Tajriba ishi №6 Tabiiy suvlarni dag`al va kalloid zarrachalardan tozalash
Suvga flokulyant qo‘shib tozalash
Download 0.91 Mb.
|
6 тажрибa
Suvga flokulyant qo‘shib tozalash
Suv tozalash texnikasida koagulyasiya jarayonini tezlashtirish uchun suvga koagulyant moddalar bilan birgalikda qo‘shimcha reagentlar ham qo‘shiladi. Bunday reagentlar flokulyatorlar deb ataladi. Flokulyatorlar suvda yaxshi eriydigan kimyoviy moddalar bo‘lib, ular sun’iy ravishda organik moddalardan sintez qilinadi. Suv tozalash texnikasida eng ko‘p qo‘llaniladigan flokulyatorlardan poliakrilamid [C3H5ON]n va jumhuriyatimiz olimlari tomonidan kashf etilgan suv loyqaligini cho‘ktirishda yaxshi natija bergan quyidagi flokulatorlar: ya’ni poliakrilnitrilning natriyli birikmasi asosidagi K-4 seriyali: SN2 –SN –SN2 –SN – SN –SN2 –SN2 CONH3 O=C–NH–C–O SOONa Vinilatsetat va metakril kislotasi asosida olingan, SAV seriyali: SN2 –SN – SN2 –SN –SN2 – SN SOON SOONa OH Akril kislotasi asosida olingan SMA seriyali flokulyantlardir. SN2 – SN – SN2 – SN –SN2 - SN SOON CONH2 COONH4 K – 4 va SMA seriyali flokulyatorlar anion flokulyatorlar bo‘lib, suvga Al2(SO4)3 tuzi bilan birga qo‘shilganda, ayniqsa yaxshi natija beradi. SAV seriyali flokulyantlar esa suvga aloxida qo‘shilganida ham koagulyasiya jarayonini tezlashtiradi. Suvni kolloid zarrachalardan tozalashda bu flokulyatorlarning samaradorligi suv loyqaligiga va flokulyant dozasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, poliakrilamid flokulyantining optimal dozasi suv loyqaligiga qarab, suvning har litriga 0,5-2,0 milligram oralihida qo‘shiladi. K-4 flokulyanti dozasi, agar suv harorati 20OS bo‘lsa, uning loyqaligiga qarab, quyidagicha belgilanadi: suv loyqaligi har litrida 100-500 mg bo‘lganda flokulyant dozasi 0,-25-0,5 mg, loyqaligi 500-1000 mg bo‘lganda, flokulyant dozasi 0,5-1,0 mg olinadi. Flokulyant dozasi ko‘proq yoki kamroq olinishi suvning haroratiga ham bog‘liq. Harorati past suv uchun flokulyant dozasi iliqroq suvga qaraganda ikki marta ko‘p olinadi. Masalan, yoz paytida flokulyant dozasi suvning har litriga 0,5 mg olinsa, qish faslida ikki marta ko‘proq olinadi. Flokulyantlarni ishlatish ustida olib borilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, suvni flokulyant va koagulyant qo‘shib tozalashda flokulyantlar suvga qo‘shiladigan koagulyant dozasini bir necha baravar kamaytiradi. Bunday flokulyantlarning zaharlik (toksikologik) tomonlari Moskva hamda Toshkent tibbiyot ilmgohlarida tekshirib ko‘rilganda, suvga qo‘shilgan dozalarda inson sog‘ligiga zarar etkazmasligi aniqlangan. Bu esa bunday flokulyantlarni hatto ichimlik suvlarining loyqaligini kamaytirish uchun ham ishlatish mumkinligini ko‘rsatadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling