Tajriba ishi tuz eritmasi va kislotalarda metall hamda qotishmalarning korroziyasi
Po’latlarni azot kislotasida passivlash
Download 36.41 Kb.
|
1-Лаборатория иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Passivlantiruvchi kontsentratsiyani aniqlash
- Po’latning turg’un passiv holatini kuzatish
- Po’latning depassivatsiyasi
Po’latlarni azot kislotasida passivlash
Zanglamas po’lat namunalarining har biri alohida qum qog’ozda tozalanib, organik erituvchi yordamida yog’sizlantiriladi. 6 ta kimyoviy idishdagi namunalarni azot kislotasi butunlay ko’mib turishi kerak. Namunalar shisha ilmoq yordamida stakanlarga solinadi. Har bir idishda namunalar 5 soniya ushlanib, temir va kislotaning hatti-harakatini kuzatish kerak. Kuzatish natijalari (sekinlik bilan emirilishi; tezlik bilan emirilishi; passivlikning to’xtashi) 1.1.- jadvalga yoziladi. Keyin boshqa namunalar bilan tajriba qaytariladi
Natijalar asosida ligerlash qo’shimchalari haqida xulosa yoziladi. Shu bilan birga katod qo’shilmalarini kislota va neytral muhitdagi zanglash tezligiga ta’siri ham eslatib o’tiladi. Passivlantiruvchi kontsentratsiyani aniqlash 4 ta uglerodli po’lat namunasi qum qog’oz bilan tozalanib organic erituvchi bilan yog’sizlantiriladi. 5 ta kimyoviy idishlarga 20% - 60% li azot kislotasini Солиб namunalarni 30 – 50% li konsentratsiyalarda 10 soniyadan ushlanadi, keyin esa 60% li eritmada qoldiriladi. Namuna har bir botirilganida azot kislotadagi po’latnin emirilishi kuzatiladi. Po’latning passivlanishi ─ pufaklarni ajralib chiqishining tugashi va reaksiya natijasida bo’yalgan moddalarning metall yuzida chiqishi holatidagi kislota konsentrasiyasi topiladi. Kuzatishlar natijasi 1.1.- jadvalga yoziladi. Po’latning turg’un passiv holatini kuzatish Po’lat namuna 60 % li azot kislotadan olinib 10 soniya 50% li, keyin 40% li, 30% li, 20% li azot kislotasiga tushirilib, oxirgi idishda qoldiriladi. Har bir idishdagi holat kuzatilib, kuzatish natijalari 1.1.- jadvalga yoziladi. Po’latning depassivatsiyasi Po’lat namunani 20% li azot kislotadan olmay turib, boshqa tozalangan (passivatsiya qilinmagan) namunaga tekkiziladi. Keyin uni olib tashlab asopsiy namunaning 20% li kislotadagi hatti-harakati kuzatiladi. Kuzatish natijasi 1.2.- jadvalga yoziladi. Aktivlangan va passivlangan po’lat elektrod potensialini aniqlash 3-po’lat namunani tekstolit yassi yuzadagi klemmaga mahkamlab passivlanmaydigan (20% kislota eritmasi) eritmaga yarmigacha botirib, uning oldiga esa kalomel elektrodi elektr kalitining uchi solinadi. Namuna potensialini to’yintirilgan kalomel elektrodiga yoki xlorkumush elektrodiga nisbatan potensiali o’lchanadi. Keyin 4- namunani passivlantiradiga azot kislotasi eritmasiga tushirib tajriba qaytariladi va quyidagi formuladan topiladi: Eme=Eme ∕ k+Ek Eme─ metallning potensiali; Eme ∕ k ─ kalomel elektrodiga nisbatan metallning potensiali; Ek ─ tajriba haroratidagi kalomel elektrodining potensiali. Faol va passiv po’lat namunalari elektrod potensiallarining qiymatlari 1.1.- jadvalga yoziladi. Ishlatilgan namunalarni chayib tashlab, filtr qog’oz bilan quruq qilib artiladi. Download 36.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling