Takomillashtirish
Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 278
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 278
Asosiy vosita obyektlarida amalga oshirilgan qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob-uskunalar bi- lan jihozlash, rekonstruksiya yoki modernizatsiya natijasida dastlabki qabul qilingan me’yoriy koʻrsat- kichlari yaxshilanishi (oshirilishi) hollarida tashki- lotlar shu obyektning amalga oshirilgan qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya yoki modernizatsiya ishlari tugatil- gan oydan keyingi hisobot oyining birinchi sanasi- dan boshlab shu obyektning samarali foydalanish muddatini qayta koʻrib chiqadi. Asosiy fondlar qiy- matini qayta baholash har yili (joriy yilning 1-fev- raligacha) 1-yanvar holati boʻyicha qayta baholash- ni oʻtkazish davrida narxlar darajasidan kelib chiqib oʻtkaziladi. Asosiy vositalarni qayta baholashda 2 ta usuldan foydalanish mumkin. Ya’ni indekslash va bevosita usulda baholanadi. Oliy ta’lim muassasalari tasarrufida qoldirila- digan muassasa tomonidan faoliyat ixtisosligiga mu- vofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga (shu jumladan, avtomototransport vositalarini sotib olishga), shuningdek, kreditorlik qarzni (mavjud boʻlganda) toʻlashga yoʻnaltiriladi. Asosiy vositalar- ni begʻaraz berish yuqori tashkilot bilan kelishilgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Buxgalteriya boʻlimi oʻz ustav (nizom)iga ega boʻlib, boʻlim zimmasiga muassasa buxgalteriya hisobining eng muhim obyektlari, jumladan, muas- sasa moddiy boyliklari hisobi yuzasidan quyidagi asosiy vazifalar yuklatilgan (1-rasm). Hozirgi sharo- itda ta’lim muassasalari moliyaviy resurslari shakl lanishining manbalari boʻlib quyidagilar hisoblanadi: − davlat ta’lim standartlarini ta’minlash ajra- tiladigan turli darajadagi byudjet mablagʻlari, ya’ni byudjetdan ajratmalar va ta’sischi (davlat) pul ba- dallari; − grant mablagʻlari; − ta’lim uchun toʻlovlar; − banklar va boshqa moliya-kredit tashkilot- lari kredit mablagʻlari; − yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablagʻlari va maqsadli badallari. Oʻz navbatida, oliy ta’lim muassasalari qoʻ- shimcha daromadlari quyidagi manbalari hisobidan shakllanishi mumkin: − ta’lim muassasasi sohasi boʻyicha tovarlar ishlab chiqarish va sotish (ish bajarish, xizmat koʻr- satish); − ta’lim muassasalarining boshqa tashkilot- larga vaqtincha foydalanilmayotgan xonalarni va boshqa davlat mulkini ijaraga berishi; − yuridik va jismoniy shaxslar ta’lim muassa- sasiga koʻrsatadigan homiylik (begʻaraz) yordami. “Oliy ta’lim iqtisodiyoti tovarlar va xizmatlarni mil- liy darajada ishlab chiqarishning alohida qismi boʻ- lib, uning amal qilishi faoliyatning mazkur sohasida- gi moliyaviy, moddiy va mehnat munosabatlarining oʻziga xos tashkil etilishiga asoslanadi” [9]. Oliy ta’lim muassasalarida asosiy vositalar- ning buxgalteriya hisobi asosiy vositalarning kelib tushishi, ularning tashkilot ichida joydan-joyga oʻti- shi (koʻchishi), tashkilot hisobidan chiqarilishi (jum- ladan, yaroqsiz holga kelganligi sababli), shuning- dek, har bir obyektning (predmetning, komplekt- ning) saqlanishi va toʻgʻri foydalanishi ustidan nazo- rat qilinishini hujjatlarda toʻgʻri rasmiylashtirilishini hamda hisob registrlarida oʻz vaqtida aks ettirilishi- ni ta’minlashi kerak. Sotib olingan asosiy vositalar, tugallangan qurilishlar va inshootlar, shuningdek, tashkilotning oʻzida tayyorlangan asosiy vositalar- ning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi va ularga qilingan barcha xarajatlarning toʻliq sum- masida, jumladan, mazkur asosiy vositalarni foyda- lanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yetkazib berish va montaj qilish, oʻrnatish, ishga tushirish va boshqa xarajatlarni hi- sobga olgan holda kiritiladi. Sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagi xarajatlar- dan tashkil topadi. Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning yuqorida koʻrsatilgan oʻzgarishlarni hisobga olgan holdagi dastlabki qiymatidan belgilangan tartibda aniqlangan eskirish summasining farqi sifatida aniqlanadi. Asosiy vositalarni hujjatlashtirish ket- ma-ketligi UzASBO axborot tizimida bajariladi. Oliy ta’lim muassasalari asosiy vositalarining eskirishi qonunchilikka muvofiq byudjet tashkilotlar asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlaridan kelib chiqqan holda har yili aniqlanadi va har oyda shu tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi (2-rasm). Oliy ta’lim muassasalarida materiallar boʻyi- cha moliya yili oxiriga boʻlgan qoldiqlar aniqlangan me’yorlar asosida tahlil qilinadi. Agar byudjet tash- kilotini moliya yili oxirida boʻlgan materiallar boʻyi- cha qoldiq qiymati belgilangan me’yor(limit)dan or- tiqcha boʻlsa, keyingi moliya yilida byudjet mablagʻ- lari boʻyicha xarajat smetasida materiallar sotib olish uchun kiritilgan summa me’yordan ortiq sum- maga kamaytiriladi. Tovar-moddiy boyliklar belgi- langan me’yorini aniqlash uchun koʻrsatkichlar qu- yidagicha (1-jadval) hisoblanadi. Materiallar boʻyicha yil oxiridagi qoldiq me’- yorlarini aniqlash uchun “Nomoliyaviy aktivlar ha- rakati toʻgʻrisida” hisobotning 060-069 subschyot- lar boʻyicha yil davomida tashkilot ehtiyojlari uchun sarflangan materiallar qiymati olinib yoqilgʻi va moylash materiallari boʻyicha isitish mavsumidagi kunlar soni (asosan, 5 oylik isitish mavsumi – 150 kun olinadi), tibbiyot muassasalari boʻyicha oziq- ovqat mahsulotlarining har bir guruhi boʻyicha koʻr- satilgan summa 360 ga, boshqa oliy ta’lim muassa- salari boʻyicha tashkilot ehtiyojlari uchun sarflan- gan materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari har bir guruhi boʻyicha 305 ga boʻlinadi va chiqqan natija materiallar boʻyicha belgilangan kun me’yorlariga koʻpaytiriladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling