ABDURAHIM – (kirar yo‘talib).
SOLIH – (Abdurahimga qarab, sakrab o‘rnidan turub) Assalomu alaykum, keling, amaki (Abdurahim tomonga uch-to‘rt qadam yurur).
ABDURAHIM – Vaalaykum assalom (qo‘l olishib, esonmi-omonmi so‘zlari bilan hol-ahvol so‘rashurlar).
SOLIH – Qani, amaki, ko‘rpachaga o‘ltiring! (qo‘li bilan ishorat qilur).
Abdulla Qodiriy
Javob: dramatik tur
"Mirzo Ulug'bek "guruhi
Qalb bo‘lganda yiroqda
Iroda ekan ojiz.
Do‘stlar ham ko‘p atrofda,
Ammo men yakka-yolg‘iz...
Birdan qalbim keksarib,
Qon ham qochdi yuzimdan.
Sen, sirdoshni axtarib,
Xayol ketar izingdan.
Zulfiya
Javob: lirik tur
"Shohruh Mirzo " guruhi
Otam bu hikoyasini boshlagan vaqtda mening vujudimni qo‘rquv o‘rab olar edi-da, ichimdan: “Meni ham shunday jinlarga yo‘liqtirma”, deb Tangriga yolborib qo‘yar edim.
Kecha xolam bizning uyga mehmon bo‘lib kelgan edi. Kechasi oshdan keyin otam, oyim, xolam uchovlari choy ichishib o‘ltirar va o‘tgan-ketgandan so‘zlashar edilar. So‘z aylanib kelib yana o‘sha jinlar, parilar, devlar to‘g‘risida to‘xtadi. Otam bo‘lsa, o‘zi ko‘rgan “jinlar bazmi”ni so‘zlashdan yana tiyilolmadi. Otamning bu hikoyasi, yuqorida so‘zlaganimcha, mening uchun ortiqcha vahimali bo‘lganidan darrov o‘rnimga kirib, ko‘rpamga burkanib yotib oldim. Otam menga bir kulib qaradi-da, “jinlar bazmi”dan so‘z ochdi ...
Abdulla Qodiriy
Javob: Epik tur
Zakovat metodi
⭐️Har uchala guruhga quyidagi chiston beriladi! Shartni bajarish uchun 2 daqiqa vaqt kifoya!
Chistonni o‘qing. Javobini toping. Chiston ikki obyekt o‘rtasidagi qaysi o‘xshashlikka asoslanganini aniqlang.
Ul nadurkim, bir kelin o‘zi cho‘tir,
Yetti qat parda ichida misli hur.
Uvaysiy
Do'stlaringiz bilan baham: |