Talabalarda barkamol shaxs fazilatlarini shakllantirish metodikasi
Download 31.84 Kb.
|
Talabalarda barkamol shaxs fazilatlarini shakllantirish metodika-fayllar.org
Talabalarda barkamol shaxs fazilatlarini shakllantirish metodikasi Talabalarda barkamol shaxs fazilatlarini shakllantirish metodikasi Rеjа: Barkamol shaxs kim? Barkamol shaxsni shakllantirish mezonlari Milliy ta’lim-tarbiya tarixida barkamol shaxs tarbiyasi tajribalari. Pedagogik turkum fanlarining barkamol shaxsni shakllantirishdagi imkoniyatlari Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi, deb ko‘ rsatib o‘ tiladi. Demak, davlat tomonidan uning ta’lim xizmatlari iste’molchisi sifatida bilim olishi va kasb-hunarga ega bo‘ lishi uchun zarur shart-sharoit yaratiladi. O‘ z navbatida shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida kasbiy malakaga ega bo‘ lgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘ rsatish sohasida faoliyat olib borib, bilimi va tajribasini namoyon etadi. Bu esa ta’lim jarayonida aqlan rivojlangan, ma’naviy-axloqiy shakllangan, jismoniy yetuk, muayyan kasb-hunar asoslarini puxta egallagan, har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga jiddiy talablar qo‘ yadi. Shunga ko‘ ra, dastavval “shaxs”, “inson”, “barkamol shaxs” tushunchalarining mohiyatini aniqlashtirish taqozo etiladi. Shaxs qator ijtimoiy fanlar, xususan, falsafa, psixologiya va sotsiologiya fanlarining o‘ rganish ob’ektidir. Falsafa shaxsni uning ijtimoiy ahvoli, faoliyati, bilish, ijod sub’ekti sifatida qarab chiqadi. Psixologiya shaxsni psixik holatlar, psixologik xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik munosabatlar, shaxsning temperamenti, fe’l-atvori, qobiliyati, irodaviy fazilatlari va hokazolarning uyg‘ unligi asosida o‘ rganadi.
Download 31.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling