Talaba: Ergashev A


Normalashtirish obyektlariga ko’ra


Download 382.93 Kb.
bet7/10
Sana13.04.2023
Hajmi382.93 Kb.
#1352222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ergashev A

Normalashtirish obyektlariga ko’ra normativ asoslari mehnat, moddiy, texnik va moliyaviy resurslarga taqsimlanadi.
Normativ asoslari ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish uchun boshlang’ich nuqta bo’lib xizmat qiladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini va chiqarilayotgan har bir mahsulot tannarxini aniq va bexato belgilashga imkon beradi.
Umuman olganda norma va normativlar birinchidan, resurslarning ortiqcha sarflanishi oldini olish, ikkinchidan, korxonaning belgilangan ish tartibini ta’minlash, uchinchidan chiqarilayotgan mahsulotning belgilangan tavsifnomalardan chetga chiqishining oldini olish, to’rtinchidan atrof-muhitni muhofaza qilish va normal mehnat sharoitlariga rioya qilishbeshinchidan esa korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish uchun ma’lumotlar to’plamini yaratish maqsadida ishlab chiqiladi va belgilanadi.
Normativ asoslarini yaratish bo’yicha ishlar uni ishlab chiqish joyi va qaysi idora yoki bo’lim tomonidan ishlab chiqilishidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, texnika va texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo’lgan mutaxassislar, professional (malakali) normativ guruhlari zimmasiga yuklatilishi lozim. Malakali va asoslangan tarzda ishlab chiqilgan norma va normativlar hayot davri uzoq bo’lib, ular o’zgarishlarga kamdan-kam uchraydi. Shunday bo’lsada, yuqorida aytib o’tilganidek, eng yaxshi norma va normativlar ham vaqt o’tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti va ilg’or ishlab chiqarish tajribalari ta’siri ostida qayta ko’rib
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z faoliyatini amalga oshirishda ma’lum bir darajadagi moliyaviy faoliyatni amalga oshiradilar. Ushbu soha faoliyat turlarini to‘g‘ri tashkil etish, korxonalarning mahsulot (ish, xizmat)larning sotilishi hisobi, moliyaviy natijalar tahlili hamda ularning foydaliligini oshirish yo‘llari bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri sifatida ko‘zga tashlanadi.
Jahonda yuz berib turgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida har bir korxona o‘zining moliyaviy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishi, tadbirkorlik faoliyati rivojlantirishida olib borilayotgan islohotlarning izchil amalga oshirilayotgani, ushbu global inqirozdan chiqish omili sifatida qarashimiz mumkin.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarni to‘g‘ri va ishonchli tarzda tuzish davlat budjeti daromadlarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi. Bu borada Birinchi Prezidentimizning fikr-muloxazalari dikkatga sazovordir: «Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o‘ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi.
Mamlakatimiz bo’yicha yirik korxonalarni ham qo’shganda, jami 240 ta korxona bankrot deb elon qilindi. Ayni paytda ularning 154 tasi yangi mulkdorlarga sotildi, 86 tasi esa tijorat balansiga o’tkazildi, 70 ta iqtisodiy nochor korxonalar ishlab chiqarish to’liq qayta tiklanib, istiqbolli sarmoyadorlarga tortildi, qolganlarida moliyaviy sog’lomlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bu borada ko’rilgan chora tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha yukdan xolos qilish, byudjet va ish haqi bo’yicha umumiy miqdori 1 trillion so’m kreditorlik qarzini uzish bankrot korxonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo’shimcha ravishda 17 mingdan ortiq ish o’rni yaratish imkonini berdi.
Xozirgi kunda kichik biznes subyektlari yalpi ichki mahsulotning qariyb 87 foizini ishlab chiqmoqda. Xolbuki, bu ko’rsatkich 2016 yilda 50 foizni tashkil etgan edi. Bunday natija, birinchi navbatda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan doimiy qo’llab-quvvatlanayotgani samarasidir.
2018 yilda kichik sanoat korxonalari yagona soliq to’lovi 8 foizdan 7 foizgacha pasaytirildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori o’rtacha 1,3 barobar kamaytirildi.

Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.


Makroiqtisodiy jihatdan qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari; ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi; mazkur sub’ektlar ishlab chiqarish hajmlari, milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko‘rinishda quyidagi 1-chizma orqali tasvirlash mumkin.1
Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig‘imi va monopollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning yer maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.



Download 382.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling