Talab qonuni


Download 15.7 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi15.7 Kb.
#1502737
Bog'liq
Talab


Talab — tovarning narxi va talab miqdori orasidagi munosabat bo‘lib, xaridorlarning muayyan vaqt davomida tovarni turli narxlarda qanchadan sotib olish imkoniyatlarini aniqlaydi[1].
Talab miqdori — xaridorlarning muayyan vaqt davomida ma’lum narxda sotib olishlari mumkin bo‘lgan tovar miqdori.[2]
Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziq-ovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning oʻrasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi.
Talab qonuni
Boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holatda tovarning narxi qancha past bo‘lsa, unga bo‘lgan talab miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi, tovarning narxi qancha yuqori bo‘lsa, unga bo‘lgan talab miqdori shuncha kam bo‘ladi. Talab qonuni talab miqdorining narxga teskari bog‘langanligini ko‘rsatadi. Bu xususiyatni quyidagi ikkita omilga ko‘ra izohlash mumkin:
Daromad omili. Odamlar tovarni arzon narxda qimmat narxdagiga qaraganda ko‘proq sotib olishga ishtiyoqmand bo‘lishadi, chunki tovar narxining pasayishi is te ’molchilarning xarid qobiliya tini oshiradi. Masalan, bozorda go‘sht narxi tushsa, odamlar oldin xarid qilayotgan oilaning isteʼmol savatidagi narsalarni kamroq pul sarflab sotib olishadi. Natijada, qanchadir pul ortib qoladi. Bu pulga qo‘shimcha miqdorda yana go‘sht yoki boshqa tovarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Almashtirish omili. Xaridorlar narxi qimmat bo‘lgan tovarni, uning o‘rnini bosadigan boshqa arzon tovarga almashtirishadi. Masalan, yoz kunlarida olma narxining pasayishi bois isteʼmolchilar mevaga bo‘lgan ehtiyojlarini olma sotib olib isteʼmol qilish bilan qondirishadi. Chunki, bu davrga kelib olma narxi apelsin yoki banan narxiga nisbatan ancha arzon bo‘lib qoladi. Shuning uchun qimmat apelsin va banan o‘rnini olma egallaydi.
Taklif va taklif qonuni
Taklif — tovar narxi va taklif miqdori orasidagi munosabat bo‘lib, sotuvchilarning muayyan vaqt davomida, tovarni turli narxlarda qancha miqdorda sotish mumkinligi haqidagi xohish va imkoniyatlarini aniqlaydi[3].
Taklif miqdori — sotuvchilarning muayyan vaqt davomida ma’lum narxda sotishlari mumkin bo‘lgan tovar miqdori[4].
Maʼlum vaqt oraligʻidagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan maʼlum turdagi tovar va xizmatlarning DAROMAD VA FOYDA olish maqsadida bozorga chiqarilgan miqdoriga taklif deyiladi. Narx oʻzgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham oʻzgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi. Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasqda bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Masalan, 10 soʻm narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 soʻmga koʻtarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar koʻpayadi, agar narx 20 soʻmga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining oʻzgarishlari taklif egri chizigʻida bir nuqtadan ikkinchisiga koʻchishida oʻz ifodasini topadi. Egri chiziqning ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasidagi bevosita bogʻliqdikni aks ettiradi.
Tovar taklifiga, tovarning oʻz narxidan tashqari bir qator omillar: shu tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan resurslar narxlari; qoʻllaniladigan texnologiya; soliqlar va dotatsiyalar; taqchillik yoki narxlar oʻzgarishlarini kutish; bozordagi sotuvchilar soni va boshqa taʼsir koʻrsatadi. Mas., resurelarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chikarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi oʻsishini stimullaydi. Taklifning oʻziga taʼsir koʻrsatadigan omillar oʻzgarishlariga, birinchi navbatda, narx oʻzgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataladi.
Taklif qonuni
Taklifning faqatgina narxga bog‘liq xususiyati taklif qonunida o‘z ifodasini topgan: Boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holda tovarning narxi qancha past bo‘lsa, uning taklif miqdori shuncha kam bo‘ladi, tovarning narxi qancha yuqori bo‘lsa, uning taklif miqdori shuncha koʻp boʻladi. Taklif qonuni taklif miqdorining narxga nisbatan to‘g‘ri bog‘liqligini ko‘rsatadi, yaʼni narx oshganda taklif miqdori ham oshadi. Talab tushunchasi bilan tanishganimizdek, taklif miqdorining o‘zgarishi ishlab chiqaruvchilarning turli maʼlumotlardan xabardorliklariga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
Download 15.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling