Tahririyatga maktub


O’zlikni anglamoq Olloh vasliga musharraf etadi


Download 256.56 Kb.
bet37/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

O’zlikni anglamoq Olloh vasliga musharraf etadi.
O’zlikni anglamoq o’z davomiyligi ila Olloh vasliga musharraf etadi. Illo hazrati risolatpanoh sallalohu alayhi vasallam “Beshikdan to qabrgacha ilm izlang” deya bejiz marhamat qilmaganlar.
O’zbek adabiyoti namoyondasi Erkin Vohidovning quyidagi yozgan satrlari, beixtiyor meni uzoq fikrlashga chorladi. Bu olamda yo’qotishlar ichidagi eng og’ir yo’qotish insonning o’zligini yo’qotishdir. Odamzod tafakkur va ehtiros ruhiyat va imon dunyosida yashaydi. U yuragidagi e’tiqod ba’zan ishonch bilan tirik va butun. O’zlikni yo’qotmoq ana shu olamdan judo bo’lmoqdir, inson imoratidagi ruknlarning, ustunlarning sinmog’idir. Bundan millioncha yillar oldin Alloh taolo odamzodni yaratdi. Insonga butun dunyoni berdi. Unga yashashi uchun olovn, suvni, tuproqni hadya etdi. Bu dunyoda nimaiki mavjud bo’lsa undan bemalol foydalan, lekin sen insonsan, insondek yasha dedi. Inson Ollohim bergan butun narsadan tuproq, tog’, suv tabiat nainki barcha-barchasidan oqilona foydalanmadi. Inson adashdi, uni hirs chulg’adi, nafs boshqardi. Endi u bora-bora o’z nafsining quliga aylandi. O’zining ko’zini hech ham to’ydira olmadi. Ochko’zlikga yuz tutdi. Boyligi va puli ortgan sari o’zligini yo’qotdi. Boylikga ruju qo’ydi va tubanlikga yuz tutdi. Oradan yana yillar asrlar o’tdi. Hamon odamzod o’z nafsidan qutulolmay o’zini o’ylab yashab keldi. Ollohim insonni yaratgan kezida, hayvonni ham inson uchun yaratdi. Inson esa ongli mavjudotlardan biri edi. Hayvonlar esa aqldan mahrumligi hammamizga ayon edi. Lekin hayvonot olamini, insoniyat olamiga qiyoslaganda, ancha insofliroq ko’rinadi. Men bu to’g’rida hibsxonada Umar Hayyom kitobidan eng yirtqich hayvon sherning o’zi yangi tug’ilgan sherbachcha bolalariga bo’lgan onalik mehri va ularni askar qo’lidan qutqarish uchun o’z yuragini nayza ustiga tashlab halok bo’lishi ko’z o’ngimga keladi.
Sher haqidagi hikoya yoziladi.
Men ushbu hikoyani sizning e’tiboringizga havola etishimdan maqsad shuni, men ham ayrim sabablarga ko’ra, hayotda Ollohim bergan baxtli kunlarga shukronalik qilmay o’z nafsimga qul bo’lib, boylik ortidan quvdim. Va nihoyat qilgan nomaqbul ishlarim uchun o’z ozodligimdan, erkimdan ayrilib panjaralar ortida yashab keldim. Men o’sha paytlari o’zligimni yo’qotgandim. Ba’zan ozodlik va erk haqida ko’p o’ylayman. Nega o’sha paytlari uning qadriga yetmadim-a deya o’zimga tinmay savollar berib, javob izlayman. O’zliginga qaytish, Ollohni anglab borish qanday yaxshi. Men panjaralar ortida o’tkazgan ikki yilim orasida ozodlikni va o’zlikni anglab yetdim deb o’ylayman. Hozir JIEK da yashab, ishlayapman. Ba’zida ijod bilan ham shug’ullanaman. Ko’p kitoblar o’qiyman. Adabiyotga ixlosim baland edi azaldan. Chunki filologman. Filologlar esa adabiyot targ’ibotchilari bo’ladi, lekin bu yerdagi ayrim mahkumalarga qarab hayron qolasan. Kimdir ona, u ayol, ba’zilari 2-3 marta qamalganman deyishadi. Bu dunyoning bir dahshati bor u ham bo’lsa, bazi ayollar o’zlik nima ekanini anglamay o’tib ketsa kerak deya o’ylanasan. O’zini tushunish, buni gapirib, tushuntirib bo’lmaydi.
Buni faqat she’r yozib tushuntirish mushkul deb o’ylayman. O’sha ayollarga gapirganing bilan senga nima deyishmaydimi? Albatda aytishadi, tushunishmaydi ham. Shunday ayollarga qarab, iching achiydi, rahming keladi. Bu yerlarda o’tkazayotgan besamar kunlaridan ko’ra, ozodlikda yurib biron bir hunar-mi, kasb-mi mehnat qilib ishlasa oilasi bag’rida bo’lganiga nima yetsin deysan? Men ko’proq ularga qarab she’r yozishga tushaman. Ijodning o’zi seldek kelaveradi. Ularni ichidagi tuyg’ularini men tezda anglayman, o’sha ichidagi tuyg’ularni esa satrlarga to’kaman. Alloh bergan iste’dodim chakkimas deb o’ylayman, bu kitoblarni bitish uchun ko’p mehnat sarflaganman. She’rlar yozaman, ko’pgina yangi hikoyalarim ham dunyoga kelgan. Bu yerlarda ijod bilan shug’ullanib she’r yoki hikoya bironta asarmi yozaman desang material ham ko’p. Endi qolgan umrimni shunga rostlab, hayotimni shu asosda qurib yashasam balkim bir baxtli ijodkor ham bo’lib ketarman deyman.
Men Allohimga beadad shukrlar qilamanki, ijodkor sifatida o’zimga bo’lgan ishonchim cheksiz deb o’ylayman. Chunki men bu yerlarda birovni ko’rib shukr qilishga yana birovni ko’rib fikr qilishga o’rgandim. O’zligimni angladim, yana xuddi oldingidek oilam bag’riga qaytib ozodlik, hurlik nashidasini surgim kelyapti. Ijodga sho’ng’iganim sari uning ma’suliyatini ham o’n karra his qilyapman. Mening hayotimda esa bir katta evrilish ro’y berdi. Bu esa mening ijodim. U menga eng og’ir kunlarimda mayoq bo’ldi desam mubolag’a bo’lmas. G’am-anduh esa kishini aqlu shuuridan ham mosuvo bo’lish hech gap emas ekan. Odam taftini esa odam ko’taradi deganlari rost gap ekan. Yelkamdagi yukning qanchalik og’ir bo’lishiga qaramay, men ularni bir chekkaga surib qo’yib, o’zga insonlar taqdirini tinglshga o’zimda kuch topa oldim.Turfa xil taqdirlar nolasiga duch keldim. Kimdir o’z ota-onasini bo’g’izlagan, kimdir o’z yorini bo’g’izlagan, yana kimdir 9 oy qornida ko’tarib dunyoga keltirgan-u endi 5-6 yashar bo’lganida uni suvga g’arq qilgan ayollar bilan yuzma-yuz keldim. Xo’sh bizning hayvonlardan farqimiz o’zi nimada? Nahot biz o’z farzandlarimiz uchun “Ona sher” bo’lolmasak? - degan savollarga javob izlab, bu to’g’rida she’r va hikoyalarni bitdim. Ijodkor juda nozik bir xilqat ekan. Menda har doim o’zimdan norozilik tuyg’usi bo’ladi. Mening g’ayratim ham, shijoatim ham o’zimga yetarli albatda. Men hech qanday qiyinchiliklardan, to’siqlardan ham qo’rqmayman. Ko’proq tavakkalga o’z kuchimga, sabr-qanoatimga ishonaman. Shu kitoblarimni ham yoza boshlaganimda hech ham ikkilanmaganman. Yozishni esa o’z qismatim deb bildim. Men nimani axtarmay, nimagaki yugurmay, faqat o’zimni axtaraman. To’g’ri, o’zimni kashf etdim deb o’ylayman, kashf etsam-da o’z-o’zimni fosh etib, o’zim to’g’rimda bor haqiqatni yozishim esa judayam qiyin kechdi, bu men uchun oson ish bo’lmadi. Menga nima kuch beradi, buni aytish qiyin ish. To’g’rirog’i, o’zim ham bilmayman. Parvardigor meni aslida ijodkor bo’lishing kerak deb yaratgan bo’lsa ajabmas.
Men 20 yilcha o’qituvchi bo’lib ishlaganman. Menga Allohim ham bu panjaralar ortida ham shu ishni qilasan deb yaratgan bo’lsa kerak deb o’ylayman ba’zida. Chunki mening bu yerdagi eng oliy unvonim bu mening yaratiqlarim deb o’ylayman. She’riyat bu men uchun hayot mayog’i deb o’ylayman. Parvardigor umr bo’yi shu ishni qilasan, deb meni yaratgan bo’lsa, demak u ishni hech qachon tashlab ketolmas ekansiz. Hattoki panjaralar ortida ham, qaytanga bu yerda ijodga sho’ng’idim. Hattoki yozib ham ulgurolmayapman, chunki yaqinda bu yerlarni tark etaman. Vaqtim ham yetmayapti, uni besamar o’tib ketishiga qarab turolmayman. Ishga ham, ijodga ham, she’r yozishga, hikoyalar bitishga ham ulgurishim kerak.
Shuning uchun har doim cho’ntagimda qog’oz, ruchka, qalam olib yuraman. Bu narsalar xuddi mening bolalarimdek menga juda qadrli bo’lib qolgan. Hattoki JIEK ga yangi borganimda, bu narsalarni yashirib olib yurganim uchun bir necha marta gap ham eshitganman. Hech qizi yo’q deyman. Ahir nima qilay, ijod birdan kelib qolsa, uni darrov oq qog’ozga qoralashimga to’g’ri kelsa. Ijod bilan shug’ullanmagan kunlarim xuddi o’zimni bir g’arib insondek his qilaman. Ilhom jo’shib yuragimda tursa-yu, nahot uni satrlarga to’kishni ilojisi bo’lmasa deyman ba’zan. Men ba’zan yurak-yurakdan o’z Vatanimni, aziz kindik qonim tomgan go’shamni, ona qishlog’imni sog’inib, o’z Vatanim Qoraqalpog’istonim bilan yuzma-yuz ko’rishishni istasam, uning go’zal qiyofasini o’zimcha bir entikish bilan tasavvur qiladigan bo’lsam, yoki bu yerlardan boshimdan kechirayotgan iztirobli kechinmalarimni boshqalarga yetkazsam, ularni qalbiga borib yetadigan shaklda o’z maromiga yetkazib she’r yoki hikyolarni bitsam, ehtimol ana shu menga kuch berar deb o’ylayman. Balkim, menga xudo bergan bu iste’dodimni doim o’stirib borishim kerak deb o’ylayman. Buning uchun esa keyinchalik ularning mehr va sadoqatiga qoyil qolib o’zimning mana shu she’rimni “Ayolga qasida” - deb bitganman. Bizlar kun, oy, yillar o’tgan sayin bo’y cho’zib borardik. Keyingi yil aprel oyida akam armiya safariga xizmat qilgani ketdi. Bir oy o’tar o’tmas ulardan xat kela boshladi. Ota-onam akamlarni xatlarini o’qib, ko’z yoshi ham qilishardi.
Bahor oylari nihoyat bahor chechaklarining turfa hididan olam gurkiraydiki, osmonga tikilsangiz shunday moviy ko’rinadiki, ko’z tiksang nigohing sirg’alib ketadi. O’tlar o’sib tizaga o’rganidan odim tashlashdan cho’chiysan kishi. Xuddi o’tlar orasida bekinib yotgan ilonni bosib oladiganday yuragingni xovuchlab qadam tashlaysan. Momom har doim bahorda qishdan chiqqan chorva mollari ko’kga teggach, tezda oyoqlab semirib ketadi, bolalarni og’zi oqqa to’ladi degan gaplarni aytardi. Ha xuddi ular aytganidek bo’ldi. Oriq qo’y-qo’zilar, sigirlar ham et olib, junlari oftob nurida yaltiray boshladi. Aprel oylarida meva-chevalardan ta’m qochadi. Sumalakni hadeb yalayversang, zardangni aynitadi. Ota-onam akam haqida ko’p qayg’urishardi. Men o’sha paytlari ham akamlarga ishonardim. Chunki ular kuchli, sabrli mehribon va mehnatkash inson edilar.
Akamlar haqida she’r yoziladi.
Onam tirik paytlarida har doim akamga ular tushkunlikga tushib qolsalar yoki biron ishlari o’ngidan kelmasa har doim, Seni kim qo’llaydi? Xudo bolam noumid bo’lma. O’zinga suyan bolam faqat o’zinga. Birovga suyangan odam, bandaning soyasiga aylanadi. O’zingdan boshqa hech kim sening qo’lingdan tutmaydi. Qishloqda ko’z ham quloqqa aylanadi bolam esingda tut har doim derdilar. Shunday deb onam ovqat pishirish uchun gurillab yonayotgan o’choqqa tappi qo’qimini tashladilar. Onam o’sha paytlari tappilarni yig’ib qo’qim qilib yozning issig’ida quritib qo’yardi. Qo’qimni biz o’choqqa o’tin o’rnida ishlatardik. Onam o’ziyam rosa mehnatkash ayol edilarda. Ozoda hamma yerni chinnidek qilib yaltiratib qo’yardilar, havasing kelardi ularga.
Hash pash degunimizcha mana ikki yil ham oradan o’tib ketibdi. Shu orada akam armiyani bitirib keldi. Ular to’lishib, bo’ylari o’sgan, ko’zlari katta-katta ko’m-ko’k, baquvvat yigit bo’lib ketibdilar. So’ng ular safardan eson-omon kelganlariga ota-onam boqib qo’ygan jonlig’ini so’yib el-yurtga yaqinlarimiz, qo’ni qo’shnilarga osh berishdi. Akam eson-omon yigitlik vazifasini sog’-salomatlikda o’tab kelganiga hamma yaqinlarimiz quvonishdi. Tog’alar bir-bir akam bilan quchoqlashib ko’rishishdi. Uh-hu, rosa baquvvat yigit bo’lib to’lishib ketibsan-ku deyishdi. Esimdan chiqayozibdi akam armiyaga ketishidan oldin onam ularni tog’amlarning qizlariga uylantirib qo’yishgandi. Qiz yangam shaharlik juvon edi. Ular qishloq joyiga, ob havosi-yu urf-odatlarimizga hech ko’nikolmadi. Uning ustiga onam bilan tog’am o’rtasida eskidan adovat bo’lganmi bilmayman, ishqilib yangam akam armiyaga ketgach uydan narsalarini yig’ishtirib ketib qoldilar. Biz onam bilan tog’am o’rtalaridagi adovat haqida keyin eshitganmiz. Men u paytlari judayam yosh bo’lganman. Bunaqangi gaplarning farqiga unchalik borolmasdim, nima bo’lganini tushunmasdim ham. Yangam bilar ular olib ketardi ko’p marta uylariga ham borganman o’shanda. Tog’amlarni tanirdim lekin hozir ularni unchalik eslolmayman. O’sha paytlari yangamni bo’yida bo’lib qolgan ekan. Akam armiyada kezlarida o’g’il tug’dilar. Ismlarini Muzaffar qo’ydilar. Yangamiz qorachadan kelgan chiroyli, oriqqina, sochlari uzun ayol edi. Lekin shevalari boshqacha edi, ular gapirsalar men ayrim so’zlarini tushunmasdim. Hozir ular qayoqda, Muzaffar nima qilyapti, oilali boldimi xabarimiz yo’q. Chunki bordi-keldi bo’lmasa xabarini ham bilmaysan-ku odam. Akamni balkim xabari bordir, buniyam bilmayman. Hozirgi yangam ham chakkimas, qaytanga unisidan ham chiroyli tilidayam, dilidayam bor. Asosiysi juda muloyim, mehribon onamning Sotti kelinlaridan edi. Yangamni onam bechora og’zidan qo’ymasdi. Ulardan bir etak nevaralari ham bor. Hattoki evarasi ham dunyoga keldi. Yangam ham onamni judayam hurmat qilar xuddi ular qaynona kelinmas, ona-boladek edilar.
Ayollar haqida yoki ona haqida she’r yoziladi.
Ha akam armiyadan kelgach, onamlar ularga to’g’ri keladigan oilamizga mos kelin qarashlarini aytsalar ham akam hech ko’nmasdilar. Yoz kunlaridan biri edi, akam baliq ovlash uchun ariq bo’yiga yo’l oldilar. O’ziyam baliq tutishni rosa sog’inibdilar. Akam bizga qarab g’o’ldiraydilar. Biz akam ariq tomonga yo’l olishini ko’rishimiz bilan ular ortilaridan ergashib chopdim. Hayron qolasan bu tilsiz jonivorlar ham o’z oromgohlariga ega ekanlar-a yo tavba. Peshinga tomon bitta yarimta baliqni suvning yuzida suzib yurganini ko’rmasangiz, ko’pchiligi mudragani o’zlarini iniga urishyabdi. In deganimiz bu baliqlar to’planadigan joy edi-da. Gap esa mana shu inini topishda. Akam kelib ketib yurib birini sezib qolibdilar. Men suzishni yaxshi bilmayman shuning uchun ariqqa tushsam, har doim sayozroq joylarida yuraman. Bu safar esa suvga ham tushmadim. Akam tushdilar. Qirg’oqda to’rvani quchoqlaganimcha akamni kuzatardim. Indan baliq emas, ilon chiqib akamni chaqib olmasin deb qo’rqardim. Chunki ariqda ilon borini bilardim. Hattoki necha marta suzib borayotganini ko’rganman ham. Akam bo’lsa qo’lini suvda turib baliq iniga shunday tiqayapti. Yuragim taka-puka bo’lib ketyapti. Xuddi akam hozir qichqirib yuboradigandek. Akam baliq inidan qo’li bilan ushlab bir nechta baliqni qirg’oqqa men tomonga otdi. O’ziyam bilakga teng keladigan baliqlar edi. Hovliqqancha qichqirib baliqlarni qo’limdagi to’rvaga terib sola boshladim. Ularni kuchim yetmaganidan qo’limdan ham tushirib yuborardim. Qo’limdan otilgan baliqlar esa qumga tushardi. Bir amallab ularni to’rvaga solaman. Baliqni ko’pligidan to’rvani ko’tarishga ham kuchim yetmay qoldi. Bir nechta baliq tutdik. Baliq tez aynuvchan, u sucsiz turolmaydi.
Keyin akam qirg’oqqa suzib chiqdilar. To’rvani og’irligini ko’rib og’zini ochib uning ichidagi baliqlarga tikildilar. Ularni ko’pligini ko’rib rosa quvondilar. Keyin ko’tarib orqasiga tashladilar-u, uy tomonga qadam tashladilar. Uyimizga kelgach, hammamiz ularni bir-bir archib, maydalab qo’ydik. Men esa akamlarga qarashdim. Akam o’zlari o’choqda baliqlarni qip-qizil qilib qovurib dasturxonga tortdilar.
Qishloq hamda baliqlar haqida satr yoki she’rlar yoziladi.
Shu tariqa kunlar o’ta boshladi. Otam keyin akamlarni qishloqda bo’sh yurmasinlar deb shaharga borib akam bilan ichki ishlarga hujjatlarini topshirib keldilar. Bir kuni kimdir uy telefonimizga qo’ng’iroq qilib o’zlarini kadrlar bo’yicha ichki ishlarda ishlashini aytib akamni telefonga so’rayaptilar. Akam yugurib kelib, go’shakni ko’tardilar deb ism familiyasini aytib siz ishga qabul qilindingiz. Ertadan boshlab ishga kelishingiz kerak deb qoldilar. Bu xabarni eshitib hammamiz quvonib ketdik. Akam ham suyundilar. Otam bo’lsa, barakalla o’g’lim deb akamning iyinlarini, yelkalarini qoqib qo’ydilar. Yashavor ota o’g’il dedilar. Qishloqda shov-shuv gap tarqaldi. Bunday quloqqa yoqadigan gaplar o’zingizga ma’lum shamoldek tez tarqaladi. Hamma yaqinlar otamni va akamni tabriklab bir-bir kelib ziyofat yeb ketishdi. Akamni yoru-birodarlari, sinfdosh do’stlari ham chetda qolishmadi. Hammalari bu xushxabardan quvonchda edi. Bunday kezda dushmaning ham senga do’st bo’lgisi keladi. Bu haqda qariyalar bizdan-da yaxshi bilishadi. Ertasi kuniyoq akam ishga tushib ketdilar. Kechqurun formalarini kiyib qaytdilar. Akam juda quvonchda edi. Ota-onam ularni formada ko’rib oq fotiha berdilar yaratganimizga ming bora shukronalik keltirdilar. Akam o’z ishiga talabchan, chaqqon, to’g’riso’z, mard, mehnatkash ishlariga sodiq xodim bo’lganlar. Ularni eslab “Ichki ishlar xodimlari” - nomli she’rim esimga tushib ketdi.
“Ichki ishlar xodimlari” - she’ri yoziladi.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling