Taklifga ta’sir etuvchi omillar To’rsimon modelning mohiyati va ahamiyati


Download 24.06 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi24.06 Kb.
#1832904
  1   2

Varyant 9

  1. Taklifga ta’sir etuvchi omillar

  2. To’rsimon modelning mohiyati va ahamiyati.

  3. Befarqlik egri chizig’i

1 Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:

resurslar narxi;


  1. ishlab chiqarish texnologiyasi;


  2. soliq va subsidiyalar;


  3. boshqa tovarlar narxi;


  4. narx o‘zgarishining kutilishi;


  5. bozordagi sotuvchilar soni.



1 Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining o‘zgarishini taqozo qiladi.
Taklifga ta’sir qiluvchi omillami alohida-alohida qarab chiqamiz.
  1. Resurslar narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifui oshiradi. Aksin- cha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlaríni oshi- radi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pa- sayishi bug‘doy taklifini oshiradi, qurilish materiallari narxlarining oshishi uy-joy va ishlab chiqarish binolari taklifìni qisqartiradi.


  2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomil- lashuvi mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari ka- mayadi va taklif ko‘payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qar- shi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdori va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.


  3. Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Soliqlarning aksari- yat turlari ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to‘1ov1arining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya (subsidiya — davlat tomonidan aholi yoki korxonalarga o‘z zararlarini qoplash yoki boshqa maqsad- lar uchun qaytarilmaslik sharti bilan beriluvchi mablag‘) bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.


  4. Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, boshqa o‘zgarmas sharoitlarda qo‘y go‘shti narxining pasayishi natijasida undan olinadigan foyda darajasi ham pasayib, qassoblar tomonidan mol go‘shti taklifining oshirilishiga olib keladi.


  5. Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxi o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kunda- gi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.


  6. Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko‘p bo‘1sa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘1adi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko‘payadi.


Taklif hajmining o‘zgarishiga tovaming saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo‘1maydigan qishloq xo‘ja1ik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘1adi. Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xi1 mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘ja1igiga yaroqli bo‘1gan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo‘lmaydi.


Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozu- vchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham noo‘zgaruvchan bo‘1adi.
3 Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘lla-fayllar.org

Befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisini namoyon etadi. Ya’ni, iste’molchi uchun befarqlik egri chizig‘ida joylashgan tovarlar to‘plamini tanlashda farq mavjud bo‘lmaydi.
Befarqlik egri chizig‘i pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi. Befarqlik egri chizig‘ining pasayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim bo‘lgan har ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bir tovarlar to‘plami (masalan, A)dan boshqa bir tovarlar to‘plami (masalan, V ga) tomon harakat qilib, iste’molchi naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi shuncha miqdordagi naflilikka ega bo‘lgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar qanchalik ko‘p bo‘lsa, A tovar shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va V tovarlar o‘rtasida teskari aloqa mavjud. O‘zgaruvchilari o‘rtasida teskari aloqa mavjud bo‘lgan har qanday egri chiziq esa pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi.
Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to‘plamlari bo‘yicha afzal ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil bo‘ladi. Har bir befarqlik egri chizig‘i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to‘plamini ifodalaydi. 12-chizmada befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta befarqlik egri chizig‘i tasvirlangan. I3 befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.

2 Yuqorida keltirilgan bozor modellari statik bo`lib, ular ma′lum vaqt oralig`ida mazmunga ega (masalan, u bir oy yoki bir yilga teng bo`lishi mumkin). Bunday bozor modelida o`zgaruvchilar vaqtga bog`liq emas.
Modelda talab, taklif va narxlarning bog`liqliklarini vaqt o`zgarishi bilan bog`lasak, model dinamik modelga aylanadi. Faraz qilaylik, ma′lum vaqt oralig`ida (masalan, bu oraliq bir oy bo`lsin) bir birlik tovarning bozor narxi P(t) bo`lsin (ya′ni, tovar narxi bir oy ichida o`zgarmaydi). Tovarning bozor narxi P(t) muvozanat narxga teng bo`lishi ham, teng bo`lmasligi ham mumkin.
Bozorning dinamik modelida narxlar trayektoriyasi P(1),P(2)... o`rgimchak uyasi to`riga o`xshagani uchun ham bu model ―to`rsimon model‖ deb nom olgan. To`rsimon model sifatida birja bozorini (masalan, qimmatli qog`ozlar bozori, yoki valyuta bozorini) qarash mumkin.

Varyant 10


1. Taklifga ta’sir etuvchi omillar
2. Befarqlik egri chiziqlar xaritasi
3. Talab va taklifv elastikligiga ta'sir etuvchi omillar

Download 24.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling