Talaba: Ashuraliyeva. M


Download 20.39 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi20.39 Kb.
#1575187
Bog'liq
Anavar Obidjon bolalar adabiyotining so


Anavar Obidjon – bolalar adabiyotining so’nmas yulduzi!
Ilmiy rahbar: Mamurova.M
Talaba:Ashuraliyeva. M
Annotatsiya: Maqolada Anvar Obidjonning yozgan asarlari va she’rlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’z:Shoir,ertak,asar,hikoya
Anvar Obidjon o’zbek bolalar adabiyotida alohida o’rin egallagan yozuvchilardan biri, asarlarining mavzusi va mazmuni rang-barang va turli-xil. Badiiy obrazlar ham turli xil yaratilgan,ular bir biriga o’xshamas va takrorlanmasdir. Anvar Obidjon bolalar tabiatini nozik his etishi, uni yaratgan asarlarida juda aniq seziladi. Ko’plab hikoyalar, qissalar, sahna asarlari yaratdi. «Ey, yorug’ dunyo», «Olovjon va uning do’stlar» , «Ketmagil» , «Bezgakshamol» , «Masxaraboz bola» , «Akang qarag’ay Gulmat» , «Juda qiziq voqea» , «Oltin yurakli Avtomobil» , «Dahshatli meshpolvon» , «Erliklar» , «Alamazon va Gulmat hangomalari» , «Ajoyibxona» , «Meshpolvonning janglari» , «Alisher ila Husayn yoki uch donov a o’g’ri» , «Alamazon va Gulmat» , «Oltiariq hangomalari» , «Bulbulning cho’pchaklari» , «Odobli bo’lish osonmi» , «Bezgakshamoli-2», «O’q o’tmas bolakay» va boshqa kitoblari nashr etildi. Uning ayrim asarlari ru tiliga o’girilib, «Alamazon i ego pexota» (1984), «Grozniy Meshpalvan» (1991) nomlarida bosilib chiqdi. SHoirning mahorati shundaki, u bola dunyoqarashidagi o’ziga xosliklarning tub-tubini ko’ra oladi. Ichki olamini, o’y-xayollarini, kichik qalbida kechayotgan ruhiy jarayonlarni nozik did bilan kuzatadi. She’rlarda Inson tabiati shakllanishining dastlabki bosqich jarayonlari keng ko’lamda tahlil etib beriladi. Samimiy yumor, engil hajv elimentlari yorqin ko’zga tashlanadi. Shoirning juda ko’plab she’rlari va asarlari bolalar tominadan katta qiziqish o’qiladi. Anvar Obidjon “O’zbekistonim” she’rida tabiatning naqadar go’zalligi,undagi har bir narsalarning,o’simliklarning,gullarning,xattoki tuproqlarning ham o’zgacha ruh bilan tasvirlangani,osmonlar,bulog’lar,yaxshliklar haqidagi teran fikrlar bilan bolajonlar tasavvuridan alohida o’rin egallaydi.
Aziz o’lkam,o’zing ko’rkam,
Chinorlaring bizdan o’ktam,
Tosh ham gullar tuprog’inda,
Mehiring qaynar bulog’ingda.

Qo’li ochiq bog’laring ko’p,


G’aznaga kon tog’laring ko’p.
Yashnamoqqa qishloq, shaharlaring,
Yaxshilikka to’liq bag’ring,

Osmoningdan, o’tlog’ingdan,


Paxtaoydek oppog’ingdan.
Rang olgandir bayrog’ing ham,
Aziz o’lkam, o’zing ko’rkam!
Anvar Obidjonning tabiat haqidagi she’rlarida hayotga, insonga muhabbat, uning boqiyligiga ishonch tuyg’usi ko’zga tashlanadi, yosh kitobxon qalbidan joy oladi va uni tabiatga nisbatan mehr-muhabbatini oshiradi. She’rlarda biz bilan yonma-yon yashayotgan har bir jonzot, har bir o’simlik tabiat in’om etgan tiriklikdan zavqlanadi, bu dunyoda yashashning o’zi quvonch ekanligini tarannum etadi. Yozuvchi ularda tashxis (jonlantirish) va intoq (Odamlarday so’zlatish) san’atlaridan ustalik bilan foydalanib, turli hayvonlarni, hatto jonsiz narsalarni ham bolalarday xatti-harakatlarida namayon bo’lishidan, so’zlashidan foydalanadi. Obrazlarning ko’pchiligi goh monolog, goh dialog, goh qo’shiq, goh maktublar usullaridan foydalanishini guvohi bo’lishimiz mumkin. Ular benihoyat soddaligi va sami miyligi, beozor kulgiga yo’g’rilganligi bilan bolajonlarni o’ziga jalb etadi.Anvar Obidjonning “Kapalak qo’shig’i” nomli she’rida hayvonlarning ya’ni kapalak, qo’y, toy kabi hayvonlarning jonlanishi ulardagi beg’ubrlikni ko’rishimiz mumkin.
Qo’y ham bordi yaylovga,
Men ham bordim yaylovga.
Qo’yning ko’zi pechakda,
Mening ko’zim chechakda.
Qanotlarim pirpirak.
Toy ham bordi dalaga,
Men ham bordim dalaga.
Toyni ko’zi dalada,
Mening ko’zim lolada.
Qanotlarim pirpirak.
“Kapalak qo’shig’i” she’ri bolajonlar tomonidan katta qiziqish bilan yod olinadi. Bundan tashqari shoirning “ Chumolining Hikoyasi” ertagida ham chumoli,chumchuq, semizqurtning jonlanganini ko’rishimiz mumkin ya’ni bu ertakda hayvonlar o’rtasidagi munosabat ustalik bilan yoritilgan.shuning uchun bo’lsa kerak bu ertak yosh kitobxonlar tomonidan sevib mutola qilinishi.
Anvar Obidjonning «Meshpolvonning janglari» asarida Vatan, xalq
ozodligi uchun kurash, insonparvarlik g’oyalari an’anaviy doston janrida o’z
badiiy aksini topgan. O’zbek ad abiyotining ildizlariga nazar tashlasak, asrlar
davomida ijtimoiy-siyosiy kurashlar, ozodlik va tenglik hamda qahramonlik
va vatanparvarlik haqidagi ideallar doston janri imkoniyatlari doirasida
boshqa janrlarga nisbatan keng aks ettirilgan.
«Meshpolvonning janglar» asarida johillik, xudbinlik, yovuzlik timsoli
bo’lgan bosqinchi Sepkilshoh hukumatining yolg’onga, tuhmatga, quruq
safsataga, adomlarni laqillatishga asoslangan siyosati quvnoq yumor, achchiq
istehzo bilan masxaralanadi, ayovsiz fosh qilinad i. Uni tor-mor etgan yosh
pahlavonlar, qo’rqmas botirlar ulug’lanadi. Keng ma’nodagi go’zallikning
yovuzlik, chirkinlik ustidan g’alaba qilganligi sharaflanadi.
Anvar Obidjon chin ma’nodagi vatan kuychisi, bolajonlarning sevimli yozuvchisidir. U o’zi anglagan haqiqat yoki hayotiy voqealarni bola qalbida sodda va samimiy, hayajonli tarzda etkazishga harakat qiladi. O’zbek bolalar adabiyotining ravnaqida Anvar Obidjonning o’z o’rni va takrorlanmas asarlari bor. Yozuvchi asarlari kirib bormagan hovli, uning asarlarini mutola qilmagan o’quvchi bo’lmasa kerak.Anvar Obidjon bolalar adabiyotida o’chimas iz qoldirdi!
Download 20.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling