Tahririyatga maktub
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
Дайте пожалуйста олов.
Hamxonam juda ajoyib ayollar. Gohida ularning xatti-harakatlariga kulgum keladi. O’ziyam tamaki desang naq o’zini osmondan tashlaydi. Tamakiga mukkasidan ketgan. Ularga qarab, o’ylayman shu tamakini tashlasa bo’lmasmikin, bundoq qarasang tuppa-tuzuk ayolga o’xshaydi. Lekin bu go’zalligini shu tamakisi buzib turadi deng. Aytmoqchi, bularning o’ris ayol ekanligi esimdan chiqib ketaveradi. Ollohim ham menga shu o’risni ravo ko’rdi shekilli. Narigi ayollarning xonasiga kirganingda ko’rarding kuningni deyman ba’zan. U esa mening gapimga tushunmaydi, menga qarab ko’zini lo’q qilib o’tiraveradi. Bilgan gapi bor-yo’g’i olov, shu so’zga yopishib olgan. Buning kasridan xodimlar ham tirqishidan bizni kuzatisholmaydi. Ularni teshikchadan qarayotganini bilib qolsa darrov ularga “Дайте пожалуйста олов” - deydi. Ikki blok tamaki keldi uning nomiga. Qizig’i tamaki kelsa olov yo’q, спичка bor paytida sigaret yo’q. Men esa tamaki tutuniga mast bo’lib o’tiribman. Ey xudoyim shu o’risni o’rniga bitta o’zbek yubormaysanmi. Men ham mazza qilib gaplashib o’tirardim. Qari bo’lsayam mayliga edi. Bir kuni u olov yo’q deb yig’ladi. Unga rahmim kelganidan men ham eshik oldiga borib uning tirqishiga qarab turdim. Nachalnik kelib tirqishdan kuzatsa gaplashaman deb o’yladim. Не плачь dedim hamxonamga qarab. U bo’lsa hamon yig’layapti. Bir payt nachalnik tirqishdan qaradi. Men esa ularga qarab “отдайте мне сигарет” debman, aslida “Дайте пожалуйста олов” deyishim kerak ekan. Xodim ham hayron bo’lib, darrov cho’ntagidan ikkita tamakini olib menga uzatsa bo’ladimi. Eshikni okoshkasini ochdi-yu menga berdi. Men ham hayron bo’ldim tamakini ko’rib. Ahir men undan olov so’ragandim-ku dedim ichimdan. Keyin nachalnikga qarab yana hov nashalnik bul zatingni men ne g’ilayin, mag’an qazir ne edi ati voy qarag’im unittimg’oy. Mag’an olov nado olov desam u kulib yubordi. Keyin menga qarab ne deydi deng “Apa bul so’z sag’an jaraspabdi” - dedi. Shekbeymeng’o apa dedi juvornamek ol qaraqalpaq jigiti ekeng’o. Men uni o’zbekmi, rusmi bilmasam, qaydanam bileyin. Keyin yana indamay o’rnimga qaytdim. U esa hamon olov deb yig’lardi. Karovatimga o’tirdim-u не плачь мне тоже нужен олов, dedim. Shu payt u mening gapimdan keyin yig’lashdan to’xtab Вы тоже можете на русском языке разговаривить desa bo’ladimi. Endi nima qildim bilaman desam tutilaman bilmayman deya qolay yaxshisi olovdan qutulaman deb o’yladim-u unga незнаю deya qoldim. Bir payt xodim eshikni okoshkasini ochib, qani kelinglarchi dedi. Ikkimiz ham tezda eshik oldiga bordik. Xodim familiya dedi. Hamxonam familiyasini aytgach, tezda narsalaringizni yig’ishtiring dedi xodim. Keyin okoshkani yopib ketib qoldi. Hamxonam esa ko’z yoshini to’kib, meni qayerga endi jo’natishadi deya tokchadan narsalarini olib yig’ishtira boshladi. U ketishga tayyorgarlik ko’rdi. Lekin uning qayerga borishini o’zimiz ham bilmasdik. Endi xonada bitta o’zim qolishimga to’g’ri keladi. Nolinaverganimdan-mi, Ollohim bu o’risni ham menga ko’p ko’rdi shekilli. Aslida shukrlik qilishim kerak ekan dedim o’zimga. Allohimning berganiga qanoat qilish kerak ekan dedim. U narsalarini yig’ishtirgach, men bilan bir quchoqlashib oldi-da, o’rischa gapirib men bilan xayrlashdi. O’sha paytda menga ketishi oldidan kitoblaringiz chop etilsa, menga bitta kitob sovg’a qiling deb, bitta telefon nomer ham berib ketgan edi. Siz bilan bu g’urbatxonada o’tgan kunlarimni eslab yuraman deb ko’z yoshini sipirib eshik ochilishi bilan oxirgi marta menga tikilib, больше мне ненадо олов до свидания моя дорогая degan so’zlarni aytib u xonani tark etdi. Mening ham yuragimdan kimdir bir narsani sug’urib olgandek tuyuldi. Men ham unga qo’limni ko’tarib, xayr boshing toshdan bo’lsin dedim. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling