Tahririyatga maktub


Muqaddima. “Mahkumalar hayotidan hikoyalar” 3-kitob


Download 256.56 Kb.
bet46/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Muqaddima. “Mahkumalar hayotidan hikoyalar” 3-kitob.
Inson tabiatan optimist xilqat. Tug’ilishidan tortib tashlangan har bir qadamining oxir oqibat qayerga olib borishini goh ilg’asa, goh ilg’amay qolarkan. Har bir lahzani kurash bilan qarshi oladi. U kurashda goh yengib, goh yengilib yasharkan. Aks holda hayot uni ruhan tushkunlikga tushirib, uning hayotini barbod etishi mumkin ekan. Aslida hayotda shodlik bilan g’am barobar yuradi. Bir kun kelib u g’amlar orasidan shodlik topishini biladi va o’ziyam ruhini cho’ktirmasdan bunga harakat qiladi.
Qalamkashning “Mahkumalar hayotidan hikoyalar” nomli asari ana shunday kayfiyat bilan yo’g’rilgan. Bu dardli hikoya bosh qahramonini ma’lum vaqt g’am-anduhga ko’madi, u bu olamdan chiqib ketish uchun ozodlikga intiladi. Qahramonning boshiga tushgan g’am-anduh kulfatlari tobora alanga oladi. Sog’inch azobiga giriftor bo’lib bu dunyo xuddi uning ko’ziga tordek tuyuladi. U o’z xatosini tushunib yetgach esa, qilgan ishlaridan qattiq pushaymon girdobida qoladi. Bu og’ir vaziyatlardan chiqib ketish choralarini izlaydi afsus-nadomatlar chekadi.
Keyinchalik esa uning uchun “Vaqt - oliy hakam” - ligini tushunib yetadi. Va u o’z g’amlari orasidan shodlik kutadi. Uning qalbida esa kelajakga ishonch uyg’onadi, ozodlik sari qadam tashlarkan o’ziga ming xil savollar berib vujudi olovdek yonadi. Uning ko’ziga dunyo qorong’u ko’rinadi. O’z jonini emas, oilasi va ko’chada qolgan murg’ak go’daklarini, isnodda qolgan ota-onasini o’ylaydi. Bunday tushkun pallani boshidan o’tkazarkan, unga birinchilardan bo’lib uning ota-onasi, jufti haloli bo’lmish ayoli yordamga keladi. O’zingizni tuting, ko’p qayg’uravermang, bu kunlar o’tib ketadi, hali yorug’ kunlaringiz oldingizda, sog’likga qarang hammasi joyiga keladi sabr qiling deya g’amxo’rlik qilishadi. Kimlarnidir hech kimi yo’q yolg’iz, o’z dardu, g’amida o’zi qovurilib ekkanini o’radigan payt kelganini tushunadigani va tushunmaydigan odamlari bor. Xalqimizda nima eksang, ekkaningni o’rasan deyishadi. Bu so’zning ma’nosini ular bizdan-da yaxshi tushunishadi. Ba’zida ular o’z qilgan xatolarini taqdirga to’nkashadi.
Xatoni ular qiladi-yu taqdir gunohkor bo’lib qoladimi? Afsus. Jinoyatga esa jazo muqarrarligini aynan panjaralar ortiga tushib qolganida tushunishadi. So’ngi pushaymon o’zinga dushman deganidek, Oilaning va sevgan yorining daldasi esa bu o’ziga xos. Unda kuchli taskin ifoda mujassam.
Ushbu hikoyalarda qalamkashning yoki hikoya qahramonlarining bolaligi, o’smirlik damlari, o’quvchilik yillari va ularning qalbiga she’riyat degan nematning kirib kelishi, g’am-anduh, sog’inchlar, ozodlik va hokazolar yoritilib boriladi. Siz unda betakror manzaralarga duch kelasiz. Bir qarashda odamlar sizning ko’zingizga jinoyatchi ayol yoki erkak qiyofasida bo’lsalarda, biroq ayrimlari soddadil, mehribon, go’zal va tanti odamlar bilan tanishasiz. Ular sizda gohida yomon taassurot qoldirishi, goh ularga achinish hissini o’zingizda sezib borasiz. Hikoyalar tubiga kirib borar ekansiz siz ularning tashvishiga, g’am-anduh, sog’inch azoblariga sherik bo’lib, bu tuyg’ularni esa ba’zan o’zingiz his qilib, qaysidir siz taniydigan insonlarni u yerlarga tushib qolgan kunlarini esga olib goh yig’laysiz, goh achinasiz. Qalamkash ba’zi hollarda obrazlarning siyratini ularning surati orqali, suvratini esa siyrati muqobilida yoritib boradi.
Siz ushbu hikoyalarda har xil obrazlarni tadbirkor, o’qituvchi, rassom, bankir va hokazolar bilan muloqotda bo’lasiz. Hikoyalar davomida bu obrazlarning ichki va tashqi dunyosi, kechinmalari yoritib boriladi.
Ushbu kitob ichidagi hikoyalarni o’qir ekansiz ular ya’ni qahramonlar sizning ko’z o’ngizdan uzoq vaqtgacha ketmay qoladi. Ayrim hikoyalar, obrazlar esa sizni dahshatga soladi. Ularga nisbatan sizda nafrat uyg’onishi ham mumkin. Chunki hayotda turli xil fojealar, hodisa va voqealar uchraydi. Qalamkash esa ushbu voqea hodisalarni o’z qulog’i bilan eshitib, o’sha dahshatli hodisa ijrochisi tomonidan ro’yi-rost eshitgan voqeani, haqiqatni uni hech bo’yamasdan, qo’shmasdan asl holida oq qog’ozga tushurib sizga bayon etadi. O’sha damlar qalamkashning o’zi ham o’sha obrazlar bilan birga ularning g’amiga dardiga sherik bo’lib umr kechirdi. Ularga yelkadosh bo’ladi, dard, hasratlarini bir-bir eshitadi. Qalamkashning ham dardlari ular bilan hamohangligidan bu bo’layotgan voqealarga befarq bo’lmaydi, aholi yoshlariga va boshqa insonlarga voqeani to’laligicha yoritib berishga harakat qiladi. Toki bu yerdagi turfa xil taqdirlar nolasini o’zlariga ibrat qilib olishlarini, bunday jinoyat olamiga aslo qadam tashlashlarini xoxlamasligini bayon etib ushbu kitobni bitadi. O’z dardu hasratlarini o’ylashga vaqti ham yetmaydi. Yelkasidagi yukni qanchalik og’irligini his qilsada, bu hikoyalarni yozishga o’zida kuch topa oladi. Va buni quyidagi satrlariga to’kib soladi.
Mudom sizga talpinadi bu yuragim,
Ko’tarolmay yelkasidagi taqdir yukin
Qayin ona oilasiz bag’ri butun,
Mehrga zor qoldi mening bolalarim.
Qalamkash o’z ijodini panjaralar ortida, sim devorlar bilan o’ralgan to’rt devor ichida bitar ekan u yillar davomida bir necha odamlarga, turfa xil taqdirlarga yuzma-yuz duch keladi. Ularni ayanchli taqdirini tinglaydi, ularni his qila oladi, sezadi. Hali o’n gulidan bir guli ham ochilmagan yoshgina ayol-qizlarning jinoyatga qo’l urib, dod-faryod qilib qonli ko’z yoshlarga burkanishini guvohi bo’ladi. Kimdir turmushga chiqqan er sog’inchida, yana kimdir hali voyaga yetmagan murg’ak go’daklari taqdiriga achinsa, kimdir ota-ona sog’inchida har kuni, har soniyada sog’inch girdobida ilondek tovlanishini ko’rib yuragi achinadi. Yana kimdir nevaralarini eslab yum-yum qonli ko’z yosh to’kadi:
Mag’zining danakdan shirin ekanin
Dilbandim yo’rgakin quchganda bildim,
Yomon-u balodan asra ollohim.
Farzandim farzandi seni sog’indim.
Muslimam, Saminam, Bobur, Ulug’cham,
Birlar-i quyoshim, biri “yulduz” cham.
Qaniydi shu damda o’pib yuzlarin
Ertalab ovutib, bag’rimga quchsam.
Quyidagi satrlarni yozayotgan ma’suma ayol taqdiri hech biringizni chetda qoldirmaydi.
Qalamkash ijodini to’rt devor ichida davom ettirarkan, uni o’nlab she’rlari, har xil mavzulardan iborat dardli misralari “Vaqt-Время” gazetasida chop etila boshlaydi.
Bu bir oyga ham sig’mas dardlar satrlarga sim-sim to’kilar ekan uni mahkum va mahbusalar, xodimlar sevib o’qiydi. Ayrim mahkumlar esa uni yod olib yaqinlariga yozib xat orasida uylariga jo’natishadi. Bir nechta betdan iborat qo’lyozmalar hikoya bo’lib dunyoga keladi. Yangi-yangi she’rlar tug’iladi. Qalamkash har qanday sharoitda ham yozishdan to’xtamaydi. Barini boricha qog’ozga to’kib soladi. Prezidentimiz aytganidek “Biz shu vaqtgacha tarixning o’zimizga yoqqan joylarini olib, yoqmagan tomonini yashirib o’tdik. Birovga yoqadimi-yoqmaydimi, g’ururimizmi-armonimizmi, muvaffaqiyatmi-xiyonatmi hammasini haqqoniy yozish kerak” deb bejiz aytmaganlar. Qalamkash kunlarning birida men bilan yozgan men bilan yozgan qo’lyozmalari haqida suhbatlashmoqchi ekanini, to’g’risi bitta kengashli ishim bor sizda deb qoldilar. Men esa xo’p, aytingchi nima ish bo’lishi mumkin dedim. Kamina o’zimcha boshimdan o’tgan bu kunlarni oq qog’ozga qoralab bir nima narsalar yozgan edim. Shularni ko’rib, o’qib chiqqach menga maslahat bersangiz. Bu ishni davom ettiraymi yoki kaminaning bu jur’at hech qanday natijaga olib kelmagaymi? Men qo’limga ularning qo’lyozmalarini olar ekanman, aftidan bu ayol jiddiy kitob yozishga yondoshgan shekilli deb o’yladim. Lekin u juda chaqqon aftidan iste’dodli ayolga juda o’xshab turardi. Biroq til ilmi sohasida olgan bilimlari hali yetarli bo’lmasa-da u juda yaxshi yozgan edi. Hikoyalar kamchiliklardan holi bo’lmasa-da, undagi intilish juda baland edi. Ich-ichimdan ayolning dilidagi umid uchqunlari o’chirmaslik darkor deb o’yladim. Balki u kelajakda qutlug’ niyatini ro’yobga chiqarar. Ayol boshiga tushgan o’z kulfatini ham chetga surib, shundoq ishga jasorat bilan qo’l urib o’zida kuch topa olibdimi demak bu yaxshilik alomatidan darak beradi. Demak u o’zini-o’zi tarbiyalabdi deb sahifalarga ko’z yugurtirar ekanman uzoq o’yga cho’mdim.
Ikkinchi tomondan quvondim ham chunki qisqa vaqt davomida u o’zini o’nglab, bunday ishga qo’l uribdi-mi men ham unga yordam qo’lini cho’zib, qo’llashim kerak dedim o’z-o’zimga.
- Katta ishga qo’l uribsiz. Men sizga omad tilayman. Kengashingiz uchun rahmat sizga ham. Ilm va she’riyat shamchirog’i bo’lmish Yusuf Hos Hojib ayturlar:
Neki ish qilmagin, kishiga kengash,
Kengashsiz kishini tutma esh yo adash
Kengashgin har ushni qilishdan burun
Murod bergay ishda kengashlar so’rash.
Demak niyatining qat’iy ekan, men juda xursandman. Mendan nima yordam kerak bo’lsa bemalol. Ayol menga rahmat aytdi-da keyin boshini ko’tarib, sekin mayusgina jilmayib hozirgina Yusuf Hos Hojibning misralaridan bir bayt keltirdingiz u kishi yana shuni ham yozganki donishmand kimsadan yo’l yo’riq so’ramoq biz uchun farz erurmishki ham o’z bitiklarida tushuntirib o’tganlar dedi. Keyin menga tikilib yana ishonaman-ki, siz bergan maslahatlar ham men uchun g’oyat foydali, chunki men oldinlari o’qituvchi bo’lsam-da, lekin hech ham kitob yozmagan ekanman, vaholanki bu haqda biron marta ham o’ylamabman dedi kulimsirab. Qalamkash juda sokin ayol edi. U bu yerda panjaralar ortida yashashini ham o’z qismatim deb bilardi. Qalamkash haqqoniy tasvir uchun hech kimni hattoki o’ziniyam ayamagan. U panjaralar ortidagi hayotni haqqoniy tasvirlar ekan o’zini ham aqlli, bilimli shaffof qilib ko’rsatmaydi, aksincha jinoyat olamini ro’yi rost ochib, barini boricha oq qog’ozga tushirishga urinadi. Hayotni ba’zi hollarda o’yindan iborat deb biladi. Chunki bunday hayot o’yinlari uning hayotida ham uchraydi. U umri davomida ko’pgina og’ir kunlarni boshidan kechirgan. Lekin bu azob uqubatlarni yengish uchun o’zida kuch topa olgan.
Bugungi kunni tarixga aylantirish savob. Lekin bu har kimning ham qo’lidan kelavermaydigan savob ish. Qolaversa, ijod bu shirik azob ham. Unda hayotga tashnalik bor.
Ollohim bandasini shu yo’lga solganiga ham shukr aytaman.

Mahkumalar uchun ajratilgan bobga yozilsa bo’ladi.



Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling