Tаlаbаlаr sоni: O’quv sоаti 2 sоаt


Download 476.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana02.05.2023
Hajmi476.59 Kb.
#1422671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-Maruza

Akustik tizimlar 
Akustik tizimlar (kolonkalar) multimediya tizimining 
majburiy bo’lmagan, lekin borligi ma’qul bo’lgan tashkil etuvchisidir, ularni ishlatganda tovushli 
axborotni qabul qilish birmuncha yaxshilanadi. 
Multimediya — gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi 
belgilariga quyidagilar kiradi: 


• axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, 
musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy 
mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning 
turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, 
videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi; 
• muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va 
videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni 
kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez xarakatchanligi, ma’lumotlarni 
uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira 
(ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan 
ikki baravar oshirilishi talab etiladi; 
• "inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi 
ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini 
yaxshilashga imkon beradi. 
3.Lingafon sinflarining jihozlanishi va bajariladigan mashg’ulotlar turlari. 
Lingafon kabineti- (lot. Lingua- til va yun. Phone-tovush, nutq) – tovush texnikasi, proyeksion va 
kinoproyeksion apparatlar bilan jihozlangan maxsus auditoriya (sinf). O’quvchi (talaba) larga audiovizul 
usul bilan o’zga til nutqini, talaffuz shaklini o’rganilayotgan til muhitini yaratish, ona tilining nutq 
madaniyatini o’rganish ustida mustaqil ishlash, shuningdek, teatr va san’ato’quv yurtlarida 
mutaxassislik bo’yicha professional- ijrochilik mahoratini egalash uchun qulay sharoit yaratadi. 
Lingafon kabineti apparaturasi (magnitafonlar, elektrofonlar, mikrafon- telefon kuchaytirgichi va 
boshqalar) o’qituvchiga har bir o’quvchiningmuayyan o’quv materiali ustida mustaqil ish olib borish va 
buni nazorat qilish , bir vaqtning o’zida muayyan o’quvchilar guruhi uchun bir nechta o’quv dasturini 
kiritish, o’quvchilarning nutqlarini yozib olish va qaytadan yodga tushirish, kinofilmlarni sharhlashga 
yordam beradi. 
Lingafon xonalari va fanozollar o’quv jarayonida yakka tartibda shug’ullanish, “to’g’ri” va “teskari”
aloqa prinsipini amalga oshirish, o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga berilgan yordam va nazoratni 
kuchaytirish, o’quvchilarning o’zaro muloqot tartibida va mustaqil ishlarni ta’minlash kabi bir qator 
didaktik imkoniyatlarga ega. 
Optik usulda yozilgan fonogrammani qayta eshittirish qurilmasining sxemik tuzilishi quyidagilardan 
tashkil topgan: tovush karnayi, elektron kuchaytirgich, fotoelement, mikroobyektiv, kinoplyonka, ovoz 
o’quvchi lampa, yorug’lik nuri, fonogramma. 
O’quv jarayonida LK-68, LKFPO-70, YAL-3M, OLKM-1M, OL9, OL12, ELFA-01 va boshqa 
tipdagi lingafon qurilmalaridan keng foydalaniladi. Bu qurilmalarning ishlash prinsiplari deyarli bir xil 
bo’lsa-da, ular bir-biridan texnik tuzilishi va didaktik imkoniyatlari bilan farq qiladi. LK-68 lingafon 
kabineti 24 o’quvchiga mo’jallangan bo’lib, ikki programma asosida ishlaydi. Uning tarkibiga 
o’qituvchi stoli, boshqarish pulti, MP-65 tipidagi 2 ta magnitafon, elektroproigrivatel Koncert-M, 
o’quvchining shaxsiy pulti, TA-56 tipidagi 25 dona telefon, MD-200 tipidagi 25 dona mikrafon kiradi. 
O’qituvchi stolida MP-65 tipli ikkita magnitafon, boshqarish pulti joylashtiriladi. Stolning o’ng 
tomonida Koncert-M elektrofoni o’rnatiladi. Bundan tashqari, 1GD-28 tipli ikkita tovush karnayi va UL 


tipli elektron kuchaytirgich ham bor. Boshqarish pultida 26 ta tumbler bo’lib, ular o’quvchilar stolidagi 
kuchaytirgichlarni ulash uchun xizmat qiladi. Tumbler uch holatli (o’ng, chap, neytral) bo’lib, chap 
holatda 1-programmani, o’ng holatda esa 2- programmani ulaydi. Neytral holatda esa ikkalasini ham 
o’qituvchi stolidagi kuchaytirgichni 1- va 2- programmaga ulaydi. Tumbler T26 chap va o’ng holatda 
tovush karnayini 1- va 2- programmaga ulaydi. Birinchi programma bo’yicha 5 turdagi ishni, ya’ni “ 
magnitafonga yozuv” , “qayta eshittirish”, “mustaqil ish”, “birinchi programmada yozuv” rejimlarini 
preklyuchatel P2 ta’minlaydi. Vklyuchatel VKL o’qituvchi stolidagi boshqarish pulti, magnitafon paneli 
va elektrofonni elektr kuchlanish manbaiga ulaydi. O’qituvchi boshqarish pultidagi dastak R1 
kuchaytirgichni, dastak R2 esa tovush karnayi va tovush balandligini boshqaradi. O’qituvchi stolidagi 
mikrafon fishka F yordamida, tovush telefoni esa TV yordamida ulanadi.
Lingafon qurilmasi LK-68 darsning quyidagi tarkibiy qismlarida qo’llanishi mumkin:
1) 
Tovushni bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilar radiokarnay yoki xususiy telefonlar orqali 
eshitadilar; 
2) 
Gramplastinkaga yoki magnit lentaga yozib olingan tovushni bir vaqtning o’zida barcha 
o’quvchilar radiokarnay yoki xususiy telefonlar orqali eshitadilar
3) 
Birinchi guruh o’quvchilar 1- programma, ikkinchi guruh o’quvchilar 2-programma bo’yicha 
gramplastinkaga yozib olingan tovushni eshitadilar; 
4) 
2-5 kishidan iborat o’quvchilar guruhi o’zaro muloqot tartibida ishlaydilar;
5) 
O’qituvchi bitta o’quvchi bilan yoki 2-5 kishidan iborat o’quvchilar gruppasi bilan ishlaydi; 
6) 
Har bir o’quvchi o’z nutqini magnit lentasiga yozib olib, qayta eshitadi; 
7) 
O’qituvchi stolidagi bir magnitafondan ikkinchisiga magnit lentaga yozilgan tovushni ko’chirish 
imkoni bor; 
8) 
O’quvchilar muloqot tartibida mustaqil ish olib borayotganlarida ularni to’xtatib, o’qituvchi 
kerakli ko’rsatma berishi mumkin. 
YAL-3M lingafon qurilmasi yuqorida ko’rsatilgan LK-68 qurilmasiga nisbatan qator afzalliklarga ega. 
Uning tarkibida proeksion apparatlar(“LETI”, “Proton”, “Ukraina-5”) bo’ladi. Bulardan tashqari 
qurilma tarkibida xonani qorong’ilatish mehanizmi ham bor.YAL-3M lingafon qurilmasining 
boshqarish pulti yordamida quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin: 
1) 
Bir vaqtning o’zida uch programma bo’yicha ishlash; 
2) 
O’quvchilar ish o’rinlarining 2 kishiga moslanganligi; 
3) 
O’qituvchining o’quvchilar guruhi bilan yoki yakka tartibda ishlashi; 
4) 
O’quvchilar hamda o’qituvchilar nutqini magnitafonga yozib olish; 
5) 
Fonogramma va gramplastinkadagitovushni eshittirish vaqtida proyeksion apparatlardan 
foydalanish; 
6) 
Proyeksion apparatlarni ishlatish, xonani qorong’ilatish mehanizmi va ekranni tushirish ishlarini 
masofadan turib bajarish. 
Magnit lenta yoki gramplastinkaga yozib olingan o’quv materiallarini o’quvchilar tomonidan qayta 
eshittirishni ta’minlash maqsadida fonozol deb ataladigan maxsus jihozlangan xonalardan foydalanish 
maqsadga muvofiq. Fonozol tovushni yozib olish va qayta eshittirishning barcha kerakli apparatlari
bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Shu maqsadda yarim kabinalilingafon qurilmasi “ELFA-01”dan 
foydalanish qulay. Bundan tashqari fonozolni alohida magnitafonlar, elektrofonlarbilan jihozlash 
mumkin. Bu holda barcha tovush apparatlarinialohida xonaga o’rnatib, o’sha joyda fonoteka(magnit 
lenta yoki plastinkaga yozib olingano’quv materiallari to’plami)tashkil etadi. Fonozolda o’quvchilar 
ovozli o’quv qo’llanmalaridan foydalanishlari, mustaqil diktantlar o’tkazishlari, o’z nutqlarini 
takomillashtirishlari, o’quv materiallari mavzulari bilan tanishishlari va boshqa shu 
kabimashqlarnibajarishlari mumkin. Apparatlar o’rnatilgan xonadagi magnitafonlar bir necha kanaldan 
foydalanish imkonini beradigan bo’lishi kerak. Eshittirish kanallari soni qancha ko’p bo’lsa shuncha
ko’p o’quv fanlari bo’yicha ishlash mumkin. Kerakli o’quv materialinitezda topish uchun fonotekadagi 
maxsus katalogdan foydalanish lozim. Har bir o’quv fonogrammasi o’zining aniq bir tartib nomeriga 
ega. Bundan tashqari, o’qituvchi eshituv zalida o’tirib, magnit lentasi sirtmog’i yordamida o’quv 
fonogrammasini qayta eshitishi mumkin. Buning uchun bir necha qayta takrorlash qurilmasi bo’lgan 


magnitafon ishlatiladi va bu magnitafonni o’quvchi talabiga ko’ra apparatlar o’rnatilgan xonada 
navbatchilik qilayotgan laborant ishga tushiradi.
Raqamli lingafon laboratoriyasi NORD- tovush sifati va funksiyalari uchun eng yuqori talablarga javob 
bo'luvchi zamonaviy lingafon laboratoriyasidir.
Magnit lentalari- axborot tashuvchi vosita. Magnit lentalari o’tgan asrda ishlab chiqilgan axborot 
saqlovchi qurilma bo’lib, magnit yozuvlarini saqlovchi, yupqa egiluvchanmagnit qatlamli lentalardan 
iborat. Magnit lentasi, magnit tasma- sirtiga magnit qatlamisurtilgan yupqa lenta bo’lib, tovush (nutq, 
musiqa) ni yozib olishva qayta eshittirish uchun foydalaniladi. Magnit lentasining ishchi magnit 
qatlamitemir gamma-oksid, xrom oksid va kobalt qo’shilgan temir gamma-oksidning magnit jihatdan 
qattiq kukunidan iborat bo’ladi. Magnit lentasi asosi sifatida polietilenteleftalat, polivinilxlorid, 
diasetatva triasetat plyonka ishlatiladi. 
Magnitli yozuv- tovush (nutq, musiqa) ni, magnitli axborotni saqlovchi va tashuvchi (magnit lentasi, 
magnit disk va boshqalar) ga magnit usulida yozib olish hamda qayta eshittirish imkonini 
beruvchiqurilma vazifasidir.Tovushni yozib olishda axborot tashuvchi yoki ayrim qismlarining qoldiq 
magnit holati tovush signallariga monand o’zgaradi.Tovushni qayta eshittirishda teskari jarayon yuz 
beradi va shunga muvofiq ravishda , tovush signallari hosil bo’ladi. Axborot tashuvchining yo’nalishiga, 
signallarni yozib olish va qayta eshittirish kanallarida yuz beradigan o’zgarish turiga hamda magnit 
kallakka signal tokidan tashqari qo’shimcha magnitlaydigan o’zgarmas yoki o’zgaruvchan tok 
berilishiga qarab , magnit yozuvlarining bir necha usullari qo’llaniladi. 

Download 476.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling