Tahririyatga maktub
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
Vot masala gde?
Hamxonam asli rus ayoli, lekin kazo joylarda ishlashi va o’zidan ham katta kreslolarda o’tirganligi sabab o’zbekchani ham chala tushunar edi. Men bo’lsam Qoraqalpoqda o’sib ulg’ayganim uchun o’zbekchani yaxshi bilaman qoraqalpoqchaniyam yaxshi tushunaman lekin o’sha tilda muloqotda to’liq gapirolmayman desam ham bo’laveradi. Qisqasi oldiniga u bilan gaplashishda biroz qiynaldim bora-bora tillarimiz chatishib o’rganib ketdik. Aslida men ruslarni to’g’riso’z, aldashni ham kelishtirolmaydigan, xuddi urush davrida “Русский Иван” kinosini hammamiz ko’rganmiz-ku ana shunaqa deb o’ylab kelganman. Chunki qaynonam ham rus ayoli, hozir qishlog’ida qarilik gashtini suryaptilar. Lekin rosa yaxshi ayollar har doim to’g’ri so’zligidan rosa pand yeb kelganlar. Bundan bir necha yillar ilgari 1988-98 yillari chamamda, to’g’rirog’i oralig’ida uyga kimda-kim mehmon bo’lib kelishsa, u paytlarda xudo rahmat qilsin qaynotam tiriklar mehmon oldiga dasturxon yozib har xil shirinliklar va noz-ne’matlar keltirib endi ko’k choyni choynakda olib kelishimni bilaman, ayniqsa onajonim kelsalar ham u paytlari onam ham tiriklar Ollohim rahmat qilsin ularni ham shundoq choynakni onamlarning oldiga qo’yishim bilan Sapura opa bugun ketasizmi, ertagami deb so’rardilar. Onam bechora ularga nima deb gap qaytarishni ham bilmasdilar. Men esa na onamga na qaynonamga qarashimni bilmasdan eh, mama deb ich-ichimdan uflab yuborardim. Men qaynonamni ham ruschasiga “mama” deb kelganman. Hozir ham ularni shunday chaqiraman. Onamni kayfiyati buzilib, biroz o’ziga kelgunicha indamay qolardi. Keyin qaynotam ular o’zbeklar, onamni xafa bo’lmasin deb bu so’zni to’g’rilab hazilomuz so’zlar bilan gap boshardi. O’zbekchilik ular urf-odatlarni mamamga qaraganda yaxshi bilardilar. Aslida qaynonam ham bu gapni unaqa tez keting yoki boshqa bir ma’noda emas, balkim agar ular bizni kida qo’nib qolmasalar zudlik bilan yengil ovqat, agar qo’nib qolsalar darrov kurtik iylab, tovuq katakdan bir xo’rozmi so’ydirib pishirtirib kelgan mehmonni ko’nglini olib jo’natish maqsadida, u kim bo’lishidan qat’iy nazar shu savolni har doim berib kelganlar. Onam ularni shu savollarini juda yoqtirmasdilar. Onamni menga bir qarashidan tushunib olardim. Men ham yangi kelin paytlarim bu savolni har xil mag’izda chaqqanman. Xafa bo’lgan kezlarim ham bo’lgan. Lekin qaynisingillarim va turmush o’rtog’im momamni xarakterlarini tushuntirgach keyin o’rganib ketganman. Bora-bora to hozirga qadar momam ham bu savolni kelgan mehmonlarga aytishdan qo’ymaydi, men esa bu savollarni eshitaverib ko’nikib ham ketganman. U paytlari uyga amma-yu, xolalar ham 2-3 kunga qo’noq mehmon bo’lib kelishar, mehr oqibatni shu qadar ko’pligidan rosa miriqib ayvonchada qaynotam bilan kechqurunlari suhbat qurishardi. Shu shu umrim davomida mana o’ris ayol bilan yashashga Ollohim meni bu g’urbatxonada yana giriftor qildi shekilli dedim hamxonam xonaga kirib kelishi bilan uning o’risligidan xabar topgach. Uni ko’rib mehribon qaynonam esimga tushib ketdi deng. U ham mukkasidan ketgan tamaki kashandasi ekan. 2022 yilning oktyabr oyining o’rtalari emasmi bir kun ob havo issiq bo’lsa, uch kun sovuq. Uning ustiga pochka deysizmi, suyak og’rig’imi, tish va oyoq og’rig’imi hammasidan bor. Tunlari ham mazam qochib uxlolmayman. Xonada faqat hamxonam ikkalamiz. Kunduziyam, kechasiyam shit etgan tovushning o’zi yo’q. Xona ham kichik desam kichikmas, tualetli, rakovinadan keladigan suvmi hammasi bisyor, hattoki issiq suv ham. Hamxonam kelganiga sal bo’lmay, oynani tamaki dudidan tozalash uchun ochaverganimdanmi rosa tish og’rig’im tutsa bo’ladimi deng. Men oynani yopish bilan, hamxonam ochish bilan ovoramiz deng. Tamaki ham kuniga 1 pachkadan ketayapti jonivor. Men esa jahlim chiqqanidan erinmay hamxonam chekkan sigaretalarni sanayman. Bu sigaretalar qachongacha kelarkan deyman ichimdan. Chunki buniyam uvoli bor-da. Men esa tamakiga umuman yo’qman. Allergiyani aytmaysizmi. U chekkan sayin men yo’talaman. Allohdan bir yuvoshgina, aqlli ayol so’ragandim, u ham mening nolalarimni eshitdi shekilli u yer senga ko’chamidi-ki tanlab-tanlab so’raysan deb, mana senga olaqol deya bir o’risni yubordi shekilli deb o’ylayman. Xullas, u bir kuni stol ustida bir nimani urib yubordi shekilli, men tunning yarmida uyg’onib ketdim. U bo’lsa voy uzr, uzr deb qoldi. Keyin indamay joyiga borib uyquga ketdi. Men esa uxlolmadim, bir uyg’onsam qarichilikmi, yana uyquni topolmayman. Unga qarayman hurrak otib maza qilib uxlayapti. U tomonga bir buralaman, hurak ham endi qo’shildi bu tomonga bir buralaman. Tonga yaqin ko’zim endi ilingan ekan, navbatchi xodim podyom deb baqirdi. Yaxshi uxlolmaganimdan boshim og’rib o’rnimdan erinibgina turib karovatim ustidagi postelni yig’ishtira boshladim. Qarshi unga qarab o’rgildim sening uzringdan deb qo’yaman ichimdan. Tursam xona yana dud kecha uxlashdan oldin xona oynasini ochib shamollatgan edim hayronman. Ertalab yana ochdim oynani, hamxonam shu payt gap boshladi kecha och bo’lganimdan pechenye yeb o’tirib bilmay stol ustida krujkamni urib yuboribman dedi xuddi undan bu tungi voqeani kimdir so’rayotgandek. Ha mayli zarari yo’q dedim yoqa yoqmas. U esa mening yoqtirmay gaplariga javob qaytarganimni ham sezmadi shekilli, ha bunday voqea endi bir necha kungacha davom etdi. Har kun xonada turgan pechenyelarga qarayman haliyam bundan 10 kun oldin taxlaganimizdek, qatori buzilmay turardi. Hayronman xonayam ertalabdan dudga to’lgan, balkim devorlar beton shundan bo’lsa kerak deyman gohida o’z-o’zimga. Har kun shu ahvol. Kunlarning birida yana yarim tunda ularning ehtiyotsizligidan uyg’onib ketdim. Jahlim chiqqanidan shunday sapchib o’rnimdan irg’ib turib, eshikni qo’ng’irog’ini chaldim. Xodim keldi, undan nachalnik soat nechchi bo’ldi deb soatni so’radim. U bo’lsa 2.00 deb javob berdi. Keyin xodimga rahmat aytib, joyimga qaytdim. Xonaning tutuniga chidab bo’lmasdi. Nima qilyapsiz yarim kechada yana tamaki chekyapsizmi dedim. U esa hayajonlanganidan mening savolimga nima deb javob berishni ham bilmay qoldi. Pechenyeni bahona qilay desa xona tamaki tutunidan to’la. Keyin bir oz sukutdan keyin ha chekyapman, uxlolmadim siqilib ketdim dedi uyalinqiragan ohangda. Indamadim, darrov oynani noiloj yarim holatda ochdim-u, joyimga borib yotdim. U ham xijolat qilganidan qo’lidagi tamakini ham oxirigacha chekmasdan tashlab joyiga kelib sal vaqt o’tgach yana oldingidek hurrak ota ketdi. Men esa yana ertalabgacha ko’zimni ochib unga enagalik qilib chiqdim. Endi uni meni aldab yurgani ochilib qoldi. Vot masala gde. Tong otdi. Podyom berildi. Uyg’ondik. Ertalabki nonushta ham keldi. Indamasdan hamma ishlarni yelib yugurib bajaryapti. Meni xafa bo’lganimni ham sezdi. Nonushta qilib bo’lgunimcha indamadim yana. Smena ham almashdi soat 9 ga yaqinlab qoldi. Smena starshiy xodimi yoqimtoy ekan. Uning ismi bizga noma’lum. U uzun bo’yli, gavdali, yelkalari keng, sochlari qora, rosa chiroyli, xushmuomalali bu yerdagi mahkumalarning hammasi uni juda hurmat qilishar edi. O’ziyam yoqimtoymisan, yoqimtoy edi-da. Rosa ajoyib yigitlar. Yoshlariyam 40 ga chamalab qolgan bo’lsa kerak. Biz qo’riqchi xodimdan starshiyni so’ragan edik. Birdan eshik okoshkasi ochilib, xo’sh qizlar qalaysizlar meni so’ragan ekansiz dedilar. Darrov okoshka yoniga borib ular bilan salomlashdik. Keyin ulardan xonadagi tokchalarni yuvishga bo’yimiz yetmaganligi sababli karovatni bo’shatib o’rnidan siljitib tokcha artish uchunligini tushuntirdim. Ular xo’p deb ruxsat berdi. Bir payt hamxonam ular bilan помогите пожалуйста олов дайте мне dedilar. Yoqimtoy ularni gaplariga kulib yubordilarda пожалуйста deb zajegalkasini yoqdilar. U tamakini olovga tutib yoqib oldi. Keyin men nachalnikga qarab, buni qoraqalpoqcha urishyapman rosa so’kyapman shu tamakisi uchun baribir u mening tilimni tushunmaydi dedim. Ular kuldilar. Bularni yolg’on ko’rsatma bilan ushlab oldim dedim. Narusheniyalari bor. Endi evaziga bugun kun bo’yi men bilan mehnat qiladilar nachalnik deb kuldim. Keyin ular okoshkani yopib ketdilar. Hazil huzul qilib bo’lgach, men jiddiylasha boshladim. Hamxonamga karovatni surishimizni aytishim bilan uning rangi buzilib menga xuddi yeb qo’ygudek qaradi. U mening yoqimtoyga aytgan gaplarimni bechora hazil deb tushunibdi. Biz tokchani yoniga karovatni surib olib kelgachgina u gaplarimni chin ekanligiga ishondi. Yoqar yoqmas chelakka suv quyib, tokchada turgan narsalarni stol ustiga olib qo’ya boshladi. Men ham uni nega ikkida meni uyg’otding, nega tuni bilan ham chekib chiqasan, sening kasringdan na kunduzi, na tunda toza havo yutolmayman, meni aldab yurgan ekansan deb urishib, aytishib ham yurmadim. Mana senga deb to tushgacha ishlatdim, o’zim ham unga g’azablanib ishladim. U mehnat qilib charchaganidan qora terga tushdi. Indamadim. Senmi qoraqalpoqni aldaydigan deb rosa ta’zirini gap bilanmas ish bilan berdim. U gapiray desa gapirolmaydi chunki aybi bor. Xullas u ham tishini tishiga qo’yib chidadi. Ishimiz tugagach, tokchalaram xuddi chinnidek yangi qurilganga o’xshab qoldi. Menimcha o’ziyam bir 20 yil chamasi yuvilmagan shekilli edi ko’rinishidan. Keyin unga qarab, mana endi yechildi narusheniyang dedim. Bu qilgan mehnating esingda tursin deb tanbeh ham berdib qo’ydim unga. Shu kundan boshlab u tuni bilan pechenye yemaydigan , men esa mazza qilib uxlaydigan bo’ldim. Vot masala gde. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling