayerda, ularniyam sog’indim deb yig’laganiga balkim, o’z hayoti ko’z oldiga kelib shaytonga hay berib, bu niyatidan eridan ajrashib yolg’iz boshi bilan u ham tuqqan onasi va qaynonasini yo’lidan bormas, bu yo’lidan qaytar degan o’ylarga borib, bu suhbatdan ayol bilan uchrashganimdan keyin uzoq o’ylab yurdim. Qizni chalg’itmay hikoyamni yana kelgan joyidan davom sttiray. Shunday qilib, oradan bir qancha vaqt o’tib, bolalar o’qishni bitirb, endi oliygohga kirishi uchun hujjatlarini tayyorlay boshlashibdi. Bu orada Botirbek ham onasi bilan yana Marjona haqida gaplashib olish yo’lini axtara boshlabdi. Onasi ham o’sha kezlari yoz oylarida ishga berilib, uyga har kuni ishdan kech qaytar, ukasi onasini goh u joyga, goh bu joyga ketdilar deb, akasini nega oyijonisini tipirchilab izlayotganini boisini bilmoqchi bo’lib, akaga savol tashlabdi. Aka esa uning savoliga javob ham bermasdan orqasiga qarab o’z xonasiga kirib ketarkan. Ahiri bo’lmabdi bir kuni oyisi ishdan kech qaytib, endi ovqatlanishga o’tirgan ekan, Botirjon ham onasi o’tirgan stolning tevaragiga borib o’tirib olibdi. Onasi esa o’g’lini bir nimadan bezovtalanayotganini sezib, o’g’lim yana nima bo’ldi, xo’sh, ayt-chi, hujjatlar tayyor-mi? Qaysi oliygohni tanlading debdi. O’g’il esa indamay bosh chayqabdi. Keyin hujjatlari tayyor ekanini onasida Marjona haqidayam bir kengashli ish borligini aytibdi. Onasi har galgidek indamay choyini ichib o’g’lini gaplarini tinglab, mushohada qila boshlabdi. O’g’li gaplarini tugatgach, onasi unga qarab o’g’lim hozir bu gaplaringa bir javob aytolmayman. Bir o’ylanib va o’qituvchilar bilan ham maslahatlashib ko’ray. Balkim, bu borada ulardan ham biron fikr chiqar. Hozircha bu haqda sen bosh qotirmay tur, hali vaqt bor. Oldin sening o’qishingni hal qilib olaylik. Keyin bu gaplarni ham o’ylab ko’ramiz, hozircha bir gap deyish ham qiyin debdi. Uning ustiga oliygohga tayyorlanayotgan o’quvchilarim ham ko’p. Qo’shimcha darslarni ham ularga o’tayapman. Bir tomonda ish ham ko’p bo’layapti shu kunlarda. Lekin senga bu haqda albatda javobimni aytaman. Hozircha Marjona ham o’z tayyorgarlik mashqlaridan qolmasdan davom ettirsin. Ko’proq kitoblarni o’qib, test variantlarini yeshishni o’rgansin. Qaysi yo’nalishni tanlagan bo’lsada, baribir bu bo’yicha puxta bilim ham kerak deb o’g’liga maslahat beribdi. O’g’il ham onasini mayli, bolam men bir o’ylanib ko’ray, maslahat qilib ko’rib senga javobini o’zim keyin aytaman degan gaplariga ich-ichidan quvonibdi. Endi bir oliygohga o’qishga kirishsa, Marjona ham ko’z oldimda yurarkan degan o’ylar Botirjonning yuragiga ham taskin beribdi. Oradan yana bir qancha kunlar o’tibdi. Botirjon universitetga borib, o’zi yoqtirgan yo’nalish bo’yicha hujjatlarini topshiribdi. Onasi ham shu orada Marjona bilan uchrashib, uning o’qishi haqidagi fikrlarini tinglabdi. Va bu borada onasini fikrini ham so’rabdi. Chunki, onasi ham bu borada qandaydir rejalari borligini, qizini taqdiriga befarq emasligini, qizining o’qishiga va qaysi yo’nalish bo’yicha hujjat topshirayotgani haqidagi fikrini bilmoqchi bo’libdi. Marjonaga ham o’z fikrini aytib, unga kelajakda qanday kasb egasi bo’lishini xoxlayotgani to’g’risida ham bir nechta savollar beribdi. Uzoq suhbatdan keyin ular bir-birlarini juda yaxshi tushunishibdi. Marjona ham indamay, Muqaddasni bergan savollariga javob berib, uning nasihatlariga quloq solibdi. Ertasiga Marjona hujjatlarini onasi bilan o’ylashib Muqaddasxon aytgan yo’nalishga topshiribdi. Bu suhbatni eshitgan Botirjon rosa onasidan xursand bo’lib, ularga rahmat aytibdi. Endi onasining yani ikkala onasining ham o’z farzandlarining qilgan ishlaridan ko’ngli to’lib, Allohimga hamdu-sanolar keltirib shukronalik taftini qalblariga tugushibdi. Shu orada Muqaddasxon ham tanish ustozlar bilan uchrashib, maslahatlashib, test sinovlarida, imtihonlarda tushishi mumkin bo’lgan savollarni olib, qizchani shaxsan o’zi imtihonlarga har kuni bir necha soat tayyorlay boshlabdi. Bu orada ular yanada bir-biriga mehri tushib, munosabatlari yaqinlasha boshlabdi. Marjona ham tez orada Muqaddasxonni ko’rsatgan savollarini o’qib, o’zlashtirib olibdi. Imtihon kunlari ham tobora yaqinlasha boshlabdi. Bu orada Marjonaning onasi ham Muqaddasxon to’g’risida va uning oilasi Botirjon o’g’li haqidayam tanishlaridan so’rab surishtirib, ko’p yaxshi gaplarni eshitibdi. Muqaddasxon ham o’sha paytlari martaba, boylik, obro’-e’tibor qo’lidan ketmagan, hoh kasbdoshlari orasida bo’lsin hoh o’z yaqin qarindoshlari orasida bo’lsin har qanday davralarning to’ri uniki edi. Qo’lini qayerga uzatsa yetar, kim nima desa o’sha ishni qilar, hamma yaqinlariga yordam qo’lini cho’zar, kimsan falonchi bo’lib, qo’shnilar orasida ham e’tiborga loyiq edi. Bu oilalar va bu insonlar uchun hayot xuddi shunday chiroyli, boy bo’lib hayot davom etadigandek, lekin ularni zulmatli kunlar ham oldinda qarshi olishini hattoki bilishmasdi ham. Kunlar o’ta boshladi. Botirjon bilan Marjonaning imtihon topshiradigan kuni ham va nihoyat yetib keldi. Shu orada Muqaddasxon ham bo’sh yurmadi. Marjonani iloji boricha byudjet asosida o’qishga kirish yo’larini axtardi. Lekin tanishlari undan kattagina bu ish evaziga pul so’rashdi. Lekin Muqaddasxonni birdan xayoliga bu pulni bersam, qizcha byudjet asosida o’qishga kirib ketib, birdan aynisa-yu, qizaloq Botirjonga turmushga chiqmayman men boshqa birovni sevib qoldim desa, yoki o’g’lim oliygohda boshqa bir qizni yoqtirib qoldim oyi unga uylanmoqchiman deb qolsa degan o’ylar Muqaddasxonning xayolini butkul chulg’ab olgan edi. Dugonalari ham unga hali kelin bo’lmay turib, bu ishlarni qilish, xuddi tavakkalga qo’l urishdek gap-ku deyishdi. Nima bo’lsa bo’lar dedi u o’z-o’ziga, balkim o’zidayam bilimi bor-ku shoyad o’tib ketsa kontrakt bo’lsayam mayli, o’zim o’qitib olaman deb qo’ydi. Bolalar ertalab, imtihon topshirishga ketishdi. Muqaddasxon ham bu ikkala bolajonlarga duolar o’qib o’tirdi. Balkim, Marjonaning ham onasi qizchasiga imtihonini eson-omon topshirib chiqishi uchun duo o’qiyotgandir dedi o’ylab. Kun peshinga yaqinlashdi. Bir mahal uyga shosha-pisha, Botirjon kirib keldi. U onasiga qarab bugun men imtihonni yaxshi topshirdim, men o’qishga kirgan bo’lishim kerak oyi, yana bilmadim, dedi-yu xuddi yana bir gap qo’shib aytgisi kelgandek tuyuldi onasiga. Muqaddasxon esa darrov quvonganidan o’g’liga yuzlanib, xo’sh Marjona-chi? U qanday topshirdiykin? – imtihonni deb so’radi o’g’lidan. Bilmadim oyi, kayfiyati yaxshi emas ekan, menimcha ayrim savollarni bilmagan, tavakkal qilgan shekilli dedi o’g’li ham xomush holda onasiga qarab. Oradan yana kunlar o’ta boshladi. Imtihon javoblarini esa ikkala yoshlar va ularga qo’shilib onalari, ukalari ham kun sanab, sabrsizlik bilan kutishar, ayniqsa Botirjon bilan Marjona juda hayajonda entikib kutishardi. Kunlarning birida, imtihon javoblari ham keldi. Hammalari hayajon bilan ayniqsa Muqaddasxon oliygohga erta saharlab, o’g’limni quvonchiga sherik bo’lay deb, yo’lga chiqdi. U bu quvonchli kunlarni yillab kutgan edi. Kim ham bunday quvonchli kunlarni orzu qilmaydi deysiz. Ahir, bu ikkala onaizor ham bu kunlarni kelishini Allohdan so’rab, iltijo qilmadi deysizmi. Muqaddasxon Botirjonni o’qishga kirishiga ishonar, lekin mabodo u to’lovli kontrakt asosida bo’lsayam onayizor rozi edi. Birdan Muqaddasxon qo’l telefonini sumkasidan jiringlagan tovushini eshitdi. U darhol hayajonlanib, sumkasini ochib titkilay boshladi va qo’l telefonini olib, qo’ng’iroq qilgan o’g’li ekanini bilib u bilan gaplashdi. Botirjon hayajon bilan oyijon, men o’qishga kirdim, eshityapsizmi grant asosida kirdim oyi deb quvonib gapirdi. Xo’p o’g’lim qanday yaxshi men ham hozir yo’ldaman, tezda yetib boraman o’g’lim. Sen qayerdasan, men ham oliygohdaman oyi. Hozirgina kelib, imtihon javoblarini o’z ko’zim bilan ko’rdim, ularni devordagi taxtachalarga ilib qo’yishibdi oyi. Men erta uydan chiqib ketdim, siz hali uxlayotgan ekanmiz, sizni uyg’otgim kelmagandi oyi. Mayli o’g’lim aytgandek Marjona nima bo’ldi, u ham o’qishga kiribdimi uni ko’rdingmi deb Botirjondan so’radim. U bo’lsa, oyi u hozir men bilan siz bu yerga yetib kelganingizda qolgan gaplarni gaplashamiz oyi xo’pmi hozircha xayr deb qo’l telefonini ilib qo’ydi. Ha tushunarli, Botirjon bu haqda lom-mim demadi, demak Marjona o’qishdan yiqilgan bo’lsa kerak, - deb o’ylab, oliygohga yetib kelganimni ham bilmay qolibman. Yo’l tirband, tiqilinch, mashinalarni aytmaysizmi. Hamma odamlar yo’l bo’yi shoshilyapti. Hamma hayajonda, yugurishyapti, birov-birov bilan ishi yo’q. Hatto gaplashmaydi ham. Ko’rgan tanishlarim ham boshini qimirlatib salomlashadi-yu, shosha-pisha oliygoh devorlarida osig’lik turgan taxtachalarga yopishib, ularni ichidan o’qiy boshlashadi. Bir payt taxtachalardan o’g’limni kod nomerini topib ko’ra boshladim. Barakalla o’g’lim mana u grant asosida kiribdi dedim quvonganimdan biroz tovushimni ko’tarib. Atrofimda to’la odamlar. Ular ham menga qarashib opa o’g’lingizmi, nima bo’ldi kiribtimi o’g’ilcha deb so’rashyapti. Men esa quvonganimdan, yuragim hayajonda, ko’zlarimga yosh olib, ha o’g’lim grant asosida o’qishga kiribdi dedim-u, odamlar orasidan sal panaroqqa chiqa boshladim. Hammalari shu yerdagi odamlar mening quvonchimga sherik bo’lishdi. Nega yig’layapsiz xola zo’rku, tabriklaymiz deyishyapti. Yig’laganingiz nimasi, qaytanga quvonmaysizmi deyishdi. Eh bolajonim-a, sen nimaniyam bilarding, bu ko’z yoshlar quvonch ko’z yoshlari ekanini. Mening bugun umidlarim ro’yobga chiqdi. Botirjonim o’qishga kiribdi, eshitmayapsizlarmi, o’qishga kiribdi o’g’lim. Yuragimdagi bu quvonchni hech bosolmadim, biroz panada turgan joyimda o’tmish kunlarimizni, o’g’limni bolaligi xuddi shamoldek ko’z oldimdan o’tdi. Baland ovozlar bilan bu xushxabar borki hamma odamlarga qichqirib, aytgim keldi. Men baxtliman, Allohimga beadad shukr bo’lsinki, menga bu yorug’ kunlarni ham ato etdi. Keyin u yon bu yonimga razm solib o’g’limni izladim, uni topolmagach, quvonganimcha yo’l bo’yi ko’rgan tanishimga aytib quvonchimni bo’lishib uyga yetib keldim. Ham quvondim, ham yig’ladim. Bu olamda Allohimning menga bergan sinovlariyam, tuhflariyam ko’p ekan deb o’yladim. Oradan bir oz vaqt o’tgach, bir payt uyga Botirjonim kirib keldi, u judayam xafa meni ko’rishi bilan yig’lab yubordi va xonasiga kirib ketdi. Nima bo’ldi bolam deb, uning izidan xonasiga kirdim. U divan ustida chalqanchasiga yotib xuddi biron narsadan qattiq xafa bo’lgan odamdek xo’rsinib yig’lardi. Uning bu ahvolini ko’rib, yuragim uvishdi. Dunyo ko’zimga tordek ko’rindi, xuddi ustimga katta tog’ qulagandek tuyuldi. Uni shu paytgacha bunday o’ksik ahvolda ko’rmaganimgami o’z-o’zimdan ham xafa bo’lib ketdim. Xayolimga har xil o’ylar, fikrlar keldi. Bir zum ko’z oldim qorong’ulashgandek bo’ldi. Shu bir lahzaning o’zidayoq ko’z oldimdan turli narsalar o’tdi. Darrov uning yoniga o’tirib, qo’lidan tutdim. Yaqindagina oyi men o’qishga kirdim deb quvonib turgan o’g’lim, xuddi endi baxtsiz bolakayga aylanib qolgandek tuyuldi. Nima bo’ldi o’g’lim, qani menga aytchi, ko’z yoshlaringni artgin. Qani gapir, kim seni buncha yig’lagudek xafa qildi dedim. Yo bironta odam seni koyib, urishdimi? Desam u ko’z yoshlarini artib menga qaradi va xomush ohangda oyi, Marjona o’qishdan yiqildi u o’tolmadi. Xo’sh, shunga shunchami. Sen erkak bolasan, o’zingni tutib ol, erkak bola esa hech qachon yig’lamaydi. Haliyam xuddi kichkina bolakayga o’xshaysan-a, men o’ylabman biron bir hodisa ro’y berdimi debman. Xo’sh, sen hozir Marjonaga qo’ng’iroq qil. Men ham tanishlarimga telefon qilib ko’rib, Marjonani qaytadan o’qishga tiklab bo’ladimi, yo’qmi? Shuning yo’larini so’rab ko’raman bo’ptimi o’g’lim. Eh yoshlar-a. Xo’sh u yiqilgan bo’lsa, sen nega yig’lading? Ahir, oyi u ham yig’ladi-ku, hozir uni uyiga kuzatib qo’ydim. Ha mayli u yig’lasa ahir, qiz bola-ku? o’g’lim. Voy tavba-ey, bolasi tushmagur yuragimni naq yoray dediya deb xonani tark etib, qo’limga qo’l telefonimni oldim va kimga qo’ng’iroq qilib so’rasam ekan deb o’ylay boshladim. Men xonadan chiqqach, Botirjon meni gaplarimga quvonib, va mening tasallimdan keyin u ham bir oz o’ziga kelib, Marjonaga qo’ng’iroq qilibdi. U Marjonaga mening gaplarimni aytib, yana uni tinchlantiribdi. Men ham tanishlarim bilan shu orada maslahatlashib ko’rsam 3-4 kundan keyin oliygohga borib, xabarlashib ko’ring, chunki bu telefonda bitadigan ish emas deb aytishganini o’g’limga tushuntirdim. Va qo’limdan kelganicha o’g’limga, Marjonaga yordam berishimni aytdim. O’g’lim juda quvondi. Keyin choy ustida o’g’limni o’qish masalasi haqida gaplashib oldik. U bir tomondan o’qishga kirganiga quvonar, ikkinchi tomondan esa Marjonani xafa bo’lib qolganiga yuragi siqilar lekin hozircha tasallidan bo’lak qo’limizdan hech nima kelmasdi. Shu kezda imtihondan oldin Marjonani o’qishga joylashga ko’maklashaman lekin ozgina chiqini ham bor deganiga unnamagandim. Ozgina pul degan gap o’lsin bu biz uchun kattagina bir bundayroq mashinaning puli edi-da. Ustiga ustak dugonamning hali kelin qilib olmay turib bunday qilma degan gapi meni yo’ldan ham qaytargandi. Bir tomoni dugonamning gapida ham jon bor deya o’ylangandim ham. O’sha gaplar shu tobda esimga kelganiga qarang-a. Eh yoshlar, yoshlar-a. Lekin Marjona yaxshigina ball to’plagan ekan. O’g’lim menga o’sha siz bergan savollar unga as qotibdi oyi. Shu savollarning ko’pchiligi unga tushibdi. Bu savollarni iks variant deyisharkan oyi deb aytgan gaplarini esladim. Balkim bir iloji topilar dedim o’zimni ham bosib, chunki qo’shimcha kontrakt degan gaplar ham bor edi, buyog’i bir gap bo’lar. Asosiysi omonlik, tinchlik bo’lsin deb yana hayot tashvishlari bilan bo’lib oradan kunlar o’ta boshladi. Kunlarning birida oliygohga o’tib Marjona xususida rahbarlar bilan gaplashdim. Uni olgan ballarini ham tekshirib ko’rdim, vaholanki ularning gaplari bo’yicha bizning shansimiz bor ekan, endi umid qilsak bo’ladi dedim o’zimga lekin 3-4 ta Marjona haqidagi hujjatlardan kopiya nusxalarni olib kelib topshiringlar deyishdi. Darhol bu haqda yaxshi xabarni aytish uchun o’g’limning qo’l telefoniga qo’ng’iroq qildim. Va tezda men senga aytgan hujjatlarni nusxasini Marjona oliygohning monitoring bo’limiga olib borib topshirishi kerakligini tushuntirdim, keyin oliygohdan chiqib, oziq-ovqat va yeguliklar olishim uchun bozorga ketdim. Men bu mashmasha va ovoragarchilikning hammasini o’g’lim uchun qolaversa, o’g’lim ham Marjona ham yoshligidan otasiz ulg’ayib yarim ko’ngil bo’lib, o’sib kelishmoqda. Men odamgarchilik yuzasidan ham, qolaversa, qudag’ayimning balkim qizini o’qitaman deb yuragiga tuygan orzusi bordir. Ahir, nima qilganida ham u yolg’iz ona kimdir uning bu orzularini ro’yobga chiqarishi kerak-ku deb o’ylab, bu ishlarni qilganman. Va bu ishlarimdan hech qachon nolimayman, afsuslanmayman ham. Chunki Allohim o’sha kezlarda ularning ham orzusini ro’yobga chiqarish uchun meni o’g’lim sabab, duchma-duch qilgandir. Bu ham bekorga emas. Balkim, qudag’ayimning ham bir yaxshi fazilatlari boiz, bu ishlarimiz o’ng tushgandir. Buniyam bilmayman. Men Marjona bu dunyoda qanchalik baxtli bo’lib, qizalog’i va onasi ukasi bag’rida dilida shukronalik tugib yashar ekan, u qayerda yashasalar ham baxtli umr kechirishsa bas. Ular baxtli bo’lishsa, men ham baxtliman. Lekin bu voqealarga bosh sababchi bu mening o’g’lim. U qizaloqni jonidan jonidan ortiq ko’rsa ko’radiki, aslo yomon ko’rmaydi. Keyin oradan kunlar o’tdi. Botirjon o’qishini davom ettirdi. Lekin u kunlarning birida, onasi bilan dasturxon ustida bir piyola choy ichib, suhbat boshlashar ekan, Marjonani kun sayin qiynalayotgani o’qishni o’ylayverib ezilayotganini aytib, to’y qilishni iltimos qildi. Men ham bu savoldan va gaplardan to’satdan o’g’limdan to’y masalasi haqidagi so’zlarni eshitib, hayajonlanib ketdim. Keyin bir xo’rsinib mayli bu haqda buving va buvanglar bilan ham maslahatlashib ko’ray-chi ular nima derkin o’g’lim dedim. Bir kuni bu xabarni onam va otamlarga, qaynona qaynotamga aytdim. Xudo rahmat qilsin o’sha paytlari qaynotam va onamlar tirik edilar. Joylari jannatda bo’lishsin. Bu xabarni eshitib ular juda quvonishdi. Nima bo’lganda ham eng katta nevaralari. Uning ustiga men o’sha kezlari erim bilan ajrashgan bo’lsamda, qaynona qaynotam mendan, men esa ulardan qo’l uzmagan edik. Har doim to’y marakalarda, yaxshi yomon kunlarda biz qatnashib turardik. Hozir ham xudoga shukur, qaynonam tiriklar, nevara va kelinlarini, evaralarini juda yaxshi ko’radilar. Haliyam qarigan bo’lsalarda chaqqon va baquvvatlar. O’zlariga yaxshi qaraydilar, el ardog’ida judayam mehribon ayollar. Umrlari uzoq bo’lsin. Hattoki mening ikkita nevaramni ham ular qaraganlar. Qariyalar mening gaplarimni ma’qullashdi. Ikki yosh bir-biriga ko’ngil qo’yishgan bo’lsa, mayli baxtli bo’lishsin deyishdi. Xullas, biz Marjonaning uyiga sovchilikga bordik. Ular ham kattalar bilan maslahatlashib ko’raylik, javobini aytamiz deyishdi. Faqat qudamni bir tog’alari bor ekan, o’sha sal qaysarroq, dangal gapiradigan, sermulohazali odam ekan. Kunlarning birida qiziq bir voqea bo’ldi. Hali to’y bo’lmagan edi. Qudam telefon qilib qoldi. Ular bilan hol-ahvol so’rashgach, bir joyga o’tib kelishimizni aytdilar, tayyorlanib turing hozir mashinada borib olib ketaman dedilar. Men ularga nima deyishimni bilmay xo’p, dedim. O’ziyam shu kezda endi ishdan kelib turgandim dedim. Kun ham kech tushib allamahal bo’lgan edi. Hayron bo’ldim. Keyin kiyimlarimni o’zgartirib, qo’limga dasturxon oldim. Unga ul-bul narsa, non patirlar solib o’radim. Botirjonga bu gaplarni aytib, uyga qarab o’tirishini va men Marjonani onasi bilan tog’alarnikiga borib kelishimizni u yerdan balkim kech qaytishimiz mumkinligini aytdim. Bir payt uy eshigini darvozasini kimdir taqillatdi. Darvozani o’g’lim ochdi. Qarasa, Marjonani onasi ekan. Ular salomlashib so’rashgach, tez onangni chaqir debdilar. O’g’lim ularni ichkariga taklif qilsa, keyingi safar kirarman, kech bo’lib ketdi mashina qarab turibdi deb uzrini bildiribdi. Men ham shu kezda ular bilan qo’l berib salomlashdim. Ichkariga deyishimni bilaman, ular ketdik keyingi safar kiraman deb gapimni bo’lib yubordilar. O’g’lim ichkariga yugurib non patnosi bilan olib chiqdi. Hech bo’lmasa non tuz qiling dedim. Darvozani ortidan mashina signali eshitildi. Apil-tapil ikkalamiz uydan chiqib mashinaga otirdik. Qora neksiya-2 mashina ekan, shofyor bilan salomlashib, men orqa o’rindiqqa, Marjonaning onasi esa oldingi o’rindiqqa o’tirib yo’lga tushdik. Bir oz yo’l yurgach, shofyor qayoqqa borishimizni so’radi. Quda ularga yo’l ko’rsatib bordi. Shu orada quda menga kimnikiga borayotganimizni tushuntirib bordi. Aytganidek, bu odam ularning tog’alari ekan. Yo’l bo’yi ular haqida ham gapirib berdi. Men ham qisqacha ular haqida bilib oldim. Demak, tog’alari men ko’zim bilan qudag’ayni ko’rib, gaplashay degan shekilli. Xuddi shu gaplarni o’zim ham oldinlari o’ylab yurgandim. Demak tog’alari meni bir o’zi yangi qudag’ayni bir sinovdan o’tkazay, debdi-da dedim ich-ichimdan. Ularning turmush o’rtoqlarini men oldin 1-2 marta ko’rgan edim. Chunki bizning urf-odatga ko’ra quda tushgan kuni, kelin ko’rdi bo’lgan edi. O’sha kuni Marjonani menga shu ayol ya’ni qudaning yangasi ko’rsatib, yuz ko’rimlikni ham unga berganman. Ko’rimlik esa yanga alohida oladi. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling