Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika
Moddiy oqimining turlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12740 2 8C3DF8C9FBA2BAD90DEF72237DD93262E7235739
3.2. Moddiy oqimining turlari
Moddiy oqimyuklar sifatida qaralgan bo’lib, ularga logistik jarayonlar mobaynida turlicha ta’sirlar ko’rsatiladi. Ko’p turdagi yuklar va logistik jarayonlarning mavjudligi ularni o’rganish va moddiy vositalar oqimini chiqarishni murakkablashtiradi. Aniq vazifalarni hal qilishda shuni belgilash kerakki, qaysi oqimlar tadqiqot qilinadi. Ba’zi masalalarni obyekt tomonidan tadqiqot qilinayotganda, ularning ichida ko’p guruhdagi jarayonlar ilova qilinadiganlari ham bo’lishi mumkin. Boshqa masalalarni hal etishda masalan, ichki ombor logistik jarayonlarini tashkillashtirishda har bir jarayonlar puxta o’rganiladi. Moddiy vositalar oqimini quyidagi asosiy xususiyatlarga qarab ajratiladi: -logistik tizimga munosabati; -oqimning haqiqiy buyumlar tarkibi: -oqimni tashkil qiluvchi yuklarning miqdori; -oqimni tashkil etuvchi yuklarning hissasi; -yuklarni aralashtirish darajasi; -yuklarning aralashmasi; Logistik tizimga nisbatan moddiy oqim quyidagicha: tashqi, ichki, kiritiladigan va chiqariladigan bo’ladi. Tashqi moddiy oqim korxona uchun tashqari bo’lgan muhitda sodir bo’ladi. Ichki moddiy oqim logistik tizimning ichkarisida logistik jarayonlarni amalga oshirish natijasida vujudga keladi. Kiritiladigan moddiy oqim logistik tizimga tashqi muhitdan kirib keladi. Chiqariladigani esa logistik tizimning ichki muhitidan tashqi muhitiga chiqib ketadi. 3.3. Taqsimot logistikasi ob'ekti, predmeti, funktsiyalari Ichki iqtisodiy fanlardagi taqsimlanish chegaralari birinchi bo'lib M.E. Zalmanova tomonidan belgilanib, mahsulotni qadoqlashni 30 taqsimlashni taklif qildi; ekspeditorlik: sotishni boshqarish; yetkazib beruvchining tayyor mahsulotini omborda saqlash; tayyor mahsulotni saqlash omborlari; omborga tashish - tayyor mahsulotni tashish uchun transport vositasi. Taqsimot sohasidagi logistika bu noishlab chiqarish davridagi moddiy, axborot, moliyaviy va boshqa oqimlarni boshqarishning moslashuvchan tizimida bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan strategik, tashkiliy, moliyaviy va boshqa tadbirlar majmuidir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling