Takomillashtirish
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil va natijalar. Oʻzbekiston byudjet tash- FAN VA TA’LIM
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot davomi- da iqtisodiy voqelik jarayonlarini oʻrganishning ilmiy usullari – umumlashtirish, guruhlashtirish, tahlilning mantiqiy va taqqoslama usullari, abst- rakt-mantiqiy fikrlash, qiyosiy tahlil, statistika, is- tiqbolli prognozlash va guruhlash kabi usullardan keng foydalanilgan. Tahlil va natijalar. Oʻzbekiston byudjet tash- FAN VA TA’LIM Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 277 kilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliya- viy hisobotlarni tuzish “Buxgalteriya hisobi toʻgʻri- sida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni va boshqa qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi huku- mati hamda Moliya vazirligining bir qancha me’yo- riy-huquqiy hujjatlariga muvofiq olib boriladi. Shu bilan birga, qonunchilikka muvofiq byudjetdan tashqari daromadlar aniq manbalari boʻyicha shakl- lantiriladi va sarflanishi yoʻnalishlari belgilanadi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masining 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablagʻ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisi- da”gi qaroriga muvofiq, “byudjet tashkilotlari rivoj- lantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari belgilangan. Shuningdek, rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, birinchi navbatda, kredi- torlik majburiyatlarini tugatishga yoʻnaltirilishi, agar kreditorlik qarzdorlik mavjud boʻlmasa, kami- da 75 foizi moddiy-texnika bazasini mustahkam- lashga, koʻpi bilan 25 foizgacha xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilishi belgilangan”[10]. Buxgalteriya hisobini yuritishda yuqorida keltirib oʻtilgan qonunchilik bilan belgilangan me’yorlarga qat’iy amal qilinadi. Oliy ta’lim muassasasida buxgalteriya hisobi- ning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tartibda, toʻgʻri, toʻliq va oʻz muddatida yuritilishi buxgalteri- ya hisobi xizmati rahbari mas’ulligida amalga oshi- riladi. Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari amaliyo- tida bugungi kunda “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻ- risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 5-moddasiga muvofiq “UzASBO”- ta’lim muassasala- rida avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobi dastu- riy ta’minoti asosida “elektron raqamli imzo” bilan tasdiqlangan holda yuritilmoqda. “UzASBO” − dastu- ri ta’lim muassasalarining buxgalteriya hisobi va hi- sobotini yuritish uchun moʻljallangan dastur boʻlib, barcha operatsiyalar, koʻrsatkichlar va me’yorlar, shu jumladan, mehnatga soatbay haq toʻlash miq- dorlari amaldagi qonun hujjatlariga asosan oʻz vaq- tida kiritish asosida buxgalteriya amallari amalga oshirilib kelinmoqda. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling