Tajriba xonalarida darslar 12 tadan ortiq bo‘lmagan guruhlarda amalgam oshiriladi


Download 22 Kb.
bet3/3
Sana22.12.2021
Hajmi22 Kb.
#182455
1   2   3
Bog'liq
таж

QUYIDAGILARNI ESDA SAQLANG


  1. Kuchlanishga ega bo‘lgan elektr zanjirlarining yalong‘ochlangan, yani alohidalovchisi (izolyatsiyasi) bo‘lmagan tok o‘tkazuvchi qismlariga yoki kuchlanishga ega bo‘lgan simlarga tegish qat'iyan man etiladi.

2. Talabalarning asosiy taqsimlagichni mustaqil ravishda o‘lash, uzish va qayta ulash kabi har qanday ishlarni bajarishlariga mutlaqo ruxsat etilmaydi.

3. Sxema yig‘ilib, obdon tekshirilgandan keyingina o‘qituvchi ishtirokida tok manbaiga o‘lanishi zarur.

4. Kuchlanishga ega bo‘lgan sxemalarda har qanday ulash, uzish va elektr toki yo‘nalishini o‘zgartirish kabi ishlarni bajarish qat'iyan man etiladi.

5. O‘qituvchining ruxsatisiz saqlagichlarni o‘rnatish yoki ularni almashtirishga yo‘l quyilmaydi.

6. Har qanday holda ham elektr jihoz, asbob va simlar shikastlanganligini sezgan zahotiyoq tezlik bilan ulagich yoki avtomatni uchirish va bu haqda o‘qituvchiga darhol xabar berish darkor.

7. Elektr sxemalarini shunday yig‘ish kerakki, undagi ulash simlari bir-biri bilan kesishmasin, juda tortilib, simlar buralib, halqa bo‘lib ham qolmasin. Ish joylari o‘rtasidagi o‘tish joylarini simlar bir-biri bilan kesib o‘tishi man etiladi.

8. O‘lash asboblari va yordamchi qo‘rilmalar shunday joylashtirilishi kerakki, ularni ko‘zatish, qo‘zg‘aluvchi qismlari yordamida boshqarib turish oson bo‘lsin. Ko‘zatish va boshqarish ishlarida o‘lchash asboblari, yordamchi qo‘rilmalar yoki o‘lchash simlari bir-biriga to‘sqinlik qilmasin.

9. Texnika xavfsizligi qoidasini bilish tajriba xonasida ishlayotgan hamma talaba va yordamchi xodimlar uchun majburiydir. Texnika xavfsizligi bilan tanishgan har bir talaba amaliy ishlari bo‘yicha qayd daftari (jurnal)ga yoki maxsus texnika xavfsizligi qayd daftariga qo‘l qo‘yishlari kerak. Texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishmagan talabalar tajriba xonasiga qo‘yilmaydi.

10. Yuqorida keltirilgan texnika xavfsizligi qoidalarini bo‘zish talabani mashg‘ulotdan chetlatish va unga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llashga asos bo‘ladi.
Download 22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling