Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati talab va taklif nazariyasi
Download 14 Kb.
|
Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati-fayllar.org
TEST SAVOLLARI
1. Quyidagilardan qaysi biri talab tushunchasining mazmunini to’laroq xarakterlaydi? A) Ehtiyoj, xohish, istak B) Ehtiyojning pul bilan ta'minlangan qismi C) Bahoning mavjud darajasida sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar miqdori D) Sotishga chiqarilgan tovarlar miqdori E) Yuqoridagilarning barchasi. 2. Mahsulot bahosi va uning sotib olinadigan miqdori o’rtasidagi teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik qanday qonun? A) Taklif qonuni B) Naflilikning kamayib borish qonuni C) Talab qonuni D) Unumdorlikning pasayib borish qonuni E) Yuqoridagilarning barchasi. 3. Taklif tushunchasi nimani xarakterlaydi? A) Ishlab chiqarish qonunining kengayishini B) Iqtisodiy resurslarning to’liq band qilinganligini C) Bahoning har bir darajasida ishlab chiqarishga qodir bo’lgan va bozorga sotishga chiqaradigan tovarlar miqdorini D) Biror mahsulotning ishlab chiqaruvchilari sonini E) Yuqoridagilarning barchasi. 4. Quyidagi omillardan qaysi biri alohida tovarlar taklifiga o’z ta'sirini ko’rsatmaydi? A) Baholar B) Ishlab chiqarish xarajatlari darajasi C) Texnologiya D) Resurslar unumdorligi E) Iste'molchilar soni. 5. Tovar va xizmatlarning nafliligi nima? A) Foydaliligi B) Bahoga ega bo’lishi C) Ehtiyojni qondirish layoqati D) Iste'mol xususiyatiga ega bo’lishi E) Ayirboshlashga layoqatliligi. 6. Nima uchun aynan bir tovarning navbatdagi xarid qilingan birligining nafliligi pasayib boradi? A) Iste'molchi didining o’zgarishi sababli B) Tovar taklifining o’sishi sababli C) Aynan shu tovarga ehtiyojning qondirib borilishi sababli D) Aynan shu tovar bahosining o’sishi sababli E) O’rnini bosuvchi tovarlar mavjud bo’lishi sababli. 7. Keyingi naflilikning pasayib borish qonuni ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)ning qanday qaror qabul qilishiga olib keladi? A) Ishlab chiqarish (sotish) hajmini qisqartiradi B) Tovar taklifini cheklaydi C) Tovar bahosini pasaytirishga majbur bo’ladi D) Talabning o’sishini kutadi E) Boshqa tovar ishlab chiqara boshlaydi. MASALALAR
a) Talab egri chizig’i va taklif egri chizig’ini grafikda chizing. b) Agar Р =150 bo’lsa, bu bozorda tovar taqchiligi mavjudmi yoki tovar ortiqchaligimi? Uning hajmini aniqlang. c) Agar Р = 350 bo’lsa, bu bozorda tovar taqchilligi mavjudmi yoki tovar ortiqchaligimi? Uning hajmini aniqlang. d) Bozorda muvozanat narxi va muvozanat hajmini aniqlang. e) Narx Р0 = 150 dan Р1 = 300 ga o’zgardi. Talab va taklif o’zgaruvchanligini aniqlang? ED -? ES -? f) Iste'molchilar xarajatlarining kamayishi natijasida mahsulotni iste'mol qilish narxning har bir darajasida 3 birlik kamaydi. Bozorda yangi muvozanat narxi va muvozanat hajmini aniqlang.
а) Talab egri chizig’i va taklif egri chizig’ini grafikda chizing. b) Agar P = 10 bo’lsa, bu bozorda tovar taqchilligi mavjudmi yoki tovar ortiqchaligi? Uning hajmini aniqlang. c) Agar P = 70 bo’lsa, bu bozorda tovar taqchilligi mavjudmi yoki tovar ortiqchaligi? Uning hajmini aniqlang. d) Bozorda muvozanat narxi va muvozanat hajmini aniqlang. e) Narx P 0 = 30 dan P 1 = 70 ga o’zgardi. Talab va taklif o’zgaruvchanligi qanday o’zgardi? ED -? ES -? f) Iste'molchilar xarajatlarining kamayishi natijasida mahsulotni iste'mol qilish narxning har bir darajasida 5 birlik kamaydi. Bozorda yangi muvozanat narxi va muvozanat hajmini aniqlang. http://fayllar.org Download 14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling