2-rasm: Gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan sharchaning harakati
(6) va (9) formulalar asosida quyidagilarni chiqarish mumkin:
Uchish uzoqligi 2 burchak sinusiga va sharcha harakatining boshlang’ich tezligi kvadratiga proporsionaldir.
45o burchak ostidagi harakatda uchish maksimal bo’ladi.
Maksimal ko’tarilish balandligi h va ga to’g’ri proporsionaldir.
Ishni bajarish tartibi:
Topshiriq: P’olat sharcha uchish burchagining maksimal ko’tarilish balandligiga va uchish uzoqligiga bog’liqligini tadqiq etish
Rostlovchi vintlar (4) yordamida ishga tushiruvchi mexanizm egilish burchagini 45o ga o’rnating.
Platformani qo’ying va unga qog’ozli lentani mahkamlang.
Tezlik o’lchagich qiymatini nolga to’g’rilang.
Prujinaning minimal siqilish darajasida po’lat sharchani oting va marker bilan lentada sharcha platformaga urilgan nuqtani belgilang. Ruletka yordamida S uchish uzoqligini aniqlang.
Vertikal shkalani o’rnating otishni qayta amalga oshiring va shkala yordamida po’lat sharchaning h maksimal ko’tarilish balandligini aniqlang.
, S va h larni o’lchash natijalarini 1-jadvalga kiriting.
1-jadval. Turli uchish burchaklarida sharchaning ko’tarilish balandligini va uchish uzoqligini o’lchash natijalari:
Do'stlaringiz bilan baham: |