Tаlаbаlаr sоni: O’quv sоаti 2 sоаt


Ta’limda multimediya vositalari, ularning afzalliklari. Akustik tizimlar. Multimediya


Download 476.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana02.05.2023
Hajmi476.59 Kb.
#1422671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-Maruza

2.Ta’limda multimediya vositalari, ularning afzalliklari. Akustik tizimlar. Multimediya
tushunchasi 
Hozirda multimediya degan so’z kundalik faoliyatimizda juda ko’p ishlatilmoqda. Ta’limda
multimediya texnologiyasini tatbiq etish uchun dastlab , ”Multimediya nima o’zi? “ degan savolga
javob beraylik . Multimediya tushunchasi hayotimizga 90-yillarning boshlarida kirib keldi. Ko’pgina
mutaxassislar bu atamani turli xil izohlamoqdalar . Ularning fikrlarini umumlashtirib
multimediyaga shunday ta’rif berish mumkin: Multimediya- bu informatikaning dasturiy va
texnikaviy vositalari asosida axborotning an’anaviy va original turlari asosida o’quv materiallarini
o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir. Multimediya hozirda juda
tez gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasi bo’lib , u quyidagilarni o’z ichiga
oladi :
- an’anaviy axborot turlari , ya’ni matn , jadval, turli xil bezaklar va orginal axborot turlari
-videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya (obyektlarning fazodagi harakati) ko’rinishidagi
axborot turlarini bir dasturiy mashg’ulotda mujassamlashtirilganligi; 
- video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy
protsessor tez harakatchanligi ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobilyati, operativva
video-xotira , katta sig’imli tashqi xotira , hajm va kompyuter kirish- chiqish kanallari bo’yicha
almashinuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi
- “inson-kompyuter” interaktiv muloqotning yangi darajasini ta’minlanishi. Bunda muloqot
jarayonida foydalanuvchi ancha keng har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim 
ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Ta’lim jarayonida multimedia vositalari yordamida darslarning samaradorligini oshirish asosida
o’quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish hozirgi kunning dolzarb
masalalaridan biriddir.Rivojlanayotgan xorijiy davlatlarda o’qitishning bu usulini ta’lim
sohasining yo’nalishlari bo’yicha tatbiq qilinmoqda. Hozirda harqanday kompyuterni multimediya
vositalarsiz tasavvur etish qiyin. Chunki , har bir oila multimediya vositalarsiz xordiq 
chiqarmaydigan bo’lib qoldi. Statistika ma’lumotlarigatayanadigan bo’lsak, 1981-yilda multimediya
vositalarini yalpi oboroti 4 mlrd . AQSH dollarini tashkil etgan bo’lsa, 1994-yilga kelib esa
bu ko’rsatkich 4 barobarga ko’paydi.


Download 476.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling