Talabalar ligasi 3-o'yini savollar paketi


Javob: Inson xotirasi. 8


Download 1.24 Mb.
bet3/6
Sana13.05.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1456968
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-TUR METSENAT

Javob: Inson xotirasi.
8. Bu inson o‘zining ilhom manbaini quyidagicha ta’riflaydi: Men ikki do‘stim bilan yo‘l bo‘ylab quyosh botayotgan paytda ketayotgan edim. To‘satdan osmon qizil rangga kirganini ko’rdim va to‘xtadim. Charchaganimni his qilib, panjaraga suyanib qoldim. Ko‘k-qora rangli ko‘rfaz, shahar ustidagi qon va olovga qaradim. Do’stlarim yurib ketishdi. Men esa hayajondan qaltirab, tabiatni teshib o‘tayotgan cheksiz IKSni his qildim.
Savol:
Siz menga bu rassom kimligini emas, IKS ni bir so’z bilan yozib bering.
Javob: Qichqiriq.
Izoh:
Gap Edvard Munkning “Qichqiriq” kartinasini yaratilishi haqida edi.
9. Sizga bu reytingni boshqarib turganlarning bitta yoki ikkita nomi ma’lum, balkim uchinchisini ham bilarsiz. Bu reytingning ikkinchi o‘rinda turganiga tegishli son 8614ni tashkil qiladi.
Savol:
Reytingda birinchi o‘rinda turuvchiga tegishli sonni yozib bering.
Javob: 8848.
Izoh:
Dunyoning eng baland nuqtasi shubhasiz Himolay tog‘ tizmasidagi Everestdir. Tibetliklar uni Jomolungma, nepalliklar esa Sagarmatxa deb ataydilar.
10. 1889-yilda Jon Dunlop dunyoda ilk bor pnevmatik (puflanadigan) shinalar ishlab chiqaruvchi zavodni qurgan. Bir necha yildan soʻng Jon, Malaya hududidagi IKS plantatsiyalarining eng yirik egasiga ham aylangan.
Savol:
IKSni yozib bering.
Javob: Kauchuk.
Izoh:
Bunday shinalar dastavval velosipedlar, keyinchalik avtomashinalarda ommashib ketgan. Va albatta shinalar bor joyda kauchuk bor.
11. Erkin Vohidovning "Donishqishloq latifalari" hajviy she’ridan quyidagi parchani eshiting:
Oyga chiqmoq yo‘li bor,
Juda oson degan ham.
IKSni ko‘tarsa,
Tayyor narvon degan ham.
Savol:
IKSni ikkita so‘zda ayting.
Javob: Temir yo‘l.
12. O‘tgan asrning 30-yillarida Germaniyaning harbiy ilmiy tekshirish institutlaridan birida, soniyasiga 1500 kadr oladigan fotokamera yaratildi. Bu fotokamera bir muassasa hodimlariga berildi, ular bog’ga borib, kalibri qushini uchish-qo’nish jarayonini rasmga olishlari lozim bo‘lgan. Buning natijasida UNING birinchi moduli yaratildi. Versiyalarga ko‘ra UNING g’oyasi Rossiyada aviakonstruktor Nikolay Yurev tomonidan ilk bora ilgari surilgan.
Savol:
UNI bir so‘zda yozib bering.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling