Talab inflyatsiyasi


Download 26.72 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi26.72 Kb.
#1415692
  1   2   3
Bog'liq
Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo


Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo’lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya’ni, to’liq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o’sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar bahosining ko’payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflyatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so’zlar bilan aytganda, «haddan ziyod pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflyatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar aholining ish bilan to’liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflyatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, baho, ishlab chiqarish sur’atlari kabi ko’pgina omillarga bog’liq.
Iqtisod pasayish holatida bo’lganda mamlakatda jami talab oshsa, ishlab chiqarish hajmi ko’payadi, ishsizlik kamayadi, baho darajasi esa deyarli o’zgarmaydi yoki kam miqdorda o’zgaradi. Baho o’zgarmasligining sababi shundaki katta hajmdagi bo’sh turgan mehnat va xom ashyo resurlarini shu o’zgarmas bahoda ishga tushirish mumkin bo’ladi. Chunki, ishsiz yurgan kishi ish haqini oshirishni talab qilmaydi, uning uchun ishga yollanishning o’zi kifoya hamda qo’shimcha stanok sotib olishga hojat yo’q.
Bundan tashqari, baho ishchi kuchini to’la ish bilan bandligiga erishishdan oldin ham oshishi mumkin. Ya’ni, ba’zi sanoat korxonalarida bo’sh turgan resurs va zahiralarni ishlab chiqarishga ertaroq to’liq jalb qilinadi, natijada ular talabning o’sishiga mos ishlab chiqarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko’payib ketadi, natijada baho yana osha boshlaydi.

2.
2022-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 12,3%ni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistondagi inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri savdo hamkori bo’lgan mamlakatlardagi inflyatsiya hisoblanadi. Negaki import inflatsiyasining o‘sishi asosiy inflatsiyaning taxminan 38%ni ifodalaydi.
O‘zbekistonda pul massasi, foiz stavkasi va YaIM kabi talab omillarining inflatsiyaga qo‘shgan hissasi 29%ni tashkil yetadi. Narxga ta’sir yetuvchi omillardagi o‘zgarishlar mamlakatda iste’mol narxlari indeksining 33%ga o‘sishiga turtki bo‘lmoqda.
Qolaversa, aholining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari 15,3%ni, tadbirkorlarniki esa 14,3%ni tashkil etdi.

Download 26.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling