Talaba shaxsining ijtimoiy – psixologik xususiyatlari


Talabalarning ma’naviy shakllantirishning ijtimoiy – psixologik asoslari


Download 39.62 Kb.
bet3/4
Sana19.04.2023
Hajmi39.62 Kb.
#1365913
1   2   3   4
Bog'liq
alimova mohidil TALABALAR MA’NAVIY-AHLOQIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Talabalarning ma’naviy shakllantirishning ijtimoiy – psixologik asoslari

Ta’lim jarayonida qо‘llanilib kelayotgan saboq berish va tarbiyalashning yо‘l – yо‘riqlari, vositasi hamda usullari tizimiga о‘zbek xalqining о‘ziga xos xususiyatlarini, muomala madaniyatini, qadriyat va madaniyat durdonalarini kiritmasdan turib oliy maktabda о‘qitishning samaradorligini oshirish, uni takomillashtirish, sharqona tarbiya nazariyasini talabalar ongiga singdirish mumkin emasligi yaqqol kо‘zga tashlanadi. Jahon madaniyati va maorifining ilg‘or g‘oyalaridan oqilona va unumli foydalanish bilan birga bir necha о‘n asrlik tarixga ega bо‘lgan, hatto unitilish darajasiga borib qolgan milliy tuyg‘u, milliy xarakter, milliy qiyofa, did va hokazolarsiz iymon, e’tiqod, vatanparvarlik, soflik, vijdonlilik, rostgо‘ylik, ma’suliyat va burch hislarini tarkib toptirib bо‘lmaydi. Ijtimoiy hayotdagi moddiy va ma’naviy qiyinchiliklarni yengishga xalqni о‘rgatish uchun milliy qadriyatdan, Qur’oni Karimdan, Xadislardan keltirish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan dunyoviy tarbiya bilan diniy tarbiyaning ba’zi jihatlarini uyg‘unlashtirish orqali iymon, e’tiqodli insonlarni kamol toptirish zarur. Buning uchun talabalarning ma’naviy shakllantirishda psixologik xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim – tarbiya ishlarini yо‘lga qо‘yish, bunda tarbiyaga asoslanib e’tiborni uning birlamchi ekanligini tanl oldirish ayni muddaodir.
Ma’lumki, har bir millat о‘ziga xosligi, milliy madaniyati, adabiyoti, tili va shu millatning ruhiy (ma’naviy) tarzining majmuasida, ya’ni millat ruhiyatida о‘z ifodasini topadi.
О‘zbek xalqining о‘z ruhiy qiyofasi, milliy xususiyati, milliy xarakteri, his – tuyg‘usi, mijozi (tempramenti), xulq – atvori, didi, ta’bi alohida ajralib turadi. О‘zbek milatining bilim jarayonlari (sezgisi, idroki, tasavvuri, xotirasi, tafakkuri, hayoloti), qobiliyatining aniq yо‘nalishga qaratilganligi, ehtiyoji va qiziqishi, milliy ongi о‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Ta’lim va tarbiya jarayonida respublikamizning tarixi, madaniyati, uzoq ajdodlarimizdan yetishib chiqqan jahongashta kishilar, ilm fan arboblari, mutafakkirlar, ma’rifatparvarlar tо‘g‘risida bilim urug‘ini sochish о‘quvchilarda va talabalarda g‘urur va iftixor tuyg‘usini vujudga keltiradi. О‘zbekistonning fan
texnikasi, unumdor ona tuprog‘i, sahiy va zahmatkash xalqi, foydali qazilmalari, jahon va umumxalq bozoridagi paxtasi, ipagi, qorakо‘li, oltini salmog‘i ochib berilishi talabalarda milliy ongni о‘stiradi, ma’naviy о‘zini – о‘zi anglashni takomillashtiradi. Ijtimoiy faollikni jadallashtiradi, ularni ijodiy izlanishlar sari yetaklaydi, fan asoslarini egallashga qiziqishni oshiradi.
О‘tmishda о‘zbek milliy ta’lim usullaridan, topishmoqlaridan, muammolaridan, topqirlik qilish mashqlaridan ijodga undovchi vositalardan unumli foydalanish talabalar aqliy faoliyatini rivojlantiradi, aqlni peshlash mashqlari vazifasini bajaradi, axloqiy qobiliyatlarini о‘stiradi.
Oliy maktab tarbiyaviy ishlarida milliy an’analar, marosimlar, rasm – rusumlar, bayramlar (Navrо‘z, о‘zbek tili kuni, Mustaqillik kuni, oltin kuz, kо‘chat о‘tkazish mavsumi, qovun sayli, uzum sayli, hosil bayrami, paxta bayrami, sumalak va о‘zbek taomlarining kо‘riklari) ma’lum darajada о‘z о‘rnini topsa, talabalarga eng samarali ta’sir о‘tkazadi, chunki umumiy xarakterlar talabchanlik faoliyati bilan uyg‘unlashadi, mustaxkam jamoa bо‘lib yashashga undaydi.
Mazkur ishlarda talabalarning ijtimoiy qatnashuvi ularda faollikni ortiradi, har bir shaxs о‘z qobiliyati va uquvini sinab kо‘radi. Talabalarning bunday faoliyatlarida ishtirok etishlari ularda mustaqillik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik singari xislatlarni tarkib toptiradi. Ta’lim – tarbiya jarayonida talabalar ongida xalq durdonalarini shakllantirish, milliy qadriyatlarning oqilona tadbirlarigae’tiborni qaratish ular ma’naviy dunyosini shakllantiradi.
Ma’naviy nafaqat inson, balki davlat va jamiyat taraqqiyotining asosiy negizi hisoblanadi. Ma’naviy yangilanish xalqning boy milliy – ma’naviy merosini, о‘ziga xos miliy yashash va tafakkur tarzini har tomnlama chuqur о‘rganish, yosh avlodni ana shu fadriyatlar, urf – odatlar, ajdodlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash kerak.
Talabalik davri о‘spirinlik davrining о‘ziga xos murakkab bosqichlaridan biri hisoblanadi, chunki aynan mana shu davrda shaxsda kasbiy bilim, kо‘nikmalar bilan bir qatorda muhim kasbiy sifatlar ham tarkib topib boradi. Talabalik davrida kasbiy sifatlarning shakllanishi muammosi qator tadqiqotlar doirasida о‘rganilgan.
Kо‘pgina jahon va xorij olimlarining ta’kidlashicha, bugungi kunda kasbiy sifatlarni shakllanishi о‘zining ahamiyatlilik darajasiga kо‘ra inson ehtiyojlari orasida birinchi о‘ringa kо‘tarilmoqda. Bu muammo ijtimoiy nazariya va amaliyotning muammolari majmuasi bilan bog‘liq bо‘lib, psixologiyaning markaziy qismidan joy olgan. Talabalardagi kasbiy sifatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, ijtimoiy-madaniy sharoitlar ta’sirida о‘zgaruvchi alohida turlari tadqiq qilingan.
Zamonaviy tadqiqotlarda talabalardagi kasbiy sifatlar shaxs kasbiy taraqqiyotining asosiy mezoni va mehnat subyektining yetakchi harakteri sifatida ajratib kо‘rsatilmoqda. Ushbu nuqtai nazar jahon psixologiyasidagi mavjud kasbiy taraqqiyot mezonlarini hodimning samarali faoliyati darajasidan mutaxassisning xarakteristikasi darajasigacha rivojlanishini mantiqiy yoritilishi deb hisoblanadi. Mutaxassis mehnat subyekti sifatida xodimdan farqli ravishda uning о‘zi faoliyat maqsadini qо‘yadi, unga erishish yо‘li va vositalarini aniqlaydi, faoliyat natijasiga nisbatan ma’suliyatni о‘z zimmasiga oladi. U faoliyatni tо‘liq boshqaradi, turli amaliy vaziyatlardan chiqish yо‘llarini biladi, faoliyatni tashkil qilish, uning о‘zgarishi va taraqqiyotini oldindan kо‘ra bilish qobiliyatiga egadir.
Talabalarning kasbiy shakllanishida kasbiy sifatlar va taraqqiyot bir-biri bilan chambarchas bog‘likdir: kasbiy sifatlar bir tomondan kasbiy taraqqiyot jarayonida shakllansa, boshqa tomondan shaxsning mutaxassis sifatida namoyon bо‘lishining muhim kо‘rsatkichi hisoblanadi. Amaliy jihatdan bu quyidagini anglatadi: yangi ijtimoiy-iqtisodiy dinamik sharoitda о‘z sha’niga ega bо‘lish uchun, raqobatda sinmaslik uchun, farovon kelajakni ta’minlash uchun bо‘lajak mutaxassis, ya’ni talaba doimiy rivojlanishda bо‘lishi, qolaversa, ijtimoiy va mehnat sharoitida о‘zining mavqeini tahlil qilib borishi lozim. Shuning uchun kasbiy sifatlarni tadqiq qilishning zamonaviy yо‘nalishi shaxsning ijtimoiy va kasbiy taraqqiyoti jarayoni bilan bog‘liq jihatlarni о‘rganish hisoblanadi.

Download 39.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling