Tahririyatga maktub
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqdir taqozosi.
Sog’inch yaproqlari.
Bugun sizga atab she’r yozdim, uni sizga yetkazishni shamoldan so’radim, unga ko’zlarimda yosh bilan o’qib berdim. Unga pichirladim, bu she’rni kimga yetkazishni aytdim. U o’zini u yon bu yonga tashlab eshitdi. Keyin ko’z yoshlarimni artgunimcha ko’zdan g’oyib bo’ldi. Eh yurak, yurak bunchalar tez uryapsan. Senga ashinyapman. Yillab hijronda yashadim, yurak. Sen yana yana unga intilyapsan, u-chi, u senga talpindimi? Nega har gal uni kechirging keladi, nega? Uni ko’rging, suhbatlashging, yuzlaridan silaging, tovushini eshitging keladi, kelaveradi. Har dam, har lahza, har on nega uni nomini qayta-qayta takrorlaysan, yurak. Meni qiynama, qiynama. Taqdir taqozosi. Ushbu hikoyani men uchun qadrli bo’lgan insonim B.Matkarimovga bag’ishladim. Qoraygandan uzoq tog’larning qori, Bog’larga cho’kkanda ohshomli tuman, Sovuq kuz yelidan junjikib, nari- Ochiq ayvon ostin etganda makon, Do’stginam, xayolan quchaman seni, Xazon davrasida kutaman seni. Nimani xoxlayman? Istagim nima? Changalzor shovqinin tinglab ko’raman Yaproqlar bandida kezgan jimgina Mayus va bezovta kuzni ko’raman. Uning qo’shig’ida, uning ohida, Sezaman odamzod, qalbi gohida. Meni savollarga ko’mar daf’atan, Xazonning taqdiri, so’nggi shovqini. Ko’zimga ko’rinar umrim qaytadan, Garchi surmakdaman bahor shovqini Garchand yigit yoshim yashnab tursa ham, Keksalik qismatin o’ylayman shu dam. Shoir O’roz Haydarning ushbu she’rlarini kitobdan o’qir ekanman, odamzod umri xuddi shamoldek tez o’tarkan. Inson umrining har bir lahzasi, har bir harakati bitib qo’yilgan. U shu bitikdan tashqariga chiqolmas ekan. Ha taqdir, qismat haqdan. Ko’p vaqtdan beri bir yaqin insonim haqida hikoya yozgim kelib yurgan edi. Bu kungi ko’ngil selligi nimadan ekanligini ham o’zi tushunmay qoldim. Shu damda mening yaqin insonim sizni esladim. Nechukdir bag’rim o’rtanib kipriklarim ostida olov uyg’ongandek tuyuldi. Shu dam oynaga qarab, olis-olislarga osmon-u falakga tikildim. Bu yerda shulardan boshqa yana nimani ham ko’ra olardim. Xudo haqqi qayga nazar tashlamay baxtsizligimni ayon ko’raman dedim yana samolarga tikilib. Bahtona yashash bu - kurashdan iborat ekan. Men ushbu kurashda yengildim, biroq singanim yo’q. Bilasizmi, yoningdagi yaqin insoning sendan uzoqlashsa, sen o’zingdan uzoqlashganingni kech sezib qolarkansan. Men esa xato qildim. O’ta noto’g’ri bosgan bir qadamim uchun hozir panjaralar ortida, to’rt devor ichida xazondek so’lib boryapman. Xazon esa inson umrini qadam-baqadam ta’qibga olar ekan. Odamzod “yashaginu, biroq yaproq bo’lma sen” - deb aytgim keladi. Xazon esa yo’qlikdan nishondir. Men o’lib o’lolmadim, yashab yasholmadim. Shu tobda qalbimda chiroq yoqsa yorishmaydi. Faqat mening sirdosh do’stlarim yaratiqlarim bo’lib qolgan, xolos. Hayot esa menga buyuk murabbiy bo’ldi. Shu tobda sizni eslar ekanman, ko’zlarimga yosh oldim. Xudoyim qayg’uni ham baxt bilan omadni ham berganida imtihonini ham ayamas ekan. Tangrim ham suygan bandasini ko’p sinasa kerak deyman ba’zan, o’zimcha. Lekin bu yerdagi o’tgan har bir kun, har lahzada, har o’tmish xotiralarimiz meni tinch qo’ymadi. Mana sizni ko’rib yuzma-yuz uchrashib dildan suhbat qurmaganimizga ham necha yillar bo’libdiki haliyam sizni yuragimdan chiqarib tashlolmayapman. Negaligini o’zim ham tushunmayman. Sizning oldingizga qaytib borolmayman buniyam shu damda sizga tushuntirib berolmayman. Men faqat bir narsaga amin bo’ldimki, u ham bo’lsa, bu mening xatoyim. Hayot sen unga ozgina imkon berdingmi, demak u seni ayamas ekan. Menga Ollohim ko’p davlat, ko’p imkoniyat berdi. Lekin men bu davlat va imkoniyatni bir pulga qimmat insonlarga yaratdim. Buni o’zingiz bilasiz, ko’p marta guvohi ham bo’lgansiz. Men bir soddagina, do’st bilan dushmanni, yaxshi bilan yomonni farqlamas, hamma bilan chiqishib ketaveradigan ustiga-ustak ishonuvchan ayol edim. Bularniyam bilasiz. Men o’z qishlog’imda ota-onam bag’rida hech narsaga zoriqmasdan o’sib, ulg’aydim. Ularning duolarini olib turmushga chiqdim. Erga tegib, umr yo’ldoshimdan ko’rma Dunyoda tandirda uzilgan nonning hididan ham faroqbaxsh hid yo’q bo’lsa kerak. Keyin tandir ichidagi pishgan nonlarni onam qo’liga yenglik kiyib olib, supacha ustidagi yozilgan dasturxonga qo’yardi. Ukamlar qo’shni bolalar bilan kanal bo’yida o’ynab yurishardi. Ular issiq nonning hidiga sarxush bo’lib qorni ochganlaridan tandir yoniga kelib oyijon non bering so’rashsa, onam issiq nonni qo’llariga olib chelakdagi suvga botirib ukalarim qo’llariga berardi. Issiq non suvda ezilib ketardi. Keyin qo’shni bolalar qo’llariga ham nonni suvga ivitib bir-bir berib chiqardi. Ular quvonganicha yana o’yinga berilib chopib ketishardi. Onam yopgan nonlarini siz yemabsiz, bu dunyoga kelmabsiz. Hozir ota hovlimizdagi ukamning umr yo’ldoshi kelinimiz xuddi onamga o’xshab nonlarni shunaqangi qilib tandirda yopadiki, uni yesangiz naq og’zingizda erib ketadi. Onam bechora ikkala kelinini ham juda yaxshi ko’rardi. Katta kelini akamni umr yo’ldoshlari yangamizni onamlar “Sotti” – kelin derdi. Onajonimni u yog’iga bu yog’iga o’tib rosa avrardilar. Onam tandir hovridan yuzlari qizarib ketgan qip-qizil yangi pishgan shirmoy nonlarni yuziday, onamning yuzlari ham qizarib ketardi. Shirmoy nonlarga tikilarkan, ulardan uzib olib chelakdagi suvga bo’ktirib, mening qo’llarimga ham tutqazardi. Singillarim ham bo’ktirilgan issiq nonlardan yeb mazza qilib o’ynashardi. Men esa nonimni yeb yana onamga yordamlashardim. O’zim ham non yopishni yosh kezimdan boshlab onamdan o’rganganman. Onam har doim bizga qiz bola birovning uyiga kelin bo’lib borib non yopishni bilmayman desa, onang o’rgatmaganmi? – deyishadi qizim derdilar. Bir kunda 60-70 cho’rak non yopardik. Yopilgan nonlar o’sha kezlari muzlatgichda qo’yilsa bir haftaga yetardi. Onam judayam mehmondo’st ayol edilar. Onamning xolalari shaharda turishardi. Ular Maryam, Ziyoda, So’pijon va Guljon xolamlar, onamlarni judayam yaxshi ko’rishar va biznikiga tez-tez mehmonga kelishardi. Ular mehmonga kelishganida 3-4 kunlab yoki haftalab qolib ketishar va onam bilan birgalikda hamma yaqinlarimiz uyiga mehmonga borishardi. Ular allaqachon nevara-evara ko’rishgan el kayvonilari edi. Qo’sha-qo’sha kelinlar tushirib, nevara to’ylari ham berishgan momolarim edi. Ular hammalari bir ota-onadan bo’lib tug’ishgan opa-singillar edi. Momolarim ancha yoshga borib qolsalarda juda chaqqon, og’ir vazmin, sermulohazali edilar. Juda mehnatkash, yaqinlariga mehribon el kayvonilaridan bo’lgan momolarim Tortkul bozorini hech kimga bermasdan chayqovchilik bilan shug’ullanishar edi. Ular oliygohni tugatmasalarda o’rta maktabni tamomlashgan o’zbek ayollari edi. Pulni ko’zlarini yumib bo’lsa ham sanay olar edilar. Maryam momomiz xolalarning eng kattasi, So’pijon momomiz esa eng kichigi Ziyoda va Guljon momomiz o’rtachalari edi. Ular haqida yozgan she’rimni eslasam, momolarim bir bir ko’z o’ngimdan o’tadi. “Ayolni asrasin, asrasin Olloh” nomli she’r yoziladi. Momolarimiz uyimizga kelishsa, uyimiz shodlig-u, quvonchlarga to’lib ketardi. Onam quvonganidan yelib yugurib ularga xizmat qilib goh uni goh buni pishirar, otam darrov tuyatovuqni katakdan ushlab so’yib onamga keltirib berar, biz esa sira momolarimiz yonlaridan jilmasdan goh ularni gaplarini tinglab o’tirib olardik. Onam darrov akamga Ro’zigul xolamni chaqirtirib olardi. Ular soatlab har xil mavzulardan gap ochishib suhbatlashar edilar. Onam tuyatovuqni qozonga solayincha solib kurtik pishirar, momolarimning tishlari yo’qligi sabab, bu taom ular uchun yaxshi ketardi. Momolarim otamni juda yaxshi ko’rishar edi. Ular kelsa mazza qilib yaqinlarimiznikiga momolarimizni navbatma navbat bilan bir-bir mehmonga olib borardik. Goh unisi goh bunisi ovqatga chaqirishar kechqurun esa uyga kelib uxlashardi. Ketar chog’ida esa bizni bir-bir quchib xayrlashardi. Biz esa ularga bugun ham ketmang deb yolvorardik. Momolarim rosa xushchaqchaq, yuzlaridan nur yog’ilib turgan momolar edi. Hozir faqat ulardan Guljon momomiz qarilik gashtini surmoqda edi. Mana 2 yilga yaqin vaqt o’tdi-ki ulardan ham xabarim bo’lmadi. Ilohim tirik bo’lsinlar-da, ishqilib. Qolgan momolarimizni Ollohim o’z dargohiga olgan. Joylari jannatda bo’lsin ularni. Bu yerlardan ko’chaga chiqsam, Guljon momomni sog’-omonligini so’rab ko’rishga boraman. Yoshlari ham bir joyga borib qolgandi, goh tanib goh tanimasdilar. Ota hovlimizga borganimizda, shaharga tushib ularni ham ko’rib, holidan xabar olib qaytardik. Ular bilan suhbatlashib o’tirsak, gohida onam va momolarni eslab bir-bir yig’lab ham olardilar. Ularni eslar ekanman, shu kezda qishlog’imni, yaqinlarimni sog’inib “Aytinglarchi, qishlog’imga qachon boraman” – nomli she’rim esimga tushib ketdi. “Aytinglarchi, qishlog’imga qachon boraman” – nomli she’r yoziladi. Akamlar xolamlarni “shaharlik momolarim” – derdilar. Momolarim ham akamni juda yaxshi ko’rishardi. O’miboy bolam yaxshi yuribsanmi? – deb og’zidan qo’yishmasdi. Qishlog’imizda bolaligimiz juda sho’x ajoyib taassurotlarga boy o’tgan. Ayniqsa momo-yu, bobolarim bilan birga o’tkazgan damlarimni hech unutolmayman. Qishlog’imizdan sal nariroqda qo’shni qishloqda onamlarning yana bir xolalari To’xtosh momomiz bor edilar. Ular yoshligidan sho’x bo’lganidanmi, juda hazilkash momoy edilar. Lekin xuddi erkak odamdek hech narsadan tap tortmas, qo’rqmas, tog’ni talqon qilgudek kuchli, o’zlari qari momo bo’lsalarda, qalbi hali yosh momolardan edilar. Uyning atrofi baland-baland jiyda teraklar edi. Shudring tushishi bilan biz ham ularnikiga borib, jiyda terardik. Ular juda hazilkash bo’lib to’y-u, ma’rakalarda o’rni bo’lak, lapar qo’shiqlarini kuylaganida, hamisha o’rinlaridan turib ketib, chapak chalib o’yinga tushar, gapga chechan momoylardan edi. Men ularni shuning uchun ham yaxshi ko’rardim. Ayniqsa yaqinlarimizning to’ylarida uning o’rni juda bilinadi. Mabodo to’yga kelmay qolgudek bo’lsalar, hamisha ularni izlab yo’qlardik. Ularni yakkayu yagona Boltavoy ismli o’g’illari, uchta qizlari bor edi. O’g’illarini jonidanam ortiq yaxshi ko’rardi. Qizlaridan Yansayajon, Anor, Zuhra xolamlar bor edi. Hozir o’g’illari va Yansayajon, Zuhra xolalar ham bu dunyoni tark etdilar. Joylari jannatda bo’lsin ularni. Faqat Zuhra xolamiz qarilik gashtini surmoqda xolos. To’xtash momomiz har doim uyga eshak aravada kelardi. Momomizning oyoqlari og’rishi sabab uzoq yo’lga bo’lmasdi. Eshakni aravadan ajratib molxona oldiga bog’lab qo’yishardi. Bizga bir lagan aravada jiyda hamda mazali zog’ora nonlar olib kelardi. Momom eshakka ham o’t solib turinglar deb hovli ichkarisiga kirib ketardi. Chunki ular onam yonlarida bir oqshom bo’lib, bir-birlarini diydoriga to’yishib, to yarim tungacha gaplashib keyin charchab uxlab qolishardi. Biz esa momomning oyoqlarini uqalab, ularning gaplariga quloq solib o’tirardik. Onam ham ularni juda yaxshi ko’rganlaridan tez-tez uylariga biz bilan borib momomning holidan xabar olib turardik. Ayniqsa kuz oylarida jiyda qirov yegach, terishga tez tez yordamga borardik. Ularning kelinlari Soliya yangamiz bizni yaxshi kutib olar, keyin biz yaxshi ko’rgan “strukchi” degan taomni pishirib berardi. O’sha taomni onam va bizlar ham yaxshi ko’rishimizni yangamiz ham yaxshi bilardi. Bu taomga sut, guruch, sari yog’ kuvida momom o’zi ishlardi, shu masalliqlar bo’lsa bo’ldi edi. Shunday tomoq bo’lardi-ki, yangam pishirgan strukchini yemabsiz, bu dunyoga kelmabsiz. Kuzning iliq havosi esa tanani yayratadi. Baland o’sgan, yillar davomida qartaygan bu jiyda daraxtlaridan xoda bilan jiydalarni qoqarkanmiz, bir-bir engashib jiydalarni chelaklarga teramiz. Shu damda oyog’imiz ostida sarg’ayib yotgan, yovvoyi o’tlarning achimsiq hidi namxush havoda dimog’imizga ufurardi. Kuzning taftsiz havosi esa odamga yoqmaydi. Quyosh esa xuddi daraxt shoxlariga chirmashib, onasini yo’qotgan boladay bejo va yuzimizga so’narib boqqanday tuyulardi. Odamning joni pashshaning jonicha emas deyishadi. Mana To’xtash momomizning ham bu dunyoni tark etganiga bir necha yil bo’libdi. Uning vafotidan bir necha yil o’tgach oldiniga Anor qizlari, keyin rak kasalligidan Yangiljon qizlari va yurak og’riq kasalligidan Boltavoy o’g’illari birin ketin bu dunyoni tark etishdi. Har doim ularga tilovatlar o’qiyman. Ilohim joylari jannatda bo’lsin yaqinlarimning. Bu ham biz uchun bir sinov ekan-da deyman o’zimga-o’zim. Onamiz To’xtash momo bilan uning Anor qizlari bu dunyoni tark etganida qattiq qayg’uga tushdim. Chunki onam Anor yangamizni onamning Ko’pal tug’ishgan ukasiga kelin qilib olib berishgan edi. Oldiniga ular Ko’pal doyi bilan baxtli yashashdi. Ular ikkita o’g’il va uchta qiz ko’rishdi. Shu orada doyim og’ir kasallikdan ayni 50-55 yoshlarida bo’lsa kerak bu dunyoni tark etdi. Keyin bolalar kattayishdi, oila xurjuni esa Anor yangamiz bo’yniga tushdi. Eng katta o’g’illarini uylantirib, endi kelini ikkita farzandli bo’lgan kezda Muhiddin og’amning ham kuni bitib, olamdan o’tdi. Yangam sho’rlik yoshgina holiga ikkita go’dakni quchoqlaganicha qolib ketdi. Azamat og’amiz bilan uchta qizaloq uyli joyli, oilali bo’lib ketishdi. Lekin Boltavoy doyimizning o’limi hammamizni chuqur qayg’uga soldi. U ayni navqiron chog’ida, kuchga minib endigina farzandlari rohatini ko’raman deb turganida bu dunyoni tark etdi. Men ularni vafotidan bir yil ilgari ko’rgandim. Ko’zimga o’sha kezda juda tetik ko’ringandi. Ajaling yetsa o’lim ham seni ayab o’tirmas ekan. U uzun bo’yli, oq-sariqdan kelgan, yelkalari keng, qorni ham o’ziga yarashgan, ayniqsa burni unga o’zgacha husn berib turardi. Og’ir-vazmin, lekin qattiqqo’l ham edilar. Ular opalari Yansiyajon xolamizni rayon kasalxonasidan Nukus shahar ankologiya kasalxonasiga tobi yomonlashib og’irlashgach olib kelib o’g’li Sultonbek bilan yotqizdilar. Men bir necha kungacha kasalxonaga qatnab yurdim. Chunki xolamning o’g’li bilan ham sinfdosh edim-da. Sultonbek xolamni yonlarida bir necha kun bo’lib oxirgi kunlarini ular bilan o’tkazdilar. Xolam tomoqidan rak kasal bo’lib, kasalxonada bir qancha vaqt davolangach ahvoli og’irlasha borgani sabab doktorlar endi davolashni foydasi yo’qligini aytib ularni uylariga qaytardilar. Ular uylariga qaytgach bir necha kun yashadilar xolos. Birovning dardini birov qayerdanam bilsin. Boshi devorga urilgan bandasi ne dard bilan cho’lg’anib yuribdi - yolg’iz uning o’zigagina ayon. O’ylab qarasam, yoshim 50 dan oshibdi o’zimning sog’ligim haqida hech o’ylamabman. Qayg’urmabman. Ba’zida o’z yaqinlarim bilan chaqchaqlashib o’tirarkanman, o’tmish voqealari o’ylarimni damodam to’zg’itib yuborardi. Inson bu dunyoga o’lmoq uchun emas, yashash uchun tug’iladi. Tirikchilik esa cheksiz qanoat va sabrni talab etadi. Ellik yosh davonidan o’tganimdan so’ng har qadamimni o’zim o’lchaydigan bo’lgandim. Lekin bu falokat oyog’im tagidan chiqib hayotim alg’ov-dalg’ov bo’lib ketdi. Kim qanday yashaydi? Barcha-barchasi o’ziga bog’liq ekan. Allohim bundan battaridan o’zi asrasin deyman gohida. Mana umrimning salkam choragi ham o’tib ketdi. Aslida hayot bubiz uchun cheklanmagan imtiyoz. Yashagin-u biroq yaproq bo’lma sen ushbu so’zlarni onamdan eshitganman. Ba’zan bu haqda o’ylab bir qancha she’rlar ham bitganman. Shu yerda kuz va xazon yaproqlar haqidagi she’r yoziladi. Ushbu misralarni o’qir ekanman beixtiyor ko’z o’ngimga o’sha eski ota hovlimiz, baxtli bolaligimiz, o’yinqaroq o’spirin yoshligim ko’z o’ngimdan bir-bir o’tadi. Eski ota hovlimiz bolalikdagi kechinmalarimiz bizni hech tark etmasa kerak deyman. Maktabga borgan kezlarimni eslasam, ajib bir tuyg’u meni qamrab olgandek sezaman o’zimni go’yo. Maktabimiz juda eski edi. Tevaragi devorlar bilan o’ralgan, eski bo’lganidanmi suvoqlariyam ko’pchigan edi. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling