Tahririyatga maktub


Download 256.56 Kb.
bet39/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Sog’inch yaproqlari.
Bugun sizga atab she’r yozdim, uni sizga yetkazishni shamoldan so’radim, unga ko’zlarimda yosh bilan o’qib berdim. Unga pichirladim, bu she’rni kimga yetkazishni aytdim. U o’zini u yon bu yonga tashlab eshitdi. Keyin ko’z yoshlarimni artgunimcha ko’zdan g’oyib bo’ldi. Eh yurak, yurak bunchalar tez uryapsan. Senga ashinyapman. Yillab hijronda yashadim, yurak. Sen yana yana unga intilyapsan, u-chi, u senga talpindimi? Nega har gal uni kechirging keladi, nega? Uni ko’rging, suhbatlashging, yuzlaridan silaging, tovushini eshitging keladi, kelaveradi. Har dam, har lahza, har on nega uni nomini qayta-qayta takrorlaysan, yurak. Meni qiynama, qiynama.
Taqdir taqozosi.
Ushbu hikoyani men uchun qadrli bo’lgan insonim B.Matkarimovga bag’ishladim.
Qoraygandan uzoq tog’larning qori,
Bog’larga cho’kkanda ohshomli tuman,
Sovuq kuz yelidan junjikib, nari-
Ochiq ayvon ostin etganda makon,
Do’stginam, xayolan quchaman seni,
Xazon davrasida kutaman seni.
Nimani xoxlayman? Istagim nima?
Changalzor shovqinin tinglab ko’raman
Yaproqlar bandida kezgan jimgina
Mayus va bezovta kuzni ko’raman.
Uning qo’shig’ida, uning ohida,
Sezaman odamzod, qalbi gohida.
Meni savollarga ko’mar daf’atan,
Xazonning taqdiri, so’nggi shovqini.
Ko’zimga ko’rinar umrim qaytadan,
Garchi surmakdaman bahor shovqini
Garchand yigit yoshim yashnab tursa ham,
Keksalik qismatin o’ylayman shu dam.

Shoir O’roz Haydarning ushbu she’rlarini kitobdan o’qir ekanman, odamzod umri xuddi shamoldek tez o’tarkan. Inson umrining har bir lahzasi, har bir harakati bitib qo’yilgan. U shu bitikdan tashqariga chiqolmas ekan. Ha taqdir, qismat haqdan. Ko’p vaqtdan beri bir yaqin insonim haqida hikoya yozgim kelib yurgan edi. Bu kungi ko’ngil selligi nimadan ekanligini ham o’zi tushunmay qoldim. Shu damda mening yaqin insonim sizni esladim. Nechukdir bag’rim o’rtanib kipriklarim ostida olov uyg’ongandek tuyuldi. Shu dam oynaga qarab, olis-olislarga osmon-u falakga tikildim. Bu yerda shulardan boshqa yana nimani ham ko’ra olardim. Xudo haqqi qayga nazar tashlamay baxtsizligimni ayon ko’raman dedim yana samolarga tikilib.


Bahtona yashash bu - kurashdan iborat ekan. Men ushbu kurashda yengildim, biroq singanim yo’q. Bilasizmi, yoningdagi yaqin insoning sendan uzoqlashsa, sen o’zingdan uzoqlashganingni kech sezib qolarkansan. Men esa xato qildim. O’ta noto’g’ri bosgan bir qadamim uchun hozir panjaralar ortida, to’rt devor ichida xazondek so’lib boryapman. Xazon esa inson umrini qadam-baqadam ta’qibga olar ekan. Odamzod “yashaginu, biroq yaproq bo’lma sen” - deb aytgim keladi. Xazon esa yo’qlikdan nishondir. Men o’lib o’lolmadim, yashab yasholmadim.
Shu tobda qalbimda chiroq yoqsa yorishmaydi. Faqat mening sirdosh do’stlarim yaratiqlarim bo’lib qolgan, xolos. Hayot esa menga buyuk murabbiy bo’ldi. Shu tobda sizni eslar ekanman, ko’zlarimga yosh oldim. Xudoyim qayg’uni ham baxt bilan omadni ham berganida imtihonini ham ayamas ekan. Tangrim ham suygan bandasini ko’p sinasa kerak deyman ba’zan, o’zimcha. Lekin bu yerdagi o’tgan har bir kun, har lahzada, har o’tmish xotiralarimiz meni tinch qo’ymadi. Mana sizni ko’rib yuzma-yuz uchrashib dildan suhbat qurmaganimizga ham necha yillar bo’libdiki haliyam sizni yuragimdan chiqarib tashlolmayapman. Negaligini o’zim ham tushunmayman. Sizning oldingizga qaytib borolmayman buniyam shu damda sizga tushuntirib berolmayman. Men faqat bir narsaga amin bo’ldimki, u ham bo’lsa, bu mening xatoyim. Hayot sen unga ozgina imkon berdingmi, demak u seni ayamas ekan. Menga Ollohim ko’p davlat, ko’p imkoniyat berdi. Lekin men bu davlat va imkoniyatni bir pulga qimmat insonlarga yaratdim. Buni o’zingiz bilasiz, ko’p marta guvohi ham bo’lgansiz. Men bir soddagina, do’st bilan dushmanni, yaxshi bilan yomonni farqlamas, hamma bilan chiqishib ketaveradigan ustiga-ustak ishonuvchan ayol edim. Bularniyam bilasiz. Men o’z qishlog’imda ota-onam bag’rida hech narsaga zoriqmasdan o’sib, ulg’aydim. Ularning duolarini olib turmushga chiqdim. Erga tegib, umr yo’ldoshimdan ko’rma
keyinchalik ularning mehr va sadoqatiga qoyil qolib o’zimning mana shu she’rimni “Ayolga qasida” - deb bitganman. Bizlar kun, oy, yillar o’tgan sayin bo’y cho’zib borardik. Keyingi yil aprel oyida akam armiya safariga xizmat qilgani ketdi. Bir oy o’tar o’tmas ulardan xat kela boshladi. Ota-onam akamlarni xatlarini o’qib, ko’z yoshi ham qilishardi.
Bahor oylari nihoyat bahor chechaklarining turfa hididan olam gurkiraydiki, osmonga tikilsangiz shunday moviy ko’rinadiki, ko’z tiksang nigohing sirg’alib ketadi. O’tlar o’sib tizaga o’rganidan odim tashlashdan cho’chiysan kishi. Xuddi o’tlar orasida bekinib yotgan ilonni bosib oladiganday yuragingni xovuchlab qadam tashlaysan. Momom har doim bahorda qishdan chiqqan chorva mollari ko’kga teggach, tezda oyoqlab semirib ketadi, bolalarni og’zi oqqa to’ladi degan gaplarni aytardi. Ha xuddi ular aytganidek bo’ldi. Oriq qo’y-qo’zilar, sigirlar ham et olib, junlari oftob nurida yaltiray boshladi. Aprel oylarida meva-chevalardan ta’m qochadi. Sumalakni hadeb yalayversang, zardangni aynitadi. Ota-onam akam haqida ko’p qayg’urishardi. Men o’sha paytlari ham akamlarga ishonardim. Chunki ular kuchli, sabrli mehribon va mehnatkash inson edilar.
Akamlar haqida she’r yoziladi.
Onam tirik paytlarida har doim akamga ular tushkunlikga tushib qolsalar yoki biron ishlari o’ngidan kelmasa har doim, Seni kim qo’llaydi? Xudo bolam noumid bo’lma. O’zinga suyan bolam faqat o’zinga. Birovga suyangan odam, bandaning soyasiga aylanadi. O’zingdan boshqa hech kim sening qo’lingdan tutmaydi. Qishloqda ko’z ham quloqqa aylanadi bolam esingda tut har doim derdilar. Shunday deb onam ovqat pishirish uchun gurillab yonayotgan o’choqqa tappi qo’qimini tashladilar. Onam o’sha paytlari tappilarni yig’ib qo’qim qilib yozning issig’ida quritib qo’yardi. Qo’qimni biz o’choqqa o’tin o’rnida ishlatardik. Onam o’ziyam rosa mehnatkash ayol edilarda. Ozoda hamma yerni chinnidek qilib yaltiratib qo’yardilar, havasing kelardi ularga.
Hash pash degunimizcha mana ikki yil ham oradan o’tib ketibdi. Shu orada akam armiyani bitirib keldi. Ular to’lishib, bo’ylari o’sgan, ko’zlari katta-katta ko’m-ko’k, baquvvat yigit bo’lib ketibdilar. So’ng ular safardan eson-omon kelganlariga ota-onam boqib qo’ygan jonlig’ini so’yib el-yurtga yaqinlarimiz, qo’ni qo’shnilarga osh berishdi. Akam eson-omon yigitlik vazifasini sog’-salomatlikda o’tab kelganiga hamma yaqinlarimiz quvonishdi. Tog’alar bir-bir akam bilan quchoqlashib ko’rishishdi. Uh-hu, rosa baquvvat yigit bo’lib to’lishib ketibsan-ku deyishdi. Esimdan chiqayozibdi akam armiyaga ketishidan oldin onam ularni tog’amlarning qizlariga uylantirib qo’yishgandi. Qiz yangam shaharlik juvon edi. Ular qishloq joyiga, ob havosi-yu urf-odatlarimizga hech ko’nikolmadi. Uning ustiga onam bilan tog’am o’rtasida eskidan adovat bo’lganmi bilmayman, ishqilib yangam akam armiyaga ketgach uydan narsalarini yig’ishtirib ketib qoldilar. Biz onam bilan tog’am o’rtalaridagi adovat haqida keyin eshitganmiz. Men u paytlari judayam yosh bo’lganman. Bunaqangi gaplarning farqiga unchalik borolmasdim, nima bo’lganini tushunmasdim ham. Yangam bilar ular olib ketardi ko’p marta uylariga ham borganman o’shanda. Tog’amlarni tanirdim lekin hozir ularni unchalik eslolmayman. O’sha paytlari yangamni bo’yida bo’lib qolgan ekan. Akam armiyada kezlarida o’g’il tug’dilar. Ismlarini Muzaffar qo’ydilar. Yangamiz qorachadan kelgan chiroyli, oriqqina, sochlari uzun ayol edi. Lekin shevalari boshqacha edi, ular gapirsalar men ayrim so’zlarini tushunmasdim. Hozir ular qayoqda, Muzaffar nima qilyapti, oilali boldimi xabarimiz yo’q. Chunki bordi-keldi bo’lmasa xabarini ham bilmaysan-ku odam. Akamni balkim xabari bordir, buniyam bilmayman. Hozirgi yangam ham chakkimas, qaytanga unisidan ham chiroyli tilidayam, dilidayam bor. Asosiysi juda muloyim, mehribon onamning Sotti kelinlaridan edi. Yangamni onam bechora og’zidan qo’ymasdi. Ulardan bir etak nevaralari ham bor. Hattoki evarasi ham dunyoga keldi. Yangam ham onamni judayam hurmat qilar xuddi ular qaynona kelinmas, ona-boladek edilar.
Ayollar haqida yoki ona haqida she’r yoziladi.
Ha akam armiyadan kelgach, onamlar ularga to’g’ri keladigan oilamizga mos kelin qarashlarini aytsalar ham akam hech ko’nmasdilar. Yoz kunlaridan biri edi, akam baliq ovlash uchun ariq bo’yiga yo’l oldilar. O’ziyam baliq tutishni rosa sog’inibdilar. Akam bizga qarab g’o’ldiraydilar. Biz akam ariq tomonga yo’l olishini ko’rishimiz bilan ular ortilaridan ergashib chopdim. Hayron qolasan bu tilsiz jonivorlar ham o’z oromgohlariga ega ekanlar-a yo tavba. Peshinga tomon bitta yarimta baliqni suvning yuzida suzib yurganini ko’rmasangiz, ko’pchiligi mudragani o’zlarini iniga urishyabdi. In deganimiz bu baliqlar to’planadigan joy edi-da. Gap esa mana shu inini topishda. Akam kelib ketib yurib birini sezib qolibdilar. Men suzishni yaxshi bilmayman shuning uchun ariqqa tushsam, har doim sayozroq joylarida yuraman. Bu safar esa suvga ham tushmadim. Akam tushdilar. Qirg’oqda to’rvani quchoqlaganimcha akamni kuzatardim. Indan baliq emas, ilon chiqib akamni chaqib olmasin deb qo’rqardim. Chunki ariqda ilon borini bilardim. Hattoki necha marta suzib borayotganini ko’rganman ham. Akam bo’lsa qo’lini suvda turib baliq iniga shunday tiqayapti. Yuragim taka-puka bo’lib ketyapti. Xuddi akam hozir qichqirib yuboradigandek. Akam baliq inidan qo’li bilan ushlab bir nechta baliqni qirg’oqqa men tomonga otdi. O’ziyam bilakga teng keladigan baliqlar edi. Hovliqqancha qichqirib baliqlarni qo’limdagi to’rvaga terib sola boshladim. Ularni kuchim yetmaganidan qo’limdan ham tushirib yuborardim. Qo’limdan otilgan baliqlar esa qumga tushardi. Bir amallab ularni to’rvaga solaman. Baliqni ko’pligidan to’rvani ko’tarishga ham kuchim yetmay qoldi. Bir nechta baliq tutdik. Baliq tez aynuvchan, u sucsiz turolmaydi.
Keyin akam qirg’oqqa suzib chiqdilar. To’rvani og’irligini ko’rib og’zini ochib uning ichidagi baliqlarga tikildilar. Ularni ko’pligini ko’rib rosa quvondilar. Keyin ko’tarib orqasiga tashladilar-u, uy tomonga qadam tashladilar. Uyimizga kelgach, hammamiz ularni bir-bir archib, maydalab qo’ydik. Men esa akamlarga qarashdim. Akam o’zlari o’choqda baliqlarni qip-qizil qilib qovurib dasturxonga tortdilar.
Qishloq hamda baliqlar haqida satr yoki she’rlar yoziladi.
Shu tariqa kunlar o’ta boshladi. Otam keyin akamlarni qishloqda bo’sh yurmasinlar deb shaharga borib akam bilan ichki ishlarga hujjatlarini topshirib keldilar. Bir kuni kimdir uy telefonimizga qo’ng’iroq qilib o’zlarini kadrlar bo’yicha ichki ishlarda ishlashini aytib akamni telefonga so’rayaptilar. Akam yugurib kelib, go’shakni ko’tardilar deb ism familiyasini aytib siz ishga qabul qilindingiz. Ertadan boshlab ishga kelishingiz kerak deb qoldilar. Bu xabarni eshitib hammamiz quvonib ketdik. Akam ham suyundilar. Otam bo’lsa, barakalla o’g’lim deb akamning iyinlarini, yelkalarini qoqib qo’ydilar. Yashavor ota o’g’il dedilar. Qishloqda shov-shuv gap tarqaldi. Bunday quloqqa yoqadigan gaplar o’zingizga ma’lum shamoldek tez tarqaladi. Hamma yaqinlar otamni va akamni tabriklab bir-bir kelib ziyofat yeb ketishdi. Akamni yoru-birodarlari, sinfdosh do’stlari ham chetda qolishmadi. Hammalari bu xushxabardan quvonchda edi. Bunday kezda dushmaning ham senga do’st bo’lgisi keladi. Bu haqda qariyalar bizdan-da yaxshi bilishadi. Ertasi kuniyoq akam ishga tushib ketdilar. Kechqurun formalarini kiyib qaytdilar. Akam juda quvonchda edi. Ota-onam ularni formada ko’rib oq fotiha berdilar yaratganimizga ming bora shukronalik keltirdilar. Akam o’z ishiga talabchan, chaqqon, to’g’riso’z, mard, mehnatkash ishlariga sodiq xodim bo’lganlar. Ularni eslab “Ichki ishlar xodimlari” - nomli she’rim esimga tushib ketdi.
“Ichki ishlar xodimlari” - she’ri yoziladi.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling