Tahririyatga maktub
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’z taqdirimiz” o’z qo’limizda.
Siz baxtni anglatdingiz.
Yoshligimda, kimdandir so’rashga men uyaldim, Baxtning kelishin bilmay xayollarga ko’p toldim. Balkim, baxt boylikdadir, baxtning makoni qayer? Balkim baxt ilmdadir, deb shaharga yo’l oldim. U yerga yetib borib singlimdan o’rnak oldim, Oliygohni tugatib, men shaharda qolib ketdim. Kezda nogahon yigit yuragidan joy oldim, Taqdir inoyati-la taqdirimiz boylandi, Shu insonga mehr berib himmatiga lol qoldim, Va nihoyat u buva men buviga aylandim Baxt birla, boylik topib, shuhrat, shonga burkandim. Aslida men o’shal on baxt manzilin yo’qotdim, Kech tushundim aslida baxt oltin zarda emas. Baxt qalbning boyligida, farzandlar sog’ligida Aslida baxtning qasri - ko’ngilning kengligida, Baxt ezgulik ulashish toleing busiz kulmas Baxt qasr kulbadamas u kim bilan yashashda Va turmush mushtlariga birgalikda bardoshda Bu kunlarim unitib jaholatga yo’l tutdim. “Oyning o’n beshi qorong’u bo’lsa, o’n beshi yorug’” ko’p bashorat qiladi xalqimiz. Ajabmas bu qorong’u kunlarim o’tib Ollohning karomati bilan farzandlar bir etak nevaralar, kelinlar ko’rdim. Onam bechora afsus bu kunlarga yetmadilar. Istiqlol, mustaqillikga yetmoqni kimlar orzu qilmadilar. O’z yurtida begonaday yashayotgani, ona-tilimiz, urf-odatlarimiz, ustidan boshqalar hukmronlik qilishdan g’azabga kelgan, istiqlol deya aziz jonidan kechgan ne-ne fidoyilar o’tib ketdilar. Bosib o’tgan yo’llar, manzillar tengdoshlarim ko’z o’ngimdan bir-bir o’tdilar. Otajonim 100 yoshni qarshilamoqdalar. Ularning bosib o’tgan yo’li so’qmoqli, dardli faqat mustaqillik orziqib kutgan istiqlolgina dardli ko’ngillarga murod, malham baxshida etdi. Har gal motamsaro ona haykali yonidan o’tsam unga qarab tikilib qolaman. Uning siymosida onajonimni, Ro’za xola, Raya yangalarning aksini ko’raman. Onamning lablaridan xuddi: - Istiqlol farzandlari! Ogoh bo’ling, mashaqqatli kunlarni biz ko’rdik, siz hech qachon ko’rmang, ozodlikni qadrlang, mustaqillik o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmagan, uni e’zozlang..... Qudratiga qudrat qo’shing, dovrug’ini olamga ko’taring, degan iltijolar to’kilayotganday bo’ladi. Ajabo, barchamizning ezgu istagimiz shu emasmi azizlar! Insonparvarlikka xos bu dunyo ham sehrli va serma’no ham, jumboqli, chigal shu bilan birga shoir aytganidek bevafo. Kimnidir shavqatsiz yig’latgan dunyo Ukani zorlatib qaqshatgan dunyo Otasi zor yig’lar qizalog’im deb, Onasin to’shaga termulgan dunyo Muallif eng avvalo insonning hissiyotiga ta’sir ko’rsatishi, qalamga olayotgan voqealari qalblarda g’am achinish hissi aks sado uyg’otishi shundan keyingina yuraklarni junbushga keltirishi kerak. Insonning oldida turgan hikoyalardagi muammolar cho’qqisi sog’inch, g’am, pushaymonlik ozodlik, kelajakga umid hissiyotlari mohirona ifodalangan. Hikoyalarning asosiy g’oyasi - shaxs va jamiyat o’rtasidagi ziddiyatlar insonning hayot vaoealigi oldidagi ilojsizligi, taqdir zarbalariga bardoshliligini sinovdan o’tkazish hamda uning panjara ortidagi alamli va g’amli kechinmalarini to’liq yoritishdir. Muallif o’z obrazlarini mahkum va mahbusalarni oddiy odamlar o’z to’g’ri yo’lidan adashgan ayni paytda kimdir farzand, kimdir ona yoki ota mehriga zor, pushaymonlik qalbini ezayotgan mahkumlar nolalarini hikoyalardagi obrazlar orqali yoritib borgan. Mahkuma qalamkashning badiiy tasavvuri ham noyob. “O’z taqdirimiz” o’z qo’limizda. Muallifning “Qalbimni titratgan ko’z yoshlar” hikoyasi zamirida asosiy tushuncha “O’z taqdirim” tushunchasidir. “O’z taqdirim” - nima o’zi bu? Bu hayotimizning oliy mohiyati ro’yi zamindagi umrguzaronligimiz uchun Tangrimiz tayyorlab qo’ygan yo’l. Biroq eng muqaddas orzulari istiqboliga ana shu yo’ldan borishga jur’at topish hammaga ham nasib qilavermaydi. Nega hammaning ham orzu-umidlari ro’yobga chiqavermaydi? Bunga uning hayotiy yo’lida - odamzodga go’dakligidayoq hayotdagi eng katta orzulari amalga oshmaydigan orzular deb singdiriladi. U ana shu tushuncha bilan ulg’ayadi, qalbi behisob qalb istiholalari va qo’rquvdan qurum bog’lab boradi, gunohkorlik hissiga to’lib qoladi. Bir kuni shunday lahza keladiki, o’z taqdiri yo’lidan borish istagi ana shu chirqin yuk tufayli unga o’limdan ham qo’rqinchliroq bo’lib tuyuladi va o’shanda inson o’zini bu dunyoga nima uchun kelganligini anglash tuyg’usidan mahrum bo’lib qolgandek his qiladi. Mabodo insonga o’z qalbining tub-tubiga cho’kkan orzularini qutqarib olishga jur’at etsa va uni ro’yobga chiqarmoq uchun kurashdan voz kechmaslikga ahd qilsa, u odamni yangi bir sinov kutib turadi: Muhabbat! Oskar Uayld: “Odamzod doimo hayotida eng sevgan narsasini barbod qiladi” - deb yozgan edi. Haqiqattan ham shunday. Atrofga qarab o’z orzu-istaklariga erisholmagan ko’plab odamlarni ko’radi va men ham bu baxtga munosib emasman deya o’ylay boshlaydi. Hayot! Allohim yaratgan buyuk mo’jiza, Dunyoda berilgan jamiki barcha jonzotga, Unda yashamoqlik, umr surmoqlik, Bu ham oliy baxtdir, bilgan insonga. Inson shu orzusini deb chekgan iztirobu, azoblarini bergan qurbonliklarini unitadi. Men shunday ayrim bir insonlarni bilamanki, o’z taqdiri yo’lidan borib, butun qalbi va vujudi bilan intilgan oliy orzulariga qo’l cho’zsa, yetadigan darajada yaqin qolganlarida, so’ngi lahzada shunday tentakliklar qilishganki, natijada orzulari yana orzuligicha qolib ketavergan. Agar qachonki inson o’zi jildu-jahd bilan kurashgan orzusiga o’zini munosib hisoblasa, u go’yoki xudoning qo’lidagi qurolga aylanadi. Mana shu olamga, Kurrayi zaminga tashrifining asl mohiyati unga ayon bo’ladi. “Qalbimni titratgan ko’z yoshlar” hikoyasida birorta ham to’qima yo’q. Bu hikoya shunisi bilan ham boshqalaridan farq qiladi. Men ushbu hibsxonada bir qancha hayotimni ushbu hikoyalarni yozishga bag’ishladim. To’g’risini aytsam kitobimni yozishim va undagi sevimli qahramonlarim butun o’y-xayolimni o’g’irlagan edi. Chunki hikoyadagi ayrim qahramonlar butunlay xudoni unutgan, uning borligini his qilmas, aqlga sig’dira olmagan darajada edi. Inson o’z taqdiringdan qochishing hech hojati yo’q, - baribir qochib qutulolmaysan. Xudoning qahri qattiq, ammo uning marhamati ham chek-chegarasiz. Ushbu kitobda insonning taqdiri, uning umidlari va ishonchi, yashashdan maqsadi badiiy talqin qilinadi. Insonning taqdiri, umid va ishonchi yashashdan maqsadi yetakchi o’ringa qo’yilgan. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling