Tahririyatga maktub
Sayotxon bog’dadir, bog’da. 1-hikoya
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
Sayotxon bog’dadir, bog’da. 1-hikoya.
Bu dunyoda hamma narsaning ham da’vosi vaqt deydilar. So’ngi kunlarda negadir yuragim siqilgandek, bo’lib onajonim xotiralarini ko’p eslayapman. Sal narsaga yig’lagim keladi, goho jahlim chiqadi. Xuddi yuragimni bir dard kemirayotgandek tuyuladi ba’zan. Tongga qarab uyqum qochadi. Panjarali oynaga qarab ko’zimni ochib tikilib yotaveraman. Keyin qachon ko’zim ilinib uyquga ketganimni ham bilmay qolaman. Tush ko’raman. Ertalab xodim chalgan qo’ng’iroqning tovushidan uyg’onib ketaman. Keyin bir past karovatim ustidagi choyshablarni yig’ishtirib olib, hojatxonaga kirib chiqaman-da yana karovatim ustiga kelib o’tirib oppoq sochiq bilan asta yuz ko’zlarimni arta boshlayman. Xona nam tortgan shundoq zaxning hidi dimoqqa har zamonda uradi. Oynani ochib xonani shamollatsang ham bu zax ketmaydi. Ayniqsa bu yilgi kuz oyi judayam seryog’in keldi. Tuni bilan oyoq og’rig’idan suyaklarim qaqshaydi. Yotish oldidan oyoq qo’llarimga maz surkayman. U ham ozgina og’riqni bosadi xolos. Hamxonamga tikilaman u ham suyak og’rig’idan noliydi. Issiq kiyinib oladi. Shukr qilaylik bu kunlarning ham adog’i bordir bir kuni deydi. Men uning gaplariga qo’shilaman. Yana gapini davom etib oyning o’n beshi qorong’u bo’lsa, o’n beshi yorug’ Allohim bu kunimizning ham ajrini berar deb meni tinchlantirishga urinardilar. Ular kun bo’yi besh mahal taot ibodat qiladilar, duo o’qiydilar. Menga ham namozni o’rgatayaptilar. Men birinchi bor namozning kuchini o’sha kunlari sezganman. Namoz mahzun chehralarga nur beruvchi, adashgan insonlarni to’g’ri yo’lga soluvchi, zim-ziyo qalblarni yorituvchi, yuraklarga taskin berguvchi, hayotni teran anglatguvchi, odamlar orasida mehr uyg’otuvchi, ozodlikni anglatguvchi, ota-onani eslatguvchi, men uchun yuragimdagi dard va og’riqni ketkizuvchi, barcha mo’min musulmonlarni o’z farzini ado etuvchi aziz va yoqimli so’zdir. Uning shunday sehrli kuchi bor ekanki, bu kuch oldida, inson o’zini naqadar yengil his etarkan kishi. Men namozni tilga olib uni shu yerga kelib, qaysidir men umrimda ko’rmagan tanimagan bu mehribon ayoldan o’rganib taot ibodatga yiqilmoqchi bo’lganim ham tasodif emas. Bu mening taqdirimga bitilgan. Bu mening umr kitobimga yozilgan ekanligi shubhasiz, deb o’ylayman. Bolaligimda ko’pgina bayramlarni ko’rganman. Bayramlar qanaqangi ko’tarinki ruh bilan o’tkazilishini bilasiz. U qanday bayram bo’lmasin onam bizga har doim yo’l-yo’l chiroyli adraslardan yangi ko’ylak tikib uchalamizga ham kiydirib qo’yardilar. O’sha ko’ylaklarni kiyib qo’shni qizlarga ham maqtanganimiz-maqtangan edi. Keyin ular ham bizlardan ko’rib, onasiga menga ham yangi ko’ylak deb borib yig’lashardi. Bu yangi ko’ylak keyin uyimizni hamma xonasida goh u muyushda goh bu xonada uni uyga kim kelsa ham maqtanib sudrab yurardik. Juda yosh bo’lsakda, o’sha quvonchli voqealarni haliyam esimdan chiqazmaganman. Keyin bayram kunlari oyijonim osh qiladi yoki bir tovuqni katakdan ushlab uni akamga so’ydirib, kurtik qiladi. Kurtik otajonim yaxshi ko’radigan taomlardan biri. Bu qoraqalpoq milliy taomlaridan biri ekanini hamma biladi. Chunki otam qoraqalpoq, bo’lib xozayaqli urug’dan. Shuning uchun ham otam hamisha Xozayaqli deydilar sening atingni. nomli qo’shiqni kuylagani-kuylagan. Ularning ovozlari jarangdor, juda yoqimli. Hozir ham ota hovlimizga borsak, otajonimning xirgoyi qilib aytib yuradigan qo’shiqlarini eshitmasdan qaytmaymiz. Oyim har bayram yaqinlashib qolganida, bir kun oldin non yopardi. Mana bugun ham oyim non yopmoqda. Arpa va jugari undan bo’lgan mazali zog’oralarni aytmaysizmi. Uning hidi dimog’ingizga uriladi. Oyijonim biz qizlariga ataylabdan kulcha yasardi. Kulchani nondan oldin rapidasiga solib uni qo’liga kiyadi-da, tandirga uradi. Tandirga bo’yi etmagani uchun uning oldiga kichkina zambilni to’nkarib qo’yibdi. Kulchalar birin-ketin qizarib pishib boshlaydi. Onam ularni tandirdan qo’porib olgunicha yuzlari qizarib ketadi. Biz esa ularga qarab, kulchalarni entikib kutib turamiz. Keyin oyim ularni tandir supachasida turgan lagan ichiga tashlaydi. Biz esa bu meniki, u seniki deb singillarim bilan kulchalarni talashamiz. Keyin ularni sindirib tandir supshasidagi chelakdagi suvga botirib olamiz. Qo’shni qizlar bilan o’ynashga shoshilamiz. Oyim tandir yoniga kelib qarab turgan qo’shni qizlarni ham oldilariga chaqirib issiq nondan sindirib chelakdagi suvga tiqib olib bo’ktirib beradilar. Yana qizlarimni momiqqina qo’lari pishib qolmasin deb ularni erkalab ham qo’yardilar. Ularni orasida do’xtir akamning ham qizlari bor edi. Biz uchala qiz ham do’xtir akamning uchala qizi bilan izinma-ketin ulg’ayganmiz. Qo’limizda bo’ktirilgan nonni ushlaganimizcha yana u yoqdan, bu yoqqa chopib o’ynardik. Onamning yopgan mazali kulchalarini birga yeb o’sganmiz, shirin so’zlarini va maqtashlarini, erkalashlarini eshitib, quvonganmiz mehrlaridan bahramand bo’lganmiz. Hozir ham ota hovlimizga borsak, onajonimning yaxshi ko’rgan kelinlari kutib olishadi. Ayniqsa kichkina kelinimiz yopgan shirmoy nonlari xuddi onajonim yopgan nonlariga o’xshab ketadi, mazasini aytmaysizmi. Mehri-chi borsak chehrasi ochilib kulib kutib oladi. Unga qarab, go’yo onajonim o’z mehrlarini unga tashlab ketdimikin deyman ba’zan, lekin o’ziga biron marta bu haqda aytmaganman. O’ta ozoda va pazanda bo’lgani uchun-mi, yoki xuddi onam o’ziga o’xshab nonlarni yopganigami kelinni judayam yaxshi ko’rar edi. Baraka topsin iloyo deyman. Katta kelin akamning xotini esa oyijonni Sotti kelini edi. Ularni dilidayam Gulidayam bor bunday onajonimizdan qolgan yaxshi fazilatlar. Bir kuni 8-mart bayrami bundan 30-35 yillar oldingi bo’lgan voqea edi. O’sha paytlari akamlar uylangan bitta qizli bo’lgan. Ikkinchisiga yangamning homilador kezlari edi. Onamning o’sha katta nabira qizi qattiq kasallanib dizenteriya ich ketish kasalligidan og’rib, shahar kasalxonasida bir necha kun davolashdi. Ota-onam nabirasini tez oyoqqa turmaganidan qayg’uga, botishdi. Yangam kasalxonada qizchasini yonida, akam ham har kuni ularga issiq ovqat va muolaja uchun kerakli dori-darmonlarni tashiydi. Uning ustiga o’sha paytlari akam armiyadan yangi kelgan Otam akamni ichki ishlarga ishga joylashtirib qo’ygan edi. Akamning ham bir oyog’i kaslaxonada, ikkinchi oyog’i ishda. Ota-onam maktabda ishlaydi. Men akamdan keyin ukamlarning kattasi bo’lganim uchun har doim uyda kattalar bo’lmasa, men ularga javobgar bo’lib qarab o’tiraman. Yana uydan chiqib ko’l bo’yiga ketishmasin deb onam akam yo’q paytlarida, ukalarimni menga topshirib ishga ketardi. O’sha paytlari onam o’sha katta nevarasi uchun juda kuyundilar. Bir kuni otam qishloq markazidagi do’konchalar oldidan o’tib, bizga mayda-chuydalar olib, qishloq aloqa markazi (pochta) yonidan o’tayotganida navbatchi otamni sizga qo’ng’iroq bo’layotgandi shahardan, keliningiz ekan yaxshi bo’ldi oynadan sizni kelayotganingizni ko’rib qoldim domulla ichkariga kiring deb qolibdi. Uyingizni telefoniga qo’ng’iroq qilsam, hech kim go’shakni ko’tarmaydi debdi. Otam xona ichkarisiga kirib, u yerni oldinlari telefon aloqa pochtasi deyilardi. Ko’p odamlar shahar bilan o’sha joyga borib gaplashishar edi. Otam tinchlikmikan ishqilib deb jon holatda telefon trubkasiga yopishibdi. Aloqa pochtasi o’ziyam qishloqning qoq markazida joylashgan edi. Otam yangam bilan gaplashibdi, nabirasini ahvolini og’irlashganini aytibdi. Uning ustiga yangam qo’rqqanidan otamga bu haqda tushuntirolmaganmi, bilmadim ko’zi to’la yosh bilan yangam bilan gaplashib bo’lgach, uyga o’kirib, baqirib otam yig’lab keldi. Nabiramdan ajraldikmi deb. Onam ham bu baqiriq tovushni eshitib hangu-mang bo’lib qoldi. Nima qilishini bilmay, yig’lagancha baqirdi. Bo’ldi qiling, mundoq o’zingizni qo’lga oling dadasi. Keliningiz qo’rqqanidan adashib gapirgandir deb otamni koyib ketdilar. Mundoq tushuntiribroq qilib gapiring baraka toping dedilar ular ham tizzalariga qo’li bilan urib, ko’z yoshlarini artarkan. Bir payt akam ham o’kirib yig’lab uyga keldi. Onam bechora o’g’lini ko’z yoshini ko’rib ezilib ketdi. Keyin darrov xolamni oldirib hammalari kasalxonaga ketishga hozirlik ko’rishdi. Xolam ham tipirchilab qoldi. Hammamiz singlimni yaxshi ko’rardik. U hali juda yosh, uning ustiga judayam nimjon edi. Keyin hammalari kasalxonaga uni buni olib jo’nab ketishdi. Bayram ham bayram bo’ldi hamma xomush. Uyda faqat biz bolalar qoldik xolos. Bir payt kechga tomon onam, otam, xolam hammalari qaytib kelishdi. Darrov ularni qo’lariga va yuzlariga qaradim. Oldingi ko’z yoshlari tingan, chamamda ukam ham soppa-sog’ shekilli, uni uyga olib kelishmabdi. Kasalxonaga borib qarashsa, do’xtir nabirangiz o’ziga keldi deyishibdi. Lekin hozircha yaxshi gaplasholmayapti, u homiz 2-10 kun yana muolaja ishlab ko’raylik, balkim chopqillab ketar, xavf ortda qoldi debdi. Hammalari charchab, bir ahvolda uyga kirib kelishdi. Oradan kunlar o’tdi do’xtir aytganidek, singlim chopqillab yurib ketdi. Onam buni eshitib juda quvondi. Ular har kuni kechqurun uxlash oldidan nabiralarini duo qilar, tez kunlarda yana oldingidek chopqillab sog’ayib ketishini aytib, Allohimdan taot ibodat qilib, rahm-shavqat qilishini so’rab iltijolar qilardi. Bir kuni eski hovli orqasidagi ayvonchada cho’kki tushib o’tirib olib nabirasini sog’inganini aytib yig’layapti. Onam har kuni nevarasini beshikga bog’lab, unga allalar aytib berar, yangam esa ishga ketar edi. Keyin singlim ham yaxshi bo’lib sog’ayib uyga qaytdi. Shu orada yangam qizlariga qattiq siqilganidanmi ikkinchi farzandini ham vaqti soatidan sal ilgari dunyoga keltirdilar. Endi uni ismini qo’yish masalasi juda qiziq voqea bo’ldi. Bir kuni onam ism topolmay xunob bo’lib o’tirgan edi. Akam ishdan kelib, onamga qarab ertaga keliningizni tug’ruqxonadan olib chiqaman unga do’xtir ruxsat berarmish deb qoldilar. Ha, aytgandek, metirka ham olarkanmiz dedilar. Oyi, ismini kim deb qo’yamiz desalar oyim birdan televizorda aytilayotgan qo’shiqni tinglab turib, topdim bolam topdim deb qichqirib yubordilar. Ismini Sayotxon qo’yamiz. O’sha paytda televizordagi qo’shiqni onamdan bu ismni eshitib oxirgi misrasini eslab qoldim. O’sha qo’shiqda: Sayotxon bog’da-dur bog’da Xosiyat bog’dadur bog’da degan misralar bor edi. Shu bo’ldi-bo’ldi, onam shu qo’shiqni televizordan eshitib qolsalar, darrov televizorni qattiqroq ovozini burab qo’y qizim derdilar. Buyam ayni qaysidir bayram kuni edi. O’shandan keyin bironta bayram shunchalik esimda qolgani yo’q. S - Sog’inaman seni kun o’tgan sayin, A - Anduhlar chekaman, sog’mikin? deyman, Y - Yillar ham o’tmoqda bir zumda yeldek. YO - Yomg’irdek shoshqator sog’inchdan ko’z yosh T - Taqdir sen bitgan kuningga shukr qilaman, X - Xayolan sen bilan har kun suhbat quraman. O - Onajonim senga qo’ygan chiroyli ism. N - Nahot, sog’inmoq ham bir baxt ekan aslida. Qaysidir bir kitobda ism haqida mashhur portugal yozuvchisi, nobel mukofoti sohibi Joze Saramago “Ismlar kitobi” asarida shunday degan ekan: “Ismlar - ko’zgudir”. Ism - ko’zgudir. Ko’zguga boqib turgan ko’zning qorachiqlarida ne zohir bo’lsa, o’sha sendirsan. Ism- bandasining muhiridir….. Demak ism o’zlikdir. Uni butkul o’zgartirish esa bu boshqa masala degan ekan. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling