IS operatori sintaksisi
--------- Solishtirish ---------- IS (------ TRUE ---------------)
(------ FALSE --------------)
--- Mantiqiy ifoda --- (------ UNKNOWN ------------)
Masalan quyidagicha yozish mumkin: ((SALES - QUOTA) > 100.000) IS UNKNOWN . Bunday shart SALES yoki QUOTA ustunlari NULL qiymatga ega satrlarni izlashga imkon beradi.
YOzuvlarni tartiblash, ORDER BY jumlasi
Oldin ko‘rilgan so‘rovlarda natijalar ixtiyoriy tartibda olingan edi. Agar o‘quvchilar ro‘yxatini alfavit tartibida yoki tovarlar narxini kamayish tartibida chiqarish zarur bo‘lsachi? Buning uchun SELECT operatori tarkibida ORDER BY ifodasi ko‘zda tutilgan. Uning sintaksisi:
------- ORDER BY – usutun nomi ---------------- -------------------------------- .
-- ustun tartib raqami --- -------- ASC ----------
-------- DESC ----------
------------------------- , -----------------------------------
Avval quyidagi misolni ko‘ramiz: Xar bir ofis uchun sotuvlar xaqiqiy xajmlarini regionlar nomlari, xar bir regionda esa shaxarlar nomlari bo‘yicha alfavit tartibida ko‘rsatish.
SELECT CITY, REGION, SALES
FROM OFFICES
ORDER BY REGION, CITY
ORDER BY ifodasidan keyin kelgan ustun ASOSIY kalitdir, undan keyingi ustunlar ikkinchi darajali kalitlardir. YOzuvlarni o‘sish xamda kamayish bo‘yicha tartiblash mumkin.
Masalan: Sotuvlari xaqiqiy xajmlari kamayish tartibida ofislar ro‘yxatini chiqarish.
SELECT CITY, REGION, SALES
FROM OFFICES
ORDER BY SALES DESC
Sotuvlar xajmlarini DESC predikatini qo‘llab kamayish tartibida chiqaramiz. O‘sish tartibida chiqarish uchun ASC predikati qo‘llanadi. Bu predikat ko‘zda tutilgan bo‘lib, uni ko‘rsatish sharrt emas. Agar ustun xisoblanuvchi bo‘lib, nomga ega bo‘lmasa uning tartib nomerini ko‘rsatish mumkin!
Masalan, quyidagicha: Sotuvlar xaqiqiy va rejadagi xajmlari ayirmasi kamayish tartibida ofislar ro‘yxatini chiqaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |