2.3. Ma’lumotlar bazasini loyixalash.
Ma’lumotlar bazasini yaratishdan avval relyatsion ma’lumotlar bazasini loyixalash, xolatini aniqlash ma’lumotlarni mantiqiy tuzilishini va jadvallararo aloqani aniqlash lozim bo’ladi. Quyida ma’lumotlar bazasini loyihalash va yaratish bosqichlari keltirilgan:
1. Ma’lumotlar bazasi tuzilishini yaratish;
2. Jadvallarni tasvirlash;
3. Jadval qatorlarini tasvirlash;
4. Mysql da jadvallarni yaratish;
5. Jadvallarni ma’lumotlar bilan to’ldirish.
2.4 MySQL da jadvallarni yaratish.
Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda php da uchta asosiy qadam mavjud:
Ulanib olish;
So`rovlar jo`natish, ularni qayta ishlash;
Ulanishni to`xtatish (ulanishni berkitish, yopish).
Ma’lumotlar bazasini yaratish uchun quyidagi amallarni bajaramiz:
Yangi obyekt xosil qilib olib, mysqli orqali host ga ulanib olamiz:
$mysqli=new mysqli("localhost","root","");
Bu yerda: $mysqli- yangi (ixtiyoriy) obyekt nomi; localhost- hostning nomi; root- barcha huquqga ega bo`lgan foydalanuvchi; 3-parametr (bo`sh parametr) esa foydalanuvchi kaliti (paroli).
$mysqli obyektini query metodi orqali yozuvlar kodirovkasini o`rnatib olamiz:
$mysqli->query("SET NAMES `utf8`");
Bu bizga ma’lumotlar bazasida kiril va lotin alifbolari bilan ishlashda muammo yuzaga kelishini oldini oladi.
Ma’lumotlar bazasini yaratish:
$mysqli->query("CREATE DATABASE `Zapravka`);
Bu yerda Zapravka nomli ma’lumotlar bazasini yaratib olyapmiz.
MySQL dasturlash tilida jadval yaratish.
MySQL Quyidagi so`rov orqali yaratgan bazamizga jadval yaratib olamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |