Tahririyatga maktub


Targ’ibotchi mahkuma eng yaqin ko’makchi


Download 256.56 Kb.
bet47/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Targ’ibotchi mahkuma eng yaqin ko’makchi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan hozirda barcha o’quv dargohlarida targ’ibotchilar bekitildi. Shu qatorda, hozirda JIEKda hamda hibsxonalarda ijodiy, madaniy-ma’rifiy masalalar bo’yicha ijodkor targ’ibotchi ayollar ham bor bo’lib, ular mahkum va mahbusalar qalbiga ziyo urug’ini sochmoqda. Hozirda ijodkor mahkumalar ham o’z ijodiy faoliyatini to’xtatmasdan faoliyat olib bormoqda. Ijodkor mahkumalarga ham albatta adabiyotni sevgan, she’riyatga oshufta ko’ngilli ijodkor mehribon rahbarlar kerak. Targ’ibotchi mahkuma mahzun ayollar orasida o’zining ijodidan ularni bahramand qilish barobarida hozirda “Vaqt-Время” gazetasida chop etilayotgan she’rlari, maqola va hikoyalari, kitobiy qo’lyozmalari bilan mahkuma ayollar qalbiga ziyo nurini sochish bilan bir qatorda, ularning mahzun qalblariga nur bo’lib, manaviyat sari yetaklayotgan ijodkor mahkumalar ham oz emas. Bunday ijodkor targ’ibotchi mahkumalar ham o’z-o’zidan paydo bo’layotgani yo’q. Ularning ijodiga, qobiliyatiga befarq bo’lgan rahbarlar ham yo’q emas albatta. Ulardagi bunday qobiliyat va ijodi jamiyatga, oilasiga ma’nan yetuk tarzda sog’lom qisqa vaqt mobaynida qaytishlariga sabab bo’ladi. Bunday qobiliyat bilan qisqa vaqt mobaynida o’z-o’zini tarbiyalaydi va boshqa mahkumalarga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Gazetada maqola va she’rlari chop etilgan mahkumalar esa rahbarlar tomonidan ruhlantirilishi, e’tibor qaratilishi orqali ular boshqa mahkumalarga ham mutolaaga bo’lgan qiziqishini orttiradi, ularni adabiyotga qiziqtirib adabiyotni sevishga undaydi. Ular orasida kitobni sevadigan, ko’plab kitoblar mutolaa qiladigan mahkumalar ham oz emas albatta. Shu asnoda mahkumalar targ’ibotchi, ijodkor mahkumalar yordamida o’z-o’zini tarbiyalab boradi. Manaviyat urug’i sepilgan qalb egalari esa kelajakda o’z to’g’ri yo’lini topib olishda bu targ’ibot egalarining roli beqiyos hisoblanadi. Inson taqdiri hali u tug’ilmasidanoq belgilab qo’yilgan ekan, degan so’zlar xalqimiz orasida ko’p yuradi. Yomonning yaxshi bo’lishiga harakat qilmog’i bu yaxshilik alomatidan darak beradi. Har bir insonning taqdirini Alloh u tug’ilmasidanoq, belgilab qo’yishi mumkin, ammo insonning ro’parasida yana ikkita yo’l ham bor:
Biri – hidoyat.
Ikkinchisi esa zalolat va jaholat yo’lidir. Bu ikki yo’ldan qay birini tanlash esa o’z qo’limizda. Allohim buning uchun har bir insonga aql-zakovat, zehn va farosat ato etganligi ham shubhasizdir. Kimki aqli va qalbi bilan ish tutsa, u hidoyat sari yuzlanadi. Kimki Alloh yo’lidan hidoyat sari uni anglab yurmasa o’sha insonni o’zi shaytonni etagidan tutgan bo’ladi va uni jaholatdan qutulishi ham qiyin kechadi. Shuning uchun ham Allohim bu yo’lni tanlashni bandasiga ixtiyoriy qilib qo’yibdi.
Ko’pgina mahbusa ayollar bilan suhbat qurdim. Ularning boshidan o’tkazayotgan kechinmalari, g’am-anduh, uqubatlari ham mening dardim bilan hamohangligidan ko’p tuyg’ularni juda yaxshi his qilardim. Bu to’g’rida A. Avloniyning quyidagi bitiklari mavjud. Har bir inson dastlabki tarbiyani oiladan oladi. Ularning ta’kid etganlaridek “Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” – degan edilar. Bunday fikr hozirda ko’pchilik insonlar uchun shiorga aylangan. Nima uchun biz ayol, ona bo’la turib jinoyatga qo’l uramiz. Ahir bizning o’rnimiz oilada emasmi? Degan savollar tug’iladi. Mahzun ayollar o’zi qilgan jinoyati va xatolari zahmatini obdon totgani uchun ham bu haqda farzandlariga, yaqinlariga va ular izidan ketayotgan yoshlarni ogohlantirishga chorlaydi.
Buni ayollar o’z taqdirlari, boshqa odamlarning ham boshiga tushmasligi uchun qiladilar. Birovning bilmaganini kuyunib bildirayotgan odam, ya’ni xatolarni oldini olayotgan odam o’z gunohlaridan mosuvo bo’layotgan kishiga o’xshaydi. Bu esa tavba qilishning eng chiroyli yo’lidir. Aslida bu uqtirishlar mag’zida Qur’oni Karim va hadisi sharif murojaatlari jamlangandir. Boshimizga tushgan bunday musibatlarga o’zimiz sababchimiz. Ayniqsa ayol toifasiga hushyorlik zarur ekan. Shuning uchun ham goh-gohida o’zimizni, o’zimizdan izlashimiz, o’zimizni – o’zimizga poyloqchi qilib qo’yishimiz bejiz emas albatta. Ayol zotining atrofga keltiradigan foydasi behad, ammo ziyoni undan ham ko’p. Hadis ilmi yashash, komil inson bo’lish yo’llarini ko’rsatuvchi nurdir. Kitoblarni o’qigan odamning dardiga go’yo darmon topilgandek bo’ladi, o’z xatolarini tezda payqab oladi, ko’ngillarida xayrli ishlarga ishtiyoq tug’iladi, o’z-o’zini tarbiyalaydi. Xalqimizda “beayb parvardigor” degan naql bor. Inson borki, u bilib bilmay jinoyatga qo’l urishi, xato qilib qo’yishi mumkin. O’z xatosini tushunib, tuzatish yo’liga o’tgan mahkumalar qalbida ozodlikga umid, kelajakga ishonch uyg’onadi. Qarabsizki, bora-bora u o’zini-o’zi kechiradi. Kechirimlilik esa insonga xos eng buyuk fazilatlardan biri sanaladi. Kitoblardagi hikoyalar odamlarni tarbiya qilishga, ularni yaxshilik sari boshlab, yomonlikdan qaytarishga xizmat qiladi. Ushbu men yozgan kitobiy qo’lyozmalarni o’qir ekansiz, undagi mahkum va mahbusalarning hayot tarzi, kechinmalari, turfa xil taqdirlar nolasiga duch kelasiz, ular bilan yaqindan tanishasiz. Menda esa ularni siz bilan yaqindan tanishtirish mayli tug’ildi.
O’zim ham mahkumlar bilan yashab, mening dardim ham ular bilan hamohangligidan bexosdan bu taqdir kechinmalarni sizga yetkazish maqsadida oq qog’ozga tushirish fikri uyg’ondi. Mening panjara ortida olgan taassurotlarim asnosida ushbu kitobiy qo’lyozmalar dunyoga keldi. Kitoblar juda ko’p, ammo ushbu kitoblarni siz o’qish ja-
Ukam uyga singlimning ahvoli og’ir ekanligini aytib keldi. Darrov bolalarni kiyimlarini olib, erimdan ruxsat so’rab onamnikiga bolalarni tashlab ketishimni aytdim. Qaynonam bilan bog’lanib, singlimning ahvoli og’ir ekanligini, bolalarni esa onamning uylaridan o’zlari kelib olib ketishlarini iltimos qildim. Va ularga qachon qaytishimni noma’lum emasligini ishqilib singlim omon qolishini gapirdim.
Onam bilan ketib borayotganimni aytdim. Ular xotirjam ketaverishimni, hozir borib otanga aytaman mashina jo’natadi nevaralarimni olib qaytib o’zim qarab turaman ketaver dedi. Men bechora onam bilan darhol bolalarni ukamga topshirib yo’lga otlandim. Yo’l ham olis 5-6 soatda arang yetib borsak kerak deb o’yladik. Aksiga olib o’sha paytlar yo’llar ham yaxshi ta’mirlanmagan vaqtlar. Mashina ham goh o’nqir, goh cho’nqir yo’llardan arang yurib borardi. Eplab Nukus shahriga yetdik. Onam ha u paytlari hali kuch-quvvati o’zida edi. Soppa sog’lar. Keyin shaharda mashinadan tushib, yana boshqa mashinaga o’tirdik. U paytlari Bozatauga ham to’g’ri olib boradigan mashinalar hali qo’yilmagan peresadka bilan charchab arang yetib borardik. Chang to’zon, alg’ov dalg’ov ilon izi yo’llar. Yana bu mashinadan Kegeylida tushib, naryog’iga Bozatovgacha boshqa kirakash mashinaga o’tirdik. Hozir onam bechorani tezroq qizi oldiga shoshganidan qulog’imga faqat mashina ichida “Onang o’lsin qizim seni shuncha olisga turmushga bergan” – degan so’zlari pichirlagan labidan arang eshitilar edi. Onam ham qo’rqqanidan ishqilib, qizim o’lib qolmasin men borgunimcha, deb menga bildirmay ichiga solib yig’lab o’tirgan ekan. Meni yana qo’rqib yurmasin degan bo’lsalar kerak deb o’ylayman. O’sha voqealar xayolimda muhrlanib qolgan, hatto bu voqealar haqida meni uxlab yotgan joyimda uyg’otib so’rasangiz ham bu haqda aniq aytib berolaman. To’g’risi onam ko’nglidan o’tgan bu gaplar mening ham ko’nglimdan kechgan.
Men ham o’sha kuni qo’limni musht qilib tugib, Allohimdan iltijo qilib, ichimdan ezilganman, bu haqda onamga ham bildirmaganman. Qattiq qo’rqqanman, chunki singlim judayam o’sha paytlari yoshgina juvon edi-da. Hali bu dunyoga kelib u nimayam ko’rgan edi. Hech nima. Keyin keyin nima bo’ldi, oramizdagi bir oz sukutdan so’ng hamxonam yana hikoyasini davomini eshitishga xuddi tayyor o’tirgan odamdek mendan so’radi. Men mayus tortib yana hikoyamni kelgan joyidan davom ettira boshlasim. Tortkul xo’jaligiga yaqinroq qolgan kezimiz shofyor bizdan kimning uyiga borayotganimizni so’radi. Onam esa qudasini ismini aytishi bilan shofyor men u odamni yaxshi taniyman deb qoldi. Hozir sizlarni ularning uylariga olib boraman, men bu joylarni yaxshi bilaman opam bu joylarga kelin bo’lib tushgan. Biz ham shu yaqin qishloqda turamiz. Qudangiz yaxshi insonlar, necha yildan beri kolxoz boshliq bo’lib ishlab kelmoqda.
Hali biron-bir odam ulardan noliganini eshitmaganman dedi. Onam singlimning betobligini eshitganimiz zahoti yo’lga otlanib kelayotganimizni gapirdilar. Ular bo’lsa 2-3 kunlikda nevarali bo’libdi deb eshitgandik bu yerda o’zingizga ma’lum bunday xabarlar tez tarqaydi opa dedi. Mana keldik opa dedi hovli yaqinidagi darvoza oldida to’xtab, shu joymi dedi shofyor onamga qarab. Ha bolam baraka toping, Allohim sizning biringizga mingni bersin deb qo’lidagi kelishilgan pulni shofyorga uzatarkan. Yana kaftlarini yoyib qayta qayta duo o’qidilar. Shofyor yigit esa onamga kulib qarab, bizga mana shu duolaringiz ham yetadi ona. Nevara to’ydan biz ham qolib ketmaylik deb yana onamga qarab hazil ham qilib qo’ydilar. Mashina oldi eshigini ochib onam “rahmat bolam” – dedi mashinadan tusharkan. Men ham ularga rahmat aytib orqa o’rindiqdan tushib, mashina eshigini yopdim. O’zi ketishga oshiqib turgandim, ishim bor edi. Yo’l-yo’lakay gaplashib kelaman, deb sizlar shu payt kelib qolganingizga olgandim sizlarni ona dedi-yu, mayli rozi bo’linglar deb yana mashinasini yoqib, jo’nab ketdi shofyor yigit ham. Onam bo’lsa menga qarab rosa ajoyib bola ekan-mi? deb darvoza oldiga qadam tashladi. Men ham ularga ergashib, yura boshladim. Ikkalamizni qo’limizdagi sumkalar ham to’la. Oyi bu sumkalarga nima soldingiz o’zi, bunchalar ham og’ir bo’lmasa dedim. Qizingizdan hech narsani ayamaysiz-a deb onamga qarab kulib, ham qo’ydim. Ularni yana g’am bosdimi, indamadilar. Qaytanga qadamini tezlatib, tezroq hovli ichkarisiga kirib borishga oshiqdilar. O’sha kuni singlim haqidagi xabarni eshitib, qalbidan nimalar kechganini endi-endi sezyapman.
Eh onajonim-a shuncha g’amni ichingizda sig’dirolganingizga qarang. Singlim bilan telefonda gaplashyapman-u bilasizmi, bir pastning o’zida mana shu bo’lib o’tgan voqealar singlim va onajonimga tegishli bu sog’inchli xotiralar, xuddi yaqin orada bo’lib o’tgandek ko’z oldimdan o’tdi. Ha, endi tushunyapman nima uchun undan ko’p xavotirga tushishingiz sababini dedi hamxonam ham chuqur uh tortib. Balkim ularning ham hayotida bo’lgandek bunday esda qolarli voqealar dedim uh tortganlariga qaraganda, xuddi bunday voqealar ularga ham tanish ekanligini sezgandek bo’lib. Keyin biz hovliga yaqinlashib qolganida kuyov yigit ham oshiqib, hovli ichkarisidan qo’lida sumka ko’tarib, chiqib kelayotgan ekan. Bizni ko’rishi bilan quchoq ochib kutib oldi. Yig’lagandek bo’ldi. Biz ham bir past unga qo’shilib, yig’lab, sog’-omonlik so’rashdik. Keyin u bizni ichkariga boshladi. Onam ichkariga kirishi bilan qo’lidagi sumkalarni tashlab, yosh yalanglar bilan ko’rishdi-yu, biz ham siz bilan endi kasalxonaga boraylik dedi. Kuyov bola ham kasalxonaga ovqat olib ketayotganini gapirdi. Ota-onasi ham o’sha yoqda ekan. Yo’ldan charchab keldingiz, bir piyola choy iching, ovqatlanib olinglar desa ham onam kuyovining bu takliflariga unamay, qo’yarda-qo’ymay hozirgina oyog’idan yechgach maxsi kalishini yana qaytib oyog’iga kiydilar. Singlimga deb olib kelgan yengil narsalarini sumkalardan paypaslab boshqa sumkani cho’ntagidan olib, uning ichiga soldilar. Kuyov esa kulib ena, menikini yana almashtirib, qizingizga olib borib yurmang deb kulib qo’ydilar. Onam esa og’ir, bosiq ayol bo’lganlaridanmi, bunday hazillarga uncha-muncha kulmasdilar. Lekin kuyovining ko’ngli uchun hammasini olmadim bolam sizga atab olib kelganlarim narigi sumkada edi deb mayusgina tikilib qo’ydilar xolos.
Chunki ko’nglidagi bezovtalik to qizini o’z ko’zi bilan ko’rmaguncha unga halal berar edi. Kuyov bola ham keyin bizni o’z mashinasiga mingizdi-yu, tuman kasalxonasiga singlimni oldiga olib ketdi. U yo’l-yo’lakay bizga bo’lgan noxushliklar to’g’risida gapirib berdi. Onam uning gaplarini eshitib xomush tortib ko’zidan dumalab oqayotgan yoshlarini garchand kuyov yigitdan yashirishga urinmasin u buni darhol payqab, yig’lamang ena xudo xoxlasa qizingizni hali umri uzoq bo’ladi, deb enani ham yupatib qo’yishga harakat qilardi. Lekin uning ham ich-ichidan singlim uchun qayg’urib ezilgani qolaversa o’g’lining ham ahvoli og’irligidan kuyikib turgani yuz-ko’zlaridan necha kundan beri uxlamay toliqqani sezilib turardi.
Mana kasalxonaga ham yetib keldik deb bizni mashinadan sekin tushirib mashina eshiklarini ilib kalitni cho’ntagiga solib. Uchalamiz ham shahdam qadamlar bilan kasalxona ichkarisiga oshiqdik. Kasalxona ichkarisiga kirib, palataga yaqinlashgan sayin qo’l-oyog’imiz qaltirab, yuragimiz qinidan chiqib ketay deyapti. Mening ahvolim shu bo’lsa, onajonimning o’sha kezdagi holatini tasvirlashga shu tobda qalamim ham ojizlik qilmoqda edi. Shu kezda birdan kuyov o’g’limning ahvoli og’irligini qizingizga aytmaganmiz, sizlardan mabodo so’rab qolgudek bo’lsa xotinim, sizlar ham bu haqida unga aytmaganingiz ma’qul deb tushuntirib berdi.
Singlimning yotgan palatasiga oldin kuyov yigit, keyin onam va nihoyat men kirib bordim. Shundoq kirishimiz bilan singlimni horg’in, bir o’zi karovat ustida uzala yotgan holda yonidagi har xil apparatlar, bir tomonda qon quyayotgan hamshira uning bu ahvoldaligini ko’rib onam bechora voh onang o’lsin qizim, seni bunday ahvolda ko’rganimdan deya ayu-hannos solganiga hamshira hammamizni karidorga chiqardi. Men onamni qo’llaridan yetaklaganicha, ularni palatadan tashqari uzun yo’lakga olib chiqdim. Shunday palata eshigi yonida uzunasiga stullar qo’yilgan joyda onamni o’tirg’izdim. Kuyov yigit qo’lidagi issiq sho’rvani hamshiraga tutqazdi. Singlim esa hech nimani sezmay, bir holatda yotibdi. Qudag’ay keldingizmi deb bir payt quda bova kirib yonida 5-6 ta yigitlar bilan salomlashdi. Keyin kuyovga qarab mana o’g’lim hamshira qizga ayt donor yigitlarni olib keldim. Qon guruhini aniqlab, kelinga yana qon quyishimiz kerak deb aytganiga o’zim chopib bu yigitlardan iltimos qildim dedi. O’sha paytlari quda bova ham chaqqon, baquvvat, hali ishlab yurgan kezlari edi. Ular rosa da inson edilar. Keyin quda xola ham nevarasi uxlagan paytida yo’lakga chiqib biz bilan hol-ahvol so’rashdi. Men bo’layotgan voqealardan juda asabiylashgan edim. Singlimni bunday og’ir ahvoldaligi yetti uxlab tushimga ham kirmagan. Kuyov bola telefonda onamdan uning ahvolidan xavotir olganiga bu xabarni sal yumshatibroq aytgan ekanlar. Qo’rqitib yubormay enamni deganmi bilmadim. Keyin quda bova bilan onam va men, kuyov yigit kerakli narsalarga yuguryapti, qon topshirgan yigitlarni ovqatlantirish uchun olib ketgan yana ularni uyiga olib ketib borayotgan xullas chopti-chopti bilan yurgan. Quda bova esa hamshira bilan keyin katta vrach bilan tinmay gaplashayapti. Biz onam bilan esa faqat yig’i-sig’I bilan ovora bo’lib qoldik. Quda xola esa yonma-yon palatada nevarasi bilan ovora. Murg’ak go’dak esa hayot bilan kurashyapti. Soat sayin ahvoli o’zgaryapti, oldiniga apparatga solib qo’yishdi, uni onam bilan uzoqdan ko’rdik. Ko’zlari, qo’llarini kichikligini aytmaysizmi. Doktor bolani chala tug’ilgan, hali vaqti bor ekan, qiz bola bo’lganida balkim turarmidi, o’g’il bola ekan biz qo’limizdan kelgan muolajani ona-bolaga qilyapmiz. Qolgani Allohdan debdi bu gaplarni onam bilan men quda xoladan eshitdik. Vaziyat biz o’ylaganimizdan ham og’ir ekanligini o’z ko’zimiz bilan ko’rgach tushunib yetdik. Men va onam sho’rlik adoyi tamom bo’ldik.
Yaxshiyamki otajonimni uyda qolganlari, bo’lmasa ularning ahvoli ham biznikiga tushardi. Men o’sha kundan boshlab singlimning yonida, quda xola nevarasi oldida quda bova bilan onam ertalab tong yorishganida kasalxonaga kelishadi-yu, sal singlim tuzukroq bo’lsa, kechqurunga tomon ketishadi onamni olib uylariga, ahvoli og’irlashgan kunlari tuni bilan ham kasalxonada qolishadi. Xullas to bir necha kun singlim goh o’ziga keladi, goh yana qon ketib o’zidan ketib qoladi. Keyin qon ketishi to’xtamagach bosh vrach shahardan doktorlarni chaqirtirdi. Chunki ularni o’zidagi doktorlar ham qon ketish sababini aniqlagunicha vaqt ziq ekanligini ahvol shunday davom etaversa singlim hayotdan ko’z yumushini fahmlagan shekilli 3-4 soat o’tgach, 3-4 ta vrach xodimlar yetib kelib, darhol singlimni tekshirishga tushishdi. Men esa undan oldin singlimning ahvoli yaxshi emasligini bir necha bor quda bovaga va kuyovga ham aytib tushuntirgandim. Ular ham katta doktor bilan bu haqda gaplashib, maslahatlashib operatsiyaga ruxsat berishimizni va bu operatsiya uchun vrachlarni shahardan oldirishini quda bovaga aytgan ekan. O’sha kuni onam operatsiyaga ruxsat berdi. Bu kunlar onam va oilamiz uchun eng og’ir tashvishli kunlar bo’lgan edi. Vrach xodimlar bir necha soatlab singlimni operatsiya qilishdi. Ahiri qon ketib turgan joyni topib tikishibdi. Ular quvonib operatsiya muvaffaqiyatli o’tganini aytib chiqishdi. Buni eshitib hammamiz quvondik.
Ha aytgandek bir kuni operatsiyadan oldin unga qon quyishdi. Bir payt quyilgan qon yana garshokga oqib tushdi, xuddi shar etib garshokga suv quyilganidek ovoz chiqardi. Men qo’rqqanimdan dodlab yuboribman. Keyin yana vrachlar palataga yugurib kelishdi. Hamshira qiz vaziyatni doktorlarga tushuntirib berdi. Qon bir tomondan quyilsa, ikkinchi tomondan suvdek oqib ketyapti. Keyin u komaga tushyapti. Doktorlar shoshib qolishdi. Bizni karidorga chiqarib o’zlari chopib ketishdi. Onam na gapiradi, na yig’laydi. Stulchikda shundoq o’tirishi bilan qotib qolgan. Bir payt doktorlar hammamizni palataga chaqirishdi. O’ntacha oq xalat kiygan doktorlar ma’yus tortib palatada bir chetga olib o’zlarini qarab turishardi. Katta doktor esa quda bovaga kelinini iymonini o’girishini va rozi-rizolik qilib olishimizni aytishdi. Yig’I boshlanib ketdi. Quda bova singlimni boshini ushlab bir nimalarni yig’lab o’qiyapti. Kuyov bola o’zini singlimga otib yig’layapti. Uni ikkita doktor yonida turib o’zlariga tortayapti. Mening esa ko’z yoshlarim, nolalarimni tasavvur qilolmaysiz. Shu payt singlimning ko’zlari ichidagi qorachiq yuqoriga ketib ko’zdan g’oyib bo’ldi u hech nima deb aytolmay, xuddi manguga ketgan odamdek tinchlanib qoldi. Keyin apparatlar ham yig’ildi. Singlimga ulangan nimaiki bo’lsa, uning tanasidan olib tashlandi.
Allohimning karomatiga qarangki, shu payt singlimni yonidan o’tib ketayotgan bir yoshgina vrach yigit uning qo’lini uzala tushirmoqchi bo’lganida unda puls paydo bo’lganini aytib qoldi. Keyin yana engashibroq, ishonib ishonqiramay turib tekshirdi. Birdan puls deb baqirib yubordi. Yana vrachlar chopib yugurishdi. Bizni karidorga chiqishimizni aytishdi, halaqit bermang deyishdi. Uzun yo’lak bo’ylab hammamiz o’ntacha odam Allohimdan najot so’rab, duolar o’qib turibmiz. Bu yugur-yugurlar bir necha muddat davom etdi. Yana qon ulashdi singlimga, apparatlarni qaytadan ishga tushirishdi. Tinmay chopishyapti.



Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling