Tahririyatga maktub


Ajib bolaligim qoldi uzoqda


Download 256.56 Kb.
bet42/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

3. Ajib bolaligim qoldi uzoqda.
Maktabda bizga kasb yo’nalishi bo’yicha aniq yo’riqlar bo’lmagan. U paytlari qishlog’imizda juda ozchilik oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishardi. Qishloqdagi ayrim bekorchilar kimning qizi yoki o’g’li o’qishga kirdi, kim yiqildi ro’yxatga olib o’tirishardi. O’qishga topshirish maqsadida men maktabda a’lo baholarga o’qirdim. Biz opa-singillarni maktabda hamma ustozlar iqtidorli qizlar deb maqtashardi. Chunki biz o’sha kezlari ota-onamiz ham biz o’qiyotgan maktabda o’qituvchi bo’lgani uchunmi bilmadim boshini egib qo’ymaylik deb, dog’ tushirmaslikga tirishardik. O’ziyam bir-birimizdan o’zarmanga kundalik daftarimizga baho qo’ydirardik. Chunki har kuni kundaligimizni onamiz tekshirardilar-da. Agar qo’shni qizlar bilan ko’proq o’ynab dars tayyorlamay qolsak, onam darhol qo’llariga karidorda turgan uy telefon go’shagini olib jurnalistlarni uyga chaqirib ”Qizlarim bugun dars qilishmadi” - kelib ularni televizorga tushirib keting, ertaga maktab “Qalampir” devoriy gazetasiga ilib qo’yaman deyabsizmi, mayli keling uydamiz deb go’shakni joyiga qo’yardilar. Biz qizlar esa qo’rqqanimizdan onajonimga yopishib yig’lardik. Va qaytib bu holat takrorlanmasligini aytib oyimga va’da berardik. Maktab devoriy gazetasiga rasmimizni ildirishmasin deb ko’z yosh qilardikda onamdan ayting qo’ng’iroq qilib uyga kelishmasin deb yalinardik. Keyin bizni va’damizni va diydiyomizni eshitib kechirgan onamiz yana qaytadan jurnalistlarga qo’ng’iroq qilib, qizlarim va’da berishdi, mayli ularni bir marta kechira qoling uyga kelmay qo’yaqoling deb ular bilan xayrlashib go’shakni yana joyiga qo’yib qo’yardilar. Men singillarim bilan yig’lab-yig’lab ko’z yoshlarimizni artib uxlab qolardik. Onajonim uchun bu ham tarbiyaning bir turi edi. Keyin qaytib bunday holatlarni takrorlamaslikga harakat qilganmiz. Maktab devoriy gazetasidan rosa qo’rqardik. Chunki unga har xil tartibsiz, qoloq o’quvchilar ro’yxatiga tushib qolmaslikga urinardik. Eski hovlimizda oddiy go’shakli telefonimiz bo’lardi. Uni onamlar karidorda qo’yardilar. Tovushi eshitilib turishi uchun u yer juda qulay joy edi. U paytlar bunday telefonlar kamdan-kam oilalarda qurilardi. Karidorimiz hovlimizga kiraverishda kichkinagina xonacha edi.
O’sha vaqtlarda eski hovlimiz suvoqlari issiq-sovuqdan idrab tushib yaqin orada qayta suvalmagan. Akam ham hali yosh edilar. Ota-onam tunu kun ishda bo’lganligi sabab vaqti ham bo’lmagan. Bir tomonda o’sha paytlari paxta siyosati og’ir damlarni boshdan o’tkazayapmiz. Uy ro’parasidagi dahliz devorlari duddan qorayib ketgan. Dahlizda o’choq o’rnatilgan. Qish kunlari o’choqqa o’t qo’yib bir nechta qumg’onlarda choy qaynatardik. Oyim dudlanib ketgan dahlizni qayta-qayta tozalardi. Kuymalanib ketgan eski kigizni qoqqani tashqariga sudaragani-sudragan edi. Ular toza, ozoda ayol edilar.
O’sha paytlari qish oyi ham to’rt oyga cho’zilib, to’qson kun yer qor ko’rpasi ostida mizg’idi. Yanvarda qor quyuq yog’ib odam beligacha bordi. Bir necha kunlar maktab yopilib qoldi. Uydan tashqariga chiqolmadik. Har kuni tinmay tom ustini kuraymiz. Derazalarni ham ko’zlarini ayoz quvjirab, muz qoplagan. Oyog’imiz sovuq qotsa, pechka og’zini ochib qadaymiz. Oyoq-qo’llarimizga issiq kirsa achishib lovullaydi. Qishda qalin qor ko’rpasi ostida mudrayotgan choldek kechqurunlari sukutga cho’kadi. Osuda tun. Faqat qadamingizni qorga bosganingizda g’irchillagan qorning tovushigina qulog’ingizga chalinadi. Qishloq odamlari-yu, jonzotlari mudroq uyquda. Faroxbaxsh kecha. Qishda kun sovuq kelsa, ariqni qalin muz qoplaydi. Gohida o’sha kunlari qor ezg’in-ezg’in yog’ishda davom etib, bir necha kungacha ham davom etib, bir necha kungacha ham davom etardi. Qor kunlari esimga tushib bu haqda”Qish fasli” - nomli she’rimni ham yozib tugatdim. Qanday osuda oqshomlar.
Qish haqida she’r yoziladi.
Qishda kunu-tun odam nimjon bo’lib mudroq bosgani bosgan. Bekorchilikdan hamma bezor ayniqsa qishloqdagilar. O’sha kunlari onamning otalari hoji buvamiz ham xuddi To’xtash momomizga o’xshab eshak aravasini qo’shib uyimizga ko’p mehmonga kelardilar. Onam bechora quvonganidan buvamizga mazali taomlardan pishirib berar, ular esa tishi yo’qligidan nolib, ovqatlarni ham kavshay kavshay yutardilar. Keyin bizga qarab qarichilik qursin derdilar. Negadir buvamlar Xoljon momomiz bilan birga yurmasdilar. Xoljon momom alohida mehmonga kelsalar haftalab biznikida qolib ketardi. Yaxshi ayol edilar. Onam bilan o’gay onasini oralari yaxshi edi. Ular yaxshi chiqisha olardilar. Xoljon momomiz ham uchta qizli bo’lgan. Durdigul, Dilbar va Norjon qizlarining ismlari. Bizlar ularni xola derdik. Ular onamga singil edilar. Hozir baxtli hayot gashtini surish arafasida yoshlari ham 50- dan oshdi. Bola-chaqali, oilali kelinlar olib, qizlarini uzatishgan, nevarali bo’lishgan. Ular bilan ahyon-ahyonda uchrashib, yig’ilib turamiz. Juda mehribon, mehnatkash, chaqqon xolalar. Onamni tez-tez eslab turishadi. Men jimgina o’tirib ularni tinglardim. Bu besh kunlik dunyoda yashash naqadar ayanchli bo’lmasa deb o’ylardim. Biz onamizga ko’p suyanib qolgan ekanmiz, undan ayrilganimizdan so’ng, hayotimizda biz uchun katta yo’qotish bo’ldi. Onamiz bizni hayotda ko’p qo’llardilar. Mana necha yillar o’tib ketgan bo’lsa ham ular biz uchun xuddi tirikdek. Xuddi kulib Norjon, Dilbar deb eshikdan kirib keladigandek tuyuladi go’yo. Ular biz bilan qalbimizda mangu yashaydi. Biz ularni, ular esa bizni hech ayirmay xuddi bir onani qizlaridek bo’lib necha yillar mobaynida baxtli tinch, totuvlikda yashadik. Onamizni o’gay ona emas, o’z onasidek opam qabul qildilar ularga va bizga mehr ko’rsatdilar, nasihat berdilar.
Ayni kunlar endigina yumshab, tom ustida qizg’aldoqlar alvon yamov tutgandek saflanib turardi. Mayin yelda yelpinib turgan jajji qizg’aldoqlar bargini qo’llarim bilan sidirib rosa to’zg’itdim. Chuchmomoga ham yo’liqib hayron bo’ldim bularning tuxumi shamol bilan kelgan bo’lsa kerak deya o’yladim. Ularning kulrang barglarini silab siypalab so’ng oqish poyasidan torta boshladim. Xuddi poyasi sug’urilmasidan uzilib ketadigandek tuyuldi. Vujudimda farog’baxsh zavq qo’zg’aldi. O’zimni qushdek yengil his etdim. Uyimiz tomiga chiqsangiz uzoq-uzoqlar bo’y basti bilan ko’rinib turadi. Bahorning safoli havosidan simirib pastga tushdimda onajonim oldilariga chopdim. Uyga borsam onamlar Ko’pal ukalarining rasmlariga tikilib ko’zlariga yosh olib o’tirgan ekanlar. Snglimdan nima bo’lganini so’radim u bo’lsa Moskvadagi Yo’ldosh ukalari ham olamdan o’tib qolibdilar dedi. Biz jimgina onamning yonlarida tovush chiqarmay o’tirardik. Bir payt singillari Ro’zigul xolamlar uyga ko’z yosh qilib kirib, onamni quchoqlab yig’ladilar. Bir-bir ukalari Yo’ldosh tog’amizni eslashib, endi kutishni hojati yo’q ukamiz uchun tilovat qilib elga osh beraylik Erkaboy ukamizni Raya kelinni ham chaqirtirib maslahatlashaylik deyishdi. Ertasi kuni onam bizni erta tong bilan uyg’otdilar. O’zlari esa otam bilan akamni olib bozorga ketishdi. Ular choshgohdan keyin sumka-sumka oziq-ovqat , oshga kerakli masalliqlar bilan uyga kirib kelishdi. Osmonni qora bulut qoplab shu kezda jala quya ketdi. Erkaboy tog’am hali qo’chqorni olib kelmagan, hali uni so’yib go’shtini maydalab oshga tayyor qilish ham kerak edi. Ertasi kuni qo’chqor so’yilib elga osh berildi. Yo’ldosh tog’amga tilovatlar o’qildi. Xolalar, yaqin qarindoshlar tog’amni eslab yig’lashdi. Men esa ularni es-es eslardim. Ular Tanya yanga va ularning bir o’g’li, bitta qizlari bilan biz kichik bola paytimizda uyga mehmonga kelib, farzandlarini bizlar va butun qarindoshlar bilan tanishtirib bir qancha vaqt bu yerda qolib ketishgandi. O’sha bolakaylar ham biz tengi edi o’sha paytlar.
Onam bilan xolalarim dod-faryod qilishdi. Doyi, tog’alar esa xotin xalajga bo’ldi qillaring endi ming yig’lasalaring ham o’lgan odam tirilmaydi deb ularga tasalli berishdi. Keyin hamma uy-uyiga tarqalishdi. Onam esa to bir necha kungacha tog’amni eslab yurdilar.
Ona yoki yaqin qarindoshlar haqida she’r yoziladi yoki Dunyo haqida.
Ushbu satrlarni o’qir ekanman, beixtiyor onam va tog’alarim siymolari ko’z o’ngimda namoyon bo’ladi. Bunday kezlarda tog’amlar tirik bo’lganlarida ular bilan ayni bahor oyida baliq oviga chiqardik. Ular bizga chillaklar yasab berardi. Xayriyatki Erkaboy ukalari tirik. Lekin Raya yangamizni Allohim o’z rahmatiga oldi. O’sha paytlari yangam juda chaqqon mening o’g’illarim to’yida o’ynab kulib qoraqalpoq udumlariga hurmat bilan qarab qudag’aylar stolidan bir necha rumkani sarqit olib paqqos tushirganlar. Shunda ularning mardligiga, sho’xchanligiga hayron qolganman. Juda ajoyib to’y bo’lgandi o’shanda. Ularning biz tengi o’g’il-qizlari bor. Ularni uylantirib, bir nechta qizlarini turmushga berib nevarali bo’lishib hozirda tog’amlar nevaralar ardog’idalar. Yangam o’sha to’ydan bir necha yil o’tgach og’ir kasallikdan vafot etdilar. Juda yaxshi mehnatkash, mehribon ayol edilar. Yangamiz onamizga ham juda yoqardi. Nuqul onam ularni og’izlaridan qo’ymay maqtagani-maqtagan edi. O’g’limning to’yiga hamma yaqin yosh-yalanglar, ammalar-u tog’alar, barcha xola-yu el kayvonilari bir avtobus bo’lishib to’yga kelishgan. O’sha to’yda ularning ko’pchiligi bobolar-u, momolar tarik edilar. Yaqinlarim to’yda qoraqalpoqcha, o’zbekcha o’lanlarga o’ynab rosa mazza qilishgan. Udumlarimizni ko’rib hayron qolishgan. Ular 1-2 kun Nukusda mehmon bo’lishdi. Qudalar bilan tanishishdi. El kayvoni amma xolalarim esa hafta qolib to’yni shodu xurramlik bilan o’tkazishdi. Ularning ko’pchiligi hali qoraqalpoqcha to’ylarni ko’rishmagan ekanlar.
Bolalar yoki Dunyo haqida she’r yoziladi.



Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling