Talab chizig’iga tayangan holda, tovarning narxi oshishi iste’molchi talabiga qanday ta’sir ko’rsatadi?


Download 18.67 Kb.
Sana16.01.2023
Hajmi18.67 Kb.
#1094808
Bog'liq
TEST Individual va bozor talabi (atrabotki)


TEST

  1. Talab chizig’iga tayangan holda, tovarning narxi oshishi iste’molchi talabiga qanday ta’sir ko’rsatadi?

  1. Iste’molchining xarid qobiliyati oshishiga va tovarga bo’lgan talab yuqori bo’lishiga.

  2. Tovarga bo’lgan talab pasayishiga va boshqa narxi oshmagan mahsulotlarga bo’lgan talab oshishiga.

  3. Mahsulot narxining oshishi iste’molchi talabiga bo’gliq emas.

  1. Alohida bir iste′molchining xarid qilishi mumkin bo`lgan tovar miqdori bilan shu tovar narxi o`rtasidagi bog`liqlikni ifodalovchi talab chizig’iga nima deyiladi?

  1. Bozor talab chizig’i.

  2. “Daromad-iste’mol” chizig’i.

  3. Individual(yakka) talab chizig’i.

  1. “Daromad-iste’mol” chizig’iga muvofiq, narxlarning pasayishi natijasida byudjet chizig’i qanday holatga o’zgaradi?

  1. O’ngga-pastga suriladi.

  2. O’ngga-yuqoriga suriladi.

  3. Pastga-chapga suriladi.

  1. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan o`zgarishini ifodalovchi chiziqlar qanday chiziqlar deyiladi?

  1. Engel chiziqlari.

  2. Xiks chiziqlari.

  3. Parallel chiziqlar.

  1. Real daromad oshishi bilan birlamchi va ikkilamchi ehtiyoj ne’matlariga bo’lgan talab qanday o’zgarganligi isbotlangan?

  1. Birlamchi ehtiyoj ne’matlarga talab oshib, ikkilamchi ehtiyoj ne’matlarga talab pasayganligi.

  2. Birlamchi ehtiyoj ne’matlarga talab pasayib borib, ikkilamchi ehtiyoj ne’matlarga talab oshib borganligi.

  3. Birlamchi va ikkilamchi ehtiyoj ne’matlariga bo’lgan talab o’zgarmaganligi.

  1. Amerikalik olim Dj. Xiks muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni “daromad-iste’mol” chizig’i deb atagan. Ushbu chiziq ilmiy adabiyotlarda qanday nomlanadi?

  1. Xiks chizig’i.

  2. Real daromad chizig’i

  3. Turmush darajasi chizig’i.

  1. Ne′mat narxi o`zgarishi natijasida real daromad o`zgarishining iste′molchi talabiga ta′siri nima deb ataladi?

  1. Almashtirish samarasi.

  2. Iste’molchi daromadi o’zgarishi.

  3. Daromad samarasi.

  1. Naflik darajasi o`zgarmaganda, tovarlar narxi o`zgarishi munosabati bilan iste′mol tovarlariga talab tarkibining o`zgarishi nima deb ataladi?

  1. Almashtirish samarasi.

  2. Iste’molchi daromadi o’zgarishi.

  3. Daromad samarasi.

  1. Alohida bozordagi iste′molchilarning individual talablari yig`indisi nima deyiladi?

  1. Umumiy talab.

  2. Bozor talabi.

  3. Asosiy talab.

  1. Bozor talabiga iste’molchilar talablariga ta’sir qiluvchi omillarning barchasi ta’sir qiladimi?

  1. Ha, barchasi.

  2. Qisman.

  3. Yo’q, hech biri ta’sir qilmaydi.

  1. Agar talab elastik bo’lmasa, narx oshganda iste’molchining tovar sotib olishga sarfi qanday o’zgaradi?

  1. Kamayadi.

  2. O’zgarmaydi.

  3. Oshadi.

  1. Agar talab birlik elastiklikka ega bo’lganda narx pasaysa, iste’molchining tovar sotib olishga sarfi qanday o’zgaradi?

  1. Kamayadi.

  2. O’zgarmaydi.

  3. Oshadi.

  1. Muvozanatlik shartiga ko`ra, iste′molchi daromadini shunday taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul birligi qanday naf keltirsin?

  1. Har xil chekli.

  2. Umumiy chekli.

  3. Bir xil chekli.

  1. ___________- iste'molchilarning bozordan tovarlar sotib olishi natijasida uning ahvoli qanchalik yaxshilanganligini ko'rsatadi.

  1. Bozor talabi.

  2. Iste’molchi yutug’i.

  3. Iste’molchi daromadi.

  1. Iste'molchi yutug`i uning tovar uchun to`lashga tayyor bo`lgan maksimal summa bilan qanday summa o`rtasidagi farq?

  1. Haqiqatda to'laydigan summa.

  2. Minimal to’laydigan summa.

  3. Umumiy daromadi summasi.

Download 18.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling