Takroriy ekinlar


,5 ming gektar maydondagi g‘alla o‘rib olindi. Shuning 853,0 ming


Download 35.38 Kb.
bet4/4
Sana03.11.2023
Hajmi35.38 Kb.
#1741857
1   2   3   4
Bog'liq
Yerlarni takroriy ekinlar ekihga tayyorlash

921,5 ming gektar maydondagi g‘alla o‘rib olindi. Shuning 853,0 ming gektari somondan tozalandi. Ushbu maydonlarning 616,5 ming gektariga takroriy ekinlar joylashtirildi. Xususan, 70,4 ming gektar sabzavot, 29,9 ming gektar poliz, 2,6 ming gektar kartoshka27,4 ming gektar moyli ekinlar, 219,5 ming gektar dukkakli don ekinlari, 14,7 ming gektar don uchun makka59,8 ming gektar sholi, 156,3 ming gektar ozuqa ekinlar, 30,1 ming gektar tariq hamda 5,7 ming gektar supurgi ekildi.


Hosili yig‘ib olingan yerlar asosan, 4 toifa xo’jaliklariga ajratib berilmoqda. Jami 820,8 ming gektar takroriy ekin ekiladigan maydonlarning 167,1 ming gektari fermer xo‘jaligi a’zolariga (494,9 ming nafar), 76,4 ming gektari otaliqqa olingan ishsiz aholiga (169,5 ming nafar) va 15,3 ming gektari esa PQ-20-sonli qarorga asosan, o‘tkazilgan tanlovda yuta olmagan ishsiz fuqarolarga (46,9 ming nafar) hamda 298,5 ming gektari klaster va fermer xo‘jaliklarining o‘z ehtiyojlari uchun ekin ekilishiga mo‘ljallangan.
So‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda 539,0 ming nafar fermer xo‘jaligi a’zolari tomonidan 185 ming gektar, otaliqqa olingan 196,9 ming nafar fuqarolar tomonidan 85,8 ming gektar va PQ-20-sonli qaror bo‘yicha tanlovda qatnashib, yer yutib ololmagan 55,0 ming nafar fuqarolar tomonidan 18,6 ming gektar hamda 326,4 ming gektar maydonlarga klaster va fermer xo‘jaliklari tomonidan takroriy ekinlar ekildi.
Ayni paytda yoz fasli bo‘lganligi bois, respublikamizda takroriy ekinlarni ekish havo haroratining maksimal darajada oshgan kezlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa, urug‘larning unib chiqishi uchun tegishli namlik zahirasini to‘plash zaruriyatini tug‘diradi.
Shuning uchun takroriy ekin sifatida dukkakli don, moyli va yem-xashak ekinlari urug‘larini ekish talab qilinadi. Bunda urug‘larni elaklarda elab, tozalab, bir xilligini taʼminlagan holda ekish ularni bir tekisda, sifatli unib chiqishini kafolatlaydi.
G‘alla o‘rimidan keyin yer maydonlariga takroriy ekin ekish tuproqdagi ozuqa moddalar miqdorining o‘simliklar tomonidan qaytarilishiga va uning unumdorligini saqlanishiga, ekilayotgan va undan keyin ekiladigan ekinlarning hosildorligini oshishiga zamin yaratadi.
Download 35.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling