Takomillashtirish masalalari
Oriental Renaissance: Innovative
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
oliy-ta-lim-muassasalarida-ta-lim-sifati-monitoringini-takomillashtirish-masalalari
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 255 w www.oriens.uz June 2021 muammolarni aniqlash; - o‘zlashtirish bilan bog‘liq omillarni aniqlash; - o‘zlashtirish dinamikasini yuritish. Mamlakatlar darajasida qaraganda ham ishlab chiqilayotgan tizimlar turli-tuman bo‘lib, metodikasi, usullari va boshqa xususiyatlari bilan bir- biridan keskin farq qiladi. AQSh ta’limiy jarayonlar sifatini baholash milliy tizimi (NAEP – National Assessment of Educational Progress)ning maqsadi bolalar va o‘smirlarning o‘qish, hisoblash va kommunikatsiya bo‘yicha malakalarini baholashdan iborat. Ushbu baholash dasturlari: - o‘quv dasturlari bajarilishini ta’minlash; - o‘zlashtirish darajasini oshirish uchun teskari aloqani ta’minlash; - ota-onalarni ma’lumot bilan ta’minlash; o‘quv muassasasidagi o‘zlashtirish darajalari haqida umumlashgan ma’lumotlarni olish va milliy statistikani shakllantirish uchun o‘tkaziladi. Fransiya milliy baholash tizimining maqsadi quydagilardan iborat: - o‘quvchilar tomonidan fanlarni o‘zlashtirish jarayonlarini baholash; - o‘qituvchilarga chora-tadbirlarni tanlashda ko‘maklashish; - o‘qituvchilarga pedagogik faoliyatni rejalashtirishda ko‘maklashish; Buyuk Britaniyada oliy ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash davlat va jamoatchilik organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bugungi kunda ko‘pgina davlatlar tomonidan qiziqish bildirilayotgan ta’lim sifatini baholashning Buyuk Britaniya tizimi har bir ta’lim muassasasi tomonidan sifatli ta’limni ta’minlashning samarali ichki monitoringini tashkil etilishi va amalga oshirilishi, shuningdek, ta’lim muassasasining o‘zida uning kafolatli mexanizmi amaliyotga kiritilishi bilan tavsiflanadi. Bunda sifat kafolatining ichki mexanizmi samaradorligini baholash jarayonlarini tashkil etishdagi javobgarlik oliy ta’lim sifatini ta’minlash Agentligi – Quality Assurance Agency (QAA) zimmasiga yuklatilgan. Quality Assurance Agency (1997) – nodavlat tashkilot hisoblanib, uning asosiy vazifasi sifat ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazishdan iborat bo‘lib, tashqi ekspertiza xulosalariga asoslanib davlat tashkiloti baholash natijalari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qiladi. Agentlik tomonidan ta’lim sifatini nazorat qilishda oliy ta’limning akademik standartlarini qo‘llab-quvvatlash, oliy ta’lim muassasalari tomonidan yuqori akademik sifatni ta’minlash, oliy ta’lim tizimini uzluksiz va tizimli takomillashtirib borish, oliy ta’limning hamma uchun maqbul va maqsadlarga muvofiqligini ta’minlash asosiy vazifalar sifatida belgilanadi. Shuningdek, ta’lim sifatini nazorat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling