Tahririyatga maktub


Kim baxtsiz, baxtsizlikni yenga olmagan kishi baxtsiz


Download 256.56 Kb.
bet40/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

6. Kim baxtsiz, baxtsizlikni yenga olmagan kishi baxtsiz.
Onam har doim akamga otang hammani o’ziga do’st tutaveradi. Tovog’ida bir siqim osh qolsa, chorlab og’zilariga tiqardi. Ularning ko’pchiligi otalaringa do’st yoki dardkash emas. Otangning pokligi hamisha o’ziga pand berib kelgan. Ular ishonuvchan odam. Kim nima desa ishonib ketaveradilar. Sen otangdek, bo’lma bolam tovog’ingdagi aziz taomingni eng yaqin do’stinga tut. Ertaga og’ir kuningga yarasin u. Hech bo’lmaganda qabring qoshida bir-ikki tomchi ko’z yosh to’kishga yarasin u. Aslida hayot cheklanmagan - imtiyoz. Sen o’sha imtiyozdan foydalanishing kerak. Hamma vaqt haloldan top, o’girlikdan topganing buyurmaydi. Biring ikki bo’lmaydi, kosang ham oqarmaydi. Otang o’zi och qolsayam, o’zgalarni baxtiyor ko’rishni istardi. Shu boismi, uning o’rtoqlari ko’p edi. Shu soddaligi ham otangga ko’p pand bergan. U ustomonlikni ham bilmasdi, yolg’on ham gapirolmasdi. Uning taqdiri ham yomon bo’lmadi, bundan ko’pam nolimayman, men hamisha ularni ayab otangga mehribon bo’lib kelganman. Ularni ko’p qayg’urardim. Onamning akamga aytgan bu gaplari meni ham o’ylantirdi. Onam bilan akamning suhbatlarini pinhona tinglar ekanman, ko’zlarimda ularning gaplaridan yosh qalqiydi, ammo bu ko’z yoshlarni ularga sezdirmayman. Yillar tutqich bermas qasoskor ekan. Mana hozirda 50 dan oshdim. Ammo ular bilan kechgan damlarim xuddi kecha yuz bergandek go’yo. Yoshlikning beg’ubor quvonchi shu kunlarda ham yuragimga cho’g’ tashlaydi. Oradan yillar o’tib o’z hayotimiz etagiga o’ralib qolishimiz chin. Gohida momolarimning marhumni ko’p eslab yig’lab dod-faryod qilib uning diydoriga shoshilganni u o’zi bilan olib ketarmish degan gap so’zlarni ko’p bora eshitganmiz. Ro’zigul xolam ham onamning vafotidan keyin qattiq qayg’uga chumib og’ir betob bo’lib qolgan edilar. Balkim haqiqatdan ham momolarim aytganidek, ular onam yonlaridami-kin degan fikrlar ham xayolimdan o’tadi. Chunki ular hayot ekanligida biron joyga bormoqchi bo’lsalar hech ham ajralishmasdi doim birga edilar.
Yozgi ta’til tugab yangi o’quv yili ham boshlandi. Oradan ikki hafta o’tar o’tmas sinf rahbarimiz hammamizni yig’ib ertadan boshlab paxtaga chiqasanlar deb qoldi. Ertasi kuni bu gapni ota-onamga aytdim. Ularning ham bu gaplardan xabarlari bor edi. Otam ham bizning paxta xo’jaligiga borishini aytib qoldilar. Men esa ularga paxtaga borsangiz brigadirdan biz uchun ham etak so’rab olishlarini iltimos qildim. Shu kunni o’zidayoq otam uyga biz uchun bir nechta etak olib kelib bizning qo’limizga berdi. Men singlim bilan ertasi kuni ertalab barvaqt uyg’ondim-da, etaklarimizni olib paxta xo’jaligiga yo’l oldik.
O’sha davrda maktabimiz 10 yillik edi. Yuqori sinfda o’qiydigan hamma bolalar paxta yig’im terimida qatnashishlari shart edi. Hech bir inson paxta siyosatiga qarshi chiqolmasdan hatto yosh bolali ayollar ham paxtaga chiqishlari shart edi. Barcha yuqori sinf o’quvchilari-yu, xotin-xalajlar hattoki ishga yaraydigan momolar ham paxta yig’im terimida qatnashishgan. Sinf rahbarlarimiz, o’qituvchilar va shu jumladan otam ham ertalabdan to qorong’u tungacha paxtazorni aylanishgani-aylanishgan edi. Paxta brigadiri juda jahldor qorachadan kelgan, qoshlari qora burgutsimon, gap orasida so’kib baqirgani-baqirgan edi. Men ulardan judayam qo’rqardim xayolimga ular menga baqirayotgandek tuyulardi o’shanda. O’sha kunlari paxta terimiga birinchi marta chiqishim edi. Etakniyam qanday taqishni bilmasdim, ayollar o’rgatib qo’yishgandi. Oppoq paxtaga etakni osib endi qo’limni uzatganimni bilaman, barmog’im o’tkir chanoq uchiga qadalib, qon sizib chiqib achishdi. Dardim ichimda hech kimga aytolmayman na yig’lay olaman, atrofga olazarak qarab tikilaman. Barmog’imni achishiga chidolmay, sekin uni so’ra boshlayman. Yonimda singillarim narigi egatda esa qo’shni bolalar va qizlar paxta terishardi. Sekin ularni boshimni poyalardan tiklab kuzataman. Shu payt tepamizdan g’arillab samalyot uchib o’tdi.
Samalyotni o’shanda yaqindan ilk bor ko’rishim edi. Paxta terishni esimizdan chiqarib anqaygancha hamma bolalar samalyotni izidan qarab qichqirdik. Keyin samalyot yana aylanib kelib pastlab ucha boshlardi. Va suyuq dorini ustimizdan yomg’irdek yog’dirib o’tardi-da, yana balandlikga ko’tarilardi. Ust boshimizdan va etakdan sassiq dorining hidi anqirdi. Quyosh botib shom qalin qizg’ish soya tashlagandagina egatdan bosh ko’tarardik. Har kim tergan paxtasini telejka yoniga ko’tarib borib torozida torttirardi. Shunday qilib har kuni paxtaga chiqaverib, terish usulini ham o’rganib oldik. Paxtani ko’p tergan kunimiz mehnat zavqidan o’zgacha shukuh tuyardik. Uyga borib ota-onamga aytib, rosa maqtanardik. Paxta terib yiqqan pullarimizga esa oyim yig’ib qo’yib, o’zimizga kiyim-kechak va kerakli narsalarimizni xarid qilib olib berardi. O’sha vaqtlari paxta yig’im-terim to dekabr oyigacha cho’zilib ketardi. Keyin yana maktablar ochilib, o’qish boshlanardi. Hamma o’quvchilar quvonib eski maktabimizga yo’l olardik. Paxta yig’im terimidan olgan taassurotlarimizni va qiziqarli voqealarni bir-birimizga aytib berib miriqib suhbatlashardik. Hammamiz bir-birimizni rosa sog’inganmiz. Chunki o’quvchilar ham yashash manziliga qarab brigadalarga bo’lingan edi. O’qituvchilar ham xuddi shunday. Mana necha oy bo’ldi-ki, endigina bir-birimizni ko’rib turibmiz. Bir -birimizga aytadigan, gapiradigan gaplarimiz ham yig’ilib qolgan.
10-sinfni tugatishimizga ham sanoqli oylar qoldi. Hamma o’quvchilar so’ngi qo’ng’iroqqa tayyorlanishyapti. Hammamiz hayajondamiz. 31-ta qaldirg’och , 31 ta tarafga qanot qoqib uchib ketamiz. Hammamiz mustaqil hayotga qadam qo’yamiz. Orzularimiz esa bir dunyo. Kimdir doktor, yana kimdir vatan qo’riqchisi, kimdir bankir bo’lmoqchi men esa o’qituvchi bo’lib ota kasbini egallamoqchiman. Lekin qayerda bo’lmaylik o’tmish bolaligimizni, o’quvchilik kelarimizni, eski maktabimizni qumsaymiz, sog’inamiz.
Mana bitiruv kechasi ham yetib keldi. Hammaning yuzida nim tabassum. Sinf rahbarimiz va maktab direktorimiz kechada o’z tabrigini bildirib bizga keyingi hayotimizga oq yo’l tiladilar. Oxirgi qo’ng’iroq ham chalindi. Biz hammamiz yig’lab xayrlashdik. Kimdir o’qishga shaylanar, yana kimdir qishlog’imizda qolib, o’z hayotini davom ettirmoqchi, ota kasbini davom ettirib hunar o’rganmoqchi. Ota bobolarimiz “Hunar - hunardan rizqing unar” - deya bejiz aytishmagan. Traktorchi, yoki shofyor bo’lmoqchi.
Qishloq yoki hunar haqida she’r yoziladi.
Shu orada bir necha oylar o’tdi sinfdoshlarimizning ayrimlari turmushga chiqishdi, kimdir uylandi. To’y ustiga to’ylar boshlanib ketdi. Men ham ayrim sabablarga ko’ra o’qishga ketolmadim. Shu orada ovul oqsoqolining o’g’liga turmushga chiqdim. Oldiniga hayotim o’zimga xuddi yaxshi ketayotgandek tuyulgan edi. Mendan keyin singlim Bozatauga turmushga chiqib, sirtdan NDPI ning o’zbek tili adabiyoti fakultetiga o’qishga kirdi. Ham o’qiydi, ham ishlaydi bir tomonda oilasi. Qaynona qaynota deganidek. Kichik singlim ham aynan shu fakultetni bitirib, NDPI ga o’qituvchi bo’lib ishga kirdi. Men esa shu orada 3 ta farzandli bo’ldim. Lekin katta o’g’lim Botirjon tug’ilishi bilan bu dunyodan o’tdi. Ikkita o’g’lim bilan bir necha yil turmush o’rtog’imnikida yashadim. Lekin bo’lmadi, ayrim ayrim sabablarga ko’ra ular bilan ajrashdim. Qaynotam yaxshi inson edilar. Oliyjanob, mehribon, to’g’riso’z, kulib turgan yuzlaridan nur yog’ilardi. Mehmondo’st odam edi. Qaynonam rus ayollaridan edi. Lekin o’zbekchani yaxshi bilardi. Ular bilan haliyam yaxshi bordi-keldi qilamiz. Hanuzgacha bir-birimizdan qo’l uzmaymiz. Qaynotam bir necha yil bo’ldi og’ir kasallikdan vafot etdilar.
Shifokorlar ularni hayotini saqlab qololmadi xudo rahmat qilsin! U kunlarni eslash naqadar og’ir. Qaynotam vafotidan oldin uyga ularni bolalar bilan borib ko’rib qaytdim. Judayam o’zib ketibdilar. Ularni ko’rib ahvollariga ichim tutab, burqib yondi. Onam ularni juda hurmat qilar, yaxshi inson derdilar har doim. Hech kimga birldirmay, essiz shunday odam deb qo’yardim. Qaynotamning vafotidan keyin qaynonam keksardilar. O’zini biroz oldirib qo’ydilar. Turmush o’rtog’im qaynonamning eng sevimli fazandlaridan biri edi. Ular ham otalariga ich-ichidan kuyindi shekilli. Qaynotamning o’limi, qaynonamni juda to’kib qo’ydi. Biznikiga tez-tez kelib, ho’ngrab yig’lab ham olardi. Ularning ahvollariga ichim achirdi, “o’zingizni qiynamang” yetar endi deb yuboribman, bir kuni yuragim orqaga tortib ketdi. Bu safar ularning qiynalishlariga toqat qilolmadim. Qaynotamga ular juda suyanib qolgan edilar. Chunki ularning ota-onasi allaqachon bu dunyodan o’tib ketganlar. Faqat singillari bor ular ham Moskvada yashaydilar. Qaynotam armiya xizmatida yurgan kezlari ular tanishib, sevishib qolgan ekanlar. Mana shundan beri necha yillar o’tdi-ki qaynonam bu yerdalar. Ular yosh kezlarida qaynonamning singillari har zamonda bir kelib ketishar ekan. Mana endi farzandlaridan bo’lak hech kimi yo’q. Oramizda to hozirgacha hech qanday gina, gudra o’tmagan. Ular meni, men ularni hurmat qilardim, yaxshi ko’rardim. Har doim bir gaplarini ikki qilmaganman. Men ular bilan 10 yil birga yashadim. Qaynonam ham juda sodda, mehnatkash ayol edilar. Ular yillar davomida o’zbeklar orasida yashab o’zlariga bir qancha do’stlar, tanishlar, quda-anda-yu, amma-xolalar orttirdilar. Hamma yaqinlari ularni yaxshi ko’rishadi. O’tmishimni eslar ekanman, Rustam akam umr yo’ldoshim esimga tushib ketdilar.
Sevgi, baxt, ajralish haqida she’r yoziladi.
Onam tez-tez kunning issig’ida hovli oldiga idishlarni olib chiqib, kul bilan yuvib tozalaydigan odatlari bor edi. Bu odatlarini qo’shnilar ham bilardi. Bir kuni qo’shni ayol ular bilan salomlashib yonlariga kelib o’tirdi. Ikkalasi bir qancha vaqtgacha uzoq suhbatlashishdi. Onam idishlarni birini olib yuvib, birini qo’yar qo’shni ayolning esa og’zi tinmay gapirardi. Ularni uzoqdan kuzatdim. Ular menimcha gapni men to’g’rimda gaplashishardi. Qo’shni onamga “birinchi baxting, oy baxting” deb soldi. Onamning esa bu gapga jahli chiqdi shekilli o’rinlaridan turib ketdilar-da bir aylanib yana joylariga kelib o’tirdilar.Onam endi indamay qo’shnining gaplarini eshitishda davom etardi. Bunday gaplarning salmog’ini esa yoshing ulg’ayib borgach anglarkansan kishi. Qishlog’imizda folonchi bilan pistonchi ajrashibdi, baxti kelishmabdi degan gaplar kamdan kam eshitilardi. Eshitilsa ham bu gaplar har bir oila uchun isnod edi o’sha paytlari. Bunday gaplar esa qishloq joylarida xuddi shamol kabi tez tarqalardi. “Teng- tengi bilan, tezak qopi bilan” degan naql bor xalqimizda. Qadimda oilalarni o’zaro bog’lanishida bu naql hayotiy mazmun kasb etganligi to hozirgi kunga qadar malum edi.Adashib tengi bo’lmagan oilalarga turmushga chiqqan qizlarning fojeasi tezda ko’zga tashlangan. Ana shunday qizlardan bir men-man. Ikkita o’g’il farzandlarimni yetaklab ota hovlimga qaytib kelish bu men va ota-onam, oilamiz uchun isnod deb bilganman o’sha paytlarida. Ota-onam ham menga bildirmay qattiq qayg’uga botdilar, afsuslandilar, o’zlarini aybladilar. Qishlog’imizdagi ayrim “Ko’cha xandon - uy zindon” - qabilidagi oilalarda ham tez-tez urish-janjallar chiqib turgan. O’tgan umrimni esga olar ekanman, xotiralarim xuddi qayta uyg’ongandek, tuyuldi go’yo. Ayniqsa o’sha paytlari meni bolaligimdan tortib to ota hovlimdagi og’ir kunlarimda ham meni davolagan, menga xuddi otamdek yordam qo’llarini cho’zgan Ganjavoy akam xotiralarini bir zum eslab o’yga cho’mdim. O’sha paytlari bunday isnodni ko’tarolmay to’shakda mixlanib xuddi og’ir dardga chalingan odamdek yotib qolganman. Dunyo ko’zimga tor ko’ringan.
Men uchun hayot to’xtagandek edi go’yo. Hattoki tuz ham totmay qancha kechalarni o’tkazganman. Yig’idan bosh ko’tarolmay, so’nib bordim. O’sha damlarim ular menga darmon bo’lganlar, hayotga qaytarganlar. Keyinchalik ular atab ________ nomli she’rimni bitganman.
Qishloq doktori haqida she’r yoziladi.
Ular nafaqat menga balkim boshqa-da bir qancha insonlarning dardlariga darmon bo’lgan doktor edilar. Men yoshligimda har doim doktor bo’laman derdim. Doktor bo’lishni judayam ozru qilardim. Lekin o’qishga kirolmasligimga ko’zim yetgach, boshqa institutga topshirganman o’shanda. U paytlari tibbiyot institutga kirish juda qiyin edi. Hozir ularning umr yo’ldoshlari Marupo ona tiriklar. Baxtli qarilik gashtini farandlari oldida surmoqdalar. El kayvonilari. Qo’sh-qo’shdan kelin tushirib, bir qancha nevaralarini turmushga uzatganlar. Bu kunlarni Ganja akamiz ko’rolmay ketdilar. Ilohim joylari jannatlarda bo’lsin deb tilovat o’qiyman. Ularni biz tengi o’g’il va qizlari bor edi. Ular bilan baxtli bolaligimiz sho’x va o’yinqaroq kunlarimiz birga o’tgan. Ularni tez-tez eslab turaman. Mana bir necha yil bo’ldiki ularni ko’rolmadim. Qizlarini oldilariga bir borib ko’rib ketish niyatim bor edi.
Onamlar tirik paytlarida Marupo opa va qo’shnilar yig’ilishib bahor kelishi bilanoq darrov uyimizda sumalak pishirishardi. Katta-katta doshqozonlarga qarab momolarimiz duo qilib to, ertalabgacha o’yin-kulgi bilan qo’shnilar sumalak pishirishardi. Butun qishloq ahli bu damda ko’klamga nazm va navo zavqidan cheksiz qalblariga farog’at tuyardi. Uyimiz yaqinidangi katta ariqning shovullagan tovushi esa quloqqa yanayam yoqimli eshitilardi. Turfa qushlarning esa bog’imizda chiyillab sayrashidan qalblar jo’sh urar xuddi ularni yoqimli tovushini ilk bora tinglayotgandek, edim go’yo. Bir tomonda esa sollanib turgan mevali daraxtlarga ko’z yugurtiraman qani edi shu damda momolarim ham bu farog’baxsh kunlarni ko’rsalar edi deyman o’zim-o’zimga. Bu manzaralarni ko’rib go’yo qalbim yorishdandek tuyuldi. Hozir o’sha kunlarni eslasam, onajonimning gaplari esimga tushib ketadi. Ular har doim biz farzandlariga “halol mehnat qilgan odam qul bo’lib qolmaydi hech zamonda. Peshona teridan topganing xazinang. Bog’ qilgan, mevasini yeydi degani-degani edi. Ko’pchiliklar uyini oldida qudug’i bo’la turib ham daraxt ekishmaydi. Saratonda o’tirishga soya topisholmaydi, ko’rib xunob bo’lasan kishi. Navro’zda momolarim xirgoyi qilib qo’shiq aytishadi. Sumalak boshida ularga jo’r bo’laman.
Bahor, Navro’z, sumalak haqida she’r yoziladi.
Bobolarim esa Navro’zda yolg’on gap gapirilmaydi, o’ynab gapirsada odam o’ylab gapirishi kerak bo’ladi. Navro’z qanchalik shod hurramlikda o’tsa, shunchalik kunlarimiz xushvaqtlikda kechadi. Yeru falakda haminqadar saxiy bo’ladi!
Osmonu falakdan yomg’ir ko’p yog’sa, yeru zaminda xosil ko’p bo’ladi. El-yurtimiz kelgusi Navro’zgacha xushvaqtlikda kun kechiradi, rohat-farog’atda odamlarimiz yashashadi degan gaplari hanuzgacha yodimda. Hikoyamizning shu yerida qishlog’imizda o’tkazgan Navro’z ayyomi ko’z oldimda namoyon bo’ldi. Undan to’lqinlanib esa o’zimni “Navro’z ulug’ ayyom” - nomli she’rimni bitgandim. Uni o’qigan sari qishlog’im esimga tushadi.
Navro’z, vatan haqida she’r yoziladi.

Iqror. I-qism. O’zim haqimda


Vaqt shunday hukmron kuchki, u zamonni ham odamni ham o’zgartiradi.
Inson ne qilsada, qiladiki illo oxiratda shunga munosib ajir oladi. Qalbimda tug’ilgan ushbu satrlarni yolg’iz qolganimda, takror va takror o’qib chuqur qayg’uga cho’maman. Inson umrining har bir lahzasi, har bir harakati bitib qo’yilgan. U shu bitikdan tashqariga chiqolmaydi. Ha taqdir qismat haqdan.
Taqdir taqozosiga qarangki, men haliyam bu g’amxonani tark etmadim. Shahargul yangamni o’limi haqidagi xabarni eshitganimdan beri hech o’zimni o’nglolmayapman. Joylari jannatda bo’lsin ularni deyman. Onam va Ro’zigul xolamlar vafot etganlarida ham xuddi shunday ahvolga tushgan edim. Har doim biron qarindoshimizning uylarida to’ymi yoki biron marakadami Ro’zigul xolam Shahargul yangam va yangamning opalari Erkin yangamlar yig’ilishib qolishsa, o’sha yig’in har doim hazil-huzul, o’yin-kulgu bilan o’tardi. Ro’zigul xolamlar yangamlar bilan ularni yaxshi ko’rganlaridan tegajoqlik qilib hazillashgani-hazillashgan edi. Mana endi Ro’zigul xolam va Shahargul yangamlar bu dunyoni tark etishib, onajonim yonlariga Ollohimning dargohlariga mag’firat bo’ldilar. Erkin yangam ham hozir to’shakga mixlanib qolganlar. Og’ir betoblar, bu g’amxonadan ozodlikga chiqsam albatda ularni ko’rishga uylariga boraman. Erkin yangam bilan Shahargul yangamning uylari bir yerda opa-singillar ikki aka-ukaga kelin bo’lishgan edi. Mana shu o’tgan kunlarni shirin xotiralarni tez-tez eslayapman. Eslaganim sari yuragim to’lib, o’ksib-o’ksib yig’lab olaman ba’zan. Ba’zan o’z ijodimga berilib o’zimni ham chalg’itaman. Ijodkorning ishi esa o’zingizga ma’lum, o’z iqtidoridan kelib chiqib, bilganini yozish. Unga bahoni esa siz aziz kitobxonlar berasiz. Mana kuzning ham ikkinchi oyi tugashiga sanoqli kunlar qoldi. Ba’zan himoyachim oldiga chiqsam oynadan tashqarini kuzatib olaman.
Oyna tagida katta mevali daraxtlar ko’rinadi. Ular kuzning mayin shamolidan daraxt novdalari u yoq bu yoqqa tebranib, oltinday xazon yaproqlar oyoq ostida ezilib hazin ingrayotgandek tuyuladi kishiga.
Hech bir inson umri shu hazin yaproqdek bo’lmasin ekan.Gohida o’sha yaproqlarga tikilib o’yga cho’mib ketaman. Onajonim tirikligida har doim men mabodo bu dunyoni tark etib ketsam bolalarim yaqin va uzoq qarindoshlardan xabar olib turinglar. Meni yo’qligimni bildirmanglar. Bo’lmasa ularning dili og’riydi, Sapura momoyimiz hayot bo’lganlarida bizdan xabar olardi, bu qizlar kimga o’xshaydi deyishmasin qizim derdilar. Biz qizlarga “Qur’oni karim” - kitobining Rad surasi 21-oyatida berilgan siylayi-rahim qilmagan ya’ni qarindoshlaridan aloqani uzgan odam jannatga kirmaydi. Siylayi-rahim bu uzoqlashib ketgan qarindosh holidan xabar olishdir deb tushuntirar edilar. O’zlari ham ushbu oyatga har doim amal qilib yashaganlar. Yaqinlarimiz bu dunyoni tark etgani bilan, hayot to’xtamas ekan. U davomiydir.
Onam ketdi hayot to’xtab qoldimu,
Yangam ketdi, bir bor qilt etmadi ko’k,
Xolam ketdi mehrin izlab toldimmi.
Xotiralar aytib, davom etar tiriklik.
Shu tariqa kunlar, oylar o’ta boshladi. Kun sovub, yomg’irli kunlar davom etar, men esa o’z qayg’u hasratlarim bilan ovora edim. Kunlarning birida o’g’lim va ikkala singlim bilan ham telefonda gaplashdim. Ularni juda sog’ingan edim. Tez kunlarda bu g’amxonani tark etishimni aytgan edim, ular juda quvonishdi. Ayniqsa o’g’lim unga har gal qo’ng’iroq qilsam onajon shu oyning oxirida kelasizmi, deb so’rayverib oli-jonimga qo’ymayapti. Juda sog’ingan bo’lsa kerak deb o’ylayman. Men ham ular bilan gaplashib hol-ahvolini bilgach, ko’nglim tog’dek ko’tariladi. Men ham sabrsizlik bilan o’sha yorug’ kunlar kelishini kutayapman. Kuzning salqin havosi odamni tanasini junjiktiradi. Namxush havo rosa suyakni og’ritadi. Tunlari og’riqning zo’ridan yaxshi uxlolmayapman. Ba’zan yarim tunda uyg’onib, ko’zim ochiq holda tongni otishini kutaman. Odam kun bo’yi ishsiz zerikar ham ekan. Yaxshiyamki-ki, ijod bilan shug’ullanaman. Bo’lmasa rosa zerikardim. Bu yerdagilar kimdir kitob, kimdir gazetalar o’qiydi, ba’zilar esa shaxmat va shashka o’yinlari bilan band bo’lishadi. Boshqa nimayam qilishardi. Goh goh sudga, tergovga borib kelishadi. Ana shunday tarzda kunlarimiz, oylar bir pasda o’tib ketadi.
Xo’rlikdan titragan oppoq yuzimni,
Qaynoq ko’z yoshlarim yuvib ketadi,
Tikildim g’amgin, mayuz oynaga
Yillar yelib o’tar, hamrohim sukut.
Jonim omon ekan, umid so’nmagay.
Shu kunlarda yuragim juda g’ash, o’zim ham bunchalik g’amlik sababini tushunmayapman. Yoki ozodlikga chiqib ketishim yaqinlashib kelayotgani sababmi bilmadim. Hamxonalarim ham juda ko’p tashvishlaniyapsiz, g’amlaringizni bundoq tashqariga chiqarib gapiring, biz tinglaylik. Shundoqqina so’lg’in chehrangizdan nimadandir bezovtalanib yurganingiz bilinib turibdi deb har kuni so’rashadi. Nevaralarimga ham ko’p tashvishlanayapman. Ayniqsa Rossiya davlatida yurgan o’g’limning ahvolidan xavotirga tushaman. Radioni yoqib berishlarini kutaman. U yongach “Poytaxt” kanaliga qo’ydirib yangiliklarni eshitaman. Gohida xayolimga kunning o’tishi ham bora-bora cho’zilib borayotgandek tuyuladi go’yo. Xayriyatki xodimlar yaxshi, birontasi ham yomon gapirmaydi. O’z ishini yaxshi bilishadi. Hozir xonada uchta ayolmiz. Gohida tushkunlikga tushib qolsak bir-birimizga dalda beramiz. Kun bo’yi suhbatlashamiz. Kunlar ham goh soviydi, goh yomg’ir deganlaridek. Kechadan beri kimdir derazamizga yaqin joyda kuzning shamolidek xazon bo’lgan barglarni supurgi bilan yig’ishtiryapti. Barglarning shitirlashi quloqqa chalinadi. Deraza balanligidan hech narsa ko’rinmaydi. Faqat tovushini eshitasan xalos.
Hamxonalarim kitob o’qishni juda yaxshi ko’rishadi. Qiziq, va ta’sirchan joylarini bir-birimizga o’qib beramiz. Ba’zan har xil mavzularda tortishamiz ham. Hamma o’z fikrini aytib bildiradi. Men esa gohida ularga qarab o’ylanaman. Mening kitoblarim qachon bosmadan chiqarkan deb o’ylayman. Ularni ham xuddi shunday sevib o’qilishini xoxlayman. Mabodo chiqmay qolsa-chi? Deb o’z-o’zimga savollar ham berib qolaman. Bunday bo’lishi mumkin emas deyman ba’zan. Gohida hamxonalarim bitiklaringizni o’qing, yangi she’rlaringizdan bo’lsa bir o’qib bering-chi ko’nglimizni bir ko’taraylik deyishadi. Men esa bitiklarimni qo’limga olib o’qib beraman. Ular ham eshitib quvonishadi. Ozodlikga chiqsam to’pa-to’g’ri hamma ishimni qo’yib nashriyotga boraman deyman. Balkim, ular menga yo’l-yo’riq ko’rsatar, birob-bir tashkilot rahbari yordam berar deb o’ylanaman. Ba’zan mahkumalarning bu g’amxonadagi kechmish hayoti kimga ham kerak deyman-u shaytonga hay beraman. Chunki oldinlari kitob yozmaganimga-mi, ba’zan bu qo’lyozmalarni yozishga yozaman-u, ertaga ozodlikga chiqib birontasiga o’qitsam, bu yozganing bo’lmaydi deyishsa-chi deb hadiksirayman. Keyin nima bo’lsa bo’lar deb yana yozishga o’tiraman. Xayriyatki, xonada hech kim tamaki chekmaydi. Bo’lmasa, suyak og’rig’iga yana allergiya ham kelib qo’shilardi. Bir kuni tishim qattiq og’ridi. Kuzda tish og’riq zo’rayadi. Kimni qaramang tish og’rig’idan noligani-noligan. Keyin meni tish doktorga olib borishdi. O’ziyam doktor ko’rib bir emas opa uchta tishingizga ham kasallik tegibdi-ku? - deyishini bilaman tish og’riqi oq xalatli yigitni bu gapidan keyin to’xtadi qoldi. U bir amallab tishimga qayta-qayta ukol qilib eng katta tishimni ingrashimga ham qaramasdan qo’pordi oldi. Bilmay ham qoldim. To’xtab turing ukoldan keyin hozir tayyorlanib olay debman. U bo’lsa, qanaqa tayyorgarlik opa mana bo’ldi olib tashladim-ku deb jilmaydi. Voy baraka toping, men hali endi tishimni qo’porib tashlaydi desam dedim-u rahmat aytib, xonadan chiqib ketdim.
Qolgan ikkala tishimni og’riqiga qaramadim ham qo’rqqanimdan. Shundan keyin oradan kunlar o’ta boshladi. Odam hamma qiyinchilikga chidab boraverar ekan. Yashash esa bu kurash deganidir. Men bu kurashda ozgina egildim, lekin singanim yo’q. Ozodlikga chiqsam, yana kurashib yashayman. Orzularimning esa chek-chegarasi yo’q. Ularga erishish uchun qo’limdan kelganicha harakat qilaman. Noyabr oyini kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Ha demay, 8-dekabr ham yaqinlashmoqda. Hamma mahkumalar tunu-kun Allohdan Prezidentimiz Konstitutsiya bayramiga Avf berishini, bizni barcha mahkumalarni bag’rikeng xalqimiz va yurtboshimiz kechirishini so’rab toat-ibodatga yiqilishgan. Ungacha bir oydan ortiq vaqt bor. 8-dekabr Konstitutsiya bayramini hamma mahkumalar ko’tarinki ruh bilan kutib olmoqda. O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qarorlarni gazetadan o’qib muntazam ravishda tanishib borayapmiz. Umid qilayapmiz, ozodlikga intilayapmiz. Ona yurtim Qoraqalpog’istonni juda sog’inganman. Unga atab shu kezda “Vatanim” - nomli she’rimni bitdim.
Vatan suratini chizmoq istayman,
Unga mos ranglarni topmoq istayman,
Lek qanday chizaman tinmay o’ylayman,
O, Yurtim chiroyinga boqib to’ymayman.
Chizaman men sening go’zalligingni,
Ayting-chi bundayin chiroy qayda bor deyman
Eng ezgu tilaklar bunda mujassam,
Unga mos bo’yoqlar, qayda bor deyman.
Tonglari kuladi go’dakdek mayin,
Quyosh nurin sochadi, erkalab tag’in,
Hammayoqda ufurar, gulu-chechak atri
Vatan xayolimdan ketmas erkalashlaring.
Yurtim bahorlaring, umrimga bezak,
Qo’shqo’llab ularga mehrimni berdim.
Ayniqsa bu yerdagi o’tkazgan so’ngi bahorim,
51-bahorni yutib qo’yajak.
Mana noyabr oyi ham kirib keldi. Tashqarida kun bo’yi jala quydi. Osmonu falakni bunday kezda qop-qora bulutlar o’rab olardi. Bu yerdan esa oynaga tikilsangiz faqat tomchilayotgan yomg’irninggina shitir-shitir qilgan tovushigina quloqqa chalinadi xolos. Yomg’ir tinmay shovvos quygani sabab, hattoki bugun sayrga ham chiqa olmadik. Bu yilgi kuz oyi seryomg’ir keladi shekilli, kun bo’yi yomg’ir tinmadi dedi xomush tortib hamxonam ham. Bunday kezda odam juda holsiz kun bo’yi xuddi charchagan odamdek cho’zilaverarkan. Bizga baribir yomg’ir yog’sayam, yog’masayam biron joyga borarmidik dedi yana oramizdagi bir oz sukutdan keyin o’z karovatida uzalasiga cho’zilib yotgan hamxonamlardan biri. Odamning yuragi siqiladi, tong otishidan kunni botishiga oshiqasan kishi. Qaniydi, shu kunlarimiz ham tezroq o’taqolsaydi dedi yana oynaga tikilib. Shom namozi o’qilishiga ham yaqinlab qoldi dedi o’rnidan qo’zg’alib. Shu payt qo’qqisdan eshik darchasi ochilib, hamxonamga dachka kelganligi haqida xodim qog’oz olib keldi va tanishib chiqishni va ishonch qog’oziga qo’l qo’yib berishini gapirdi. Hamxonam o’zida yo’q quvonchda edi. Qog’ozning yuqori qismida o’g’lining ism va familiyasi yozilganligini o’qib ayol ko’zlariga yosh oldi. Oilasini sog’inganini gapirdi. Nevaralarini eslab bir zum tin olgach shom namoziga yiqilib taot ibodat qildi. Konstitutsiyamizning 30-yillik bayramiga ham sanoqli kunlar qolgan. Hammamiz yangilik bo’lib qolmasmikin deb kutayotgan edik. Har kuni Ollohimdan qilgan gunohlarimiz uchun kechirim so’rardik. Shu asnoda kunlar o’ta boshladi. Otajonim tavallud kunlariga ham sanoqli kunlar qolgan. Ishqilib o’sha kunga qadar ozodlikga chiqsam, otajonim bilan yuzma-yuz ko’rishib, tabriklasam degan o’ylar xayolimdan har kuni o’tardi. Mening ham noyabr oyining oxirgi kunlari jazo muddatim tugaydi. Har kuni barmoq bukib kun sanayman.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling