Tahririyatga maktub
Haddan ziyon kengayib ketgan so’zboshim nihoyasida quyidagi voqeani aytmoqchiman. Bibi Maryam va chaqalog’i Iso
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
Haddan ziyon kengayib ketgan so’zboshim nihoyasida quyidagi voqeani aytmoqchiman. Bibi Maryam va chaqalog’i Iso.
Kunlardan bir kuni Bibi Maryam qo’lidagi chaqalog’i Iso bilan yer yuziga tushibdi va rohiblarning ibodatxonasiga kiribdi. Tashrifdan fahru g’uruga to’lgan rohiblar saf tortishibdi, va Bibi Maryam sharafiga har biri o’z mahoratini namoyon qila boshlabdi. Birovi o’z she’rlaridan o’qib beribdi, boshqasi Tavrotni naqadar mukammal bilishini namoyon qilibdi, yana biri esa jamiki avliyolarning nomini sanab beribdi. Shunday qilib rohiblarning har biri o’z kuchi va iqtidoriga qarab Bibi Maryam va chaqaloq Isoni sharaflabdi. Oxirgi g’aribu bechora bir rohib bola qolibdi, u hatto Muqaddas Kitob duolarini ham yodlab aytolmas ekan. Uning ota-onasi ham savodsiz bo’lib, sayyor masxarabozlar ekan. Shu sabab o’g’illarini ham faqat sharlarni otib o’ynashga va har xil sodda ko’zboylovchilik o’yinlarini ko’rsatishga o’rgatishgan ekan. Rohib bolani navbati yetganda baribir Bibi Maryamga hech vaqo aytib berolmaydi, ustiga-ustak ibodatxonani sharmanda qilishi ham mumkin deb, rohiblar tantanani yakunlab qo’ya qolishmoqchi bo’lishibdi. Lekin u Bibi Maryam va go’dak Isoga o’zini bir lahza bo’lsa ham baxshida etish zaruratini yurak-yurakdan his etibdi. Nihoyat, rohiblarning ta’nali nigohlaridan xijolat holda cho’ntagidan bir nechta po’rtaxol olibdi, va hayotida o’rgangan yagona hunarini namoyish qilibdi - ularni chaqqonlik bilan osmonga otib ilib ola boshlabdi. Faqat ana shu lahzalardagina Isoning lablarida tabassum paydo bo’libdi. Bibi Maryam esa faqat ana shu bechora qiziqchiga o’g’lini qo’lda ko’tarishni ishonibdi va Isoni unga uzatibdi. Har bir inson noyob mavjudot, u tug’ma erkinlik va mustaqillikga ega o’zi yashayotgan makonda ko’pincha muhitda hamisha hayotning asl maqsadini izlaydi. Ammo yashashdan chinakam maqsad insonga ulkan larzalar keltiradi. Gunoh qilgan lahzalarida anglab yetiladi. Bunda har bir odam o’zi uchun o’z amallariga, va qilmishlariga shaxsan javobgar hisoblanadi. U asarlari mohiyatidan kelib chiqqan holda qahramonlarining insoniy qiyofasini kutilmagan yangi shakllarda tasvirlab ularning ichki dunyosini o’ziga xos tarzda ochib berish iste’dodiga ega. Kitobxon hikoya qahramoni mulohazalarini tub mohiyatini anglagach, qalamkash insonning yuzi va qalbini taqqoslab, nimani nazarda tutganiligini tushunib yetadi. Ya’ni inson yuzi uning vijdonidir. Odam yuzini niqob bilan bekitishi mumkin, vijdoni amridan o’zini to’solmaydi. Endilikda u har qanday hatto dahshatli qilmishlariga ehtimol jinoyatga ham tayyor. Ushbu hikoyani o’qir ekansiz qalbingizni go’zal hislar egallaydi - tabiat bilan inson o’rtasidagi uyg’unlik sizni hayratda qoldiradi. Qalamkash adabiyotga tutab emas yonib kirdi. O’ylaymizki, ushbu to’plam aziz kitobxonlarimizning ko’ngil hamrohiga aylanadi. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling