Tajriba ishi oltin rudalarini gravitatsiya usulida boyitish
Download 44.26 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Ishni bajarish tartibi:
Stolning texnik xarakteristikasini olgandan so‘ng, ishni bajarishga kirishiladi. Stol yoqiladi. Avvalo stolning butun yuzasini qoplaydigan miqdorda suv beriladi. Keyin boyitiladigan maxsulot qabul qiluvchi qutichaga solinadi. Xar qaysi tajriba 100 g ruda bilan bajariladi. Stol qiyaligini shunday tanlash kerakki, yirik zarrachali fraksiya birinchi qabul qiluvchi idishga tushsin. Ishning boshlangan va tugallanganvaqti sekundomer bilan o‘lchanadi. Hamma maxsulotni stoldan o‘tkazib bo‘lgandan so‘ng qiyalik biroz kamaytiriladi va stolni to‘xtatmasdan turib, stol yuzasida ushlanib qolgan zarrachalar cho‘tka bilan yuvib tushiriladi. Maxsulotni yuvib tushurgandan so‘ng stol to‘xtatiladi, olingan xar bir fraksiya suvsizlantiriladi, quritiladi, tortiladi va qimmatbaxo komponentning mikdorini topish uchun analiz qilinadi. Tajriba asosida olingan natijalar jadval tarzida beriladi. 5-jadval
Bu yerda: - mahsulotning chiqishi, %; - qimmatbaho komponentning miqdori, %; - qimmatbaho komponentning mahsulotlariga ajralishi, %; Shundan so‘ng konsentratsion stolning umumiy va solishtirma ish unumdorligi xisoblanadi. Umumiy ish unumdorligi: Q=3600 mu/t, t/coat (7.1) mu - dastlabki mahsulotning og‘irligi; t – boyitish vaqti; Solishtirma ish unumdorligi: q=Q/S, (7.2) Q – umumiy ish unumdorligi, t/soat S –konsentratsion solning ishchi yuzasi, m2. Eslatma: Suv stol yuzasidan bir tekis okib tushishi kerak, tebranishlar amplitudasini 2 mm, tebranishlar chastotasini esa minutiga 600 ga kuyib, yengil, o‘rtacha va ogir maxsulotlar ajratib olinadi. Nazorat uchun savollar: Gravitatsiya usulida boyitishning mohiyati. Gravitatsiya usulida boyitishga qanday usullar kiradi? Konsentratsion stolning tuzilishi. Plankalarning vazifasi. Stolning xarakteristikasi. Konsentratsion stol yuzasidagi zarrachaga ta’sir qiluvchi kuchlar. Konsentratsion stolda qanday rudalar boyitiladi? Download 44.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling