Takt va pedagogik takt haqida tushuncha. Pedagogik taktni qo’llash shartlari. Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi


“Kommunikativ jihatdan o’z-o’zini tarbiyalashning individual-tipologik dasturi”


Download 59.06 Kb.
bet10/10
Sana03.02.2023
Hajmi59.06 Kb.
#1149540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-mavzu

“Kommunikativ jihatdan o’z-o’zini tarbiyalashning individual-tipologik dasturi”ni tuzishingiz mumkin. Ushbu dastur – kasbiy fazilat sifatida o’qituvchida dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantirish dasturi (o’quvchilar bilan muloqotga kirishish darajasi past bo’lganida) bo’la oladi hamda o’quvchilar bilan muloqotda salbiy ko’rinishlarni bartaraf etish (siqiqlik, tortinchoqlik, keskinlik va hokazo), kasbiy-kommunikativ ko’nikma va malakalarni qisqa muddatda shakllantirishga zamin yaratadi.
Kommunikativ jihatdan o’z-o’zini tarbiyalash tizimi individual, berilgan tavsiyalar inobatga olingan holda ishlab chiqilgan bo’lishi kerak. Tabiiyki, muloqotga oid ko’p narsalarni har qanday o’qituvchi o’zining shunchaki sog’lom tafakkuri va tajribasi bilan ishlab chiqishi mumkin. Masalan, boshqalar bilan muloqotda tabiiy noqulaylikni his qiladigan odamlar, bunday muloqotdan keyin o’z tajribasini ongli ravishda orttirishi, psixologik to’siqlarni ma’lum bir maqsadni ko’zlab bartaraf etishi lozim. Buning uchun yosh o’qituvchi turli seminarlarda, yig’ilishlarda, o’qituvchilar davrasida ko’proq chiqish qilishga intilishi, hamkasblari va kishilar bilan muloqot qilishning har bir imkoniyatidan foydalanishi kerak. Masalan, birorta muammo haqida bir nechta hamkasblaringiz bilan gaplashish vazifasini qo’ying. Yoshi ulug’, tajribali o’qituvchilarga o’zingizni qiziqtirgan muammoli savollar bilan murojaat qiling, do’kon sotuvchisining xaridorlar bilan muomalasidagi hatti - harakatini sharhlab bering va hokazo. Ko’chada yo’lovchining savoliga javob berganingizda, u bundan qoniqish hosil qilganini tushunishga harakat qiling. Har safar darsga tayyorgarlik ko’rib, yangi materialni tushutirishda nafaqat pedagogik vositalar va metodlarni qanday qo’llashni, balki sinf jamoasi bilan qanday muloqotga kirishish haqidagi fikr xayolingizni band qilsin. O’quvchilar bilan maktabdan tashqari ta’lim va tarbiya jarayonida muloqot qilish haqida o’ylang. Sizga ajoyib taassurot qoldirgan, yaxshi kayfiyat bag’ishlagan muloqotdagi vaziyatlarni aslo unutmang. O’quvchilar bilan muloqotdagi ba’zi muvaffaqiyatsizliklarni tahlil qilishga urining. Xatolaringizni tan oling va ko’ra biling, sizga qoniqish bag’ishlashi uchun navbatdagi muloqotlarni qanday tashkil qilishni o’ylang.
Sizga muloqotda noloyiq inson ekanligingizni aytishsa, aslo ruhiy tushkunlikka tushmang. Xulqingiz, hatti-harakatlaringiz, hayot va ish tajribangiz bilan shaxsiy xususiyatlaringiz buning aksi ekanligiga, muloqotda dilkashlik va xushmuomalalilik fazilatlari sizda mavjudligiga o’zingizni ishontirishga harakat qiling. Tajribalar asosida o’z kasbiy holatingiz ustida tinimsiz ishlash, muloqotda dilkashlikni kasbiy jihatdan ahamiyatli xususiyatlarini rivojlantirish, kommunikativ qobiliyatlarni takomillashtirish, pedagogik kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Agarda ta’lim va tarbiyadan ko’zlangan maqsad shaxsning shaxsga ijobiy ta’siri ekan, demak, aynan o’quvchilar bilan o’zaro hamkorlik sharoitida o’qituvchi ularning ma’naviy dunyosiga kirib borishi kerak
Quyidagi ko’rsatkichlar asosida o’zingiz yoki kasbdoshlaringizning darsini tahlil qiling, keyin esa o’zingizni yoki kasbdoshingizni sinf jamoasi bilan muloqotiga yakuniy tavsif bering:
1.Sinfga kirish (tetik, ishonchli, shaxdam, ishonchsiz, bo’sh).
2.Muloqotning boshlang’ich bosqichida o’zini erkin his etish, umumiy kayfiyat (tetik, barkamol, betaraf, siqiq, ishonchsiz).
3.Kommunikativ kayfiyatga tavsif (muloqotga har taraflama mukammal tayyorgarlikni ta’riflash; yoki ifodalanadigan kommunikativ kayfiyatning yo’qligi).
4.Kommunikativ tashabbusni shaxdam namoyon qilinishi, faoliyatga yaxshi kayfiyat bilan kirishish, bu kayfiyatni sinfga «yuqtira olish», darsning ko’tarinki ruh va neytral boshlanishi; yoki ruhan toliqqanlik, muloqotni tashkil qilishda tashabbusning yo’qligi.
5.Darsda zarur (umumiy, butun dars davomida, bosqichma bosqich, ba’zi vaziyatlarda) bo’lgan o’qituvchiga xos ruhiy kayfiyatni yarata bilish.
6.Dars jarayonida va o’quvchilar bilan muloqot davomida o’z ruhiy hissiyotini boshqara olish (barqaror ruhiy holat, dars davomida yuzaga keladigan vaziyatlarga muvofiq tarzda o’zini boshqara olish qobiliyati, kayfiyatning buzilishi, o’z ijodiy kayfiyatini boshqarishda beqarorlik).
7.Dars jarayonida tashkil qilingan muloqot xarakteri (uyg’un, sermahsul, yengil, rasmiy; yoki majburiy, zo’rma-zo’raki muloqot).
8.Ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni hal etish, o’quvchilar bilan o’zaro munosabatlarni tashkil qilish uchun muloqotni boshqarish samaradorligi (tezkorlik, nazokatlilik, muloqotda o’z shaxsiy uslubi samaradorligini his qilish, o’zaro muloqot va ta’sir o’tkazish metodlari birligini tashkil qila olish malakasi; yoki muloqotdan ta’lim-tarbiyaviy ta’sir quroli sifatida yetarlicha foydalana olmaganlik).
9.Nutq (yorqin va jarangdor; obrazli va intonatsiyali; chuqur hissiyotga berilish bilan; oddiy va betaraf; bosiq va vazmin gapirish; yoki ifodaliligi kam, ta’sirchanlikning yo’qligi; betaraf; yo’riqnomaviy-idoraviy).
10.Mimika (ifodali, tetik va dadil, yorqin ko’rinishga ega bo’lish, tashqi ko’rinishning pedagogik maqsadga muvofiqligi, his tuyg’ularga boy, bosiq va vazmin ko’rinishni yuzda aks etishi).
11.Pantomimika (ifodali va ta’sirchan harakat, yoqimli inson, sevimli ustoz sifatida o’zligini namoyish eta olish, his tuyg’ularga boy, bosiq va vazmin bo’lish, betaraf, beo’xshov harakatlardan saqlanish).
Ushbu tahlilga yakun yasab, o’zingiz uchun foydali bo’lgan xulosalar chiqaring, o’zingizda mavjud bo’lgan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etishga harakat qiling. Pedagogik faoliyatingizda ijodiy muloqot madaniyati va texnologiyasini shakllantirish bo’yicha maxsus tizim bilan ishlang, ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan trening, dilkashlik va xushmuomalalikni shakllantiruvchi o’zingiz uchun maxsus mashqlar tizimini yarating.
Download 59.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling