Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar Mashina yuritma qismining vazifasi nima. «Mexatronika»
Download 21.21 Kb.
|
-mavzu)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «MEXA nika» va « elekTRONIKA»
- Oxford Illustrated Encyclopedia quyidagi ta’rifni taklif etdi.
- Biz uchun Mexatronikaning ishchi ta’rifi
Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar 1. Mashina yuritma qismining vazifasi nima. 2. «Mexatronika» atamasi qaysi so’zlar birlashuvidan paydo bo’lgan. 3. «Mexatronika» atamasining muallifi kim. 4. «Mexatronika» atamasiga ta`rif bering. 5. Qaysi davlatda mexatronikaga bag’ishlangan 7-tomlik nashr chiqarildi 6. Mexatron tizimlarning yaratilish asosi qaysi printsiplarga tayanadi. 7. “Sinergiya” so’zining lug’aviy ma’nosi nima. 8. Harakatni kompyuterli boshqarishli mashinalarning tarkibiy qismlari qanaqa qurilmalardan iborat. 9. Loyihalashda mexatron yo`ndashish mohiyatini tushuntiring. 10. «Mexatron ob`ekt» tushunchasiga nimalar kiradi.
Mashina yuritma qismining vazifasi- elektr energiyasini yoki boshqa energiyani (gidravlik yoki pnevmatik energiyani) mexanik energiyaga aylantirish va mashinaning ishchi organlarini harakatga keltirishdir. Elektrmexanik yuritma elektrdvigateldan va elektr kuchli o`zgartirgichdan iborat. U manbadan (elektr ta`minlash sistemasidan) olinadigan elektrenergiyasini dvigatel o’ramasini ta`minlovchi ko’rinishga keltiradi. Ana shu o’zgartirgich dvigatel vali holati, kuchi va tezligini boshqaradi. Mexatronika atamasi “Mexanika” va “elektronika” so’zlari birlashuvidan paydo bo’lgan «MEXAnika» va «elekTRONIKA» Bunday birlashuv texnikaning yangi avlodlarini yaratilishi va uskunalarining yangi ko`rinishlarini ishlab chiqish, ilm-fan va texnika jabhalardagi bilimlarni integratsiyasini anglatadi. “Mexatronika” atamasi 1969 yilda Yaponiyada paydo bo`ldi. Atama muallifi - Tetsuro Mori “Yaskawa Electric” kompaniyasining katta muhandisi. Mexatronika atamasi mashina va agregatlar ishchi organlarini elektron yarim o`tkazgichli o`zgartgichlar bilan boshqariladigan elektromexanik uskunalar elektrodvigatelarini belgilash uchun ishlatilgan edi. Atama 1972 yilda “Yaskawa Electric” kompaniyasining savdo belgisi qilib ro`yxatdan o`tkazilgan. Mexatronika bo`yicha birlamchi ilmiy maqolalar 1970-yillar oxirlarida Yaponiyada chop qilina boshlandi. Bu maqolalar asosan kompyuter yordamida boshqariladigan avtomatikaning aniq ishlaydigan sistemalari haqida edi. 1983 yildan xalqaro “Mexatronika” jurnali chop etila boshlandi. Oxford Illustrated Encyclopedia quyidagi ta’rifni taklif etdi. Mexatronika – yapon atama so`zi bo`lib, elektrotexnika, mashinosozlik va dasturiy ta`minot kesishmasida paydo bo`lgan texnologiyani izohlash uchun ishlatiladi. Vikipediyada quyidagi ta’rif berilgan: Mexatronika - bu fan va texnika sohasi bo`lib, funksional harakatlari intellektual boshqariladigan yangi sifatli modullar, mashinalar va tizimlarni loyihalash va ishlab chiqarish maqsadida aniq mexanikani elektronika, elektronexnika va kompyuterli boshqarish komponentlari bilan sinergetik birlashtirish masalalarini o’rganadi. Biz uchun Mexatronikaning ishchi ta’rifi Mexatronika - bu murakkab muhandislik tizimlarini boshqarish uchun sensorlarning (datchiklarning), aktuatorlarning (ijrochi mexanizmlarning), signallarning, elektronikaning, qaror qabul qilish va boshqaruv algoritmlarining hamda kompyuter texnikasi va dasturlarining sinergetik birlashuvidir. 1984 yilda Yaponiyaning muhandis-mexaniklari jamiyati (Nixon Kikay akkay) tomonidan “Gixodo” nashriyotida etti tomlik mexatronikaga bag’ishlangan nashr chiqardi. “Sinergiya” yunon. – “hamkorlik, ko’maklashish, yordam” ma’nosini anglatadi. Loyihalashda mexatronik yondoshishning ma`nosi – bu hattoki har xil fizik mohiyatga ega bo`lgan ikki va undan ortiq elementlarni yagona funktsional modulga birlashtirish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, loyihalash jarayonida mashinaning odatdagi strukturasidan separat qurilma sifatida hech bo`lmasa bitta interfeys, uning bajaradigan ishining fizik mohiyatini saqlagan holda, olib tashlanadi. «Mexatronika ob’ekti» deganda raqamli boshqariladigan va biror maqsadli harakatni amalga oshiruvchi qandaydir predmet (mahsulot) tushuniladi. U uchta darajada bo`lishi mumkin. Mexatronik tizim; mexatronik agregat (mashina); mexatronik modul. Download 21.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling