HIMOYA TAKTIKASI
Oxirgi paytlarda Gandbol sohasidagi ilmiy-metodik va maxsus adabiyotlarda o‘yindagi hujum himoyaga nisbatan jadal sur’atlarida rivojlanayotganligi to‘g‘risida ko‘p yozilmoqda.
Mutaxassislar fikricha o‘yinning asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lgan himoyaga murabbiylar kam e’tibor qaratishmoqda.
Biroq maxsus adabiyotlarda o‘yinchini himoya o‘yiniga tayyorlashning yagona uslubiy tavsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar еtishmaydi. Hozirgi kunda himoya o‘yini to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va uni amaliyotga tadbiq qilish talabi hosil bo‘ldi.
Shuning uchun aynan o‘yin himoyasiga katta e’tibor berish jamoaning xujumdagi muvaffaqiyatini mustahkamlabgina qolmasdan, unga kelgusi harakatlarda ishonch baxsh etadi.
Himoya harakatlari raqibning hujum harakatlariga javob bo‘lib, raqib taktikasining o‘ziga xos xususiyat-lariga ko‘ra amalga oshiriladi. Taktik harakatlarning tasniflanishi (30 – rasm) da ko‘rsatilgan.
Himoya o‘yini taktikasining tasniflanishi.
Shaxsiy harakatlar O‘z darvozasini mustahkam qo‘riqlash uchun himoyachi o‘yinning himoya qilish usullarini qo‘llay bilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |