§Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi


Download 125.71 Kb.
bet1/4
Sana16.04.2023
Hajmi125.71 Kb.
#1358699
  1   2   3   4
Bog'liq
3 bob


    1. §Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi

Pedagogik faoliyatda qo‘llaniladigan innovatsion, axborot kommunikatsion va ta’lim texnologiyalarining ishonchliligi, samaradorligi va uning zaruratini aniqlashda pedagogik tajriba-sinov ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik strategiyasini loyihalashtirish, ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy qilish jarayonida amalga oshiriladigan tashkiliy va uslubiy tadbirlar orasida tajriba-sinovlarni tashkil qilish va o‘tkazish muhim bosqich hisoblanadi.


Shuning uchun ushbu tajriba-sinovlar xususida qisqacha (muxtasar) ma’lumot berilishi maqsadga muvofiqdir. Pedagogik tajriba-sinovlar o‘tkazishning asl mohiyati amaldagi pedagogik jarayonlarni takomillashtirishga olib boradigan tadqiqotlar va ularning farazlariga muvofiq ravishda, aniq maqsad sari yo‘naltirilgan yangi yo‘nalish, mazmun, usul, vosita va yangi ta’lim-tarbiyaviy muhit yaratishdan iboratdir.
Masalani aniq tasavvur qilish uchun asosiy tushunchalarning ta’riflarini aniqlab olishimiz lozim. Tajriba-sinov –bu shunday tafakkur metodi bo‘lib, uning yordamida tabiiy yoki sun’iy tarzda yaratiladigan, nazorat qilinadigan, boshqariladigan jarayonlar tadqiq qilinadi, muammolarni hal qilishning yangi vositalari izlanadi va amalda sinab ko‘riladi.
Pedagogik tajriba-sinov-bu ilmiy-pedagogik tafakkur metodi bo‘lib, pedagogik omillar, shart-sharoitlar, jarayonlar va uslubiy yondashuvlar orasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniq rejalar asosida oydinlashtirish imkoniyatini beradigan tadbirlardir.
Nazariy metod-pedagogik texnologiyani modellashtirish, tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish, uning tizimlarini integratsiyalashtirish va ular o‘rtasidagi eng muhim qonuniy bog‘lanishlarni aniqlashdir.
Empirik metod-tajriba-sinov tadbirlariga oid ma’lum bo‘lgan ilmiy-nazariy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-ommabop, qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganish va mavjud g‘oyalar, farazlar hamda tajribalarni tahlil qilish evaziga tajriba-sinovga daxldor modellar va bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar loyihasini yaratish, sinab ko‘rish va amaliyotga tatbiq qilish metodidir.
Tajriba-sinov ishlari natijalarining ishonchliligi va kafolatlanganligi muhim ko‘rsatkichdir. Tajriba-sinovlarni amalga oshirish natijasida har xil kutilmagan xulosa va natijalar olinishi mumkinligi nazarda tutilishi lozim. Buning sababi shundaki, tajriba-sinovlar yakuni hamma vaqt ham kafolatli natijalarni beravermaydi. Tajriba-sinovlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uni o‘tkazuvchining o‘quv va malakasi, metodik mahorati, bilim va tajribasi, respondentlarning soni va ularning bu tadbirlarga munosabatlariga bog‘liq.
Tajriba-sinovlarga kirishishdan oldin shu sohaga doir eng maqsadga muvofiq ish metodini belgilab olish muhimdir. Bu metodlar, asosan, yuqorida aytilgan nazariy hamda empirik tajribalarga asoslangan ikki asosiy guruhga bo‘linadi. Tajriba-sinovga mavzu qilib olingan muammoga bog‘liq barcha me’yoriy va metodik hujjatlar, tavsiyalar, yo‘niqnomalarni o‘rganib chiqish zarur hisoblanadi.
Ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatiga doir turli hujjatlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuvlar olib borish, og‘zaki va yozma so‘rovlar o‘tkazish, anketa va test savollariga javoblar olish, turli ilg‘or tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish ishlarini amalga oshirish ham pedagogik tajriba-sinovlarga yordam beradi. Bunday ishlarni tashkil etish va o‘tkazish borasida pedagogik texnologiya asoslariga doir respublikamiz olimlari J.G‘.Yo‘ldoshev va S.A.Usmonov eng asosiy tasniflarni taklif etganlar.
Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. pedagogik texnologiyaning tajriba-sinov dasturini tayyorlash;
2. dasturni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
3. tajriba-sinov ishlarining moddiy bazasini yaratish;
4.boshqaruv vazifalarini taqsimlash;
5.kadrlarni bu jarayonga maxsus tayyorlashni tashkil qilish;
6.Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish;
7.Tajriba-sinovda ishtirok etgan pedagoglarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish;

Download 125.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling